gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uychi tumani orqali Uchqo‘rg‘on va Norin tumanlarini Namangan viloyati markazi bilan bog‘lovchi yangi yo‘l va Norin daryosi ustiga ko‘prik quriladi, mazkur loyihalarning umumiy uzunligi 17,5 kilometrni tashkil etadi. Ko‘prikning qiymati 53,6 mlrd so‘m bo‘lib, uning uzunligi 482 metr bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/13/namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda Toshkent shahrida YTHlar oqibatida 95 kishi halok bo‘ldi, ulardan 10 nafari — bolalar. 1248 kishi (235 bola) jarohat oldi, xususan, 10 nafari umrbod nogiron bo‘lib qoldi. Poytaxt prokurori fuqarolarga murojaatida shaharda yo‘l harakati xavfsizligi sohasidagi ayanchli vaziyat haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/13/prosecutor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 ”Toshshahartransxizmat” rahbariga nisbatan ochilgan jinoyat ishi doirasida yana bir necha kishi ushlandi.

🎒 Milliy gvardiya maktablardagi davomatni tekshirishga jalb qilindi. Bunga qanday zarurat bor edi? Munosabat va izohlar.

🏫 Qayta tashkil etilgan Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti oldiga qanday vazifalar qo‘yilmoqda?

⚖️ “Dok-1 Maks” ishi: Prokuror Farmasevtika agentligi sobiq rahbariga 18 yil, Quramax direktoriga 20 yil so‘radi.

🖥 Toshkentdagi IQAir havo sifati datchiklari tarmog‘i kengaydi.

🐅 Yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta tiklash niyatidamiz — Shavkat Mirziyoyev.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prokuror suddan “Dok-1 Maks” siropi ishi bo‘yicha Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi sobiq rahbarini 18 yilga, Quramax kompaniyasi sobiq direktorini esa 20 yilga ozodlikdan mahrum qilishni, shuningdek, sudlanuvchilardan halok bo‘lgan bolalar oilalariga 100 mln so‘mdan undirishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidentining ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Ustyurt platosi kengliklarida yashagan va inson omili ta’sirida yo‘qolib ketgan Osiyo qoploni populyatsiyasini qayta iqlimlashtirish niyatida. Olimlar va ekspertlar bu yo‘nalishda hamkorlikka qilishga taklif etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/osiyo-qoploni/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt transport boshqarmasi va “Toshshahartransxizmat” AJning sobiq rahbari Anvar Jo‘rayevga nisbatan jinoyat ishi DXX tomonidan olib borilmoqda. U kompaniya bosh muhandisi va 2 avtobus saroyi rahbari bilan til biriktirib, ehtiyot qismlar, yoqilg‘i mahsulotlarini talon-toroj qilishda gumonlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/dxx/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev mas’ullarga yoqilg‘isiz isitiladigan, ixcham issiqxonalarni barpo qilish tajribasini qo‘llab-quvvatlab, tayyor holda topshirish sharti bilan 10 sotixli 200 tagacha ixcham issiqxona qurish vazifasini qo‘ydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/issiqxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekistonda 203 nafar shaxs oiladagi zo‘ravonlik bo‘yicha Jinoyat kodeksiga muvofiq sudlanib, ularning 59 nafari qamaldi. Shuningdek, 8928 kishi ma’muriy javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/domestic-violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolgariyada boks bo‘yicha “kichik jahon chempionati” nomini olgan “Stranja” turnirida o‘zbekistonliklar 5 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza olib, umumjamoa hisobida ketma-ket to‘rtinchi yil 1-o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/stranja/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent iqtisodiyot universiteti tarkibiga Moliya hamda Fiskal institutlari qo‘shilmoqda. Bu ikki OTMda tahsil olayotgan talabalar birlashtirilgan universitetda o‘qishni davom ettiradi. Yangi oliygohda kuzatuv kengashi, Transformatsiya markazi va universitetni rivojlantirish jamg‘armasi bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/university/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chirchiq shahridagi xususiy bog‘chada tarbiyachi tushlik paytida uxlay olmay yig‘layotgan bolani urib, hojatxonaga qamab qo‘ydi. Bolalar ombudsmani voqeaga tarbiyachining oilaviy sabablarga ko‘ra asabiy holatda bo‘lganini va u ishdan olinganini bildirdi. Holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/kindergarten/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida KXDR umumiy medallar bo‘yicha 1-o‘rin (33 ta medal), Janubiy Koreya 2-o‘rin (27 ta), O‘zbekiston esa 3-o‘rin (25 ta)ni egalladi. O‘zbekistonlik erkak sportchilar ochkolar borasida eng yaxshi natija ko‘rsatdi (umumiy ro‘yxat).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/weightlifting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 70 ta tumanda mineral o‘g‘it saqlash omborlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, fevral-aprel oylarida birjaga chiqadigan mineral o‘g‘it kunlik hajmini 6 ming tonnadan 9 ming tonnaga oshirishga ko‘rsatma berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/fertilizer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/hospice/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/talon-toroj/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni Yunusobod tumanidagi 259-maktabning futbol maydoni oldidan hushsiz holda topilgan 3-sinf o‘quvchisi shifoxonada vafot etdi. Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/13/schoolboy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

TATUning Nukus filiali direktori sifatida ishlab kelgan Batirbek Kaipbergenov Qoraqalpog‘iston oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/13/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda g‘allachilikda ham paxtachilikdagi kabi imtiyozli kreditlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri fermerlarga ajratish tizimi joriy etiladi, dedi prezident. Shuningdek, u xorijdan paxta urug‘ini olib kelish, o‘g‘it tannarxini 15 foizga arzonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/grain-fertilizers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktabdagi davomat muammosini hal qilishga Milliy gvardiya ham qo‘shildi. Internetda xodimlar o‘quvchi va o‘qituvchilarga mas’uliyat haqida gapirayotgani aks etgan videolar tarqalib, jamoatchilik savollariga sabab bo‘ldi. “Gazeta.uz” Ta’lim vazirligi va Milliy gvardiya vakillarining fikrlarini bir yerga to‘pladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/school-attendance/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda mutaxassislar bilan maslahatlashilganidan so‘ng va yomon ob-havo sharoiti tufayli sayg‘oqlarni otish to‘xtatildi. Ularning soni 2023-yil oktabr oyida ushbu hayvonlar populyatsiyasining keskin ortishi va yaylov yetishmasligi fonida tartibga solingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HONOR brendi O‘zbekistonga 2021-yilda kirib kelgan bo‘lib, foydalanuvchilar orasida innovatsion gadjetlari va Magic OS operatsion tizimi bilan mashhur (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/honor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 13-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,65 soʻmga qimmatlab, 12 469,65 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish maqsadida aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatilishini ma’lum qildi. Bunday yer maydonlari hamda tomorqalarga sanoat, kooperatsiyani keng olib kirish va mahsulot yetishtirish uchun 1 trln so‘m kredit resursi ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/land/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet favqulodda e’lon berdi, unga ko‘ra, jumadan boshlab O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yomg‘ir yog‘ib, qorga aylanishi kutilmoqda. Ayrim joylarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘ladi, shamol 25−28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/snow/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev klasterlarning fermerlar oldidagi qarzdorligi hali to‘liq to‘lanmaganini ma’lum qildi. Shuningdek, 2024-yil paxtasini sotish bo‘yicha fyuchers shartnomasi tuzgan fermerlarning ma’lum qismi kreditlarni haligacha olmagani ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/farmers-clusters/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Finlyandiya prezidentligi uchun saylovning ikkinchi turida hukmron Milliy koalitsiya partiyasidan nomzod, sobiq bosh vazir Aleksandr Stubb 51,6 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi. Ikkinchi turda unga raqiblik qilgan mustaqil nomzod, sobiq tashqi ishlar vaziri Pekka Xaavisto 48,4 foiz ovoz oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/finland/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni 4 mln 20 mingtani tashkil etdi. Bir yil davomida ko‘rsatkich salkam 400 mingtaga ko‘paygan. Aholiga tegishli jami avtotransport vositalaridan 93 foizi yengil avtomobillar hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/auto/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hafta davomida O‘zbekistonning barcha hududlarida quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+10, kunduzi +12…+24 daraja bo‘ladi. Juma kuni esa sovuq va nam havo massalari kirib kelishi boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/12/iqair/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/11/ashraf-xodjayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал