gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/pora/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tovuq va ananasli salat, mol go‘shtidan Vellington, “Bayram” salat-torti, gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, “Archa” sloykalari, zanjabilli pryanik va boshqalar — Zira.uz Yangi yil dasturxonini bezatish uchun tavsiyalar beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

29-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👴 O‘zbekistonda 1-apreldan ayrim yolg‘iz keksalarga poyezdga bepul chiptalar ajratiladi.

❄️ O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi.

⛽️ «Ai-80 benzini, isitishda mazut va ko‘mirdan foydalanish». O‘zgidromet rahbari — Toshkent havosi ifloslanishi sabablari haqida.

🚍31-dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi.

💵 Endi har qanday yoshdagi farzandining kontraktini to‘lagan ota-onalar daromad solig‘idan ozod qilinadi.

Gazeta.uz”da e’lon qilingan maqola:

📽 Nima ko‘ramiz? “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi.

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/mfa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Elyorbek Karimov Andijon viloyati Izboskan tumaniga hokim bo‘ldi. Hududni 5 yil davomida boshqarib kelgan Serobiddin Ismoilov bir necha kun oldin mansab vakolatini suiiste’mol qilish va yer berish tartibini buzishda ayblanib qamoqqa olingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/izboskan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Beshta kinopremyera, Yangi yil festivali va yarmarkalari, bayram konsertlari va spektakllar, ko‘rgazmalar, ijodiy mahorat darslari va bolalar uchun mo‘ljallangan bir qancha yorqin tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya armiyasining Ukraina shaharlariga so‘nggi paytlarda bergan eng yirik zarbasi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi, 80 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyev, Lvov, Xarkov, Odessa va Dneprda portlashlar bo‘ldi. “Rossiya o‘z arsenalidagi deyarli hamma narsa bilan zarba berdi”, — dedi Ukraina prezidenti.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/ukraine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda yuridik shaxs tashkil etmagan oilaviy tadbirkorlik subyektlari besh nafargacha doimiy ishchi yollashi mumkin bo‘ldi. Ilgari bu raqam uchtani tashkil etardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/family/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 3 yanvardan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,09 soʻmga qimmatlab, 12 352,86 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qamashi tumanida Telegram messendjerida 11 ta kanal ochib, ekstremistik mazmundagi g‘oyalarni targ‘ib qilish bilan shug‘ullangan 21 yoshli fuqaro 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/qamashi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reyestri yuritiladi. Reyestrdagi keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga va ularga hamroh shaxsga 1 yilda 1 marta temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/old/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zenergoinspeksiya”ning Buxoro viloyati xodimi 50 ming dollar pora olishda gumonlanib qo‘lga olindi. U bir yonilg‘i quyish shoxobchasini qayta ochishga, boshqasiga esa litsenziya olishga yordam berishga va 2024-yilda tekshiruvlar haqida xabardor qilishga va’da bergan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/bribe/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil Asl Belgisi raqamli markirovka tizimi uchun samarali bo‘ldi. Asosiy harakatlar tizimni rivojlantirish va mobil ilovani takomillashtirishga qaratildi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/asl-belgisi/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-dekabr kuni Uzbekistan Airways yil boshidan beri 5 millioninchi yo‘lovchisini ro‘yxatga oldi. Bu tashuvchi uchun yillik rekord ko‘rsatkichdir. 2022-yilda bu raqamlar 4,2 mln ni tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/uzbekistan-airways-5-million/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan bir qator oziq-ovqat mahsulotlariga import bojxona bojining nol stavkasini qo‘llash muddati 2025-yil 1-yanvarga qadar uzaytirildi. Qarordan ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash maqsad qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/import/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 30-dekabrdan 2-yanvargacha bo‘lgan dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari 24 soat ishlashini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/30/medical/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Salkam 140 yil avval, 1885-yilning dekabrida aka-uka Lyumerlar tarixda ilk bor katta ekranda film namoyishini uyushtirgandi. Ham shu tarixiy voqea munosabati bilan, ham bayram dam olish kunlarini maroqli o‘tkazish uchun “Gazeta.uz"ning o‘zbek tahririyati jamoasi film tavsiyalari bilan o‘rtoqlashadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/must-watch/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri kengashi 2024-yilgi budjetni tasdiqladi. Bu yil ham jamoatchilik muhokamasi va jonli efir bo‘lmadi. YAHM o‘sishi tezlashishi kutilmoqda. Aholidan olinadigan daromad solig‘i, davlat tashkilotlari foydasidan olinadigan daromadlar keskin oshishi hisobiga budjet 8 trln so‘mni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/budget-tashkent-2024/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda avtobuslar ham 31-dekabr kuni metropoliten kabi (farqi — o‘sha kuni metrodan foydalanish bepul) soat 01:00 gacha ishlaydi. “Toshshahartransxizmat” bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlarini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/new-year/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilning birinchi choragida PHEV plaginli gibrid elektromobilini taqdim etishni rejalashtirmoqda. Modellar mintaqada barqaror energiya samaradorligini ta’minlashga va’da beradi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet 30-dekabrdan 2-yanvarga qadar Toshkent va Namangan viloyatlarining bir qator hududlarida qor ko‘chishi xavfini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/warning/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda avtomobillar va elektromobillarni olib kirish qoidalarini qat’iylashtirish rejalashtirilmoqda. 2024-yildan boshlab jismoniy shaxslarga tijorat maqsadlarida avtomobil importi taqiqlanishi mumkin. Yangi xorijiy avtomobillarni faqat rasmiy dilerlar orqali sotish tartibiga qaytish taklif qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/import-auto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent — Buxoro yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdi yo‘l sozlovchini bosib ketdi. Voqea joyida halok bo‘lgan xodim sherigining ishoralari va poyezd signalini eshitmay qolgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet rahbari Sherzod Habibullayev “Daryo”ga bergan intervyusida Toshkent shahri havosining ifloslanish sabablari haqida gapirdi. Unga ko‘ra, sovuq havoda isitish tizimlari gazdan tashqari mazut va ko‘mir bilan ishlagan, gaz shoxobchalarining yopilishi esa Ai-80 benzini iste’molining oshishiga olib kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/air-pollution-tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar oyida havo harorati me’yorga yaqin, ba’zi joylarda me’yordan 1−1,5 daraja yuqori bo‘lishi kutilmoqda, deb xabar qildi O‘zgidromet. Yil quruq va iliq havo bilan boshlanadi. Harorat kechalari qisqa davrga −10…−13 daraja sovuqqacha pasayishi mumkin. Yog‘ingarchilik ba’zi joylarda me’yordan kam bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/january/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Juma kunidan O‘zbekistonga sovuq hamda nam havo kirib keladi va harorat 0 darajagacha tushadi. Dam olish kunlari yog‘ingarchiliksiz o‘tadi va O‘zbekiston aholisi bu yil ham Yangi yil bayramini qorsiz kutib oladi. 1-yanvarga kelib harorat +13 darajaga yetadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ilk bor parkinson kasalligiga chalingan keksa bemor jarrohlik yo‘li bilan davolandi. Operatsiya Samarqand davlat tibbiyot universitetining neyroxirurgiya kafedrasida turkiyalik neyroxirurgning mahorat darsi doirasida amalga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/operation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yildan yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk mashinalari va tirkamalariga yo‘ldan foydalanganlik uchun yig‘im joriy etiladi. Mablag‘lar avtomobil yo‘llarini rivojlantirish maqsadli jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/trucks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda boshqaruv paytida sigaret chekkan 87-sonli avtobus haydovchisi ishdan olindi. “Toshshahartransxizmat”ning qayd etishicha, u korxonaning ichki mehnat tartibiga amal qilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/bus-driver/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda bir erkakning bolasini turli shaklda qiynagani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani uning harakatlarini g‘ayriinsoniy deya atab, erkakka nisbatan qiynash va o‘ldirish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish ayblovi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/child/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал