gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/nukus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda vannaxonadagi issiq suv baki yorilishi oqibatida 20 yoshli qiz kuyish jarohati oldi. U shifoxonada vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tabiiy ofatlar paytida nogironligi bo‘lgan shaxslar eng katta xavf ostida qolishadi, chunki favqulodda holat xabarlari va evakuatsiya yo‘llari ular uchun moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar ehtiyojlarini hisobga olish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/inclusion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel iyulda bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlarida ishtirok etmoqchi. Shu sababli u o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etishga qaror qildi. Gap shundaki, bir paytda Yevropa kengashi rahbari va Yevroparlament a’zosi lavozimlarini egallash mumkin emas.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/charles-michel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning ifloslangan havosi

Ushbu video 23-dekabr kuni Toshkent aeroportidan olingan. Shahar ToshGRES trubalaridan chiqayotgan tutunga toʻlgan. Energetika sohasida ishlovchi manbamizga koʻra, havoning yuqori darajada ifloslanishi issiqlik ishlab chiqaruvchi korxonalarda mazut yoqilgani bilan bogʻliq. “Gazeta.uz” bu muammoni oʻrganmoqda.

Video oʻquvchimizdan.

@gazetauzspecial

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya hukumati 1-yanvar kuni sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida kamida 126 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Yana 500 dan ortiq odam jarohatlangan, 200 ga yaqin kishi bedarak yo‘qolgan. Buzilgan yo‘llar va noqulay ob-havo tufayli qutqarish ishlari qiyin kechmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/japan-earthquake/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/turkey/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘nggi haftalarda ko‘plab mamlakatlarda COVID-19 bilan kasallanish holatlari ko‘paygani sababli Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti odamlarni yana niqob taqish va vaksina olishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/masks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yo‘l harakati qoidalari buzilganini qayd etish vositalarini o‘rnatgan tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham qayd etish va Davlat ekologik nazorat inspeksiyasiga xabar berish huquqi berildi. Bunda tadbirkor jarima sifatida undirilgan mablag‘ning 20 foizi miqdorida rag‘batlantiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/ecology/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endi qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha ko‘rsatilgan xizmatlardan qarzi bor shaxs, elektr energiyasi uchun pul to‘lolmaydi. Bunday tartib dastlab Toshkent, Nukus va viloyatlar markazlarida, keyin esa butun respublika bo‘ylab amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/solid-waste/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Maxmudaliyev qisqa muddatli ta’tilda bo‘lgani sababli uning o‘rnini yoshlar yetakchisi Dilmurod Rahimjonov vaqtincha egalladi. Hokimlik buni “yoshlarga motivatsiya berish” deya izohladi. Bunday amaliyot 2020-yilda Andijon viloyatida ham kuzatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/hokim/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank qo‘mitasi 2023-yil dekabr oyida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etmagani uchun 3 ta bankning ayrim operatsiyalarni amalga oshirishiga cheklov o‘rnatdi va 2 ta bankka nisbatan jarima sanksiyasini qo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/cbu/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar hamda kichik tadbirkorlik subyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishda tavakkalchilik darajasini 100 foizdan 75 foizgacha tushirishni reja qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/risk/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ACWA Power kompaniyasi bilan pilot loyiha doirasida vodorod gazida harakatlanuvchi avtobuslarni sinovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/fuel-cell-bus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda 20 daraja iliqqacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topib uch nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovni futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/08/banned/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yildan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi va ularni hisoblash tartibi o‘zgardi. Endi jismoniy shaxslar uchun noturar joy obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan bir xil bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/property-tax/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yilning aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/transactions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanida King Long rusumli 93-sonli avtobus Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil texnik shikastlandi, avtobusga zarar yetmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent-Termiz-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida Let L-410 havo kemasi bilan ilk sinov parvozi amalga oshirildi. Doimiy parvozlar yo‘lovchi terminali qurilib, zaruriy infratuzilma yaratilgandan so‘ng ATR-72, Let L-410 va undan kichik samolyotlarda yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/07/sariosiyo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

✍️ 2024-yilda soliqlar: nima o‘zgardi?

💳 Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlarining maoshlari kechikayotganiga izoh berdi.

🥇 O‘zbekiston ketma-ket ikkinchi oy dunyoda eng ko‘p oltin sotgan mamlakat bo‘ldi.

💡 Endi chiqindi xizmatidan qarzi borlar “svet”ga pul to‘lolmaydi.

📸 Tadbirkorlarga ekologik huquqbuzarliklarni ham foto va videoga qayd etish huquqi berildi.

😷 JSST COVID-19 bilan kasallanish ortib borayotgani sababli niqob taqishga chaqirdi.

Gazeta.uzda e’lon qilingan maqola:

🎹 “Men uchun muhimi — ilgari bo‘lmagan narsani yaratish”. Pianinochi Lola Astanova bilan suhbat.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Soliq kodeksiga o‘zgartirishlar kiritildi. Spirtli ichimliklar, alkogol va tamaki mahsulotlari, benzin, qurilish materiallariga aksiz solig‘i stavkalari o‘zgarmoqda. Ichimliklar uchun aksiz solig‘i, shuningdek, yangi yig‘imlar joriy etilmoqda. Soliqlar bo‘yicha o‘zgarishlar — “Gazeta.uz” sharhida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/taxes-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dekabr oyi me’yorlardan 1,5−2 darajaga issiq bo‘ldi. Noyabr oyi esa kuzatuvlar tarixidagi eng issiq oy bo‘ldi. Shu bilan birga, 13-dekabr kuni Toshkentda oxirgi 30 yildagi eng past harorat qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/december/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 8 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 28,84 soʻmga qimmatlab, 12 384,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pianinochi Lola Astanova “Gazeta.uz” bilan suhbatda internetdagi mashhurlik, o‘zbekistonliklarning xorijdagi muvaffaqiyatlari va o‘zini o‘zbek milliy ohanglarida sinab ko‘rish istagi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. “Mahorat bo‘lmasa, ijtimoiy tarmoqlardagi mashhurlik sizga yordam berolmaydi”, deydi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/lola-astanova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi savdo do‘konlarining birida bepul kiyim-kechak tarqatilishi sabab tartibsizlik yuzaga keldi. Poytaxt IIBB holat bo‘yicha hech kim jarohatlanmagani va jamoat tartibi saqlanganini bildirdi. Ommaviy tadbirlar o‘tkazish qoidalarini buzgani uchun do‘kon rahbari 5,1 mln so‘m miqdorida jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/crowd/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Italiya bilan ushlab berish, jinoiy ishlar bo‘yicha o‘zaro huquqiy yordam va mahkumlarni topshirish to‘g‘risidagi shartnomalarni ratifikatsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga aloqadorligi uchun to‘qqiz yil qidiruvda bo‘lgan fuqaro 6,5 yilga ozodlikdan mahrum etildi. U mart oyida Turkiya politsiyasi tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga ekstraditsiya qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/terrorism/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston oktabrda kuzatilgani kabi noyabr oyida ham dunyoda eng ko‘p oltin sotgan davlat bo‘ldi. Mamlakatning qimmatbaho metallni sotish hajmi 11 tonnani tashkil etdi, bu ikkinchi o‘rindagi Qozog‘istonning ko‘rsatkichlaridan deyarli 4 baravar ko‘p.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/06/gold/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал