gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar drondan noqonuniy foydalanganlik uchun ma’muriy javobgarlik belgilovchi qonunni ma’qulladi. Apparatni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod qilinishi ham mumkin. Hozirda dronlarni noqonuniy olib kirish, sotish, olish, saqlash va foydalanish uchun jinoiy javobgarlik mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/drone/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari O‘zbekistonning faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida vaqtincha yomg‘ir yoki qor yog‘ishi mumkin. Shanba kuni harorat +3…+8 darajagacha, yakshanbada esa +10 daraja iliqqacha ko‘tarilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/hydromet/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi jamoatchilik fikrini o‘rgangach, “Paxtakor” futbol klubini vaqtincha savdodan chiqardi. Avvalroq blogerlar klub va 24 gektar maydonda joylashgan stadionni birga sotmaslikni taklif qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/pakhtakor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Singapur transport vaziri korrupsiyada ayblandi. Prokuratura u milliarderdan biznes-klassdagi reyslar, Angliya Premer-ligasi o‘yinlari va myuzikllarga chiptalar ko‘rinishida sovg‘alar olganini ta’kidlamoqda. Bu so‘nggi 40 yil ichida mamlakatdagi vazir bilan bog‘liq birinchi korrupsion ish hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/singapore/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat qo‘mitasi OAV va blogerlar ishtirokida Qonunchilik palatasi qabul qilgan va yaqinda Senat ham ko‘rib chiqishi kutilayotgan IIO xodimlari foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda tarqatganlik uchun jazo haqidagi normani muhokama qildi. Muhokamalar bo‘yicha batafsil ma’lumot.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/senat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bishkek sudi Qirg‘izistondagi bir qator mustaqil nashrlarning 11 nafar jurnalistini ikki oyga hibsga oldi. Ular ommaviy tartibsizliklarga da’vat qilishda ayblanmoqda, avvalroq ularni tintuv qilishgandi. Xalqaro inson huquqlari tashkilotlari rasmiylarni OAVga bosim o‘tkazishni to‘xtatishga chaqirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/media/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pokiston Tehronning hujumidan bir kun o‘tib Erondagi “terrorchilar boshpanalari”ga qator zarbalar berdi. Pokiston TIV Eron suverenitetini hurmat qilishini va zarbalardan maqsad mamlakat milliy manfaatlarini himoya qilish bo‘lganini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/pakistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koson tumanida 4 nafar mast erkak mashinada yo‘ldan o‘tib ketayotgan YPX xodimlarini haqoratlab videoga oldi va uni Telegram`da tarqatdi. Sud hukmi bilan ularning har biriga 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/ypx/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev bosh vazirga Nukus, Jizzax, Bekobod shaharlari, Sharof Rashidov, Dehqonobod, Uchqo‘rg‘on, Urganch tumanlarida sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda o‘sish bo‘lmagani munosabati bilan ushbu 7 ta hudud hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqishni topshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/governors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi direktori Murat Mirzayevni lavozimidan ozod etishga ko‘rsatma berdi. Davlat rahbari tashkilot faqat forumlar o‘tkazish bilan cheklanib qolganini tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/agency/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkazilmoqda. Hozirda meva-sabzavot va oziq-ovqat eksporti chegarada 4 ta idora — bojxona, karantin, SES va veterinariya organlari tomonidan nazorat qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/customs-committee/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kechasi va ertalab Toshkentning ayrim joylarini quyuq tuman qopladi. Tongga kelib, ba’zi hududlarda tuman tarqadi. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov bu paytda shahar qanday ko‘rinishda bo‘lganini suratga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/foggy-tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida er-xotin va ularning 3 nafar qizi uyidan hushsiz holda topildi. Oilaning 3 a’zosi vafot etdi, 2 nafari jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Bosh prokuratura holatga nima sabab bo‘lganini o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/uchtepa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro standartlarni joriy qilish sohasini tartibga solmasa, adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilib, Texnik tartibga solish agentligi rahbari etib tayinlanishi haqida ogohlantirildi. Agentlik to‘liq isloh qilinib, Hukumat tarkibiga o‘tkazilishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/tashqulov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘z tizimidagi kamchilik va sustkashlik bo‘lgani uchun investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari Badriddin Abidov va Texnik tartibga solish agentligi rahbari Dilshod Sattorovni lavozimidan ozod qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/investment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi haydovchilar uchun Bobur va Rustaveli ko‘chasida yo‘llardagi holat va boshqa mazmundagi ma’lumotlar aks ettiradigan ekran o‘rnatdi. “Gazeta.uz” urbanistlardan shahar ko‘chalarida bunday tablolar o‘rnatish maqsadga muvofiq yoki yo‘qligini so‘radi. Mutaxassislar o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/variable-message-sign/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Jomboy tumanida “Makarov” pistoleti va uning o‘qlarini 10 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxsni qo‘lga oldi. Uning uyidan ham eski “Monte Kristo” to‘pponchasi, turli xil gilzalar, ov miltig‘i qismlari topildi. Fuqaro hozirda qamoqqa olingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Xitoy raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 23−25-yanvar kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo‘ladi. U yerda oliy darajadagi muzokaralar, shuningdek, mamlakatning yetakchi kompaniyalari va bank-moliya institutlari rahbarlari bilan uchrashuvlar oʻtkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/19/china/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident eksport masalasini “hayot-mamotimiz” deb atadi. “Agar valyuta balansi, investitsiya yoki konvertatsiyani davom ettiramiz desak, eksportni importga nisbatan barqaror ushlab turishimiz kerak”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/conversion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

18-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💼 Adliya vaziri Akbar Toshqulov lavozimidan ozod etilishi haqida ogohlantirildi.

🌁 Toshkent aeroporti faoliyati qalin tuman sabab vaqtincha cheklandi.

✍️ Chegaradagi barcha nazorat funksiyalari Bojxona qo‘mitasiga o‘tkaziladi.

🚗 2023-yilda O‘zbekistonda avtomobil savdosi 18 foizga, xususan, elektromobilniki 4,3 baravarga oshdi.

🇺🇿 O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maxsus material:

📸 Foto: Toshkent tonggi tuman paytida qanday ko‘rinishda edi?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon shahrida Gentra yo‘lning belgilanmagan qismidan kesib o‘tayotgan 77 yoshli erkakni urib yubordi. Oqibatda piyoda shifoxonada vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident yuk tashish uchun qo‘shimcha yig‘imlar, haydovchilar uchun viza rejimi murakkabligi va boshqa masalalar bilan lozim darajada shug‘ullanmayotgani uchun transport vazirini ogohlantirdi. Davlat rahbari ayrim elchilar va savdo maslahatchilarini ham tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/logis/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 19-yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,85 soʻmga arzonlab, 12 420,15 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniy meros obyektlari, vokzallar, jamoat transporti va poyezdlarda harakatlanish imkoniyati cheklangan kishilar uchun lift, pandus va tutqichlar o‘rnatiladi. 2027-yilgacha ming nafar nogironligi bo‘lgan shaxsning sayohat xarajatlarining 50 foizini davlat qoplaydi. Mehmonxonalar uchun ham subsidiyalar beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/accessible-tourism/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil yakunigacha O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari huzurida o‘zbek tili kurslari tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy davlatlarda “O‘zbek akademiyasi” (“Uzacademy”) internet platformasi ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/uzbek/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ekologiyaga zararli ta’sirni kamaytiruvchi texnologiyalarni joriy qilish o‘rniga mutasaddilar yana 22 ta sement zavodi qurish taklifini berayotgani ajablanarli ekani haqida gapirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda sementga yillik ehtiyojni ortig‘i bilan qoplay oladigan ishlab chiqarish quvvatlari bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/cement/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroporti mahalliy vaqt bilan soat 11:00 dan boshlab samolyotlarni qabul qilish va joʻnatish faoliyatini tikladi.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yildan har ikki yilda bir marta mukofot jamg‘armasi 2 mln dollar bo‘lgan xalqaro “O‘zbekiston ipak matolari” moda haftaligi o‘tkaziladi. Shuningdek, “Zomin”, “Chimyon” va “Amirsoy”da boj olinmaydigan (“duty free”) yirik savdo komplekslari quriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/fashion-week/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdulla Aripovga eksport hajmlari kamaygani uchun Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimlarining investitsiya bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda 10 ta tuman va shahar hokimiga nisbatan intizomiy chora ko‘rish topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident raisligidagi videoselektorda investitsiyalar sohasida chorak yakunigacha o‘zgarish qilmasa, kompleks uchun mas’ul bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayevning lavozimiga loyiqligi ko‘rib chiqilishi ma’lum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/xodjayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал