gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Research Group Central Asia tadqiqoti natijalariga ko‘ra Uzum Market marketpleysi o‘zbekistonliklar foydalanadigan onlayn xarid qilish servislari orasida yetakchi o‘rinni egalladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/07/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident elektromobillar sanoatidagi loyihalarni jadallashtirish, shuningdek, Xitoyning BYD kompaniyasi bilan birga elektromobillar uchun butlovchi qismlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, “elektrozapravkalar"ni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/e-cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekiston 73 mingdan ortiq avtomobil import qildi, bu avvalgi yilga nisbatan 2,4 barobar ko‘p. Xitoydan avtomobil olib kelish hajmi esa 5,2 barobar oshdi. Import qiymati qariyb 1,8 milliard dollarga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/auto-import/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “Ta’lim sohasidagi loyihalar markazi” loyiha ofisi tashkil etilmoqda. Uni ochish haqida yanvar oyi oxirida e’lon berilgandi. Tashkilot har oy Prezident administratsiyasiga hisobot beradi. Undagi taklif va tavsiyalarni ta’lim vazirliklari va boshqa davlat organlari berib boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/project-office/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyatida haydovchilik guvohnomasi oluvchilar uchun ixtisoslashgan innovatsion imtihon markazi ishga tushdi. Uning ochilish marosimida viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov qatnashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/imtihon-markazi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 7 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,11 soʻmga qimmatlab, 12 484,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi  tushdi va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 2024-yilda maktab va maktab ta’limiga 46 trln so‘m ajratilayotgani, ammo matematika, o‘qish va tabiiy fanlar bo‘yicha 2022-yilgi PISA dasturi natijalari sohada qilinadigan ishlar ko‘pligini aniq ko‘rsatgani haqida gapirdi. O‘zbekiston tadqiqotning har uch yo‘nalishida oxirgi o‘ntalikdan joy olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/pisa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turizm qoʻmitasi Umra xizmatlarini litsenziyasiz koʻrsatgan kompaniyalarning maʼlumotlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilayotganini bildirdi. Shuningdek, xizmatlarni sifatsiz koʻrsatilganidan jabr koʻrgan ziyoratchilarga moddiy va maʼnaviy zarar sud qarori bilan undirib berilishini eslatib oʻtdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/umra/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gurlan tumanida fermer xo‘jaligi rahbari 81 tup biologik sog‘lom turong‘il daraxtini noqonuniy kesgani aniqlandi. Buning oqibatida tabiatga 618,1 mln so‘mlik zarar etkazilgan. Xo‘jalik rahbariga jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Qoʻllanma: “Tashabbusli budjet”ga loyihalar qanday joylashtiriladi?

1-fevraldan “Tashabbusli budjet”ning 1-mavsumi uchun loyihalarni kiritish boshlandi. Fuqarolar 20-fevralgacha oʻz takliflarini joylashtirishi mumkin. Bu jarayon qanday amalga oshiriladi?

“Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi qanday ishlaydi? “Gazeta.uz” shu savollarga javob beruvchi videoqoʻllanma tayyorladi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy shahridagi 18-sonli maktabda rus tili o‘qituvchisi (erkak) 2 nafar o‘quvchini kaltakladi. Hozirda holat bolalar ombudsmani kuzatuvida va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/navoiy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2020-yilning iyunidan beri Toshkent viloyati Ohangaron shahriga hokimlik qilib kelgan Akrom Eshonqulov lavozimini tark etgani haqida e’lon berdi. “Ish jarayonida birontangizni ranjitgan bo‘lsam, barchalaringizdan uzr so‘rayman. Xayr jonajon shahrim”, — deb yozdi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/ohangaron/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova “Dok-1 Maks” siropi ishida ota-onalar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi. Undan foydalanish oqibatida O‘zbekistonda kamida 69 bola halok bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/dok-1-maks/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalist va blogerlarni tanqid qilib, ayrimlarini UJJ — “uyushgan jinoiy jurnalistlar” deb atadi. U ulardan “sal pastroqqa tushishni” va o‘zlarini “butun jamoatchilik” deb hisoblamaslikni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular xorijiy OAV bilan raqobatga dosh bera olmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/05/organized-crime-journalism/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Prezident ijtimoiy soha vazirlari bilan yillik shartnomalar tuzish va ular uchun KPI belgilashni topshirdi.

⚖️ Bloger Otabek Sattoriy qamoqdan ozod etildi.

👨‍⚕️ Onkologiya bo‘yicha har bir erta aniqlangan holat uchun tibbiyot brigadalariga mukofot joriy qilinadi.

Ⓜ️ Yerosti metro bekatlaridagi eski eskalatorlarni almashtirish ishlari boshlandi.

👷 Isroil qurilish ishlariga O‘zbekiston fuqarolarini yo‘llamoqchi.

🇰🇿 Qozog‘istonda hukumat iste’foga chiqdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/05/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2019-yilning fevralidan beri Guliston shahrini boshqarib kelgan To‘lqinjon Dadabayev lavozimidan ozod etildi. Bunga uning sog‘lig‘idagi muammolari sabab qilib ko‘rsatilgan. Hokim vazifasini vaqtincha bajarish uning o‘rinbosari G‘ayrat Botirov zimmasiga yuklatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/guliston/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👩‍💼 “Biz „Dok-1 Maks“ ishi bo‘yicha hamkorlikka tayyormiz”. Bolalar ombudsmani — jabrlangan va vafot etgan bolalarning ota-onalariga kompensatsiya to‘lash haqida.

💼 Ohangaron hokimi iste’fosini e’lon qilib, aholiga minnatdorlik bildirdi va kimnidir xafa qilgan bo‘lsa, ulardan uzr so‘radi.

💊 Prezident dorilarni elektron retsept asosida berish va 300 ta klinik protokolni yangilash bo‘yicha topshiriq berdi.

🕋 O‘zbekistonlik ziyoratchilar Umradan qaytishda qiyinchilikka uchragani yuzasidan ish ochilishi mumkin.

🚗 O‘zbekistonga avtomobil importi 2,4 barobar, xususan, Xitoydan 5,2 barobar oshdi.

💵 O‘zbekiston 2023-yilda dunyoda eng ko‘p oltin sotgan ikkinchi mamlakat bo‘ldi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ergashali Abdujalilov Oltinko‘l tumani hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. U bunga qadar Andijon viloyati hokimi yordamchisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/ergashali-abdujalilov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Click`dan milliard” aksiyasining so‘nggi bosqichi 10-fevral kuni bo‘lib o‘tadi. Bu safar g‘oliblar soni 12 nafar bo‘ladi. Asosiy g‘olib 300 mln so‘m miqdorda pul mukofotini qo‘lga kiritadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yildan buyon Toshkent shahri Bektemir tumani hokimi sifatida ishlab kelgan Tapil Mahamadziyayev lavozimidan ozod qilindi. Yanvarda prezident bosh vazirga Mahamadziyayevning lavozimiga loyiqligini hal qilishni topshirgandi. Tumanni vaqtincha boshqarish hokimning birinchi o‘rinbosari Fathulla Nigmanovga yuklandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/bektemir/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qasim-Jomart Toqayev Qozog‘iston Prezident administratsiyasi rahbari Oljas Bektenovni bosh vazir etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Toqayev, shuningdek, hukumatning iste’fosi va Bektenov nomzodi yuzasidan izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya qiroli Charlz III saraton kasalligiga chalindi. Davolanish davrida u ommaviy tadbirlarda kamroq qatnashadi. Bukingem saroyining ta’kidlashicha, qirol yaxshi kayfiyatda va tez orada davlat vazifalariga qaytishga umid qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/king-charles/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mifonomika: Budjet defitsiti xavfli emasmi?

“Gazeta.uz” turli soha vakillari bilan odamlar orasida iqtisodiyot haqida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan Mifonomika loyihasini davom ettiradi.

Loyihaning yettinchi sonida iqtisodchi Mirkomil Xolboyev bilan “Budjet defitsiti xavfli emas” degan mif haqida gaplashdik.

Podkastni keyinroq tinglashni istasangiz, ushbu postni Saqlangan xabarlar (Избранное / Saved Messages)ga jo‘natib qo‘yishingiz mumkin.

https://youtu.be/JcLnRSg2q58

Mifonomika loyihasining oldingi epizodlarini bu havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Bahodir Abdullayev

@gazetauzmaxsus

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil yakuni bo‘yicha O‘zbekiston dunyoda ikkinchi eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi. Oltin bo‘yicha sof savdo 25 tonnadan ortiqni tashkil etib, birinchilikni egallagan Qozog‘istondan ikki barobar kam ko‘rsatkichni qayd etdi. Shuningdek, mamlakat dekabr oyida 9 tonna oltin xarid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/gold/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ramazon Ashrapov Ichki ishlar vazirining o‘rinbosari — Tergov departamenti boshlig‘i bo‘ldi. U shu paytga qadar Toshkent viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/ramazon-ashrapov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganda “Zodak”, “Anaferon”, “Xilak Forte” va “Vitamin V6” nomli qalbaki dori vositalarini tayyorlash hamda sotish bilan shug‘ullangan tibbiyot xodimi qo‘lga olindi. Yashirin sex sharoitida tayyorlangan dori vositalari asosan Andijon, Farg‘ona va Toshkent shaharlaridagi dorixonalarda sotuvga chiqarilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/namangan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident mutasaddilarga 300 ta klinik protokol va standartlarni xalqaro mezonlarga moslashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, “Elektron poliklinika”, “Elektron shifoxona” va “Elektron tibbiy karta” tizimini ishga tushirish, dorilarni elektron retsept asosida berishni yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/e-medicine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIVning boshqarma boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan Ayubxon Yunusov mamlakatning Kuvaytdagi elchisi etib tayinlandi. 50 yoshli diplomat 2016−2022-yillarda elchi bo‘lib ishlagan Bahromjon Aloyev o‘rnini egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/06/kuwait/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda jinsiy tarbiya “bolaning tarbiyasi va axloqiy fazilatlariga qandaydir tarzda tahdid soladi”, degan fikr keng tarqalgan, dedi bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Alter Ego loyihasiga bergan intervyusida. “Undan olabo‘ji yasamaslik kerak. Ma’rifat tahdid solishi mumkin emas”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/05/sex-education/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tennischi Denis Istomin Devis kubogi doirasidagi O‘zbekiston-Polsha uchrashuvidan so‘ng professional sportdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi. U uch marta Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan, 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida oltin, Guanjou-2010 da 2 ta kumush va Incheon-2014 da bronza medalini qo‘lga kiritgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/05/denis-istomin/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал