gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 4 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,74 soʻmga arzonlab, 12 345,12 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/gold-coin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/fitch/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 8,77 foizli inflyatsiya qayd etildi, bu 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkich sanaladi. Yil davomida guruch 38,7%, go‘sht 9,3%, sut 13,3%, tuxum 11,7%, shakar 11% ga qimmatladi. Benzin narxi 19,1%, propan narxi esa 29,4% ga oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/inflation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiyaning Ishikava prefekturasida yuz bergan 7,6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi. Qo‘shni hududlarda ham vayronagarchiliklar qayd etilgan. Davom etayotgan zilzilalar qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/02/uzbek/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/01/1-january/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/01/chimgan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/01/year-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/2023-uzbekistan-in-photos/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Belgorod shahri markazi Ukraina tomonidan o‘qqa tutildi, 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ukraina OAV buni bir kun avval Rossiyaning Ukraina shaharlariga bergan yirik raketa zarbasiga javob deya izohladi. BMT har ikki tomonga qilingan hujumlarni qoraladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/belgorod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi. Undan daraxtzor, archazor, to‘qayzor va tabiiy maskanlardan iborat 16 ta obyekt, 50 ta buloq, 14 ta ko‘l, 3 ta daryo, 10 ta sharshara, 4 ta soy, 10 ta g‘or, 5 ta dara, 10 ta tog‘, qoya va toshlar, 6 ta cho‘l, qumlik va barxanlar o‘rin oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/list/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan viloyati Chortoq tumaniga Ilhomjon Sattarov hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Anvarjon Otaxodjayev Namangan shahriga hokim etib tayinlangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/chortoq/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Biometrik identifikatsiya va sun'iy intellekt sohasining yetakchilardan biri bo'lgan TAD Industries kompaniyasi hammani kirib kelayotgan Yangi yil bilan tabriklaydi.

Yangi yilda barcha rejalar amalga oshishini, sihat-salomatlik, mehr-oqibat va yangi zafarlar doimiy hamroh bo’lib, har bir xonadon tinchlik, baxt va xursandchilikka to'lishini tilaydi.

Sayt: tadi.uz

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/ecology/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/fare/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/january-1/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/03/fined/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/02/birth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

31-dekabrda Ai-80 benziniga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. Endi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin narxi 6800 so‘mdan sotilmoqda (bungacha 6050 edi), xususiy shoxobchalarda esa qimmatroq.

https://www.gazeta.uz/oz/2024/01/01/ai-80/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️1-yanvardan “eski” haydovchilik guvohnomalari haqiqiy emas deb hisoblanadi

2023-yil 31-dekabr kuni Oʻzbekistonda haydovchilik guvohnomalari va 2015-yildan keyin berilgan “texpasport”larni almashtirish yakunlandi.

Guvohnomani yangilashga ulgurmagan haydovchilar Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 135-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari, yaʼni 340 ming soʻm jarimaga tortiladi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri budjetining 2024-yilgi xarajatlari 8,07 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi. Issiqlik energiyasi uchun subsidiyalar qariyb 2 trln so‘mgacha (barcha xarajatlarning to‘rtdan bir qismi) oshadi, tashqi qarz, O‘TTJ oldidagi kreditni qaytarish va chet el kreditlarini qoplash kabi xarajatlar paydo bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/tashkent-budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YouTube`ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/youtube-uzb-2023/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/who/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston 2023-yilda ijtimoiy va dunyoviy davlat maqomini oldi, bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or qonunni qabul qildi, svetoforlar o‘rnatish va jamoat transportini rivojlantirishga kirishib, shaharlarni insoniylashtirishni boshladi. Yilning boshqa voqealari — “Gazeta.uz” sharhida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/31/year-in-review/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/taliban/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etuvchi banklar ro‘yxati e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/banks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi rekord darajaga — 10 millionni tashkil etdi. Yubiley yo‘lovchi Nukusdan Toshkentga kelgan Gulshad Najimatdinova bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/uzbekistan-airports-10-million/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал