gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oliy Majlis huzuridagi jamoatchilik kengashi vazirliklarning ochiqlik reytingini tuzdi. Raqamli texnologiyalar vazirligi eng yuqori, Madaniyat vazirligi esa eng quyi o‘rinda qayd etildi. Bunda vazirliklarning yil boshidan beri 50 ta eng ko‘p o‘qiladigan elektron milliy OAVdagi chiqishlari monitoring qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/29/open/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Faol o‘zbekistonliklardan 2023-yilda O‘zbekistonda sodir bo‘lgan o‘zgarishlar, yangi yil uchun kutilmalari haqida so‘raldi. Asosiy o‘zgarishlar: yangilangan Konstitutsiya, ayollar va bolalarni zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonun, Ijtimoiy himoya milliy agentligi. Asosiy kutilma — korrupsiyaga qarshi kurash.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/yuksalish/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yil 1-yanvardan bino yoki avtomashinani ijaraga beradigan jismoniy shaxslar uchun eng kam ijara haqi stavkasi oshiriladi. Iqtisodiyot va moliya vazirligi stavkalar Toshkent shahrida deyarli 50 foizga oshayotganiga izoh berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/rental-rates/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Endilikda OXYmed dorixona tarmog‘i xaridorlari kerakli dori-darmonlarni OXYmed Go saytida onlayn buyurtma qilib, uygacha yetkazib berish xizmatidan foydalanishlari mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/oxymed--translation-2023-12-28-18-08-49/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Toshkent direksiyasi rahbari Davronjon Adilov Gold Step Invest kompaniyasi bilan poytaxt va Yangi Toshkent o‘rtasida transport kesishmasini tashkil etish bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzdi. Kompaniyaning hammuassisi uning qarindoshi bo‘lishi mumkin. Loyiha qiymati 350 mlrd so‘mga baholanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/gold-step-invest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 29 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,39 soʻmga arzonlab, 12 338,77 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan “mahalla yettiligi” (sobiq “beshlik”) har bir a’zosining vazifalari belgilab berildi. Ularning faoliyati asosiy samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) bo‘yicha baholanadi. Hukumatda “yettilik”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/seven/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

31-dekabr kuni Toshkent metropolitenidan foydalanish bepul bo‘ladi. Barcha bekatlar soat 05:00 dan 1-yanvar soat 01:00 gacha xizmat ko‘rsatadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/free/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyatining Termiz shahri, Termiz, Qumqoʻrgʻon, Jarqoʻrgʻon, Qiziriq, Bandixon va Angor tumanlarida gaz taʼminoti 18:00 gacha tiklanadi

Energetika vazirligining xabar qilishicha, avariya sodir boʻlgan yerda maxsus shtab tuzilgan boʻlib, 20 nafar mutaxassis 10 ta maxsus texnika yordamida nosoz quvurni taʼmirlash va almashtirish ishlarini olib bormoqda.

Tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanishi haqida qoʻshimcha maʼlumot berilishi qayd etilgan.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11 oy yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 355,2 ming dona yoki 2022-yilning shu davriga nisbatan 25,9 foizga ko‘p avtomobil ishlab chiqarildi. Eng ko‘p Cobalt avtomobili ishlab chiqarilgan (104,6 mingta). Shuningdek, Chery ishlab chiqarish keskin o‘sdi va avtobuslar ishlab chiqarish importning ko‘payishi fonida kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/auto-production/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki o‘zining yangi hisobotida Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiya iqtisodiyoti tiklanishiga bog‘liq ekani, uzoq muddatli istiqbolda esa eng muhim omillardan biri iqlim o‘zgarishiga moslashish bo‘lishini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputat Doniyor G‘aniyev Qonunchilik palatasi Senat kabi qonunlarni ma’qullab beruvchi organga aylanayotgani haqida fikr bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qonun loyihasi hukumat tomonidan ilgari surilgan bo‘lsa, uni o‘zgartirish kerak emas, degan noto‘g‘ri qarash mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

👥 MDH davlatlari rahbarlari norasmiy sammitda 2023-yildagi hamkorlik yakunlarini sarhisob qildi.

🚘 UzAuto Motors 2024-yildagi Cobalt, Damas va Labo uchun shartnomalarni tuzib bo‘ldi.

🚑 Tez tibbiy yordam xizmatiga yana 100 ta Caddy avtomashinasi topshirildi.

⛽️ Rossiya O‘zbekiston so‘roviga asosan gaz yetkazib berishni ikki baravar oshirdi — «Gazprom» rahbari.

🚇 Toshkent metrosi 31-dekabr kuni bir soat ko‘proq ishlaydi.

🔑 Davaktiv: Rieltorlik to‘g‘risidagi qonun ko‘chmas mulk egalarining o‘zi mustaqil tuzadigan bitimlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

⚖️ Sho‘rchi tumani sobiq hokimiga tayinlangan sud hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumani sobiq hokimi Baxtiyor Xudoyberganov sentabr oyida 4 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi. Sudning apellyatsiya instansiyasi noyabr oyida hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Oliy sud esa bu haqda endigina xabar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/ex-hokim/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya parlamentining tegishli qo‘mitasi Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lish arizasini ma’qulladi. Endi hujjat parlament a’zolarining umumiy ovoziga qo‘yiladi. Prezident Rajab Toyyib Erdog‘an avvalroq hujjatning yakuniy ratifikatsiyasini Amerikaning F-16 qiruvchi samolyotlarini Anqaraga sotish bilan bog‘lagan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/sweden-nato/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

28-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

⚠️ Surxondaryodagi magistral gaz quvurida avariya yuz berdi.

🔋 «Bizga kafolatli va barqaror energiya resurslari suv bilan havodek zarur» — prezident.

🖇 Markaziy Osiyo iqtisodiyotlarining o‘sishi Rossiyadagi tiklanishga bog‘liq — Jahon banki.

✍️ Bekobod tumaniga yangi hokim tayinlandi.

Ⓜ️ Toshkentda 31 dekabr kuni metrodan foydalanish bepul bo‘ladi.

🚘 UzAuto Motors xaridorlar «sotuvga» joylayotgan shartnomalarni monitoring qilayotganini bildirdi.

🗣 O‘zbekistonliklar 2024 yilda korrupsiyaga qarshi qattiq kurash, barqaror energiya ta’minoti va ta’lim yaxshilanishini kutmoqda — so‘rovnoma.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/dayjest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Norvegiyalik grossmeyster Magnus Karlsen rapid bo‘yicha besh karra jahon chempioni bo‘ldi. Samarqanddagi turnirda Nodirbek Abdusattorov so‘nggi partiyada durang o‘ynab, kuchli uchlikka kirish imkoniyatidan mahrum bo‘ldi. O‘zbekistonlik shaxmatchi 11-o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/rapid-magnus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Yangihayot tumanida Spark va “GAZel” to‘qnashib ketdi. Yengil avtomobil haydovchisi va yo‘lovchilaridan biri shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/yth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors 2023-yilning 25−27-dekabr kunlari tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov muddati bayram kunlari munosabati bilan 2024-yilning 10-yanvar kuniga qadar uzaytirilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/uzauto-payment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Respublika mahallani qo‘llab-quvvatlash kengashi va Mahallalar uyushmasini tashkil etishni ma’qulladi. Mahalla “aholi muammolarini hal etishning tayanch bo‘g‘ini” sifatida qayd etilgan. Yangi yildan boshlab barcha tuman va shaharlarda “Mahalla budjeti” tizimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/mahallas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors kompaniyasi xaridorlar tomonidan “sotuvga” joylanayotgan shartnomalar monitoringini olib borayotgani va ularning maxsus ma’lumotlar bazasini shakllantirilishini ma’lum qildi. Kompaniya xaridorlardan uchinchi shaxslardan to‘lov qilinmagan avtomobil shartnomalarini “sotib olmasliklikni” so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ANCAP tomonidan Chery Tiggo 7 Pro avtomobil modeli “yuqori xavfsizlik va sifat” tamoyillariga sodiqligini ko‘rsatadigan besh yulduzli xavfsizlik reytingiga sazovor bo‘ldi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Malayziya poytaxtida Osiyo Chempionlar ligasining nimchorak final bosqichi uchun qur’a tashlash marosimi bo‘ldi. “Nasaf” mazkur bosqichda BAAning “Al Ayn” jamoasi bilan o‘ynasa, “Navbahor” Karim Benzema yetakchiligidagi “Al Ittihod"ga qarshi maydonga chiqadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/acl-draw/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1-apreldan tegishli manzillarda “Ko‘cha san’ati va musiqasi” loyihasi amalga oshiriladi. Unda har chorak yakunida har bir hududdan 10 nafar faol ijodkor BHMning kamida 20 baravari miqdoridagi pul mablag‘lari bilan rag‘batlantirib boriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/street-art/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shuhrat Do‘sbekov Toshkent viloyatining Bekobod tumaniga hokim etib tayinlandi. U bu lavozimda 4 oy ishlagan va mablag‘larni o‘zlashtirganlikda gumonlanib ushlangan Shuhrat Mirzayevning o‘rnini egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/bekobod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kelgusi 6 yilda O‘zbekistonda elektrga bo‘lgan talab 83 mlrd dan 120 mlrd kilovatt-soatgacha o‘sishi kutilmoqda. “Buni, birinchi galda, qayta tiklanadigan energiya hisobidan qoplaymiz”, — dedi prezident. U, shuningdek, Osiyo va Yevropa bozorlariga “yashil” energiya yetkazib berish rejalarini ham ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/green/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 248-maktabda 31 yoshli erkak daraxtga o‘zini osib, joniga qasd qildi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, marhum ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan, muqaddam bir necha marotaba o‘z joniga suiqasd qilishga uringan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/28/suicide/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyalik shaxmatchi Yan Nepomnyashiy Magnus Karlsenga berilgan “imtiyoz” tufayli Xalqaro shaxmat federatsiyasi va O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan rapid hamda blits bo‘yicha jahon chempionati tashkilotchilariga shikoyat qildi. FIDE “ishtirokchilarning hech biriga alohida sharoitlar yaratilmaganini” bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/fide/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Odamlar 2024-yilda nimalar oʻzgarishini kutyapti?

Sanoqli kunlardan soʻng 2024-yil kirib keladi. “Gazeta.uz” Toshkent shahrining ayrim hududlarida boʻlib, odamlardan kelayotgan yilda Oʻzbekistonda qanday yangilik va oʻzgarishlar boʻlishini kutayotgani bilan qiziqdi.

Ularning aksariyati eski — gaz, elektr va yoʻl muammolari boʻlmasligini, baʼzi suhbatdoshlar esa oyliklari oshishini kutayotganini bildirdi. Soʻrovnomadagi ayrim ishtirokchilarning fikricha, tinchlik — ular uchun eng muhim kutilma.

Quyidagi havola orqali video bilan toʻliq tanishish mumkin:

https://www.youtube.com/watch?v=QHNAXLMaMLc

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri, Toshkent, Sirdaryo, Farg‘ona viloyatlarida pora olishga gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi. Gumonlanuvchilar ishga joylab qo‘yish, mahkumni boshqa jazoni ijro etish muassasasiga ko‘chirib berish va jinoyat ishi qo‘zg‘atmaslik uchun pora olayotganda ushlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/27/bribe/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал