gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda velosiped va mototransport vositalarini ommalashtirish maqsadida xavfsiz va qulay yo‘l hamda yo‘laklar qurish, ular uchun alohida svetoforlar, belgilar va yoritish moslamalarini o‘rnatish rejalashtirilmoqda. Mototransportlarni xarid qilish uchun narxining 25 foizigacha subsidiyalar berilishi ham mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/bicycle-and-motor-transport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xodimlari 2023-yilda xizmat safarlari, xalqaro va rasmiy tadbirlarda jami 33 mln so‘mlik 26 ta hadya olganini ma’lum qildi. Eng yuqori qiymatli sovg‘alar Qatardagi davlat tashkilotlari tomonidan berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/gifts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishloq xo‘jaligi vazirligi mamlakatga sovuq havo oqimlari kirib kelishi tufayli ekin hamda o‘simliklarni qisqa muddatli qattiq sovuqdan asrash va sovuq kunlardan betalafot o‘tish bo‘yicha maslahat va tavsiyalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/cold/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida uch nafar 20 yoshli yigit piyodalar o‘tish joyidan stretch plyonkalarga o‘ralgan holda o‘tgani uchun 10 sutkaga qamaldi. Yigitlar buni shart bajarish sifatida qilgani, shuningdek, internetga chiqib ketish orqali mashhur bo‘lmoqchi bo‘lganini bildirdi. Ularning otalari holat uchun uzr so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/guys/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘p sonli mojarolar dunyoda “juda beqaror muhit"ni yuzaga keltirmoqda. Bu “haq kuchlilar tomonda bo‘ladi” yondashuvi keng tarqaluvchi hozirgidan ham xavfli o‘nyillikning bashorati hisoblanadi, deyiladi Xalqaro strategik tadqiqotlar instituti hisobotida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/conflicts/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇺🇿 “Bosqinchimi yo ahmoq, o‘zlari hal qilsin” — Sherzodxon Qudratxo‘ja.

🇷🇺 O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlaridan so‘ng Rossiya TIVga chaqirildi.

♨️ Issiqlik tariflari joriy isitish mavsumi tugagandan so‘ng oshiriladi — Veolia Energy Tashkent.

🅿️ Toshkentda 2024-yilda kamida 4 ta ko‘p qavatli avtoturargoh quriladi. Ko‘cha “parkovkalari” tashkil etish ham rejada bor.

✍️ Deputatlar yo‘l harakati bilan bog‘liq yana bir qonun loyihasini qabul qilmadi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🔤 Og‘riqli harflar. 30 yilga cho‘zilgan o‘zbek alifbosi islohoti.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda Toshkentda har biri 729 o‘rinli kamida 4 ta yetti qavatli avtoturargoh quriladi. Joy narxini avtomobilning zararli chiqindilari darajasidan kelib chiqib aniqlash rejalashtirilgan. Shuningdek, 2022-yildan beri muhokama qilinayotgan pullik to‘xtash joylari qurishni boshlash ham kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/parking/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Ukrainaning bosib olingan hududlaridagi qurilish ishlari uchun qo‘shni davlatlardan minglab mehnat migrantlarini yollamoqda, ammo ularning ba’zilari xandaq qazish va frontda jang qilishga majbur bo‘lmoqda, deb yozdi Bloomberg. O‘z mamlakatida esa ular yollanganlik uchun qamalishi xavfi mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/migrants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ogʻriqli harflar: 30 yilga choʻzilgan oʻzbek alifbosi islohoti

Oʻzbekiston, 30 yildirki, lotin yozuviga toʻliq oʻtolmaydi. Bir necha harfning yakuniy koʻrinishi tasdiqlanishi bilan jarayon tugashi kutilyapti. Bu soʻnggi 85 yilda alifbo koʻrinishining oltinchi oʻzgartirilishi boʻladi. “Gazeta.uz” jurnalisti Jahongir Azimov choʻzilib ketgan oʻtishning sabablari va oqibatlarini oʻrgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/uzbek-latin-alphabet/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yerdan paxta hosili uchun foydalanadigan klasterlarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘mdan subsidiya ajratiladi. Subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi. Hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshsa, 2025-yilda pulning qolgan 30 foizi beriladi. Bu haqda prezident qarori chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/cotton/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 15-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,02 soʻmga qimmatlab, 12 486,06 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.


Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro viloyati Kogon tumani prokurori qidiruvdagi shaxsga qo‘llangan qamoq chorasini bekor qilish va jinoyat ishi bo‘yicha yengillik berish evaziga 90 ming dollar olgani va DXX xodimlari tomonidan ushlangani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/prosecutor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijonning Xo‘jaobod tumaniga Jamshid Bozorboyev hokim etib tayinlandi. Ushbu lavozimga qadar u viloyat qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/xojaobod/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi iqtisodiy sanksiyalar bo‘yicha qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hujjat bilan banklarga iqtisodiy sanksiyalar xavfi mavjud bo‘lgan taqdirda, mijozlarga hisobvaraqlar ochish va operatsiyani amalga oshirishni rad etish huquqi berilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/sanctions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Otavullaxon Rasulov Andijon viloyatining Oltinko‘l tumaniga, Muhammad Haydarov Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumaniga hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/hokim/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda yo‘lovchi ayolning egnidagi libosi haqida gapirib, har xil shahvoniy so‘zlar bilan shilqimlik qilgan taksi haydovchisi va Xorazmda qizga telefon orqali ishqiy munosabatda bo‘lishni taklif etib, shilqimlik qilgan erkakka nisbatan sud hukmlari o‘qildi. Ayblanuvchilarning ikkisi ham 5 sutkaga qamaldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/shilqimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Guliston shahrida 15 kunlik o‘g‘lini 40 ming dollarga, Termiz tumanida 20 kunlik qizini 25 mln so‘mga, Namangan shahrida 10 yoshli bolasini 18 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayollar ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/chaqaloqlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident payshanba kuni Andijonga tashrif buyuradi. Davlat rahbari sanoat, qishloq xo‘jaligi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalar hayoti bilan tanishishi reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/15/tashrif/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Indoneziya hukumati 14-fevraldan boshlab Baliga tashrif buyuradigan barcha xorijiy sayyohlar uchun 10 dollar miqdorida yig‘im joriy etdi. Mablag‘lar orol atrof-muhiti va madaniyatini muhofaza qilishga sarflanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/bali/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro tabiatni muhofaza qilish ittifoqi Samarqanddagi anjumanda Markaziy Osiyoda hayvonlardan odamlarga yuqadigan kasalliklar xavfini kamaytirishga qaratilgan “Markaziy Osiyoda yagona salomatlik” tashabbusini ilgari surdi. Loyiha qiymati 11 million yevroni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/iucn/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Inspektor-psixologlar qanday vakolatlarga ega? Masʼullar izoh berdi

Maktab oʻquvchilarining davomati bilan endilikda Milliy gvardiya xodimlarining ham shugʻullanishi, ota-onalarga ogohlantirish xatlarining yuborilayotgani tarmoqlarda bahs-munozarani keltirib chiqardi.

Bu mavzu yuzasidan 14-fevral kuni AOKAda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani oʻtkazildi. “Gazeta.uz” muxbiri tadbirdan soʻng mutasaddilarga mavzuga oid savollar bilan yuzlandi.

Ularning javoblari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=qY35_3eWFOQ

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya TIV O‘zbekistonning Moskvadagi elchisi Botirjon Asadovga O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘janing so‘zlari munosabati bilan norozilik bildirdi. Rossiya TIV jurnalistning O‘zbekistonda o‘zbek tilini bilmaydiganlar haqidagi so‘zlarini haqoratomuz deb atadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/rossiya-tiv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market va O‘zbekiston sellerlar assotsiatsiyasi tomonidan “2024-trendlari” forumi tashkil qilinib, unda soha mutahassislari biznesni rivojlantirish bo‘yicha tajribalari bilan bo‘lishadilar (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzodxon Qudratxo‘jaga ko‘ra, O‘zbekistonda yashab, o‘zbek tilini bilmaydiganlar “bosqinchi” yoki “ahmoq” ekanini o‘zlari hal qilishi kerak. Shuningdek, u rossiyalik siyosatchilarning bayonotlariga jim turish mumkin emasligini aytdi. “Rossotrudnichestvo” u va uning tuzilmalari bilan aloqalarni uzishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/interview/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar kichik quvvatdagi elektr dvigatelli transport vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish, uy hayvonlarini yo‘l mintaqasida qarovsiz qoldirganlik va chapga burilish yoki qayrilib olish qoidalarini buzganlik uchun javobgarliklar ko‘zda tutilgan qonun loyihasini qabul qilishmadi. Qonun muhokamasi tafsiloti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/rad-etildi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda havoning keskin sovishi janubiy hududlarda yig‘ib olinadigan erta piyoz hosili, shuningdek, karam va sabzilarning hosiliga ta’sir qilishi mumkin, deya ta’kidlamoqda EastFruit ekspertlari. Bundan tashqari, donli mevalar va yong‘oqlar hosilining bir qismi ham xavf ostida qolishi ehtimoli bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/piyoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Namangan viloyati va Qirg‘izistonning Jalolobod viloyatida yangi chegara bojxona postlari qurilmoqda. Ular 2024-yilda foydalanishga topshirilishi reja qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/checkpoint/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jadidchilik harakati tarixiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasidan reportaj

Tasviriy san’at galereyasida jadidchilik harakatiga bag‘ishlangan “Xotira yo‘lagi” ko‘rgazmasi ochilgan bo‘lib, u 18-fevralga qadar davom etadi. Unda 42 eksponat namoyishga qo‘yilgan. Eksponatlar orasida Fitrat va Behbudiy tomonidan yozilgan darsliklar, jurnallar va o‘quv qo‘llanmalari ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/13/xotira/

Mirolim Isajonov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktab oʻquvchilarining davomati muammosini hal qilishga Milliy gvardiya xodimlari ham jalb qilindi. Bu esa jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinib, turli savollarni tugʻdirmoqda.

Ayni paytda mazkur mavzu yuzasidan AOKAda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Milliy gvardiya mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtmoqda.

Uni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=j5hReDvWgVM

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent jamoat transportiga joziba qaytdi. Ammo u tirbandliklardan chiqib, ko‘pchilik tanloviga aylanishi uchun nafaqat TSHTX, balki hokimlik, YHXX va deputatlar tomonidan hali ko‘p ish qilish kerak. Sabina Bakayeva JT sohasidagi yutuq va kamchiliklar uchun javobgarlikning bo‘linishi haqida mulohaza yuritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/14/transport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал