gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkabog‘ tumanida hokim yordamchisi 20 ta na’matak butasi va 5 ta olcha daraxtini noqonuniy kesishi oqibatida tabiatga 9 mln 350 ming so‘m zarar yetdi. U jami 12,7 mln so‘m tovon to‘laydigan bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termiz tumanida Nexia 3 yuqori tezlikda yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darildi. Hodisa oqibatida 2003-yilda tug‘ilgan ayol vafot etdi, haydovchi esa tuman shifoxonasiga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura O‘rmon xo‘jaligi agentligi huzuridagi “O‘rmonqurilish” DUK hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi mansabdor shaxslari hibsga olingani haqida xabar berdi. Ular pora olganlikda gumon qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov kompleksiga 3 ta vazirlik va idora, 3 ta inspeksiya, 5 ta korxona, 11 rahbar, 41 o‘rinbosar, 12 ming boshqaruv xodimi va 224 nafar hokim o‘rinbosari kiradi. “Odamlarimiz eng ko‘p norozi bo‘lgan soha Ramatovning kompleksi”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/ramatov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👦🏻 O‘zbekistonda 5 yoshgacha bolalarda bo‘y o‘sishida ortda qolish 6,9 foizni tashkil etdi — hisobot.

🏘 “Toshkentda yangi kvartiralar narxi kv. m uchun 25 mln so‘mga yetyapti”. Prezident — quruvchilar uchun qimmat kreditlar haqida.

⚽️ Osiyo Kubogi-2023: O‘zbekiston Tailandni yengib, chorak finalga chiqdi.

📊 O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida besh pog‘onaga ko‘tarildi.

💐 Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (foto).

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

❄️ G‘elonliklar qishni qanday o‘tkazadi? Qishloqdan Xolida Musulmon fotohikoyasi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud sentabr oyida Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan keksa yo‘lovchini katta tezlikda urib yuborgan Captiva haydovchisiga nisbatan 2 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Haydovchi o‘tish joyi oldida boshqa mashinalar turgan bo‘lsa-da, to‘xtamay o‘tib ketgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/road-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston futbolchilari Tailandni yengib, Osiyo Kubogining ¼ final bosqichiga yo‘l oldi (video, foto). Ular chorak finalda Qatar terma jamoasiga qarshi o‘ynaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/asian-cup-2023/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pokiston sobiq bosh vaziri Imron Xon davlat sirlarini oshkor qilganlikda ayblanib, 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu siyosatchiga olti oy ichida chiqarilgan ikkinchi hukm sanaladi: o‘tgan yozda sud uni korrupsiyada aybdor deb topgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/imran-khan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 31-yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,05 soʻmga qimmatlab, 12 430,05 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Transparency International tashkilotining korrupsiyani qabul qilish indeksida 180 mamlakat ichida 121-o‘rinni egalladi. Yil davomida mamlakat besh pog‘onaga ko‘tarildi. Tashkilot ekspertlari korrupsiyaga qarshi yanada samarali kurashish uchun “keng qamrovli islohotlar” zarurligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/transparency-international/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Shavkat Mirziyoyev mamlakatning sobiq prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Tadbirda hukumat va Prezident administratsiyasi vakillari, shahar jamoatchiligi hamda sobiq prezidentning turmush o‘rtog‘i Tatyana Karimova qatnashdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/presidents/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abduvoxid Ismoilov Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga boshliq etib tayinlandi. U bungacha Surxondaryo viloyati IIB rahbari bo‘lib ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/qashqadaryo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident o‘tkazgan yig‘ilishda ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalarini ijaraga berish masalasi muhokama qilindi. Unda 2000 ta yerto‘la foydalanilmay bo‘sh yotgani, ularni ijaraga berish mahallalarda ish o‘rinlarini yaratib, daromad keltirishi ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/basement/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa investitsiya banki O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistondagi transport loyihalarini 1,5 mlrd yevroga moliyalashtiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/eib/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanida BYD va Chery avtomobillari to‘qnashdi. YTH oqibatida ikkala haydovchi ham shifoxonaga olib borildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/car-accident/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kelayotgan fevral oyi odatdagidan iliqroq, biroq oy boshi nisbatan sovuq bo‘ladi. Ikkinchi besh kunlikda harorat kechasi 0…+5, kunduzi +8…+13 daraja, keyinchalik oy oxirigacha kechasi −12…+7, kunduzi 0…+18 daraja atrofida bo‘ladi. Yog‘ingarchilik me’yordan kam bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/february-weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz shahrida 17 yoshli qizni turmush qurishga undab, tazyiq va ruhiy bosim o‘tkazgan yigit 10 sutkaga qamaldi. Avvalroq qizga himoya orderi berilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/kashkadarya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSV Xitoyning Henan Costar Group kompaniyasi bilan tez tibbiy yordam elektromobillari xarid qilish va ularni modifikatsiyalash zavodini qurish bo‘yicha 150 mln dollarlik shartnoma imzoladi. China CAMC Engineering poliklinikalar qurishi mumkin, Snibe Diagnostic esa diagnostika uskunalari bilan ta’minlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/henan-costar-group/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda sement zavodlari qurilishiga taqiq qo‘yilishi rejalashtirilmoqda, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Unga ko‘ra, qurilgan 47 ta zavoddan 23 tasi faoliyatini to‘xtatgan. O‘rganishlarga ko‘ra, 25 ta sement ishlab chiqaruvchi korxonaning 90 foizi ekologik talablarni buzayotgani ma’lum bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/31/cement-plants/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Huquq-tartibot xodimlari tasvirini internetda tarqatish boʻyicha yangi norma — odamlar nima deydi?

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining xizmat vazifasini bajarishi chogʻida olingan tasvirlarini ularni “obroʻsizlantirish maqsadida”internetga joylashtirganda javobgarlikni nazarda tutuvchi norma jamoatchilik tomonidan keng muhokama qilinmoqda. “Gazeta.uz” ushbu tartib boʻyicha aholi qanday fikrda ekanini oʻrgandi.

Batafsil:

https://youtu.be/omRi_uxjMIo?si=T5_gOrqTxqNooUN0

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda o‘ndan ortiq mukofotni qo‘lga kiritgan Chery kompaniyasi e’tiborini avtomobil egalarning talablariga va barqaror sanoat tendensiyalariga qaratishda davom etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda faoliyat yuritib kelgan 12 ta avtolizing korxonasi mansabdor shaxslariga nisbatan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan. Raqobat qo‘mitasi fuqarolarni bunday firmalar aldoviga ishonib qolmaslikka chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/avtolizing/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda yangi kvartiralar narxi 1 kv. metrga 25 mln so‘mga yetdi va kadastri yo‘q uyga ipoteka berilmaydi, — dedi Shavkat Mirziyoyev. Prezident Ipotekani qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasini tashkil etish va aholining uy-joy qurilishida ulushdor sifatida ishtirokini tartibga solish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/ipoteka/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Omonulla Fayziyev Tashqi ishlar vazirligining “Dunyo” axborot agentligiga rahbar etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/omonulla-fayziyev/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi ikki qavatli turar-joy binosida gaz balloni portlashi oqibatida 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi jarohatlandi. Ular og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Elchixona holat nazoratga olinganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/uzbek/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy Osiyoda 2022-yilda 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida bo‘y o‘sishida ortda qolish ko‘rsatkichi 7,7 foizni tashkil etdi. O‘zbekistonda bu ko‘rsatkich 2000-yildagi 28,9 foizdan 2022-yilda 6,9 foizgacha kamaygan. MHTI BMTning oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hisobotini tahlil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nishon tumani sudi bloger Abdulhakim Abjalilovni tovlamachilikda aybdor deb topib, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosini tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/bloger/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) O‘zbekistonda chorvachilikni rivojlantirish loyihasi uchun 200 mln dollar ajratadi. Uning 40 mln dollari terini qayta ishlash va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘nalishda faoliyat yuritmoqchi bo‘lgan tadbirkorlarga imtiyozli kredit shaklida beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/jica/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatda 33 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Maktabga autsorsing xizmati ko‘rsatgan xususiy korxona iste’molga yaroqsiz mahsulotlardan sifatsiz oziq-ovqat tayyorlagani aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/poisoning/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryodagi G‘elon qishlog‘i — O‘zbekistonning o‘ziga xos maskanlari ro‘yxatidagi borish shart bo‘lgan joylardan biri. Ammo qishda kamdan-kam sayyoh u yerga yetib boroladi. Fotojurnalist Xolida Musulmon Yangi yil arafasi G‘elonda bo‘lib qaytdi. Uning yangi fotohikoyasi — qahratondagi qishloq hayoti haqida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/village/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал