gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjonning Boku shahrida o‘tgan “Katta dubulg‘a” turnirida o‘zbekistonlik dzyudochilar 3 ta medalni qo‘lga kiritdi. Diyora Keldiyorova oltin, Halima Qurbonova va Doston Ro‘ziyev esa bronza medallariga ega chiqdi (foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/judo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ohangaron tumanidagi “zapravka”lardan biri yashirin yo‘llar bilan qo‘shimcha tarmoq tortib, gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bundan ko‘rilgan zarar 37,5 mlrd so‘mdan ortiqni tashkil etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/gas-station/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Magistral gaz quvurlarida bosimning kamayishi sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalariga “qisqa muddatli” cheklovlar kiritilmoqda. Benzin “zapravka”larga avtobenzin mahsulotlari qo‘shimcha miqdorlarda yetkazib beriladi, deya ishontirdi Energetika vazirligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/18/gas/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chinoz tumanidagi 1-maktab o‘qituvchisi 7-sinf o‘quvchisining boshini devorga bir necha bor qattiq urib, jarohat yetkazdi. Bola shifoxonaga joylashtirildi, o‘qituvchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/18/chinoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagilar, asosan, Rossiya fuqarolari muxolifatchi, Rossiya prezidentligiga sobiq nomzod Aleksey Navalniyni xotirlashdi. Ular marhumni eslab, “Shahidlar xotirasi” xiyoboni, Rossiya elchixonasi, “Rossotrudnichestvo”, ukrain shoiri Taras Shevchenko haykali va Kosmonavtlar maydoniga gullar qo‘yishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/navalniy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yil 1-martgacha qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari hamda ularning bozordagi narxlari to‘g‘risidagi doimiy, ishonchli va aniq ma’lumotlar bilan ta’minlaydigan “Elektron agrosanoat bozori” axborot tizimi ishga tushiriladi va Milliy axborot platformasi bilan integratsiyasi qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/oziq-ovqat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Til masalasi jamiyatni boʻlib yuborishi kerak emas

Sherzodxon Qudratxoʻja oʻzi yashab turgan mamlakatning davlat tilini bilmaydiganlar haqida aytgan fikrlari Oʻzbekistonda ham, undan tashqarida ham muhokamalarga sabab boʻldi.

Davlat Umarov oʻz maqolasida muhokamalarga sabab boʻlgan masala yuzasidan jamiyatda boʻlinishlarga yoʻl qoʻymaslik va mavjud muammolarni yechish uchun masʼuliyatni olishdan qochmaslik muhimligi haqida mulohaza yuritadi.

Maqola: https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/uzbek-language/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mulkni ixtiyoriy qonuniylashtirish to‘g‘risidagi qonun bilan o‘ziga tegishli mol-mulkni 20 mln dollarga qonuniylashtirganini aytdi. Uning tan olishicha, avvallari uning binolari, jumladan, Bishkekdagi biznes markazi “boshqa odamlar nomiga rasmiylashtirilgan”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-fevral kuni Rossiya hukumati muxolifatchi Aleksey Navalniy qamoqda vafot etganini e’lon qildi. U 47 yoshda edi. “Gazeta.uz” xorijiy siyosatchilar va Navalniyning yaqinlari, shuningdek, O‘zbekistondagi jamoat faollarining munosabatlarini bir yerga to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/navalny-reactions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways tarkibiga kiruvchi Silk Avia mintaqaviy aviakompaniyasi to‘rtinchi ATR 72−600 samolyotini qabul qilib oldi. U Tuluzadagi ATR zavodidan yo‘lga chiqib, Istanbulda texnik to‘xtashni amalga oshirib, Toshkentga yetib keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/silk-avia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Buxoroda 12 nafar maktab o‘quvchisi 6 oy davomida hujraga qatnab yurgani va bundan direktorning xabari bo‘lganini ta’kidladi. “12 ta bolaga ham direktor 5 baho qo‘yib kelyapti. U hujrada topgan noma’qul pulini direktorga beryapti. Mana, biz qanday illat bilan kurashyapmiz”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/hujra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Andijondagi yig‘ilishda aholisi 100 mingdan oshadigan Asaka va Shahrixon shaharlari viloyat bo‘ysunuviga o‘tkazilishini ma’lum qildi. Shuningdek, Andijon, Asaka va Shahrixon shaharlarida urbanizatsiya dasturi amalga oshiriladi va ipoteka dasturi uchun viloyatga qo‘shimcha 100 mln dollar ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/asaka-shahrixon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonga pul o‘tkazish yana-da osonlashdi

Tinkoff Black kartasi yordamida siz telefon raqami orqali chet elga pul o‘tkazishingiz hamda darhol qabul qiluvchining so‘mda qancha pul olishini ko‘ra olasiz.

Qulaylik uchun ilovadan o‘zbek tilida foydalanish, shuningdek, chat yoki telefon orqali 24 soatlik yordam olish imkoniyati bor.

Siz istalgan bankomatda kartangizga pul tashlashingiz yoki undan naqd pul yechib olishingiz mumkin.

Batafsil quyidagi havola orqali ko‘proq maʼlumot olishingiz va Tinkoff Black kartasini rasmiylashtirishingiz mumkin. Karta Rossiya hududi bo‘ylab bepul yetkazib beriladi.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy 19 yillik qamoq jazosini oʻtayotgan koloniyada vafot etdi. Jazoni ijro etish federal xizmatining xabar berishicha, sayrdan keyin Navalniy oʻzini yomon his qilgan va hushini yoʻqotgan, reanimatsiyada uni hayotini saqlab qolish imkoni boʻlmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/navalniy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-fevralga oʻtar kechasi Oʻzbekiston hududiga sovuq havo kirib kela boshladi. Kunduzi esa Qoraqalpogʻistondagi Jasliq meteostansiyasi shamol tezligi 25-30 m/s ekanini qayd etdi.

Oʻquvchilarimizdan biri Nukusdan video yubordi, unda kuchli shamol changni koʻtaribgina qolmay, Dosnazarov koʻchasidagi yangi binoning tomini uchirib ketgani aks etgan. Kamida bitta mashina shikastlangan.

Kuchli shamol va nam havo oqimlari Qoraqalpogʻistondan Navoiy viloyatining shimoliy hududlariga ham kirib bordi. U yerda shamol tezligi 15-20 m/s, ayrim tumanlarda 25 m/s gacha yetdi. Kechasi va ertalab havo harorati -3...-6 darajagacha pasaydi, Uchquduq tumanining choʻlli hududlarida joylashgan Oqbaytal meteostansiyasida havo harorati -14 darajagacha pasaydi.

Foto va videolar nukuslik oʻquvchilar tomonidan yuborilgan.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan sobiq mansabdorlar jazoni manzil-koloniyada o‘tayotgani ma’lum bo‘ldi. Buning sababini Toshkent shahar sudlari tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/19/case/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyeyov Andijonda o‘tkazgan yig‘ilishda viloyatni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni ma’lum qildi. Xususan, zargarlik maxsus zonasi, mebelsozlik kompleksi, yangi iqtisodiy zona tashkil etish hamda til o‘rgatuvchi xususiy o‘quv markazlarini subsidiyalashni boshlash va boshqalar reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/18/andijan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt hokimligi aholini qor yogʻishi 12 soatgacha davom etishi mumkinligidan ogohlantirdi. Aholidan shaxsiy avtomashinalardan foydalanishni minimallashtirish soʻraldi. Hokimlik oʻz xabarini tahrirlab, undan yogʻingarchilik hajmi ikki oylik meʼyordan oshishi aytilgan qismini oʻchirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/18/snow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovning xizmat avtomobili velosipeddagi erkakni urib yubordi. Voqea Andijon shahrida sodir bo‘lgan. Jabrlanuvchining sog‘lig‘i bilan bog‘liq xavotirli holat yo‘qligi ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/18/ozodbek-nazarbekov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Favqulodda vaziyatlar vazirligi O‘zbekiston fuqarolarini qorli va sovuq kunlarda ko‘chada ehtiyotkorlik bilan harakatlanishga, binolar tomidan tushishi mumkin bo‘lgan qor va muzlardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/snow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Janubiy Koreyada noqonuniy bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarosi 29-fevralgacha mamlakatdan chiqib ketishi so‘raldi. Fuqaro o‘z xohishi bilan shunday qilsa, deportatsiya qilinmaydi va kelgusida mamlakatga qayta kirib borish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/janubiy-koreya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istanbulda 2023-yildan buyon O‘zbekistonda qidiruvda bo‘lgan, jinoyat olamida “Monya” taxallusi bilan tanilgan ayol qo‘lga olindi. U odam savdosi jinoyatini sodir etganlikda ayblanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/17/monya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇷🇺 Aleksey Navalniy vafot etdi.

❄️ Foto, video: Toshkentda qor tufayli kuchli tirbandlik yuzaga keldi, JT barqaror ishlamoqda, biroq ish jadvali buzilgan.

✍️ Iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmagan — Qonunchilik palatasi.

💸 Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida.

🇰🇿 Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan 27 nafar o‘zbekistonlik evakuatsiya qilindi.

🏘 Yanvarda Toshkentda o‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uyning ijara narxi 395 dollarni tashkil etdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda qor yog‘ishi sababli kuchli tirbandliklar kuzatilmoqda. Taksi narxlari keskin oshdi. Avtobuslar barqaror ishlamoqda, biroq yo‘llardagi vaziyat tufayli harakat jadvali buzilgan. Foto, video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/snow-traffic/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, spektakllar, Yulduz Usmonova konserti, K-Pop Party, xayriya festivali, yugurish musobaqasi, musiqiy kechalar, bolalar shoulari va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahridagi san’at maktabi Musiqa va san’at kollejiga aylantiriladi. Shavkat Mirziyoyev unga Sherali Jo‘rayev nomini berish va hofizning byustini o‘rnatishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/sherali-jurayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Muborak tumanida harakatlanish vaqtincha cheklangan ko‘prik og‘ir yuk mashinasi o‘tishi oqibatida qulab tushdi. Hokimlikka ko‘ra, hodisa oqibatida salbiy holat kuzatilmagan va harakat uchun aylanma yo‘l tashkil qilingan. Ko‘prik 2024-yilning 2-choragida qayta foydalanishga topshirilishi reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/bridge/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 19-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,09 soʻmga arzonlab, 12 489,92 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident — 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgan Kogon prokurori haqida

Shavkat Mirziyoyev Buxoroning Kogon tumani prokurori 100 ming dollar bilan qo‘lga tushgani, vaziyatni o‘zi kuzatib borgani, prokuror jami 200 ming dollar so‘raganini aytdi. Bosh prokurorga esa uni ishdan olish topshirildi. “O‘zi kurashchi bo‘lib, xodimi o‘g‘ri bo‘lsa, dardimizni kimga aytaylik?” — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/prokuror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax viloyatida 1-martdan ichimlik suvi ta’minoti va oqova suv xizmatlari narxlari aholi uchun 4000 so‘mgacha oshirilmoqda. Chiqindi xizmati narxi esa aholi uchun 6000 so‘mgacha ko‘tarilmoqda. Bu haqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi tomonidan qaror qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/jizzax/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал