gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/bus-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/resources/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/break/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afg‘oniston energetika kompaniyasi O‘zbekiston oldidagi elektr energiyasi bo‘yicha ikki yillik qarzini to‘liq qaytardi, dedi tashkilot vakili. O‘zbekiston tomoni qarzning katta qismi to‘langanini, yana qariyb 1,2 million dollar to‘lanishi kerakligini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/dabs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aleksandr Lukashenko Shavkat Mirziyoyev bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekiston “ajoyib sur’atlarda” rivojlanayotganini aytdi. U tovar ayirboshlash hajmi yetarli emasligini bildirib, davlat rahbarlari o‘rtasida kelishuv mavjud ekan, aloqalarni rivojlantirishga chaqirdi. “Hokimiyatga yoshlar keladi — ular boshqacha”.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/mirziyoyev-lukashenko/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yangihayot tumanida qariyb 60 yildan beri mavjud yog‘och uylar o‘rnida ilgari reja qilinganidek uy-joylar emas, Xitoy investorlari ishtirokida yashil bog‘ quriladi. “Yaqinda prezident Sergeli va Yangihayotda ham Yangi O‘zbekistonga o‘xshagan istirohat bog‘i quringlar dedi”, — deya ta’kidladi tuman hokimi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/yangihayot/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Belarus rahbari Aleksandr Lukashenko bilan muzokaralar chog‘ida O‘zbekistonda misni boyitish fabrikalari qurish uchun BelAZ bilan hamkorlikda kon samosvallari ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etish zarurligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/belaz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Belarus hukumatlari ilm-fan va ishlab chiqarish, energetika, intellektual mulk, agrosanoat, turizm va boshqa sohalarni o‘z ichiga olgan jami 14 ta hujjatni imzoladi. Davlatlar rahbarlari qo‘shma bayonot qabul qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/documents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar transport boshqarmasi boshlig‘i, “Toshshahartransxizmat” raisi Anvar Jo‘rayev mansab soxtakorligi va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish jinoyatlarida gumonlanib qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/anvar-jurayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 9-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,89 soʻmga qimmatlab, 12 464,91 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Abror Muxtor Aliy taxallusi bilan tanilgan bloger Abror Abduazimov 15 sutkaga qamaldi. U ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaganlikda ayblandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/abror-muxtor-aliy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ko‘ksaroy” qarorgohida Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Birgalikda suratga tushilgach, oliy darajadagi muzokaralar boshlandi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/uzb-bel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX tomonidan Mingbuloq tuman sudi raisi va Namangan davlat universitetining 3-bosqich doktoranti fuqarolardan pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora olish moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo, Samarqand va Xorazm viloyatlaridagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi. 2023-yilda Respublika tez tibbiy yordam markaziga 685 ta shunday avtomobil yetkazib berilgan, 2024-yil martiga qadar markaz avtoparki yana 170 ta mashina bilan to‘ldiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/emergency/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qimor o‘yinlari va bukmekerlikni qonuniylashtirish masalasi jamiyatning o‘zida munozarali, shu bois Istiqbolli loyihalar milliy agentligi hozir bu boradagi pozitsiyasini ko‘rib chiqmoqda, dedi agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/gambling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi mamlakatdagi havo sifati standartlarini kuchaytirdi. PM2,5 ning ruxsat etilgan o‘rtacha yillik konsentratsiyasi 12 mkg/m3 dan 9 mkg/m3 gacha kamaytirildi. Yangilangan standart minglab bevaqt o‘lim va yo‘qotilgan ish kunlarining oldini olishga yordam berishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/air-pollution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/09/qatar-airways/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt markazida katta tezlikda harakatlangan Zeekr avtomashinasi Matiz va Kia avtomobillariga borib urildi. To‘qnashuv oqibatida Zeekr piyodalar yo‘lakchasiga, Kia esa maysazorga chiqib ketdi. Uchala haydovchi va Zeekr mashinasidagi bir nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏬 Minerva City majmuasini qurishga ajratilgan yer shahar hokimligi balansiga qaytarildi — Yangihayot hokimi.

🚷 Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi.

💳 2023 yilda Uzcard va Humo`da amalga oshirilgan kartadan kartaga pul o‘tkazmalari hajmi 1,5 baravar ko‘paydi.

🚐 Uchta viloyatdagi tez tibbiy yordam xizmatlariga 30 ta Volkswagen Caddy avtomobili topshirildi.

🏫 O‘zbekistondagi uchta OTM bitta universitetga birlashtiriladi.

🚜 “Bizga BelAZ kerak. Bu yerga mahalliylashtirish, qo‘shma korxona kerak” — prezident.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oy materiali: So‘rovnomalar va “Dok-1 Maks” sudidan reportajlar qanday tayyorlanadi?

“Gazeta.uz” “Oy materiali” podkastini davom ettiradi. Loyihada bir oy davomida e’lon qilingan materiallar orasidan tahririyat tanloviga ko‘ra eng yaxshisi tanlanib, uning mualliflari bilan materialni tayyorlash jarayoni va unga sig‘may qolgan jihatlar haqida gaplashiladi (shunday bir umid ham borki, bu podkast bo‘lajak jurnalistlar uchun yaxshi bir qo‘llanma ham bo‘lar).

Yanvar oyi yakunlari bo‘yicha “Oy materiali”da aniq bir maqola haqida emas, balki so‘nggi oylarda eng ko‘p ko‘rilgan va o‘qilgan materiallar – YouTube`da e’lon qilinayotgan so‘rovnomalar haqida Mirolim Isajonov va “Dok-1 Maks” ishi sudidan tayyorlangan reportajlar haqida Ziyoda Ramazonova bilan podkastlashildi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha suddan tayyorlangan reportajlarni bu yerda o'qishingiz, Mirolim Isajonov tayyorlagan so‘nggi so‘rovnomalar (1, 2, 3) hamda avvalgi “Oy materiallari”ni YouTube platformasidagi sahifamizda tomosha qilish mumkin.

https://youtu.be/arAgvEN3XPo

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent moliya instituti va Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Fiskal instituti bitta universitetga birlashtiriladi. Unga To‘lqin Teshabayev rahbarlik qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/university/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi urushga qarshi yagona nomzod Boris Nadejdinning Rossiya prezidentlik saylovlarida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. MSK qayd etishicha, uni qo‘llab-quvvatlagan uchun yig‘ilgan imzolarning bir qismi yaroqsiz deb topilgan. Siyosatchi bu bo‘yicha Rossiya Oliy sudiga murojaat qilmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/boris-nadezhdin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston 2023-yilning 11-aprelidan boshlab shahvoniy shilqimlik qilish moddasi bilan 666 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortilib, ularning 233 nafariga jarima jazosi, 433 nafariga esa ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumani hokimi Minerva city majmuasini qurayotgan hindistonlik tadbirkor ustidan sudda yutib chiqilgani va 100 gektar maydon davlatga qaytarilganini ma’lum qildi. “Tadbirkorning o‘zi uyga to‘lov qilganlarga pullarini qaytarib berdi”, dedi u. Majmua o‘rnida yana uy-joy qurilishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/minerva-city/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar o‘tish yo‘laklari quriladi

Qashqadaryoning Qarshi shahrida yerosti va yerusti piyodalar yo‘laklari qurilishi rejalashtirilmoqda. Bu obyektlar orqali bozorlar oldidagi YTHlar va tirbandlikning oldini olish maqsad qilinyapti. Viloyat hokimi qurilish ishlari 3−4 mlrd so‘m bilan bitib ketishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/qarshi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Toshkentning “Humo” klubi Ostonaning “Nomad”ini mag‘lub etgan o‘yinni Humo Arena`dan turib tomosha qildi. “Bunga Aleksandr Grigorevich aybdor! U kelishi bilan: “O‘zbeklar, agar qozoqlarga yutqazsangiz…” degandi”, — deya g‘alabaga izoh berdi Mirziyoyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/hockey/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Suv tarmoqlari o‘tkazilayotgan mahallalar aholisini ish sifatini nazorat qilishga jalb etish pudratchilar mas’uliyatini oshirish, korrupsiyaga chek qo‘yish, hokimiyat va jamiyat o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlashning eng yaxshi yo‘li, deyiladi Natijalarga erishish ofisining “Gazeta.uz”ga taqdim etgan yangi kolonkasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/water/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda OAVni ro‘yxatdan o‘tkazish haqidagi arizani ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan ko‘rib chiqish muddati 15 kundan 10 kunga kamaytirildi. Shuningdek, murojaatlarni ko‘rib chiqish yoki davlat ro‘yxatidan o‘tkazishda to‘lovlar to‘langani haqidagi hujjatlar nusxalarini taqdim etish talabi bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/08/media/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qamchiq dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Dovon qalin qor yogʻishi oqibatida vaqtincha yopilgan edi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал