gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi E-Auksion sayti orqali qum va shag‘al qazib olishga ruxsatnoma olish mumkinligi haqidagi tanqidlarga javob berdi. Vazirlik bu tartib faqat moratoriy amal qilmaydigan hududlarga tegishli ekanini tushuntirdi. Moratoriyga ko‘ra, oltita daryodan material qazib olish umuman mumkin bo‘lmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/rivers/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning doimiy aholisi soni 2024-yil 1-yanvar holatiga 36 799 800 kishini tashkil etdi. Statistika agentligi 2023-yilgi demografik ko‘rsatkichlarni e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/demographics/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro sud Janubiy Afrikaning Isroilga qarshi ishi bo‘yicha o‘zining birinchi qarorini chiqarib, Isroil hukumatiga G‘azo sektorida genotsidga olib keladigan xatti-harakatlarning oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishni buyurdi. Sud zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/icj-ruling/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat raisi Tanzila Narbayeva IIO xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi norma Senat qo‘mitalari tomonidan o‘rganilayotganini aytdi. “Qo‘mitalarimiz hozir ko‘rib chiqish jarayonida”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/discredit-law/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat raisi Tanzila Narbayeva BBC O‘zbek xizmatiga intervyu berib, unda Senat tomonidan tasdiqlanib, prezidentga imzolash uchun yuborilgan, ammo shundan so‘ng “yo‘qolib qolgan” “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida"gi qonun loyihasi haqida gapirdi. Uning aytishicha, hozirda hujjatni PA ekspertlari o‘rganib chiqmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/conflict-of-interest/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident yig‘ilishida maktab ta’limini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish, maktablarni akkreditatsiyadan o‘tkazish, xususiy maktablarga imtiyozlar berish, mahallalarning maktablar hayotidagi ishtirokini kengaytirish rejalari e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/edu/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda O‘zbekiston eksport qilganidan ko‘ra ko‘proq gaz importini amalga oshirdi. Yetkazib berish orasidagi farq 165 mln dollardan oshdi. “Gazeta.uz” mamlakat ichida ulkan gaz zaxiralari bo‘lishiga qaramay, bu holat yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganishga harakat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/gas-importer/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/yttb/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat soliq qo‘mitasining Soliq mobil ilovasi ma’lumotlar markazida yuklama ortib ketgani sababli uzilishlar bilan ishlamoqda. Qo‘mitaning “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, so‘nggi paytlarda ro‘yxatdan o‘tkazilayotgan cheklar soni ko‘payib, amaldagi serverning quvvati yetmay qolishni boshlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/soliq/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakovning farmoyishi bilan “Navbahor” futbol klubiga viloyat budjeti zaxira jamg‘armasidan 2,5 mlrd so‘m mablag‘ ajratildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/navbahor/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/pharm/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/buses/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/sweden-nato/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan 80-sonli avtobuslardan biri yo‘nalishga chiqarilgani aniqlandi. Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/bus/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Marg‘ilon shahrida bir xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/ferghana/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Etnosport assotsiatsiyasi tomonidan 2023-yilda xalqaro tashkilotlar ekspertlari, O‘zbekiston vazirliklarining vakillari, shuningdek, professional va havaskor yosh sportchilar ishtirok etgan oltita yirik va ahamiyatli tadbir o‘tkazildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/uzbekistan-etnosoprt-assosiation/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Asakabank” UzAuto Motors kompaniyasi bilan birgalikda mijozlarga yillik 19 foiz stavka bilan Chevrolet Onix avtomobillari uchun avtokredit olish imkoniyatini taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/uz-avto-motors/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Limonli bulochkalar, “Olma” sloykalari, “Tipratikan” shirinligi, nokli keks, “Sutli” torti, olcha hamda shokoladli tort va boshqalar — Zira.uz shirin pishiriqlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlarni taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/27/zirauz/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛽️ O‘zbekiston qanday qilib gazning sof importchisiga aylanib qoldi?

💊 O‘zbekistonda dorilarning telekanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi.

⚽️ Namangan viloyati hokimi “Navbahor” futbol klubiga 2,5 mlrd so‘m ajratdi.

🚌 Toshkentda 2023-yilda jamoat avtobuslaridan 241,7 mln marta foydalanildi.

✍️ O‘zbekistonda ta’limni rivojlantirish bo‘yicha loyiha ofisi tashkil etiladi

🌧 Dam olish kunlari yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Tashabbusli budjet”ning 2024-yilgi ilk mavsumi 1-fevraldan boshlanishini e’lon qildi. Bu mavsum uchun 3 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/initiative-budget/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6 ta kinopremyera, karting-slalom bo‘yicha chempionat, “Sahna” stendap klubida yumoristik tadbirlar, teatr namoyishlari, mahorat darslari, do‘konlardagi chegirmalar, musiqiy kechalar va kelayotgan dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/afisha/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor buyum bozori qarshisida Spark va Malibu avtomobillari to‘qnashdi. Spark haydovchisi voqea joyida vafot etdi, bir yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 29 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,00 soʻmga arzonlab, 12 400,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyator tomonidan jarimaga tortilayotgan banklar nomi nega ochiqlanmayotganini izohladi. “Aholida noto‘g‘ri tushuncha shakllanmasligi uchun bankning ichki faoliyati bilan bog‘liq holatlarda chora ko‘rilgan banklar nomini e’lon qilmaslikka qaror qildik”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/central-bank/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqida qazib olinadigan yoqilg‘idan chiqadigan karbonat angidrid (CO2) emissiyasi o‘tgan yili so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga tushdi. Bu natijaga asosan “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga erishildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/co2-emissions/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahallalar uyushmasining hududiy boshqarmalariga rahbarlar tayinlandi

Yangi tashkil etilgan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim oʻrinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Roʻyxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/neighborhood-association/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/meteo/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buvayda tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun ajratilgan 25 sotix yerni hujjatlarsiz 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/land/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/india/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…
Подписаться на канал