gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vazirligi maishiy texnikalar va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining dileri bo‘lishi shartligi belgilangan prezident qarori loyihasi ekspertizadan o‘tkazilganda tovarlar ro‘yxati bo‘lmaganini bildirdi. Cheklovga Raqobat qo‘mitasi va “O‘zeltexsanoat” ham munosabat bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/21/import/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Denov tumanida Nexia yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborib, avtozak bilan to‘qnashdi. Oqibatda piyoda shifoxonaga yotqizildi, Nexia haydovchisi va yo‘lovchisi vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/21/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sariosiyo tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 32 nafar o‘quvchi ovqatdan zaharlangani aytilmoqda. Hozirda ularning ahvoli qoniqarli bo‘lib, o‘quv mashg‘ulotlariga qaytgani ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/school/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uganda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 145-davlat bo‘ldi. Ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida Qo‘shma kommyunike imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/uganda/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi yerlari ijarachilari o‘z huquq va majburiyatlarini yer uchastkasidan foydalanish maqsadini o‘zgartirmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/agro-lands/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova “Adolat” sotsial demokratik partiyasi raisi etib saylandi. Avvalroq u Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/adolat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-maydan Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryo daryolari o‘zanlarida noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bu uchun jarimalar 10 baravar oshiriladi. Buzilgan yerlarni bosqichma-bosqich o‘zlashtirish, tabiiy landshaftni tiklash rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/rivers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Olma va sitrus mevali pirog, “olma” sloykalari, vanilli sharlotka, olma va yong‘oqli rulet va boshqalar — Zira.uz olma solib tayyorlasa bo‘ladigan pishiriqlar ro‘yxatini taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari endi onlayn auksion orqali 30 yil muddatga ijaraga beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/lands/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yettita kinopremyera, “Sharqona bozor” va “Teplo” ko‘rgazma-yarmarkasi, Rayhon konserti, spektakllar, ko‘rgazmalar, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunidagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi 2023-yilda O‘zbekiston ko‘chmas mulk bozorida bitimlar hajmi oshgani, Toshkent shahrida uy-joy ijarasi narxi 10,2 foizga pasaygani, ikkilamchi uy-joylar narxi o‘sish tendensiyasini saqlab qolganini ma’lum qildi. Mamlakatda yil davomida 272,4 mingta uy-joy sotilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/real-estate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez tibbiy yordam xizmatiga 13 mln 522 mingta qo‘ng‘iroq kelib tushdi. Bu 2022-yilgidan yarim milliontaga ko‘p degani. Eng ko‘p murojaat Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahridan bo‘ldi. Avvalroq SSV qo‘ng‘iroqlarning 3,5 mingtasi yolg‘on chaqiriq ekanini bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/103/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar Oliy Majlis palatalari faoliyatiga oid qonunlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha qonunni ma’qulladi. Unga ko‘ra, Senat a’zolari soni 100 tadan 65 taga qisqaradi, ularning 9 nafarini prezident tayinlaydi, Qonunchilik palatasi va Senat o‘zini o‘zi tarqatib yubora oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/laws/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yuksalish” harakati ekologlar, tadqiqotchilar va faollar o‘rtasida O‘zbekiston havosining ifloslanishi muammosi bo‘yicha so‘rov o‘tkazib, 10 ta birlamchi chora-tadbirni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/yuksalish/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tadbirkorlarga ekoturizm obyektlarini qurish uchun davlat qo‘riqxonalari va o‘rmonlardan ijaraga yerlar beriladi. Hududda kemping, o‘tov, ekouy va hayvonlarni kuzatish imkonini beruvchi zonalar ochiladi. Ular haqida ma’lumot beruvchi “Tabiatga sayohat” elektron platformasi va mobil ilovasi ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/ecotourism/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hindistonning Gaya shahridan Toshkent orqali Rossiyaga charter reysini amalga oshirayotgan Rossiyaning Falcon samolyoti Afg‘onistonda halokatga uchradi. Havo kemasi Afg‘oniston havo hududida radarlardan g‘oyib bo‘lgan. “Rosaviatsiya” bortda olti kishi borligini xabar qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/21/falcon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar atrof-muhitga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar faoliyatini cheklash va to‘xtatib turish shartlarini aniqlashtiruvchi o‘zgartishlarni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/21/ecology/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Yoshlar siyosati va sport vazirligining ajralishini va Yoshlar ishlari agentligini Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazishni tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/sport-youth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Jinoyat kodeksiga “tovlamachilik” tushunchasi qo‘shildi. Endilikda jabrlanuvchining axborot resursini yo‘q qilish, o‘zgartirish, egallab olish yoki to‘sib qo‘yish, uni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish bilan qo‘rqitib mulk talab qilish ham tovlamachilik sifatida jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/extortion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston iqtisodiyoti 2023-yilda 6 foizga o‘sib, 1,07 kvadrillion so‘mni (90,8 milliard dollarga yaqin) tashkil etdi. Aholi jon boshiga yalpi ichki mahsulot hajmi 28,98 million so‘mga (2468 dollar) o‘sdi, deya xabar bermoqda Statistika agentligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/gdp/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

"Asl Belgisi" sovg‘alar aksiyasini o‘tkazmoqda. Aksiya doirasida iPhone 15 Pro Max va boshqa smartfonlarni yutib olish mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/20/asl-belgisi

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xorijda ishlab chiqarilgan pivo hamda tabiiy va ko‘piklanadigan vinolarni reklama qilish yuzasidan cheklov bekor qilinishi mumkin. Senat “Reklama to‘g‘risida”gi qonunni Jahon savdo tashkilotining bitimlariga moslash ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/ads/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

19-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👩‍⚖️ Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova Oliy suddagi lavozimidan ozod etildi.

🛡 AQSh elchixonasining o‘zini o‘zi himoyalash kurslarini yana 60 dan ziyod xotin-qiz tamomladi.

🖥 “Ijobiydan ko‘ra salbiy tarafi ko‘p”. Urbanistlar — Toshkent ko‘chalarida haydovchilar uchun ma’lumotlar tablosi o‘rnatish haqida.

🛸 Senatorlar dronlardan noqonuniy foydalanganlik uchun jazoni yengillashtiruvchi qonunni ma’qulladi.

🌳 Ekopartiya daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalar qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi.

🏠 2023-yilda Toshkentda o‘rtacha ijara narxi 10,2 foizga pasaydi — ITIM.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston BMTning Yaqin Sharq va Afrikadagi missiyalarida ishtirok etish uchun tinchlikparvar qo‘shinlarini yuboradi. Ilk 139 nafar harbiy xizmatchi Golan tepaliklariga jo‘natiladi. Toqayev bu “geosiyosiy keskinlik kuchaygan sharoitda” mamlakat qurolli kuchlariga jangovar mahoratini oshirish imkonini berishini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar organlariga jinoyat sodir etgan yoki qidiruvdagi shaxslarni aniqlash va topishda xususiy OAV imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqi berilmoqda. Senat buni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Hozirda IIO faqat davlat organlari ta’sischiligidagi OAV imkoniyatidan foydalana oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/private-media/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat 19-yanvardagi yig‘ilishda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid foto va videolarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirishni ko‘rib chiqmadi. Biroq yuqori palata qonunni tez orada ko‘rmasa, u Senatni chetlab o‘tib, prezidentga yuboriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/discredit-law/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologik partiya a’zolari Ekologiya vazirligining Toshkent viloyati boshqarmasi tomonidan daraxtlarni kesish uchun berilgan ruxsatnomalarning qonuniyligi yuzasidan bosh prokurorga deputatlik so‘rovi yubordi. 2022−2023-yillarda boshqarma 600 dan ortiq daraxt kesishga ruxsat bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/trees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bryusselda O‘zbekiston prezidentining tashqi siyosat bo‘yicha maxsus vakili Abdulaziz Kamilov Yevrokomissiya vakili Jivka Petkova bilan uchrashdi. Tomonlar O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni tezroq imzolanishidan manfaatdor ekanini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/eu/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar Oliy sud raisining birinchi o‘rinbosari Robaxon Mahmudovani boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etishni ma’qulladi. Manbaga ko‘ra, u 2023-yilda prezidentlikka o‘zining nomzodi ko‘rsatilgan “Adolat” partiyasini boshqarishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/robakhon-makhmudova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan o‘zini o‘zi himoya qilish mashg‘ulotlari (Self Defense Camp)ni yana 60 dan ortiq ishtirokchi tamomladi. “Hukumat bu loyihani maktab yo boshqa ta’lim muassasalarida yo‘lga qo‘yishni ma’qul topsa, hamkorlikka tayyormiz”, — dedi AQSh elchisi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/self-defense-camp/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал