gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oila instituti 3 mingdan ortiq odam o‘rtasida oilalarning baxtlilik darajasini tahlil qildi. Indeksda Xorazm, Sirdaryo, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi eng yuqori, Toshkent shahri, Jizzax va Farg‘ona viloyatlari esa quyi o‘rinni egalladi. Tahlil natijalari.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/happiness-of-families/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bektemir tumanidagi “Bekuz kelajak” issiqxonasi olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalangani va filtrlovchi moslamalari nosoz ekani aniqlandi. Hozirda holat yuzasidan atrof-muhitni ifloslantirganlik bo‘yicha hisob-kitob ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/issiqxona/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni O‘zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kela boshlaydi. Joylarda asosan yomg‘ir yog‘adi. Yakshanbada ba’zi hududlarda yomg‘ir, qor yog‘ishi, tuman tushishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +3…+8 daraja iliq, kechasi 0…-5 daraja sovuq bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida 13 yoshli bolaning yonidan pirotexnika vositasi chiqqach, PPX xodimlari uni mashinaga majburlab o‘tirg‘izdi. Bola boshidan lat yegan va qattiq qo‘rqqan. Ikki xodimga hayfsan berildi. Bolalar ombudsmani so‘roviga ko‘ra holatni prokuratura o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/child/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JSSTga ko‘ra, 2050-yilga borib dunyoda saraton kasalligiga chalinganlar soni 35 milliondan oshadi. Bunga nafaqat aholi soni va yashash davomiyligining o‘sib borayotgani, balki tamaki iste’moli yoki havoning ifloslanishi kabi omillar ham ta’sir qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/cancer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2021-yili boshlangan o‘lim darajasining kamayish tendensiyasi 2023-yilga kelib to‘xtadi. Ammo bolalar va o‘smirlar o‘limining ulushi 2,3 barobar kamaydi. O‘lim holatlarining asosiy sababi — hali ham qon aylanish kasalliklari. Respirator kasalliklar ulushi qisqargan, onkologiya ulushi esa ortgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/mortality/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining sobiq hokimi va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zining 7 ta kompaniyasi, jumladan, Magic City parki va Mediapark texnika do‘konlari tarmog‘ini sotganini aytdi. “Gazeta.uz” ochiq ma’lumotlarga asoslanib, ayni paytda ushbu kompaniyalar kimga tegishli ekanini o‘rganib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/artikxodjaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Pedagogning maqomi to‘g‘risida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Hujjatda pedagogning huquqlari, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘si davlat himoyasi ostida bo‘lishi qat’iy belgilab qo‘yildi. Asosiy ma’lumotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/pedagog-maqomi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati binosi tomiga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigi o‘rnatildi. Undan olingan ma’lumotlar ko‘pchilik havo sifatini tekshirish uchun foydalanadigan iqair.com portalidagi umumiy tarmoqqa yuklanmoqda. Bu ma’lumotlar kelgusida saytimizda to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘rsatib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/air-gazeta-uz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fevral oyining birinchi kunida Toshkentni qor qopladi. “Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin ana shu lahzalarni kameraga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/snowfall/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HONOR X8b taqdim qilindi: elegant korpusdagi professional fototasvirlar. Flagmanlar darajasidagi texnik jihozlar bilan qulay narxdagi smartfon ilg‘or uch kamerali tizimga ega bo‘lib, hayotdagi muhim lahzalarni suratga aniq va sifatli muhrlashga qodir (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/honor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi oʻzbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming boʻsh ish oʻrnini taklif qilmoqda

Taklif quyidagi kasb va sohalar uchun amal qiladi:

🔹hamshira;
🔹yuk avtomobili haydovchisi;
🔹yuk va qishloq xoʻjaligi avtomobillariga texnik xizmat koʻrsatish;
🔹mehmonxona;
🔹restoran;
🔹turizm;
🔹hunarmandchilik;
🔹mexatronika;
🔹qurilish va boshqalar.

Oylik maosh Ausbildung (dual taʼlim) asosida ishga jalb qilishda 1000 yevrodan, toʻgʻridan-toʻgʻri esa 2000 yevrodan boshlanadi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/work-in-germany/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat 2017-yilda haydovchilik guvohnomasiga shaxsni tasdiqlovchi hujjat maqomini bergandi. Uzbekistan Airports mahalliy aeroportlarda mazkur guvohnomalar qachondan tan olina boshlanishi haqida izoh berarkan, hozirda idoralararo tasdiqlash ishlari yakunlanayotganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/flights/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yildan yangi qurilgan xususiy maktab binolarida 5 yil davomida kommunal xarajatlarining 50 foizi qoplanadi. Maktab binolarini qurish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarning foyda solig‘ini hisoblashda 2 yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlash huquqi beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/school/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrining 5 ta tumanida Hotdogger nomli ko‘chma savdo shoxobchalari noqonuniy ulanish orqali 1,1 mlrd so‘mlik elektrdan foydalangani aniqlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/hotdogger/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3−4-fevral kunlari Toshkent viloyati Bo‘stonliq tog‘laridagi dam olish maskanlariga borish uchun transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Bunda ob-havo sharoiti, fuqarolarning tashrifi ortishi va yo‘llardagi tirbandlik inobatga olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/bustonliq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eron TIV mamlakatga sayyoh sifatida keladigan 28 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari 4-fevraldan vizasiz kira olishini ma’lum qildi. Bunday qaror orqali Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yilishi bildirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/iran/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 52-sonli avtobus haydovchisi yo‘lovchilar avtobusga chiqib ulgurmasidan eshiklarini yopib oldi. Oqibatda ayol va uning qizi jarohatlandi. Haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/bus-driver/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Surxondaryoda maktab bolalari qoniqarsiz yo‘ldan maktabga ketayotgani videosi tarqaldi. Viloyat hokimligi yo‘ldagi qor qoplami erigach, ta’mirlash ishlari boshlanishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/kersh/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oq uy Iordaniyadagi AQSh harbiy bazasiga qilingan hujum oqibatida amerikalik askarlar halok bo‘lgani sabab Iroq va Suriyadagi Eron bilan bog‘liq nishonlarga zarba berish rejalarini ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/02/us-strikes/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-fevral kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗳 “Tashabbusli budjet”ning “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi qanday ishlaydi? Vazirlik javobi.

💵 1-fevraldan ayrim nafaqa miqdorlari oshirildi.

🏢 Jahongir Ortiqxo‘jayev 7 ta kompaniyasini sotganini ma’lum qildi. Hozir ular kimga tegishli?

💨 “Gazeta.uz” Toshkent umumiy tarmog‘iga havo sifatini o‘lchovchi IQAir datchigini qo‘shdi.

📸 “Bundan xalq ko‘proq ziyon ko‘radi”. Odamlar — huquq-tartibot xodimlari tasvirini internetda tarqatishga oid yangi norma haqida.

🇩🇪 Migratsiya agentligi o‘zbekistonliklar uchun Germaniyada 50 ming bo‘sh ish o‘rnini taklif qilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro shahri markazida o‘nlab davlat obyektlari, jumladan, hokimlik binolari va stadion joylashgan 32,6 gektar maydonda etnografik turizm markazi barpo etiladi. Viloyat hokimi Botir Zaripov o‘tgan yili fuqarolarning noroziligidan so‘ng to‘xtatilgan loyiha tafsilotlari haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/bukhara-tourist-center/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi joriy etiladi, kasanachilikda yangi ish boshlayotgan xotin-qizlar kasb-hunarga o‘qitiladi, ayrim mahsulotlarga ishlab chiqaruvchining vakolatli vakili yoki rasmiy dileri bo‘lishi talabi etiladi, ayrim nafaqa miqdorlari oshadi — 1-fevraldan nimalar o‘zgaradi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/1-february/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati Ukrainaga 50 mlrd yevro miqdoridagi yordam paketini berishga rozi bo‘ldi. “Biz nima xavf ostida turganini bilamiz”, — dedi Yevrokengash rahbari Sharl Mishel. Avvalroq Vengriya bosh vaziri Viktor Orban paketga qarshi chiqqan edi, biroq YeI u bilan murosaga erisha oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/ukraine-aid/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston parlamenti ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilish, oiladagi (maishiy) zo‘ravonlik uchun jazoni kuchaytiruvchi qonun loyihasini ma’qulladi. Hujjatda kaltaklashga ham jinoiy javobgarlik nazarda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/kazakhstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 2-fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,76 soʻmga qimmatlab, 12 433,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yanvar oyida oziq-ovqat mahsulotlari narxi 0,7 foizga, nooziq-ovqat mahsulotlari 0,4 foizga, xizmatlar 0,9 foizga qimmatlashdi. Oziq-ovqat mahsulotlari inflyatsiyasida meva-sabzavotlarining narxi oshishi asosiy omilga aylandi. Shuningdek, chiqindi xizmati, benzin va propan narxlari oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/inflation/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda mast holda xizmat kiyimida yurgan IIO xodimining videosi tarqaldi. Samarqand viloyati IIB videodagi xodim Qo‘shrabod tumani IIB profilaktika inspektori bo‘lgani va u ishdan olinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/iio/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asaka tumanida ko‘p yillik 6 tup chinor daraxti kesilishi oqibatida tabiatga 317 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati raisi Abdusalom Azizov Afg‘oniston mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Muhammad Yoqub bilan uchrashdi. Ular chegara va ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlash masalalarini muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/azizov-yaqoob/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал