gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 55 nafar O‘zbekiston fuqarosi nosoz avtobusdan evakuatsiya qilindi. Ular Toshkentdan Qozon (Rossiya) tomonga harakatlanayotgan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/evacuation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-fevraldan O‘zbekistonga muzlatkich, radiator, changyutkich, kir yuvish mashinasi, televizor va boshqa jihozlarni olib kirishda ishlab chiqaruvchining vakolatli vakillari yoki rasmiy dilerlari bo‘lishi talab qilinadi. Ular, shuningdek, xizmat ko‘rsatishlari ham kerak bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/electrical-engineering/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida odamlarning yangilik va tahliliy ma’lumotlarga bo‘lgan ehtiyoji to‘ldirilmasa, buni boshqa mamlakatlardagi manbalar amalga oshirishini aytdi. “Bunga mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi u. Video.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/media/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Qurolli kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan harbiy xizmatchilarga tabrik yo‘lladi. U “hozirgi o‘ta murakkab vaziyatda” mamlakat xavfsizligi va manfaatlarini ishonchli ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/army/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Konstitutsiyaviy sudi to‘g‘risidagi qonunga kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Konstitutsiyaviy sudning sudyalari qayta saylanish huquqisiz 10 yillik muddatga saylanadi (ilgari birinchi marta 5 yilga, ikkinchi marta 10 yilga saylangan).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/court/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan elektrotexnika sanoatida amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun 2024−2026-yillarda tijorat banklariga, ularning buyurtmasiga asosan 3 yillik imtiyozli davr bilan 10 yil muddatga, yillik 5 foiz stavkada 100 mln AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ochiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/credit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bojxonachilar Toshkent xalqaro aeroportida 1,8 mlrd so‘mlik olmoslarni olib kirishga uringan hindistonlik shaxslarni to‘xtatib qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/diamond/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zira.uz bu gal teftellar va frikadelkali taomlarni sevuvchilar uchun retsept tayyorladi. Undan pishloqli teftellar, Osiyocha lapshali frikadelkalar, frikadelkali toblatma, pomidorli qaylada pishirilgan frikadelka va boshqalar o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

USAID “Energiya” muvofiqlashtirish va dispetcherlik markaziga energetika sektorini boshqarish bo‘yicha 1,4 mln dollarlik asbob-uskunalar va dasturiy ta’minot topshirdi. Mazkur texnologiyalar markaz dispetcherlariga mintaqadagi energiya rejimini saqlash uchun dolzarb ma’lumotlarni namoyish qilish imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/usaid/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

12-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

🔌 O‘zbekistonda elektrotexnika jihozlari ishlab chiqaruvchilarning imtiyozlari 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin.

🏦 O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatdan o‘tdi.

🌬 Ai-80 benzini, ko‘mir, mazutni taqiqlash va qurilishga moratoriy. Toshkent havosini muhofaza qilish chora-tadbirlari taklif etildi.

✍️ “Biznesga litsenziyasiz kirish”. O‘zbekistonda tadbirkorlar uchun maxsus rejim sinovdan o‘tkaziladi.

🇺🇿 Prezident yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

🌧 Dam olish kunlari ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘adi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘mir importi 1,4 mln tonnaga oshib, 3,1 mln tonnaga (+82,3 foiz) yetgan. Qirg‘iziston ko‘miri esa 10 oyda ikki barobar ko‘paygan — deyarli 900 ming tonnagacha. Yanvar-noyabr oylaridagi yetkazib berish hajmi qiymat jihatdan 189,2 mln dollarga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/coal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan 2024-yil 1-martdan boshlab 22 turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi. 7 ta turdagi ruxsatnomalar to‘liq bekor qilinadi, yana 12 tasi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi, 3 tasi esa xabar berish tartibi bilan almashtiriladi. To‘liq ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/license/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdan Istanbulga uchgan Uzbekistan Airways samolyotida fuqaro vafot etdi. Parvoz chog‘ida surunkali kasallikka chalingan yo‘lovchi yurak xurujini boshdan kechirgan. Turkiyadagi elchixona marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/airplane/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu yil oxirigacha rentgen uskunalaridan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatga taalluqli bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/business/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt havosi sifati haqida so‘nggi kunlarda ko‘p gapirilmoqda. OAVdagi chiqishlardan so‘ng rasmiylar ham bu bo‘yicha bayonotlar bera boshladi. Xo‘sh, hududda yashayotganlar o‘zlari nafas olayotgan havo xususida qanday fikrda? “Gazeta.uz”ning bu galgi so‘rovnomasi shu haqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonlik futbolchilar Osiyo Kubogi guruh bosqichini Suriya bilan o‘yindagi golsiz durang bilan boshladi (statistika, foto).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/14/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mifonomika: Futbol davlat pulisiz yasholmaydimi?

“Gazeta.uz” odamlar orasida iqtisodiyot haqida tarqalgan miflar va yanglish tasavvurlarni muhokama qilishga qaratilgan Mifonomika loyihasini davom ettiradi.

Loyihaning oltinchi sonida Oʻzbekiston Professional futbol ligasi (OʻzPFL) bosh direktori Diyor Imomxoʻjayev bilan “Futbol davlat pulisiz yasholmaydi” degan mif haqida gaplashdik.

https://www.youtube.com/watch?v=KJcEfyQ0lZc

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odamlar Toshkent havosi haqida qanday fikrda?

Poytaxt havosi sifati tobora yomonlashmoqda, bu muammo soʻnggi vaqtlarda OAV va jamoatchilik diqqat markazida turibdi.

“Gazeta.uz“ keng muhokamalarga sabab bo’layotgan mazkur masala yuzasidan aholi fikri bilan qiziqib, odamlarga mikrofon tutdi.

Ularning aksariyati havo ifloslanishining sabablari sifatida poytaxtda mashinalarning ko’pligi, qurilish jarayonlari, daraxtlarning kesilayotgani, aholining ekologik madaniyati pastligi kabi bir qator omillarni ta’kidlab o’tdi.

Quyidagi havola orqali video bilan to’liq tanishish mumkin:
https://youtu.be/fF9mJGxgfnk?si=wCCNbD_pA1Rhz7W-

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Makkajo‘xorili tovuq sho‘rva, “Xarcho”, frikadelkali turkcha sho‘rva, qaynatma sho‘rva, yasmiqli turkcha krem-sho‘rva va boshqalar — Zira.uz turli xil suyuq taomlar ro‘yxatini taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/zira/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bank 4.0. Doim siz bilan — hozir va shu yerda” kitobi moliya sohasi uchun Asaxiy Books nashriyoti tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilindi va nashr etildi. Kitobda yaqin kelajakda kutilayotgan moliyaviy manzara qanday ekanini Brett King aniq va asosli tasvirlagan (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/asaxiy--translation-2024-01-13-14-46-23/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan begona shaxslarni uy doimiy ro‘yxatidan chiqarish uchun ularning roziligini olish bekor qilindi. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha maqsadli jamg‘armalar mablag‘larini shakllantirish to‘g‘risidagi nizomning yangi tahriri tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/house/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida joylashgan kafeda yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Yong‘in sabab kafening 150−200 kv. metr maydonida tom va shift qismi zararlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisada halok bo‘lgan 8 nafar O‘zbekiston fuqarosi jasadlari maxsus reys bilan Urganchga olib kelindi. Barcha vafot etganlar Xorazm viloyatidan bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/13/penza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan yig‘ilishini o‘tkazdi. Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash tizimini takomillashtirish, armiyani rivojlantirish va mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, harbiy-ma'muriy sektor va mudofaa sanoati faoliyatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/armed-forces/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6 ta kinopremera, “Men g‘olib” yugurish musobaqasi, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma, spektakllar, havaskorlar o‘rtasidagi shaxmat turniri, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan 2023-yil davomida O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli yangiliklar kiritilib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni yanada yengillashdi. Asosiy e’tibor iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/uz/2024/01/12/my-gov/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/iiv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 15 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,12 soʻmga arzonlab, 12 401,88 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havoni muhofaza qilish choralarini taklif qildi. IESlarda mazut va ko‘mirdan foydalanishni, Ai-80 rusumli benzinni taqiqlash, yuk mashinalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishini cheklash va markaziy ko‘chalarda mashinalardan xoli hududlar tashkil etish shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/12/save-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал