gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning O‘monga yangi tayinlangan elchisi Abdusalom Xatamov Maskat shahriga yetib bordi. U 2018-yildan buyon Yekaterinburg (Rossiya) shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/04/oman/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yerda qishloq xo‘jaligiga oid bo‘lmagan boshqa faoliyatni amalga oshirishda tuproqning unumdor qatlamini sidirib olish va saqlash shartligi belgilandi. Bunga amal qilinmasa, yetkazilgan zararning o‘rni mahalliy budjetga tushadi. Undan yerlarning meliorativ holatini yaxshilashda foydalaniladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/04/land/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston futbol terma jamoasi Osiyo kubogining chorak finalida penaltilar seriyasida mezbon jamoa — Qatarga imkoniyatni boy berib, turnirni tark etdi. Endi qatarliklar finalga yo‘llanma uchun Eronga qarshi o‘ynaydi. Xavfli vaziyatlarga boy kechgan bahsdan video, foto va statistika.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/asian-cup-2023/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘iga ko‘ra O‘zbekiston Bishkek issiqlik elektr stansiyasida yuz bergan avariya munosabati bilan Qirg‘izistonga yordam beradi. O‘shga Andijondan suyultirilgan gaz ballonlari yordam sifatida jo‘natildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/support/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent va Buxoroda hujjatlarni rasmiylashtirib berish uchun pora talab qilgan bosh mutaxassis va arxitektor qo‘lga olindi. Ularga nisbatan firibgarlik va pora berish moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/pora/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonliklar uchun Janubiy Koreyadagi ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohasida 37,4 mingta ish o‘rni uchun tanlov o‘tkaziladi. Taklif etilayotgan sohalarda oylik maosh o‘rtacha 2000−2500 ming AQSh dollarini tashkil etishi ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/work/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 80-sonli avtobus yo‘nalishi haydovchisi yo‘lda boshqa transport vositalariga xalaqit berib, avariya holatni yuzaga keltirdi. Haydovchi yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol buzgani va yo‘lovchilar hayotini xavf ostiga qo‘ygani uchun ishdan bo‘shatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🏭 “Toshkent IES” mazut yoqqani aniqlandi, havo va tuproqqa 1 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetgan.

✍️ O‘zbekiston YOII dastur va loyihalaridagi ishtirokini kengaytirmoqchi.

🌞 O‘tgan oy O‘zbekiston tarixidagi eng iliq yanvarlardan biri bo‘ldi.

👨‍👩‍👧 O‘zbekistonda oilalarning baxtlilik darajasi o‘rganildi.

📺 MTRKga salkam 20 yil rahbarlik qilgan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi.

🇮🇷 Eronga kirishda O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim 4-fevraldan amal qiladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/dayjest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) Yozuvchilar uyushmasi raisining ijodiy masalalar boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning sobiq hokimi, tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev biznes marafonda yoshlarning savollariga javob berdi. “Otam biznesga kirishimdan qo‘rqardi. Bir kun qamalib ketasan derdi”, — deydi u. Ortiqxo‘jayev, shuningdek, Artel reklamasiga nega Bahodir Jalolov tanlangani haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/business/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar oyida ekologlar Toshkent issiqlik elektr stansiyasi (ToshGRES)ning havo va tuproqqa ta’sirini o‘rgandi. Aniqlangan zarar 1 mlrd so‘mga baholanmoqda, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi. IES asosiy yoqilg‘i sifatida gazdan foydalanadi, lekin ba’zida mazut yoqadi, shuning uchun poytaxtni tutun qoplagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/air-pollution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlariga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning ayrim moddalari talablarini buzgan shaxslarni javobgarlikka tortish vakolati berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/inspector/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2019-yilning sentabridan buyon Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari sifatida ishlagan Minhojiddin Hojimatov (Minhojiddin Mirzo) ishdan olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/manaviyat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zMTRKni salkam 20 yil boshqargan Alisher Xodjayev lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga bosh vazir kotibiyati rahbari bo‘lib ishlagan Abdurashid Jo‘raboyev tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/mtrk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Navoiy va Olmaliq KMK, “O‘zmetkombinat” va “Navoiyuran”ni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. NKMK oltin zaxiralarini 1000 tonnaga oshirishni, OKMK mis ishlab chiqarishni 170 ming tonnaga yetkazishni, “O‘zmetkombinat” esa ishlab chiqarish tannarxini 20 foizga kamaytirishni reja qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/metallurgy/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Taxtaqorachada harakat tiklandi

Taxtaqoracha dovonidagi muzlamalarni bartaraf etish uchun qum-tuz aralashmalari sepilib, zaruriy choralar koʻrildi va dovon yoʻlida transport vositalarining harakatiga ruxsat berildi — YHXX.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni tunda Qashqadaryo viloyatidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lidagi Taxtaqoracha dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga qalin qor yoqqani sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/04/taxtaqoracha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Soliq qo‘mitasi O‘zbekistonda 1-apreldan bekor bo‘ladigan QQS bo‘yicha ayrim imtiyozlar haqida eslatdi. Unga ko‘ra, tibbiy xizmatlar, dori vositalari, suv ta’minoti, kanalizatsiya issiqlik ta’minoti va yana bir qator sohalarda QQS qayta joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/qqs/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida tovlamachilik va firibgarlikda gumonlangan shaxs ushlandi. U fuqarolarga foiz evaziga pul berib, qarzdorning nomida bo‘lgan uy va avtomobilni garov evaziga o‘zining nomiga rasmiylashtirib olgan. Garovga qo‘yilgan mulk miqdori foiz evaziga berilgan pul mablag‘idan 3−4 barobar ko‘p bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/firibgarlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarovaga Farxod Boqiyev hamda Sardor Radjabov oʻrinbosar etib tayinlandi. Boqiyev Senat qoʻmitasi raisi oʻrinbosari, Radjabov esa mazkur vazirlik departamenti direktori sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/tayinlov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gastronomik Dubay: haqiqiy taom shinavandalari uchun jannat. Visit Dubai`dan har qanday budjetga mos keladigan, hamda har bir gurme tashrif buyurishiga arziydigan shaharning qiziqarli joylari sharhi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/visit-dubai/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) reytingida dunyoning eng yaxshi 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/03/abdusattorov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahridagi ko‘p qavatli uylardan birida yong‘in chiqdi. Oqibatda bir kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi jarohatlandi. Yong‘inga gaz-havo aralashmasining chaqnashi sabab bo‘lgan, deb xabar berdi viloyat FVB.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sakkizta film premyerasi, teatrlashtirilgan tomoshalar, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, bolalar mahorat darslari va shoulari, musiqiy kechalar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets Osiyo kubogining chorak finalidagi raqib — Qatar bilan bo‘lajak uchrashuv haqida gapirdi. “Jamoa Qatarga qarshi qanday o‘ynash kerakligini biladi. Bizda yaxshi o‘yinchilar yetarli. ¼ finalga qadar keldik, buyog‘iga yo‘qotadigan narsamiz yo‘q”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/katanes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga Otabek Hasanov rahbar etib tayinlandi. U bunga qadar Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori birinchi o‘rinbosari edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/otabek-hasanov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan Kongratbay Sharipov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 5 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,01 soʻmga qimmatlab, 12 448,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda metro vagonida qizga shilqimlik qilgan erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi. Sudda erkak o‘z aybini tan olmagan. Qiz erkakning harakatlari atayin amalga oshirilgani va “Buyuk ipak yo‘li” bekatida uni ta’qib qilganini ma’lum qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/shilqimlik/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kasbi tumanida Toʼpalang HPD Holding MCHJ mas’ullari kanal qirg‘og‘idagi 150 tup daraxtni ildizlari bilan qo‘porib oldi. Buning oqibatida tabiatga 1,1 mlrd so‘m zarar yetgan. Aybdorlarga chora ko‘rish maqsadida hujjatlar prokuraturaga yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал