gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vladimir Putin Ukrainadagi urush davrida Rossiya Qurolli kuchlarida harbiy xizmatni o‘tash uchun shartnoma imzolagan xorijliklarga mamlakat fuqaroligini soddalashtirilgan tartibda olishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/05/russia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Asilbek Xudayarov Amrillo Inoyatovning o‘rniga sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Shuningdek, u Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimini ham saqlab qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/health/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-apreldan tarkibida shakar bo‘lgan gazlangan ichimliklar litri uchun 500 so‘m, energetik ichimliklar uchun 2000 so‘m miqdorida aksiz solig‘i joriy etiladi. Avvalroq ichimlik ishlab chiqaruvchilar ularning investitsion rejalariga ta’sir qiluvchi bu chora oldindan muhokama qilinmaganiga e’tiroz bildirgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/beverages/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda ikkita yuk mashinasining to‘qnashuvi oqibatida ulardan biri, 21 tonna limon olib ketayotgan transport butunlay yonib ketdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/samarqand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” chekka hududlardagi maktab va bog‘chalarga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish g‘oyasidan voz kechilgani haqidagi xabarda noaniqlikka yo‘l qo‘ydi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 715 ta maktabda o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/correction/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida 5−9-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bank sohasidagi yirik o‘zbek axborot tizimlarining ishlab chiqaruvchilardan biri Fido-Biznes Markaziy Osiyoda SWIFT biznes hamkori maqomini olgan birinchi IT-kompaniyalardan biri bo‘ldi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/fido-biznes-uz/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda eski ToshMI hududidagi Toshkent kadetlar korpusining sobiq bosmaxonasi binosi buzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi buni rad etib, bino madaniy meros obyekti ekani va davlat tomonidan muhofaza qilinishini bildirdi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/building/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022−2026-yillarda yangi O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasidan chekka hududlardagi maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalariga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish bandi chiqarib tashlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/transport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Konstitutsiyani o‘zgartirish va 2026-yilgi saylovda nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytdi. Shuningdek, u Nazarboyev ketganidan keyin qo‘shhokimiyat modelini joriy etishga urinishlar bo‘lganini va uning sheriklari “siyosiy o‘yinlari” sabab “mamlakatni deyarli parchalab tashlaganini” tan oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/tokayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bilan shug‘ullangan IT-Med davlat muassasasi tugatilmoqda, uning Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish bo‘yicha majburiyatlari UZINFOCOM yagona integratoriga o‘tkazilmoqda. Sohaga oid asosiy axborot tizimlarini ishga tushirish 2024−2025-yillarga mo‘ljallanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/it-med/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati aniq belgilab beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/mahallas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijonda mast haydovchi katta tezlikda mashina boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urildi. YPX xodimi va yana bir haydovchi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

4-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⛽️ O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda.

🕍 Eski ToshMIdagi bino buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi. U — madaniy meros obyekti (+foto).

🤵 Asilbek Xudayarov sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

🖥 Toshkent ko‘chalariga haydovchilar uchun ma’lumotlar yozilgan ekranlar o‘rnatiladi.

🏔 O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi.

📱 Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt hokimligi huzuridagi Raqamli rivojlanish departamenti tomonidan Bobur va Shota Rustaveli ko‘chalari chorrahasida fuqarolarni real vaqt rejimida yo‘l harakatidagi vaziyat to‘g‘risida xabardor qilish uchun o‘zgaruvchan ma’lumotlar tablosi o‘rnatildi. “Gazeta.uz” bu nima uchun zarurligi bilan qiziqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/variable-message-sign/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2025-yildan boshlab dalada suv hisoblagich o‘rnatgan va tejamkor texnologiyalarni qo‘llaydigan fermerlar uchun soliq koeffitsiyenti kamaytiriladi. Aksincha holatlarda esa oshiriladi. Suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish uchun imtiyozli kredit liniyasi tashkil qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston hukumati 2026-yilgacha Ai-80 benzin ishlab chiqarishdan voz kechmoqchi. Buni elektromobillarni ommalashtirish va ular uchun infratuzilmani yaratish, Ai-92 benzin ishlab chiqarishni ko‘paytirish, gaz quyish shoxobchalari uchun gaz yetkazib berish va boshqa chora-tadbirlar hisobiga amalga oshirish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/ai-80/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 5 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 3,58 soʻmga arzonlab, 12 341,54 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/docs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/price-limit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/new-year/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Multimedia va dizayn xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, kibersport, venchur moliyalashtirish va multiplikatsiya sohasidagi kompaniyalar ham endi O‘zbekistondagi IT-Park rezidenti bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/it-park/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/04/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

😷 Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori JSST tavsiyalaridan 18,7 baravarga oshdi.

📉 2023-yilda inflyatsiya 8,77 foizni tashkil qildi. O‘zbekistonda o‘tgan yil davomida narxlar qanday o‘zgardi?

🏙 Toshkent hokimiyati Fitch agentligi reytingini qaytarmoqchi.

⛽️ Ai-80 benzini bahorda qimmatlaydi. 1-apreldan benzin, dizel yonilg‘isi va gazga nisbatan aksiz solig‘i oshiriladi.

🌳 Daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Toshkent ekologiya boshqarmasi vakolatlari vaqtincha cheklandi.

🤵 Bir qator amaldorlar xususiy kompaniyalar ta’sischilari va boshqaruvchilari ro‘yxatidan chiqdi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bartaraf etilganini xabar qildi. Ular orasida ikki nafar hokim, vazir o‘rinbosari, Farmatsevtika agentligi, Antidoping markazi, Markaziy depozitariy, PR-markaz va Axborotlashuv markazi rahbarlari bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/conflict-of-interest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/excise-tax/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал