Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/11/heritage/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Olimlarning fikricha, joriy 2024-yil 2023-yildagi rekord darajadan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Bu El-Nino, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu hodisa o‘tgan yilgi haroratga ham ta’sir qilgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/extreme-heat/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/sud/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/cement/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/uzb-kg/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/olimjon-toychiyev/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Shahrisabz va Parkent tumanlarida tog‘ turizmi uchun dam olish maskanlari qurilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak platosida yengil konstruksiyali hostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmat ko‘rsatish uchun qayta foydalanishga topshirish, hududni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/tourism/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Ekvadorda telekanalga jonli efir vaqtida qurolli shaxslar bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi va “mafiya bilan o‘ynashmaslikni” aytdi. Mamlakatda hujumlar sabab 10 kishi halok bo‘ldi. Prezident “ichki qurolli konflikt” rejimini e’lon qildi. Avvalroq yirik jinoiy guruh rahbarlari qamoqdan qochgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/ecuador/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning “Mening umrim. Qaramlikdan erkinlikka” kitobida davlat chegarasi — bosh mavzulardan biri. Muallif, xususan, o‘zbek-qozoq chegarasi, ikki respublika o‘rtasidagi yer oldi-berdisi mavzulariga to‘xtalib, bahsli masalalar qanday yechilgani haqida hikoya qiladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/nazarbayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Rigada yetkazib berish xizmati kuryeri, asli musiqachi bo‘lgan o‘zbekistonlik Hasan Azlarov restoranlarda buyurtma kutish chog‘ida pianino chalardi. Kimdir uning ijrosi aks etgan videoni internetga joylagach, mijozlar Hasanni taniy boshladi, shuningdek, unga ish bo‘yicha yangi takliflar berilmoqda. Video.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/khasan-azlarov/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkentdagi AQSH elchixonasida joylashgan havo sifatini aniqlovchi datchik seshanbadan buyon texnik jihatdan nosoz holatda turibdi. Shu sababli ushbu datchikdan olingan maʼlumotlar IQAir global xizmatida xato aks etmoqda. “Bu muammoni imkon qadar tezroq hal etishga harakat qilamiz”, — deya maʼlum qildi diplomatik missiya.
Elchixona binosiga 2018-yilda oʻrnatilgan datchik poytaxtdagi birinchisi hisoblanadi. Koʻp yillardan beri undan shahardagi havo sifatini baholashda foydalanib kelinadi. Avvallari hukumat amaldorlari elchixonadagi datchik va jahon veb-saytlari vaziyatni toʻlaqonli aks ettirmasligini taʼkidlagan boʻlsa, keyinchalik bu maʼlumotlardan, jumladan, rasmiy xabarlarda ham foydalanila boshlandi. Endilikda datchiklar koʻpaydi va aholi Toshkentdagi havo toʻgʻrisidagi vaziyatni yaxshiroq bilishlari mumkin.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Samarqandda pora olganlikda ayblangan ikki nafar soliq inspeksiyasi xodimiga sud hukmi o‘qildi. Ular tadbirkorning soliq va penya qarzdorligini kamaytirib bermoqchi bo‘lgan. Sud hukmiga ko‘ra, soliqchilar 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Taniqli fotograf Husniddin Ato shogirdlari bilan tez-tez safarga chiqadi. Ustoz 2023-yil yozida Madina A’zam, Murod Yusuf, Farangiz Kamolova, Kamron Hasanov bilan birga Sultonhovuz ko‘li va uning yaqinidan oqib o‘tuvchi Sirdaryoga sayohat qilgandi. Quyida — sayohat davomida olingan suratlardan namunalar.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/sultonhovuz/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Jahon banki O‘zbekistonning 2023-yildagi iqtisodiy o‘sishini 5,5 foizga baholadi. Joriy va kelgusi yilda YIM o‘sishi bir xil darajada saqlanib qolishi prognoz qilinmoqda. Umuman olganda, Yevropa va Markaziy Osiyo mintaqasida o‘sish tezlashdi, ammo Rossiyaning Ukrainaga bosqini hamon o‘z ta’sirini ko‘rsatmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Alisher Shadmanov uzoq muddatli davolanish uchun mehnat ta’tiliga chiqdi. Uning vazifasini vaqtinchalik Prezident administratsiyasi vakili Davron Sultanov bajaradi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/ssv/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Ertalab Toshkent havosidagi RM2,5 zarralari kecha kechki paytdagi bilan solishtirganda biroz o‘zgardi — 85,5 mkg/m3 yoki JSST tavsiyalaridan 17 baravar yuqori. Shahardan kuyundi hidi kelmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/11/bad-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
10-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
❗️ Sement ishlab chiqaruvchilarga imtiyozlar berildi. Buning atrof-muhit va inson salomatligiga ta’siri muhokama qilinishi kerak.
🎹 Latviyada o‘zbekistonlik kuryer restoranlarda pianino chalib mashhur bo‘ldi.
🎪 Toshkent sirki binosi ta’mirlanadi.
💰 Bir foizli keshbek beriladigan oylik xaridlar summasiga cheklov kiritilmoqda.
⚖️ Salim Abduvaliyev qirg‘izistonlik deputatga nisbatan O‘zbekistonda qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlari bo‘yicha so‘roq qilingan.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:
📕 Toshkent uchun kurash, Bo‘stonliq alami, O‘zbekistondagi “qozoq respublikasi”. Nazarboyevning kitobida o‘zbek-qozoq chegarasi haqida nimalar yozilgan?
📸 Sultonhovuz va Sirdaryoga sayohat. Barchaga beminnat rizq ulashuvchi makon manzaralari.
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/avalanche/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/cashback/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/vat-back/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Dollarning rasmiy kursi oshdi
Markaziy bank 11 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.
Unga koʻra, 1 AQSh dollari 20,99 soʻmga qimmatlab, 12 418,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/wind/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/circus/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Prezident tarixiy shaharlardagi bozorlarni sayyohlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish hamda Toshkent va boshqa shaharlardagi yangi bozorlar loyihalari bilan tanishdi. 515 ta bozorni “tartibga keltirish” uchun alohida dastur ishlab chiqilmoqda.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/bazars/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Toshkent havosi “nosogʻlom” darajani koʻrsatmoqda
Soat 9-10 holatiga koʻra, Toshkent shahrida havo sifati RM 2,5 zarrachalari miqdori boʻyicha “nosogʻlom” darajada, deb xabar berdi “Oʻzgidromet” ikkita avtomatik monitoring stansiyasi maʼlumotlariga asoslanib.
Datchik koʻrsatkichlari Yunusobod tumanidagi Oʻzgidromet hududida 56 mkg/m3 (JSST tavsiyasi — 5 mkg/m3), Chilonzor tumanidagi Xalqlar doʻstligi maydonida 59 mkg/m3. Toshkentdagi AQSH elchixonasi hududidagi datchikdan esa texnik muammolar tufayli maʼlumot olish vaqtincha ilojsiz boʻlib turibdi.
Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb
Isroil armiyasi G‘azo sektoridagi urushning “nisbatan yo‘naltirilgan bosqichiga” o‘tmoqda, deb yozadi New York Times. Bu anklavdagi qo‘shinlar va havo hujumlari sonini kamaytirish hamda HAMAS yetakchilarini yo‘q qilish, garovga olinganlarni qutqarish bo‘yicha maqsadli operatsiyalarni o‘z ichiga oladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/israel-gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
O‘zbekistonlik shaxmatchi Nodirbek Abdusattorov Veyk-an-Zeye shahrida bo‘lib o‘tadigan Tata Steel Chess turnirida ikkinchi bor ishtirok etadi, unda amaldagi jahon chempioni Din Lijen va jahon reytingida kuchli 10 talikdan joy olgan yana uchta grossmeyster ham qatnashadi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/10/tata-steel-chess-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
9-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
📄 Prezident qonunlar “qog‘ozda emas, amalda” bajarilishi muhimligini ta’kidladi.
🛢 Taqqoslash: O‘zbekistonda va dunyoda Ai-95 benzinining o‘rtacha narxi.
♻️ O‘zbekistonga chiqindi tashiydigan birinchi elektromobil keltirildi.
👥 Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘q.
✍️ Alisher Shadmanovning betobligi sababli SSV rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimi Davron Sultonovga yuklatildi.
“Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:
📕 O‘xshamagan Turkiston konfederatsiyasi va Yelsin bilan basseyndagi musobaqa. Nazarboyev o‘z kitobida O‘zbekiston va Karimov haqida nimalar yozgan?
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
“O‘zmetkombinat” boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Dilshod Axmedov investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/dilshod-akhmedov/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Qozog‘istonda 2023-yil dekabrida mamlakat birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning memuarlar kitobi nashrdan chiqdi. “Gazeta.uz” ma’lum ma’noda shov-shuvlarga sabab bo‘lgan kitobning O‘zbekiston, jumladan, birinchi prezident Islom Karimov shaxsiga aloqador parchalarini o‘zbek tiliga tarjima qildi.
https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/09/nazarbayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb