gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyatida Xitoyning Lanzhou Guangtong New Energy Automobile kompaniyasi bilan birgalikda elektrobuslar yig‘ish boshlanadi. Prezidentdan xitoylik hamkorlari elektrobusga nom berishni so‘radi, Mirziyoyev esa uni “Ipak yo‘li” deb nomladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/e-bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh o‘zining Yaqin Sharqdagi hamkorlari bilan Falastin davlatini yaratishning “aniq muddatlarini” o‘z ichiga oluvchi rejasini muhokama qilmoqda, deb xabar berdi The Washington Post. U Isroil va Falastin o‘rtasida uzoq muddatli tinchlik o‘rnatishni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/palestine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ixtirolar, tovar belgilari, reklama, dori vositalari va davlat boji to‘g‘risidagi qonunlarni JST bitimlariga uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi qonun qabul qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/jst/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

MHTI tahliliga ko‘ra, yanvar oyida Toshkent shahrida o‘rtacha ta’mirlangan xonadonlar ijara narxlari pasaydi, to‘liq ta’mirlangan turkumdagi uy-joylarniki esa 0,5 foizga o‘sdi. O‘rtacha ta’mirlangan 1 xonali uylar ijarasi 395 dollarni tashkil etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/rent/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OpenAI foydalanuvchi so‘rovi asosida videolar yaratuvchi sun’iy intellekt modelini ishlab chiqdi

ChatGPT chatbotini ishlab chiqqan sun’iy intellekt sohasidagi tadqiqotlar bilan shug‘ullanuvchi OpenAI kompaniyasi o‘zining yangi mahsulotini taqdim etdi. U Sora deb atalib, foydalanuvchilar so‘rovlari asosida davomiyligi 1 daqiqagacha bo‘lgan fotorealistik kliplar yarata oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/sora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozogʻistonning Aqmola viloyatida sovuq havoda nosoz avtobusda qolib ketgan 27 nafar oʻzbekistonlik, jumladan, 12 nafar bola evakuatsiya qilindi. Avvalroq Kazinform agentligi ularning soni 64 nafar ekani haqida ma’lumot bergandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/kz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Andijon viloyatiga tashrifi chog‘ida Asakadagi to‘qimachilik korxonasida bo‘ldi. U yerda viloyat misolida paxta-to‘qimachilik sanoatini rivojlantirish konsepsiyasi bo‘yicha axborot berildi. Tannarxni 15 foizga qisqartirish, 65 foiz qo‘shilgan qiymat yaratish rejalari ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/andijon/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Xalqaro futbol federatsiyasining (FIFA) yangilangan reytingidagi o‘rnini ikki pog‘onaga yaxshiladi va 66-o‘ringa ko‘tarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/fifa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚴 Toshkentda velosiped va mototransportdan foydalanishni qanday qilib ommalashtirish rejalashtirilmoqda?

⚖️ Pora bilan qo‘lga tushgan sudya va prokurorlar ko‘rib chiqqan barcha masalalar qayta ko‘rilishi shart — Odiljon Tojiyev.

🔋 Gaz va elektr tariflari “islohoti”, infratuzilma modernizatsiyasi. Energetika xavfsizligi uchun nimalar taklif qilinmoqda?

🇺🇿 O‘zbekiston demokratiya reytingida 148-o‘rinni egalladi.

⛽️ Havo sovishi sabab gaz “zapravka”larning ish grafigi o‘zgarishi mumkin.

🎁 Antikorrupsiya agentligi 2023-yilda kimlardan va qanday sovg‘alar olganini e’lon qildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident energetik xavfsizlikni ta’minlash chora-tadbirlari bilan tanishdi. Jumladan, 1-apreldan gaz va elektr energiyasi tariflarini isloh qilish va ijtimoiy normalarni joriy etish, 49 mlrd dollarlik elektr energiyasini xarid qilish bo‘yicha kelishuvlarni qayta rasmiylashtirish va boshqalar rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/energy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Britaniyaga ishga ketmoqchi bo‘layotganlarning maqsadlari va kutilmalari qanday?

25 yanvar kuni Buyuk Britaniya ish beruvchilari Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda bo‘sh ish o‘rinlari uchun tanlovlar tashkil etdi. Tanlov suhbat shaklida o‘tkazilib, unda ish uchun nomzodlardan ingliz yoki rus tilida boshqa mamlakatda mehnat qilish masalasidagi asosiy savollarga javob so‘raldi.

“Gazeta.uz” ish o‘rinlariga daʼvogarlardan nima uchun anʼanaviy migratsion yo‘nalishlarni tanlamagani, nega aynan Britaniyaga ketmoqchi ekani, qancha daromad olishni maqsad qilgani haqida so‘radi.

https://youtu.be/SszX1k99C84

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat mulkini xususiylashtirish tartibi tasdiqlandi. Unga ko‘ra, davlat mulkini auksion, tanlov savdolari, muzokaraga ommaviy taklif qilish, birja va boshqa yo‘l bilan xususiylashtirish mumkin. Xususiylashtirilishi mumkin bo‘lgan mulklar: ko‘chmas mulk obyektlari, davlat ulushlari, DUK va davlat muassasalaridir.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/qaror/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,95 soʻmga qimmatlab, 12 497,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida yer maydonidagi teraklarni kestirmoqchi bo‘lgan ayol va yerning sobiq egasi o‘rtasida janjal kelib chiqdi. Oqibatda erkak tosh bilan urishi oqibatida ayol jarohat olib, shifoxonada vafot etdi. Erkak qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/ferghana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 16−18-fevral kunlari havo haroratining keskin pasayishi sabab AGTKSHlar ish grafigiga o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. “Hududgazta’minot” haydovchilardan avtomobillarni yonilg‘i bilan to‘ldirib olishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/gaz-zapravka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasi hech qaysi davlatga qarshi qaratilmaganini ma’lum qildi. Avvalroq tarmoqlarda O‘zbekiston Rossiyaga qarshi moliyaviy sanksiyalarga qo‘shilishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 2017-yilda tug‘ilgan qizga nisbatan jinsiy ehtiyojini zo‘rlik ishlatib qondirgan erkak 16 yilga qamaldi. Sud ishida qatnashgan bolalar ombudsmani ota-onalarga murojaat qilib, kichik yoshdagi bolalarga begonalar bilan to‘qnash kelganda o‘zini qanday tutish va boshqa ko‘nikmalarni o‘rgatishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/sexual-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 69-sonli avtobusda ayolga yaqinlashib, jinsiy a’zosini chiqarib shilqimlik qilgan 26 yoshli erkak 5 sutkaga qamaldi. Ayol suddan ma’naviy zarar uchun 10 million so‘m undirib berishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda shanba va yakshanba kunlari harorat kechasi −3…−8 darajagacha pasayadi, kunduzi −3…+2 daraja atrofida bo‘ladi. Shimolda esa kechalari −11…−16 daraja sovuq bo‘lishi mumkin. Dam olish kunlari hududlarda asosan qor yog‘ishi, yo‘llarda yaxmalak hosil bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/weekend/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-fevralning 16 lahzasi

1999-yilning 16-fevral kuni yuz bergan ketma-ket besh portlash Toshkentni larzaga keltirgan edi. Qaysidir maʼnoda Oʻzbekistonning kelgusi rivojlanish yoʻliga ham taʼsir koʻrsatgan ushbu hodisa rasmiylar tomonidan prezident Karimov hayotiga suiqasd deya baholangan.

Bir yil avval "Gazeta.uz" portlash yuz bergan joylarda 1999-yil fevralida olingan foto va videomateriallarni 2023-yil fevralidagi manzaralar bilan taqqoslagan edi. Ularda terakt nishoniga aylangan nuqtalar 24 yil ichida qanchalik oʻzgarganini koʻrish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/02/16/february/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya iqtisodiyoti kutilmaganda inqirozga yuz tutdi. Bu esa Germaniya dunyoning yirik iqtisodiyoti bo‘yicha 3-o‘ringa ko‘tarilib olishiga sabab bo‘ldi. Kunchiqar mamlakatdagi iqtisodiy pasayish oziq-ovqat, yoqilg‘i va boshqa tovarlar narxining oshishi tufayli ichki iste’molning zaiflashuviga olib keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/japan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqamli markirovka tizimi ofisida Asl Belgisi tomonidan o‘tkazilgan super aksiya natijalari e’lon qilindi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/16/asl-belgisi/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Andijon shahridagi maktab-internatga bordi. U o‘qituvchilar bilan suhbatda yuqori sinf o‘quvchilarini oliygoh dasturlariga tayyorlash, darslarda yoshlar vaqtini ketkazmay, ko‘proq amaliyotga yo‘naltirish kerakligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/schools/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston EIU`ning global demokratiya reytingida 167 mamlakat ichida 148-o‘rinni egalladi (Xitoy bilan bir xil). Mamlakatda bir necha yildan beri demokratiya bilan bog‘liq vaziyat 10 dan 2,12 ball sifatida baholanmoqda. MOdagi boshqa davlatlar kabi O‘zbekiston ham avtoritar tuzumlar guruhida qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/democracy-index/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16−22-fevral kunlari O‘zbekistonning tog‘li hududlari, xususan, Toshkent viloyatining Bo‘stonliq, Parkent va Ohangaron tumanlarida qor ko‘chkisi bo‘lishi xavfi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/snow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari, deputat Odiljon Tojiyev pora bilan qo‘lga tushgan sud raisi va prokurorlarning ko‘rib chiqqan barcha materiallari ko‘tarilib, qayta ko‘rib chiqilishi shart ekanini ta’kidladi. So‘nggi vaqtlarda bunday shaxslar pora bilan qo‘lga olinayotgani xabar qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/tojiyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-aprelgacha provayderlarga xalqaro internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish imkoniyatini taqdim etish reja qilinmoqda. 2020-yilda bunday monopoliyani bekor qilish maqsad qilingandi, ammo bu haligacha amalga oshmagan. Telekommunikatsiya sektori bo‘yicha mustaqil regulyator 1-sentabrgacha paydo bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/telecommunications-sector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Valijan Niyazimbetov Ellikqal’a tumaniga hokim etib tayinlandi. Shu paytga qadar u To‘rtko‘l tumani hokimi o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/ellikqala/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘rtko‘l tumanidagi 5-sonli maktab-internatda tarbiyachi 10 yoshli qizning yuziga tarsaki tushirgani aks etgan video tarqaldi. Holat o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Bolalar ombudsmani tarbiyachi qonun doirasida javobgarlikka tortilishi shartligini bildirdi. Tergovga qadar surishtiruv ishlari ketmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/maktab-internat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanidagi sanoat zonasida noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 110 ming quti tamaki mahsuloti yoqib yuborish yo‘li bilan yo‘q qilindi. Ma’lum qilinishicha, 2023-yilda ushlab qolingan noqonuniy tamakilar miqdori 2022-yilga nisbatan 3,5 barobarga oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/tamaki/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал