gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/11/robbery/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🇶🇦 Qatar Osiyo kubogi chempioni boʻldi

Qatar futbol terma jamoasi finalda Iordaniyani yengib, Osiyo kubogi chempioni boʻldi.

Mezbon mamlakat iordaniyaliklarni 1:3 hisobida magʻlub etdi. Uchala penalti hisobiga tepilgan golga ham Akram Afif mualliflik qildi. Iordaniyadan esa Al-Naimat gol kiritdi.

Telegram  |  Instagram  |  GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/company/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/qidiruv/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportida terminalni kengaytirish ishlari sabab kuzatuvchilarning jo‘nab ketish zaliga kirishi cheklandi. Yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun terminal oldida estakada o‘rnini bosuvchi alohida yo‘lak ajratildi. Estakada esa binoning bir qismiga aylanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/tashkent-airport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/otm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛷ Foto: O‘zbekiston va Belarus prezidentlari Amirsoyda chang‘i uchdi.

🇦🇫 Afg‘oniston O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha qarzini deyarli to‘liq qopladi.

🏦 Senat mikroqarzlarning maksimal miqdorini 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi.

✍️ Tadbirkorlarga tashkil etgan ish o‘rinlariga qarab soliqlardan imtiyozlar berilishi rejalashtirilmoqda.

💵 2023-yilda o‘rtacha ish haqi 17,2 foizga oshdi, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida o‘sish sekin kechmoqda.

🚶🏻 Yo‘llarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga behuda urinishlar davom etmoqda (foto).

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/amirsoy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hududlarida yo‘llarga bolalarning maketlarini o‘rnatish xavfsizlikni ta’minlashning yechimi sifatida ko‘rilishda davom etmoqda. Bu galgi holat Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida sodir bo‘ldi. Mutaxassislar buni nafaqat foydasiz, balki zararli deb atamoqda. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning yanvari dunyo bo‘ylab mazkur oy uchun rekord darajada issiq kechdi. Olimlar, shuningdek, bu yanvar ketma-ket sakkizinchi eng issiq oy bo‘lganini ta’kidlamoqda — rekord darajalar 2023-yil iyunidan beri qayd etilyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/january/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/central-election-commission/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/akmal-rasulov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv”ni o‘z ichiga olishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/alerte-heritage/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari berilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/imtiyoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat mikroqarzning maksimal miqdorini 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, hujjat bilan qarzdorda majburiyatlarini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda asosiy qarzni to‘lashga ustuvorlik berilishi nazarda tutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/microloan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/11/mayning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/msk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Alisher Navoiy” metro bekati qanday bunyod etilgan?

Shoir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludi kuni munosabati bilan “Gazeta.uz” Toshkentdagi ushbu buyuk mutafakkir nomi bilan ataluvchi metro bekati haqida o‘ziga xos maqola tayyorladi.

Maqolaning o‘ziga xosligi shundaki, u “Alisher Navoiy” stansiyasining arxitektori Yashnar Mansurov bilan birgalikda tayyorlangan. Unda Yashnar aka stansiyaning nafaqat badiiy yechimlari, balki me’morlar ushbu loyihaga qanday yondashgani, bekat yo‘lovchilarda qanday his-tuyg‘ularni uyg‘otishi ko‘zda tutilgani va bu bekat qurilishida o‘sha davr uchun qanday yangi usullar qo‘llanilgani haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/navoi-station/

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Professional va havaskor fotograflar ko‘rgazmasidan reportaj

Toshkent fotosuratlar uyida Fotorassomlar shu’basi a’zolarining hisobot va havaskor fotograflarning qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. 4 xonadan iborat ekspozitsiya zalida 100 dan ortiq ijodkorlarning 800 ga yaqin ishlari qo‘yilgan. Ko‘rgazma 13-fevralgacha davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/hisobot-exhibition/

Xolida Musulmon

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilovchi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi ham belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/pension/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy Rossiyani quvib o‘tib, O‘zbekistonning asosiy savdo sherigiga aylandi, shunga qaramay, ikki davlat ham savdodagi ulushini oshirdi. Rossiya va Xitoydan import ko‘paydi, biroq ushbu bozorlarga O‘zbekiston mahsulotlari kamroq yetkazib berilmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi ham pasaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/10/trade-partners/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston hukumati tibbiyot muassasalarida niqob rejimini joriy qildi, shuningdek, undan odamlar gavjum joylarda ham foydalanishni tavsiya qildi. Ushbu chora mamlakatda COVID-19, qizamiq va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishini to‘xtatish maqsadida ko‘rildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sakkizta film premyerasi, ko’rgazmalar, spektakllar, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha nominal ish haqi 17,2 foizga oshdi — 4,55 mln so‘m. O‘sish sur’ati 2021−2022-yillarga nisbatan pastroq bo‘ldi. Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi ish haqi farqi o‘sishda davom etmoqda. Eng past ish haqi hamon sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida saqlanib qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/wages/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash vakolati berilmoqda. Senat qonunni maqulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/penalty/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 12-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,91 soʻmga arzonlab, 12 460,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/bolalar-ombudsmani/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent, Samarqand va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/to-usa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi sobiq “Poytaxt” biznes markazida yongʻin boʻldi

Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.

Video: “Gazeta.uz

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soʻrovnoma: Alisher Navoiyni bilasizmi?

“Gazeta.uz” Navoiy tavalludining 583 yilligi munosabati bilan Toshkent metrosining shoir nomi bilan ataluvchi bekatida odamlarga mikrofon tutib, ularga Navoiy ijodiga oid ayrim savollar bilan yuzlandi.

https://www.youtube.com/watch?v=t1BTbi6mD9E

Mirolim Isajonov

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…
Подписаться на канал