gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Paxtakor” akademiyasi tarbiyalanuvchisi Muhammadali O‘rinboyev Angliyaning “Brentford” klubiga ijara asosida o‘tdi. U Angliya Premer-ligasida o‘ynagan ilk o‘zbekistonlik futbolchi bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/urinbayev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda zarur ish staji yo‘q keksalar, nogironligi bo‘lgan bolaga qarovchi vakillar, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasini oluvchilarning nafaqasi miqdori 621 ming so‘m etib belgilandi. Avval bu miqdor 608 ming so‘m edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/nafaqa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sho‘rchi tumanida bir yo‘nalishda harakatlangan mashinalarning biri chapga burilishi oqibatida YTH yuz berdi. Oqibatda avtomobillar 3 piyodani urib yubordi, 10 yoshli bola turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda 3575 nafar mansabdor shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan, bu avvalgi yilga nisbatan 14,7 foizga ko‘p degani. Katta farq bilan yetakchilik qilayotgan asosiy jinoyat turi mulkni o‘g‘irlashdir. Respublika darajasidagi amaldorlar 2022-yilga nisbatan 55 foizga kam hukm qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/officials/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev 10 ta shahar va tumandagi bosh shifokorlarni ishdan bo‘shatish topshirig‘ini berdi. Ular mahalliy analoglar o‘rniga chetdan keltirilgan dorilarni sotib olib, “obnal firmalar"dan foydalanadi. Hokim shifokorlar dorixonalar manfaati uchun 8−10 talab dori yozib berishini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/zoyir-mirzaev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Oʻzbekistonning boshqa bir havosi yoʻq” — ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan suhbat

Ekologiya vazirligi Toshkentda havo sifatini yaxshilash uchun qilinishi lozim boʻlgan shoshilinch choralarni e’lon qilgandi. Vazirlik rahbari Aziz Abduhakimov “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida havo ifloslanishining sabablari, Ai-80 benzinini cheklash va qurilishlarni taqiqlash kabi takliflar mazmunini tushuntirdi.

Videoni koʻrish

Matnni oʻqish

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent chetidagi hududlarni metro bekatlari bilan bog‘laydigan to‘rtta ekspress avtobus yo‘nalishi joriy etiladi. Piyoda va avtobuslar ustuvorligini ta’minlash maqsadida 8 ta transport yo‘lagi rekonstruksiya qilinadi. Bu haqda prezidentning 2024-yilgi Davlat dasturi to‘g‘risidagi qarori loyihasida aytilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/express-buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zPFL rahbari Diyor Imomxo‘jayev – “Paxtakor” futbol klubi va stadionini alohida-alohida sotish g‘oyasi haqida

“Paxtakor” futbol klubining shu nomli stadion bilan birga sotilishi haqidagi xabar jamoatchilik tomonidan iliq kutib olinmadi. E’tirozlardan so‘ng, Davaktiv “Paxtakor”ni sotish bo‘yicha savdo jarayonlarini vaqtincha to‘xtatdi.

“Gazeta.uz” O‘zbekiston Professional ligasi bosh direktori Diyor Imomxo‘jayev bilan “Paxtakor”ni xususiylashtirish jarayoni va bunga Toshkent sobiq hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevning qanchalik aloqador ekani haqida suhbatlashib, klub va stadionni alohida sotish fikriga O‘zPFL qanday munosabatdaligiga aniqlik kiritdi.

https://www.youtube.com/watch?v=oqp6ABHCS4Y

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1−5-fevral kunlari Toshkent viloyatining qator tumanlari va Namanganning bir tumanida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet fevralning boshi nisbatan sovuq bo‘lishi haqida xabar bergandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 11-yo‘nalishdagi “garmoshka”li avtobus 18-avtosaroydan chiqayotib, yog‘ingarchilik tufayli sirpandi va uning orqa qismi qiyalikka tushib ketdi. Salonda yo‘lovchilar bo‘lmagan. Avtobus maxsus texnika yordamida chiqarib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-martdan chang bo‘roni va havo ifloslangan vaqtda aholini profilaktik choralar to‘g‘risida doimiy xabardor qilish amaliyoti yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda. Shuningdek, qurilish maydonlarida chang va qumning havoga ko‘tarilishini bartaraf etish bo‘yicha majburiy talablar joriy etilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/air-pollution/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi mahalliy avtomobilsozlik korxonalari tomonidan 2024-yilda 450 ming dona yengil avtomobillar ishlab chiqarishga erishish va ADM Jizzakh korxonasi negizida Koreyaning KIA brendi ostida avtomobillarni to‘liq siklda ishlab chiqarish maqsad qilinmoqda. Bu 2024-yilga oid davlat dasturiga kiritilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/cars/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Polkovnik Timur Ismailov Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Boshqarmaning avvalgi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismаilov esa Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/surxondaryo-iib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-fevralgacha Yunusabad Residence premium klassdagi 30 ta xonadonga 13% chegirma amal qiladi. Bundan tashqari, boshlang‘ich to‘lovsiz 12 oyga bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati ham mavjud (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/yunusabad-residence/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi va uni tasdiqlash to‘g‘risidagi prezident farmoni loyihalari jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi. Loyihalar 9-fevralga qadar jamoatchilik va ekspertlik muhokamalaridan o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/davlat-dasturi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi “Tashabbusli budjet”dagi loyihalarda “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi amal qiladi. Ya’ni bir fuqaroda bir necha telefon raqami bo‘lsa ham, u faqat bittasidan ovoz bera oladi. Moliya vazirligiga ko‘ra, “SIM kartani kim ishlatayotgani ahamiyatsiz, u kimning nomidaligi muhim”. Batafsil.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/bir-fuqaro-bir-ovoz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining ish faoliyatiga oid tasvirlarni ularni “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun javobgarlikni nazarda tutuvchi norma jamoatchilik muhokamasiga sabab bo‘lmoqda. “Gazeta.uz” ushbu tartib bo‘yicha aholi orasida so‘rovnoma o‘tkazdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/opinion/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sho‘rchi tumanida yo‘lovchi poyezdi temiryo‘l kesishmasidan o‘tayotgan Gentra`ni urib yubordi. Oqibatda mashinada bo‘lgan 5 kishi vafot etdi, 2 kishi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tadbirkorlarning barqarorlik reytingini hisoblash uchun 23 ta mezon, jumladan, 9 ta jarima va 4 ta rag‘batlantirish qo‘llanadi. Bu kompaniyaning faoliyat davri, rentabellik darajasi, ko‘chmas mulk yoki yer uchastkasining mavjudligi, xodimlar ish haqi va boshqalarni o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/02/01/rating/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

31-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ 2024-yilgi davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.

💸 “Tashabbusli budjet”da bajarilgan loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar tekshirib oladi — reja.

🚌 O‘zbekistonda rahbarlar jamoat transportidan foydalanib, aholiga namuna ko‘rsatishga yana undalmoqda.

📉 O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 2023-yilda 11 foizni tashkil etdi.

Ⓜ️ Toshkent chetidan metro bekatlarigacha ekspress avtobuslar qatnovini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

🌤 Fevralda qanday ob-havo bo‘lishi kutilmoqda?

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🔷 “O‘zbekistonning boshqa bir havosi yo‘q” — ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov bilan suhbat.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ko‘krak bezi saratoni O‘zbekistonda saraton kasalliklari orasida o‘lim ko‘rsatkichlari bo‘yicha yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi, biroq uni erta bosqichlarida davolash mumkin. Diagnostika uchun mammograflar, malakali radiolog va rentgen-laborantlar kerak. Kasallik haqida batafsil — “Gazeta.uz” materialida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/breast-cancer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afisha.uz YouTube`dan “Kumush tugma”oldi

31-yanvar kuni Afisha muharrirlari “YouTube`ning kumush tugmasi” egasiga aylanishdi. Bu 100 ming nafar obunachiga yetgan kanallarga beriladigan mukofot hisoblanadi.

Tahririyat AfishaUzb">kanali bu ko‘rsatkichga 3-yanvar kuni yetdi, ayni damda kuzatuvchilar soni 105 mingni tashkil etmoqda. Bu YouTube tahliliga koʻra, kanal tomoshabinlari sonining atigi 2 foizini tashkil qiladi. Va umumiy koʻrishlar soni 30 mln dan oshadi.

Kanalda jahon va mahalliy yulduzlar, jumladan, Yulduz Usmonova, Tohir Sodiqov konsertlari, Konsta va boshqalar bilan qiziqarli intervyularni tomosha qilish; rejissyorlar va dizaynerlar ijodi haqida, shuningdek, Toshkentdagi muhim tadbirlar haqida ma’lumotlarga ega boʻlish mumkin.

Afisha.uz tahririyati uchun nafaqat saytni rivojlantirish, balki ijtimoiy tarmoqlarda ham faol bo‘lish har doim muhim bo‘lib kelgan. Uni Facebook, Telegram va Instagram`da kuzatish, shuningdek, AfishaUzb">YouTube`dagi sahifasiga obuna bo‘lish mumkin.

Hamkorlik materiali.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda kambag‘allik darajasi 3,1 foizga qisqarib, 11 foizni tashkil etdi. Kambag‘allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etilgani ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/rate/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jinoyat ishlari boʻyicha Namangan viloyati Mingbuloq tumani sudi raisi 2 ming dollar pora olishda gumonlanib ushlandi. U oʻzining ish yurituvidagi sudlanuvchiga yengilroq jazo tayinlab berishini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/sudya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi davlat dasturi loyihasida “Tashabbusli budjet” doirasidagi loyihalarni mahalla raisi va tashabbuskorlar roziligi bilan foydalanishga topshirish belgilanmoqda. Shuningdek, 1-martdan “Bir fuqaro — bir ovoz” tizimi joriy etilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/initiative-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 1 fevraldan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,81 soʻmga arzonlab, 12 420,24 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda ota 4 yoshli bolasini do‘kondan shirinlik va o‘yinchoqlar olib berishini so‘ragani uchun haqoratlab, kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Bosh prokuratura holat Termiz shahrida 42 yoshli erkak tomonidan sodir etilgan va unga nisbatan ochilgan ma’muriy ish sudga yuborilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/termiz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ona tili va adabiyot hamda tarix fanlaridan milliy sertifikatga ega pedagoglarga 50 foiz miqdorida har oylik qo‘shimcha ustama to‘lanishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/teachers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi davlat dasturi loyihasiga ko‘ra, Toshkent shahrida oyning bir ish kuni “Avtomobilsiz kun” bo‘lishi, bunda rahbarlar jamoat transportida yurish orqali namuna ko‘rsatishi belgilandi. 2020-yilda ham rahbarlarga haftada kamida bir marta avtomobillardan foydalanmasdan ishga kelib-ketish tavsiya etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/car-free-day/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga 2023-yilda eng ko‘p ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonun buzilishi holatlari bo‘yicha murojaat kelib tushgan. Shuningdek, sud qarorlaridan norozilik va tender savdolaridagi buzilishi holatlari bo‘yicha ham ko‘p shikoyatlar bildirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/korrupsiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал