gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BAA hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun 30 kungacha vizasiz rejimini joriy qildi. Hujjat 16-fevraldan kuchga kiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/dubai/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bandlik tizimiga kiruvchi kasbga tayyorlash muassasalari faoliyati talab darajasida emasligini ta’kidladi. Yevropa va Osiyoning rivojlangan mamlakatlari bilan kelishuvlar doirasida 150 ming ishchiga buyurtma berilgan bo‘lsa-da, bu mamlakatlarga bor-yo‘g‘i 9 ming ishchi yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/migrants/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sharof Rashidov, Pastdarg‘om, Angor tumanlari, Andijon va Termiz shaharlaridagi 123 nafar hokim yordamchisi ishdan bo‘shatiladi. Ular aholini tadbirkorlikka jalb qilish ishlarini qoniqarsiz tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/hokim-yordamchisi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda tramvay yo‘llarini loyihalash va qurish ko‘p vaqt talab etadi, shuning uchun kattaroq effektga chiqish uchun avvaliga ko‘p sig‘imli avtobuslar sotib olindi, dedi Transport vazirligi vakili. U, shuningdek, transport harakatlarining noto‘g‘ri tashkil etilishi va boshqa masalalar haqida ham gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/tram/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🇰🇬 Japarov: Deputat Jamg‘irchiyev “Salimboy”dan “ikki do‘stini yo‘q qilishni” so‘ragan.

🇹🇼 “Tayvan — Xitoyning ajralmas qismi” — O‘zbekiston TIV Tayvandagi prezidentlik saylovi haqida.

✍️ Xorijiy tovarlarning davlat xaridlaridagi ishtirokiga cheklovlar kuchaytirilishi rejalashtirilmoqda.

🤖 Sun’iy intellekt barcha ish o‘rinlarining 40 foiziga ta’sir qiladi — XVJ.

📋 Tadbirkorlarning barqarorlik reytingi 1 martdan joriy etiladi.

⚽️ “Paxtakor” va “Surxon” klublari xususiylashtirish arafasida turibdi — Diyor Imomxo‘jayev

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda bahorgacha tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/rating/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Optimo kompaniyasi tadbirkorlar uchun biznesni samarali boshqarish uchun foydali bo‘lgan do‘kon dasturini taqdim etdi. Dastur, shuningdek, do‘kon savdosini nazorat qilishni osonlashtiradi (reklama huqulari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/optimo/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanba kuni Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Margaritis Sxinas amaliy tashrif bilan O‘zbekistonga keladi. Uning Shavkat Mirziyoyev, bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev va tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bilan uchrashishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/eurocommission/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 16 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,13 soʻmga qimmatlab, 12 409,01 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ohangarondagi texnopark negizida Eltech Industrial texnoparki tashkil etilmoqda. Maqsad — “yangi turdagi elektrotexnika mahsulotlari va ularning butlovchi qismlarini o‘zlashtirish”. Shuningdek, Surxondaryoda 2 gektar qishloq xo‘jaligi yer maydoni oshxona havo tortish qurilmalari ishlab chiqarish uchun ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/eltech-industrial/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil avgust oyidan buyon Qashqadaryoning Chiroqchi tumaniga hokimlik qilib kelayotgan Fayzulla Yusupovga nisbatan hayfsan jazosi qo‘llandi. Viloyat hokimligi uning topshiriqlar ijrosida nazoratni susaytirgani va kamchiliklarga yo‘l qo‘yganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/chiroqchi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati xorijiy tovarlarning (hozirda 520 dan ortiq tovarga taqiq qo‘yilgan) davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklovlarni kuchaytirishni va mahalliy kompaniyalarga, jumladan, elektrotexnika ishlab chiqaruvchilarga ko‘proq imtiyozlar berishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/preference/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shofirkon tumanida ayol 5 yoshli bolasini 1,5 yildan ortiq vaqt davomida beshikka bog‘lagan holda kaltaklab, qiynab kelgani aniqlandi. Holat bolalar ombudsmani nazoratiga olinib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/bukhara/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Baxmal tumanida elektr ta’minoti korxonasi xodimi tok urishi oqibatida vafot etdi. U hamkasbi bilan nosoz joyni aniqlash maqsadida tekshiruv olib borayotgan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/jizzakh/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bir martalik emas, uzoq muddatli yechimlar kerak”. Faollar toza havo so‘rab fleshmob uyushtirdi (foto)

Faollar va blogerlar Toshkent markazida aholi va hukumat e’tiborini ekologik muammolar, xususan, havo sifati yomonligiga qaratish uchun #tozahavokerak heshtegi ostida fleshmob o‘tkazdi. Ular rasmiylardan bir martalik emas, balki uzoq muddatli va keng qamrovli yechimlarni kutayotganini bildirdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/tozahavokerak/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Samara viloyatida O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatiga tegishli davlat raqam belgisi bo‘lgan Lada Largus avtomobili “Gazel” yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Largus avtomashinasining uch nafar yo‘lovchisi halok bo‘ldi, yana to‘rt nafari kasalxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/crash/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 17 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,04 soʻmga qimmatlab, 12 415,015 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oʻzgarmadi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev bozor mexanizmlari asosida kredit stavkalarini kamida 2−3 foizga tushirish muhimligini qayd etdi. “Banklar resurs yo‘qligi sababli kredit foizi yuqori, deyishga o‘rganib olgan. Vaholanki, muammoli kreditlarni undirishning o‘zidan 25 trln so‘mlik kreditga resurs topsa bo‘ladi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/interest-rate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yil davomida tez yordam xizmatiga jami 3505 ta yolg‘on chaqiriq kelib tushdi. Ularning eng ko‘pi Toshkent, Farg‘ona va Qashqadaryo viloyatlariga to‘g‘ri keladi. Avvalroq bunday chaqiriqlar uchun chaqiruv xarajati miqdorida jarimaga tortish taklif etilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/16/tez-yordam/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/snow/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari almashtirish yoki o‘rnini to‘ldirish orqali dunyodagi jami ish joylarining 40 foiziga ta’sir qiladi. Rivojlangan iqtisodlar sun’iy intellektdan foyda olishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega, bu esa global tengsizlikni yomonlashtirishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/ai/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zPFL direktori Diyor Imomxo‘jayev “Paxtakor” va “Surxon” futbol klublari xususiylashtirish arafasida ekanini aytdi. “„Surxon“ aslida bir yil oldin xususiylashtirilishi kerak edi, lekin klubda bundan avval ishlagan odamlarning ba’zi xatolari bor, prokuratura buni o‘rganmoqda”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/privatization/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston rahbari Sadir Japarovning aytishicha, “Salimboy” bilan uchrashish uchun o‘zbek-qirg‘iz chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan deputat Emil Jamg‘irchiyev undan “ikki do‘stni” yo‘q qilishga yordam berishni so‘ragan. Qirg‘iziston matbuotining qayd etishicha, mamlakatda prezident va MXDQ rahbari shunday chaqiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/sadyr-japarov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sergeli tumanida metroning “Qipchoq” va “Turon” bekatlari yaqinidagi bir nechta yengil konstruksiyali do‘konlarda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmadi, deb xabar berdi FVV. “Toshkent metropoliteni” yong‘in metro tizimiga ta’sir ko‘rsatmaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/sergeli/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiyda Volkswagen ID6 mashinasi qizil chiroqda to‘xtab turgan Matiz`ga kelib urildi. Oqibatda Matiz`ning orqa o‘rindig‘ida bo‘lgan 2 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ispaniyadagi Santander bankining mintaqaviy menejeri David Plaza O‘zbekiston bank xizmatlari bozoriga kirishga qiziqish bildirdi. Shuningdek, bank O‘zbekistonga 500 mln dollar miqdorida kredit mablag‘larini ajratishga tayyorligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/santander/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tayvanda o‘tgan prezidentlik saylovida hukmron partiya nomzodi Lay Sinde g‘alaba qozondi. O‘zbekiston TIV jarayonga munosabat bildirib, mamlakat “Yagona Xitoy” tamoyilini qat’iy qo‘llab-quvvatlashi va Tayvan Xitoyning ajralmas qismi ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/taiwan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba va seshanba kunlari havo sovib, hududlarda qor va yomg‘ir yog‘adi. Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li joylarida qor ko‘chishi xavfi bor. Chorshanbadan ish haftasining oxirigacha yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, harorat asta-sekin ko‘tarilib, kunduzi +8…+13 daraja iliqqacha yuqorilaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/15/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati 2021−2022-yillarda qo‘shni mamlakatdan import qilingan “shubhali” elektrotexnika mahsulotlarining CT-1 sertifikatlarini qayta tekshiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/technics/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatidagi “Zarafshon” milliy tabiat bog‘i hududida yong‘in sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, zarar miqdori 120,7 mln so‘mni tashkil etmoqda. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал