gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yog‘ingarchilik hamda havo haroratining keskin o‘zgarishi sababli 19−21-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/uzhydromet/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Samsung” yangi “Galaxy S24” flagmanlarini taqdim etdi

Yangi smartfonlar to‘rtta — qora, kulrang, binafsha, sariq rangda bo‘ladi va narxlar quyidagicha belgilanmoqda:

▫️Galaxy S24 — $800dan;
▫️S24+ — $1000dan;
▫️S24 Ultra — $1300dan boshlanadi.

Smartfonlarning sotuvi boshlanishi 31-yanvarga rejalashtirilgan.
Ularning xususiyatlari haqida batafsil:

https://www.spot.uz/oz/2024/01/18/galaxy-24/

@spotuz_uz

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Apple 2023-yilda smartfon yetkazib berish bo‘yicha Samsung`dan o‘zib ketdi va birinchi marta jahon bozorida yetakchilik qildi. Mutaxassislar buni premium gadjetlarning o‘sib borayotgan tendensiyasi bilan bog‘lashadi. Birinchi beshlikka Xitoyning Xiaomi, Oppo va Transsion kompaniyalari ham kirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/apple/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

17-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

💨 Toshkent hokimiyati shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilash rejasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi.

⚽️ “Paxtakor” futbol klubi sotuvga qo‘yildi.

👥 “Gap butun millat salomatligi haqida ketyapti”. Deputatlar Toshkent havosi ifloslanishi yuzasidan ekologiya vazirining axborotini eshitadi.

🗾 “Bu — korrupsiyaga asos”. Prezident O‘zbekiston tumanlarining master-rejalari yo‘qligi haqida gapirdi.

😷 Sanepidqo‘mita “zararli” havodan himoyalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

🇰🇬 Qirg‘izistonda xavfsizlik kuchlari mustaqil jurnalistlarni tintuv va so‘roq qilmoqda. Asosiy ma’lumotlar.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar mamlakat va Toshkent havosining ifloslanishi haqidagi savollarga javob berishi uchun ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovni parlamentga taklif qiladi. Bu mavzu ekologiyadan butun xalqning xavfsizligi va salomatligi bilan bog‘liq ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan darajaga ko‘tarildi, dedi deputat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/parliament/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sanepidqo‘mita Toshkent havosi tarkibida ko‘paygan PM2,5 zarrachalari salomatlikka qanday ta’sir qilishi bo‘yicha ma’lumot hamda havo sifati yomonlashganda nimalar qilish kerakligi haqida tavsiyalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/bad-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yilda tashkil topgan Fly Khiva aviakompaniyasi Toshkent aeroportiga birinchi Boeing 767−304 yuk samolyotini qabul qilib oldi. Kompaniya Dubay, Istanbul, Dehli va Gonkongga yuk reyslarini amalga oshirishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/flykhiva/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona shahrida 11 yoshli qizning murdasi zo‘rlash alomatlari bilan topilgandi. Sud ish bo‘yicha uch nafar gumonlanuvchiga nisbatan hukm chiqardi. Ularning ikkisi 13 va 14 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Biriga nisbatan esa 2 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/ferghana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bog‘chalarni tekshirishda “dejurniy kamchiliklar”ni aniqlaydigan Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi (KRU) faoliyatini “mutlaqo qoniqarsiz” deb atadi. “259 ta bog‘chada aniqlangan 10 mlrd so‘mlik kamchilik aslida 100 mlrd so‘mlik bo‘lgan”. Davlat rahbari tizimda korrupsiya yuqoriligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/kru/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotdan davlat budjetiga 30 trln so‘m, yalpi ichki mahsulotga 135 trln so‘m zarar yetkazilgan. Deyarli 11 mingta korxona (41 foiz) hisobotlarida faqat 1 kishini ishchi sifatida ko‘rsatgan. “Yashirin iqtisodiyot to‘g‘ri ishlayotgan tadbirkorlarga katta to‘siq bo‘lyapti”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/shadow-economy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda endi fuqarolar o‘z huquq va manfaatlarini buzayotgan mansabdor shaxslar qarorlari ustidan ma’muriy sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/free/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston militsiyasi Temirov Live va “Ayt Ayt Dese” mustaqil loyihalar jurnalistlarining ustidan tintuv o‘tkazdi va bir necha kishini so‘roqqa olib ketdi. Bundan tashqari, 24.kg agentligi tahririyatiga ham xavfsizlik kuchlari kelgan. “Gazeta.uz” vaziyatga aloqador ma’lumotlarni taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/kyrgyzstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JSST tamaki iste’molining global pasayishini qayd etdi. Tashkilotga ko‘ra, chekuvchilar soni 1,25 mlrd kishigacha kamaydi, bu kattalarning har besh nafaridan biriga to‘g‘ri keladi. O‘zbekistonda tamaki iste’molchilari soni, ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 3,83 mln kishini tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/tobacco-use/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

16-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🛫 BAA o‘zbekistonliklar uchun vizani bekor qildi.

📈 9 ta tuman-shahar hokimlari inflyatsiya masalasidagi sustkashligi uchun ishdan olinishi mumkin.

✍️ Davlat soliq qo‘mitasi tuzilmasi qayta ko‘rib chiqiladi.

🚑 Rossiyada davlat raqami O‘zbekistonniki bo‘lgan avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Vafot etganlar bor.

📄 Prezident ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi.

💰 2023-yilda 1,2 trln so‘mlik noqonuniy xarajat, 200 mlrd so‘mlik kamomad va o‘g‘riliklarga yo‘l qo‘yildi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Valijon Adizov Navoiy viloyatining Karmana tumaniga rahbar bo‘ldi. Bu tumanning avvalgi hokimi mayning ferma bilan bog‘liq mojaro tufayli ishdan olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/buka-karmana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba tongidagi qalin tuman Toshkent aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi. Bir qancha reyslar Samarqand, Farg‘ona, Namangandagi muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parvozlar kechikib amalga oshirilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/airport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston mahallalari uyushmasi ta’sis konferensiyasida mahalla faollariga murojaat qilindi. Unda mahalla “odamlarga eng yaqin xalqchil tuzilmaga, chinakam xalq vijdoni”ga aylanib borayotgani ta’kidlanib, faoliyatni “sifat jihatdan yangi bosqichga” ko‘tarish zarurligi qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/18/mahallas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy aholisi COVID-19 sababli ortgan o‘lim darajasi va past tug‘ilish ko‘rsatkichi fonida ketma-ket ikkinchi yil qisqarmoqda. Rasmiylar bu kelajakda mamlakat iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilishidan xavfsiramoqda, ammo hozircha yosh oilalarni qo‘llab-quvvatlash uchun yetarli mablag‘ yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/china-population/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bosh vazir o‘rinbosariga yil oxirigacha 70 ta, 2025-yilda esa O‘zbekistonning barcha tumanlari bo‘yicha master-rejalar ishlab chiqish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, u ba’zi hokimlar paxta maydonlarini elektron platformaga integratsiya qilish to‘g‘risidagi farmoniga zid ish tutayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/master-plans/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning CRRC korporatsiyasi vakillari Toshkent hokimligiga gʻildirakli tramvaylarni namoyish etdi. Ularni Shota Rustaveli koʻchasi boʻylab «yashil transport yoʻlagi» loyihasi doirasida poytaxt transport tizimiga birlashtirish taklif qilinmoqda.


https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/srt/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 18 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,95 soʻmga qimmatlab, 12 427,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Diyor Imomxo‘jayev — “Paxtakor” va “Surxon” xususiylashtirilishi haqida

O‘zbekiston Professional futbol ligasi direktori Diyor Imomxo‘jayev “Gazeta.uz”ning Mifonomika loyihasida mehmon bo‘lib, “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirilish arafasida ekani haqida gapirgandi. O‘zPFL direktori bilan davlatning futboldagi roli, klublarni xususiylashtirish va boshqa mavzularda o‘tkazilgan suhbatni to‘liq shaklda quyidagi havola orqali ko‘rishingiz mumkin.

https://www.youtube.com/watch?v=KJcEfyQ0lZc

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi xorijlik ekspertlar ishtirokida shahardagi ekologik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha choralar ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. Ba’zi choralar “keskin” bo‘lishi va ular tadqiqot hamda tahlillarga asoslangan bo‘lishi kerakligi aytildi. Hokimlik tez orada jamoatchilikka taqdimot berilishini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/tashkent-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovni ushlab, uning faoliyatiga to‘sqinlik qilgan huquq-tartibot idoralari xodimlariga nisbatan xizmat tekshiruvi boshlanganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/prokuratura/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasiga Qahramon Quronboyev rais etib saylandi. Shu munosabat bilan u Prezident administratsiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi. Shuningdek, uyushma raisiga o‘rinbosarlar ham saylandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/kuranbayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davaktiv “Paxtakor futbol klubi” MCHJning 100 foiz davlat ulushi savdoga chiqarilganini ma’lum qildi. Klubning yangi egasi akademiya va klub faoliyatini davom ettirishi, klub balansidagi barcha sport obyektlaridan, jumladan, futbol maydonidan faqatgina sport faoliyati yo‘nalishlarida foydalanishi kerak bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/pakhtakor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston poytaxtida ertalab havo yana “zararli” darajaga yetdi. O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, РМ2,5 zarralari tarkibi JSST tavsiyalaridan 23,8 barobar oshdi. IQAir reytingida shahar 8-o‘ringa chiqdi. Rasmiylar bunday holatlar bo‘yicha ogohlantirishlar yoki tavsiyalarni hanuzgacha e’lon qilgani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/17/air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabzda 17 yoshli qiz turmushga chiqishga majburlangach, bolalar ombudsmaniga murojaat qildi. U ombudsmandan avval o‘qishini tugatmoqchi ekanini aytib, yordam so‘radi. Qizga himoya orderi berildi, ota-onasi esa majburiy nikoh uchun javobgarlik borligidan ogohlantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/shahrisabz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ma’muriy ishni tugatdi. Sud ishi mayda bezorilik va ichki ishlar xodimlarining qonuniy talablarini bajarmaslik moddalari bilan ochilgandi. Toshkent shahri IIBB jurnalist jamoat joyida chekkani uchun jarimaga tortilganini ma’lum qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/case/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident va Yevrokomissiya vitse-prezidenti Margaritis Sxinas O‘zbekiston hamda Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi sherikchilikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Yanvar so‘nggida Bryusselda YeI va MO o‘rtasida transport-kommunikatsiya aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha investorlar forumi bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/eu-delegation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал