gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili 2021-yildan beri egallab kelgan lavozimidan iste’foga chiqishini ma’lum qildi. U hukmron partiyani 2024-yil kuzida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlariga tayyorlash uchun boshqaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/30/georgia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Abdulla Aripov 16 ta tuman hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqadi.

🚌 Endi avtobus xarid qilishda yo‘lovchilar sig‘imi hisobga olinadi, metro vagonlari sonini ko‘paytirish jadallashtiriladi.

🚶🏻 “Shahar piyodalar uchun bo‘lishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak” — Shavkat Mirziyoyev.

🏗 O‘zbekistonda qurilish qanday qilib “korrupsiyasiz soha”ga aylantiriladi?

🌳 O‘zbekistonda 250 milliondan ortiq daraxtning raqamli xaritasi yaratildi.

🌧 Ish haftasi yomg‘irli bo‘ladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya va Yaponiya kabi davlatlar BMTning falastinlik qochqinlar bo‘yicha agentligi (UNRWA)ni moliyalashtirishni vaqtincha to‘xtatdi. Bunga tashkilot xodimlari HAMASning Isroilga hujumiga aloqadorlikda ayblagani sabab bo‘ldi. BMT rahbari tergov boshlanganini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/unrwa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportining jo‘nab ketish terminalida mehmonxona ochildi, bu O‘zbekiston uchun birinchisi hisoblanadi. Xonalar narxi 30 dollardan 150 dollargacha bo‘lib, kelgusida yana 4 ta viloyat aeroportlarida shunday mehmonxonalar yo‘lga qo‘yilishi reja qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/airport-hotel/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ekologik muammolarga to‘xtalib, Toshkent shahrida chiqindi gazlar miqdori yuqoriligini ta’kidladi. Hududlarning ekologik reytingini joriy etish, korxona, sement zavodlarida chang va gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish, poytaxt atrofida “yashil belbog‘” yaratish va boshqa ko‘rsatmalar berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/ekologiya/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uy-joy boshqaruv kompaniyalarining ishi qoniqarli emas. 20 mingta ko‘p qavatli uylar aholisi ularning ishidan norozi, dedi Shavkat Mirziyoyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/uk/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Taxtaqoracha” dovoni 29-yanvar kuni soat 15:00 da avtomobillar harakati uchun qayta ochildi — FVV.

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. “Barcha rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ shiorini o‘zining asosiy tamoyiliga aylantirishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/city-for-pedestrians/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi aerokosmik tasvirlar orqali 5 va undan katta yoshli 254 mln dan ortiq daraxtning raqamli xaritasini tuzdi. 200 mingdan ortiq daraxt xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi. Toshkent shahrida esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/trees/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/hokimlar/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/project-office/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/weather/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/taxtaqoracha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koʻp miqdordagi pullarni oʻzlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda boʻlgan ayol Turkiyadan Oʻzbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari soʻraldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/28/crime/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amir Temur haykali — Toshkentning ajralmas ramzlaridan biri. Tayyorlanishida prezident Islom Karimov ham qatnashgan ushbu haykal tarixi haqida “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov uning mualliflaridan biri, akademik haykaltarosh Ilhom Jabborov va taniqli jurnalist Mamatqul Hazratqulov bilan suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/28/amir-temur/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Tata Steel superturniri yakunida tay-breykdagi mag‘lubiyat tufayli peshqadamlikni boy berdi va 3−4-o‘rinlarni bo‘lishdi. Biroq 17 reyting balli qo‘shib oldi va dunyoning eng kuchli 15 nafar shaxmatchisi qatoriga kirdi. “Gazeta.uz” uning turnirdagi ishtiroki haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/chess/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident avtobus xarid qilishda ularning yo‘lovchi sig‘imiga e’tiborni kuchaytirish, shuningdek, Toshkent metropolitenining vagonlarini ko‘paytirish chora-tadbirlarini jadallashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Aholining elektromobillarga o‘tishi rag‘batlantiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/bus-metro/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yilning yanvaridan Chinoz tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Botir Alimbekov Toshkent viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/toshkent-vil/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish holati aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/illegal-construction/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 30-yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 24,00 soʻmga qimmatlab, 12 424,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bosh vazirga O‘zbekistonda 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/ai-80/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel Maldiv orollariga bo‘lgan turlarga chegirmalar eʼlon qildi

Narxlar bor-yo‘g‘i 995 AQSH dollaridan boshlanadi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri parvoz bilan bir haftalik turlar.

Bunday narxlar Asialuxe Travel`da hali bo‘lmagan va bo‘lishi ham dargumon.

Faqat bitta sana: 3 fevraldan 10 fevralgacha.

Batafsil maʼlumotni Telegram`da kompaniya menedjerlariga yozib bilib olish mumkin: Mavjuda, Elyora, Zulfiya, Shirin.

Telefon: (+998) 71–201–77–77.

Telegram-канал | Instagram

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekistonda jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylangani yo‘q. Qamrov bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”, — deb ta’kidladi prezident. 2024-yilda hududlar uchun 1200 ta avtobus va elektrobus xarid qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/transport/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti qurilishni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ma’lum qildi. Shu maqsadda 1-iyuldan boshlab barcha qurilish shartnomalari raqamlashtiriladi, pudratchilarning ishlari faqat elektron hisob-faktura asosida moliyalashtiriladi va boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/no-corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qurilish loyihasi, tender, obyektni qabul qilishda korrupsiya uchrab turgani, ayrim quruvchi tadbirkorlar yashirin ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi. Endi qurilish ishlarida “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tiladi. Unda pudratchidan yakuniy natija so‘raladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/construction/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/ecology/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/hisob-palatasi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilinib, oxirgi ogohlantirish berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/29/hayfsan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, ilmiy, ma’rifiy-siyosiy faoliyati bilan tarixda qolgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — dunyoning eng birinchi harbiy uchuvchi ayoli, faoliyati davomida 22 xil uchoqda 8000 soatdan ko‘proq parvoz qilgan Sabiha Go‘kchen.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/28/sabiha-gokcen/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/28/violence/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал