gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/26/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🚠 Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin — foto.

🚘 Shavkat Mirziyoyev Jizzaxda BYD elektromobillarini ishlab chiqarishga start berdi.

🧑‍⚕️ Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi.

🏦 Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida qoldirildi.

🌧 Yomg‘ir yog‘ishi bilan Toshkent shahrida havoning ifloslanishi kamaydi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

🔷 “Vatanimga bo‘lgan munosabatim tubdan o‘zgardi”. Qo‘shiqchi Laylo — “Home” qo‘shig‘i va uning klipi haqida.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli”dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/air/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab Toshkent tibbiyot akademiyasining ta’lim dasturlari xalqaro akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Shuningdek, tibbiyot OTMlarining 200 nafar bitiruvchisi magistratura va klinik ordinatura dasturlari asosida yetakchi xorijiy OTMlar va markazlarda o‘qitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/medicine/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va BYD kompaniyasi prezidenti Van Chuanfu Jizzax viloyatida yiliga 50 ming dona gibrid va elektr avtomobillarni yig‘ish bo‘yicha loyihani ishga tushirishga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Kompaniya Shavkat Mirziyoyevga YANGWANG U8 avtomobilini hadya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/byd/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentlik qo‘shiqchi Laylo Rixsiyeva (Laylo)ning ekologik muammolarga bag‘ishlangan “Home” klipi internetda tez mashhur bo‘ldi. “Gazeta.uz” u bilan qo‘shiq qanday yaratilgani, videodagi kadrlarda nima haqda so‘z borgani, shuningdek, uning bastakor Yunus Rajabiy bilan qanday bog‘liqligi borligi to‘g‘risida gaplashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/laylo-home/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shenchjen shahridagi Investitsiya forumida Shavkat Mirziyoyev Xitoy bilan hamkorlikning ustuvor yo‘nalishi sifatida xomashyoni chuqur qayta ishlash, qishloq xo‘jaligiga ilg‘or texnologiyalari joriy etish va yerlarni qayta tiklash bo‘yicha loyihalarga mablag‘ jalb etishni sanab o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/china-partnership/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanida BMW haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida mashina yoritkich ustuniga urildi. Uch kishi shifoxonaga olib ketildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/yth/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Belgorod viloyatida Rossiyaning Il-76 harbiy samolyoti qulab tushdi. Uning bortidagi 74 kishi, xususan, almashish uchun olib ketilayotgan 65 nafar ukrainalik harbiy halok bo‘lgani aytilmoqda. Rossiya holatni terakt deb atadi va bunda Ukrainani ayblamoqda. Zelenskiy esa xalqaro tergov o‘tkazishni talab qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/il-76-crash/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ohangaron tumanidagi manzil koloniyasi mahkumi 28,5 ming dollar olayotganda qo‘lga olindi. Unga sheriklikda gumonlangan ikki shaxs avvalroq 29 ming dollar olayotganida ushlangan. Ular qurilish kompaniyasiga Xorazmda 72,5 mlrd so‘mlik suv tarmog‘i tortish loyihasini tendersiz olib berishini aytgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/corruption/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri va Guandun muzofotidagi maxsus iqtisodiy zona hisoblangan Shenchjenga bordi. Muzofot partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan o‘tgan uchrashuvda hamkorlikni, birinchi navbatda, yuqori texnologik tarmoqlarda kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/visit/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston inson huquqlari “Ezgulik” jamiyati faoli Abdurahmon Tashanov Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Mahkum xat va banderollarning kechikib kelayotganidan, o‘zining xatlari tashqariga chiqishi qiyin bo‘layotganidan shikoyat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/tajimuratov/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa va Markaziy Osiyo mamlakatlarida qizamiq bilan kasallanishning “tashvishli o‘sishi” kuzatilmoqda. JSST shoshilinch emlash ishlarini olib borishga chaqirmoqda. O‘zbekistonda o‘tgan yili qizamiq bilan kasallanish bo‘yicha 1026 ta holat qayd etilgan bo‘lsa, 2022-yilda ko‘rsatkich atigi sakkiztani tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/measles/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🗣 “Rus propaganda telekanallarini O‘zbekistonda cheklash kerak”. Faollar rossiyalik tarixchining o‘zbek millati haqidagi fikriga munosabat bildirdi.

🚘 “Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?”. Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?

📉 Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1-fevraldan joriy etiladi.

✈️ Korean Air aviakompaniyasi Seul va Toshkent o‘rtasidagi parvozlarni to‘xtatadi.

🏗 Toshkentdagi Matbuot uyining rekonstruksiyasi 2025-yilda bitkaziladi — buyurtmachi.

🇨🇳 O‘zbekiston va Xitoy o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 20 milliard dollarga yetkazmoqchi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda “Gazeta korpusi” nomi bilan tanilgan Matbuot uyi rekonstruksiya qilinmoqda. Hozirda binoning ayrim qismlari demontaj qilinmoqda. Ta’mirlash ishlarini 2026-yilda yakunlash rejalashtirilgan. Ta’kidlanishicha, ishlar yakunlangach, gazeta va jurnallarning tahririyatlari binoga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/matbuot-uyi/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/waste/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/africa/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/saudi-arabia/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Marketologlar va biznes egalari uchun ajoyib yangilik

Marjon – kuzoviga reklama joylashtirish imkoniyatini beradigan barcha avtomobillarni yagona elektron platformaga birlashtirgan innovatsion marketing agentligidir.

Marjon nafaqat brendingizni tanitadi, balki uni xaridor uchun ishonchli kompaniya sifatida namoyon qiladi.

Saytdagi qulay kalkulyator orqali sizga kerakli hudud, avtomobil turi va sonini belgilab, ariza qoldirishingiz mumkin.

Telefon: (+998) 78-113-94-49.

Telegram | Instagram
Facebook | E-mail | Sayt

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 26-yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,76 soʻmga arzonlab, 12 412,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi Toshkent viloyatidagi issiqxonalarda havoni ifloslantiruvchi gazlarni tozalash qurilmalari mavjudligini tekshirmoqda. Poytaxt atrofida 1314 gektar maydonda 631 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani, ularning 60 foizi ko‘mirdan foydalanayotgani haqida avval xabar bergandik.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/greenhouse-inspection/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda kanatli jamoat transporti yo‘lga qo‘yilishi mumkin. Bu borada “Toshkent invest kompaniyasi” va Beijing North Bartholet Ropeway Technology o‘rtasida shartnoma imzolandi. Loyiha jamoatchilikka oldindan taqdim etilishi, ularning tavsiyalari va takliflari kompaniya loyiha ofisiga yuborilishi aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/kanat/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani 14 foiz darajasida o‘zgarishsiz qoldirishga qaror qildi. O‘zbekistonda 2024-yilda umumiy inflyatsiya 8−9 foiz, YAIMning real o‘sishi 5,5−6 foiz atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/rate/

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endi yuk va yo‘lovchilarni tashishda avtotransportlarga yo‘l varaqalari elektron yuritiladi. Elektron yo‘l varaqalari tizimi shaxsiy yengil avtomobilida yo‘nalishsiz taksi sifatida yo‘lovchilarni tashish bilan shug‘ullanuvchi jismoniy shaxslar uchun amal qilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/waybill/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Onix turar joy majmuasi mijozlarga uyda qulaylik va energiya samaradorligini ta’minlaydigan zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan 1,6 dan 2 sotixgacha bo‘lgan uy maydonini tanlash imkoniyatini beradi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/onix-uzb/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston hukumati tomonlarning yarashuvi tufayli zo‘rlash bilan bog‘liq sud ishlarini yopishni taqiqladi. Jinoyatlarning da’vo muddati va garov evaziga ozod qilish imkoniyati ham bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/kyrgyzstan/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chorshanba kuni tunda Beruniy tumanidagi elektromobil avtosalonida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida avtosalonning 90 kvadrat metr maydonining tom qismi va bir dona BYD avtomobili yonib zararlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/25/fire/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning aytishicha, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik, nomunosib muomalaga yo‘l qo‘yayotgan tarbiyachi va pedagoglar ota-onalar noroziligini bildirish yo bildirmasligidan qat’i nazar, har qanday vaziyatda javobgarlikka tortilishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/children/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Xitoy rahbarlari muzokaralarida Shavkat Mirziyoyev hamkorlarni O‘zbekiston davlat korxonalari va banklarini xususiylashtirishda ishtirok etishga chaqirdi. Tomonlar hududlar kengashini tuzishga kelishib oldi va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temiryo‘li qurilishini tezroq boshlash muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/china-meeting/

Telegram | Instagram | GazetaOzb">YouTube

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Click orqali har qanday kommunal to‘lovlarni tez va qulay amalga oshirish, to‘lov uchun keshbek va hatto qog‘ozli kvitansiyalar olish mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/24/click/

Читать полностью…
Подписаться на канал