gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonova Ko‘kdala, Kasbi va Koson tumanlarida erta nikoh va o‘quvchi qizlar unashtirilayotgani bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazdi. Kosonda 18 yoshga to‘lmagan qizning to‘yi to‘xtatildi. Ko‘kdalada 3 ta holatda qizlar va ularning ota-onalari unashtiruv yoki to‘yga tayyorgarlik bo‘lmaganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/24/early-marriage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida huquq-tartibot idoralari tomonidan firibgarlik, tovlamachilik va bezorilikda gumon qilingan yana 8 nafar shaxs qo‘lga olindi. Foto.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/24/suspects/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery brendi avtomobil egalari bilan Samarqandga sayohat uyushtirdi. Tadbir butun Chery modellari qatori egalarini birlashtirdi: Arizzo 6 Pro sedanidan Tiggo 7 Pro va Tiggo 8 Pro Max krossoverlarigacha. Avtomashinalarining katta karvoni Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi, uning uzunligi 300 kilometrni tashkil etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/chery

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakat bayrog‘ini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Endi bayroqdagi quyoshning to‘lqinli nurlari to‘g‘ri holatda bo‘ladi. Bayroqning eski versiyasidagi quyosh, Japarovning so‘zlariga ko‘ra, “kungaboqarga o‘xshab ketardi”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/kyrgyzstan-flag/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati hokimi Shuhrat Abdurahmonovning yoshlar bilan uchrashuvida 12 yoshli bola kitoblar yetishmagani uchun “Yosh kitobxon” tanlovida yuta olmaganini, shu sabab mahallasiga kutubxona qurib berishni so‘radi. Hokim kutubxona bir oyda qurib berilishini, uni bolaning o‘zi boshqarishini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/andijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev diniy e’tiqod niqobi ostida yoshlarni ma’rifatga emas jaholatga undayotgan kishilar paydo boʻlayotganini ta’kidladi. Prezident, shuningdek, Haj va Umra ziyoratiga borib kelganlar orasida oʻzini koʻz-koʻz qilish, manmanlikka berilish kabi holatlar kuzatilayotganini tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/haj-and-umra/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Milliy universiteti bosh binosi qarshisidagi maydonda 23-dekabr kuni soat 10:00 dan boshlab Olot, Qarshi va Termizga talabalar uchun qo‘shimcha avtobus yo‘nalishlari tashkil etildi. Chiptalar universitet bosh binosida tashkil etilgan sayyor kassada sotiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/bus-for-students/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asaxiy Books yilning eng ommabop asarlari ro‘yxatini e’lon qildi. “Yil bestsellerlari 2023” reytingida asaxiy.uz orqali O‘zbekiston bo‘ylab eng ko‘p sotilgan 20 kitob o‘rin oldi (reklama).

https://www.gazeta.uz/uz/2023/12/23/asaxiy-books

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️O‘zbekistonda 2024-yildagi qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlar va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida prezident farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 22-mart, 11-aprel, 18-iyun, 3-sentabr va 31-dekabr barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kunlari etib belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/extra-holidays/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilda mudofaa va xavfsizlikni ta’minlash xarajatlari qo‘shimcha 3,2 trln so‘mga oshirildi. Bunga boshqa xarajatlarni kamaytirish orqali erishilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/defense-and-security/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbek tilidagi “Akvamen va yo‘qotilgan qirollik” filmi va bir qator kinopremyeralar, Yangi yil yarmarkalari hamda festivallar, shou-dasturlar, ko‘rgazmalar va mahorat darslari, konsertlar, spektakllar, musiqiy kechalar va bayramoldi dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishida O‘zbekiston mafkuraviy sohada raqobatga tayyormi, degan savolni berdi. Uning aytishicha, mamlakat madaniy diplomatiyani kuchaytiradi. Shuningdek, o‘zbek xalqi jadidlar ko‘rsatgan yo‘ldan og‘ishmay borishi kerakligi ta’kidlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/jadids/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasi ba’zi yirik savdo tarmoqlari tovarlar narxini keskin ko‘tarib, so‘ngra biror bayram munosabati bilan ularni eski narxiga qaytargan holda chegirma e’lon qilishi, bu esa “xarid illyuziyasi”ni keltirib chiqarishidan ogohlantirdi. Qo‘mita ishonchsiz reklamalar bo‘yicha shikoyat qilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/discounts/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 25 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 12,73 soʻmga arzonlab, 12 357,11 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab milliy sertifikatga ega bo‘lgan o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchilariga 50 foiz ustama to‘lanadi. Shuningdek, o‘zbek tili bo‘yicha xalqaro fan olimpiadasi o‘tkaziladi. G‘oliblar o‘zbek tili filologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/uzbek/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Do‘stlar klubi” O‘zbekiston madaniyat muassasalariga 85 mlrd so‘mlik xayriya yordamini ko‘rsatdi, dedi prezident. Uning fikricha, metsenatlik harakatini doimiy ishlaydigan tizimga aylantirish kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/24/friends-club/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi Nozimaxon Davletova Prezident administratsiyasining Tashqi aloqalar departamenti Tashqi siyosat va tashqi iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishni axborot-tahliliy ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/nozima-davletova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avgust oyida yopilgan “Yunusobod” va “Turkiston” metro bekatlari 25-dekabrdan qayta ishga tushadi. Yo‘nalishda harakatlanuvchi poyezdlar oraliq vaqt intervali tig‘iz vaqtlarda 4 daqiqagacha qisqartiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori Turkiyaga sayohatlarni erta band qilish haqida gapirib berdi, shuningdek, ushbu hizmatning sayoxlar uchun afzalliklari bilan o‘rtoklashdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/asialuxe-travel

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat san’at va madaniyat instituti dotsenti hamda “Ezgu-film” kinostudiyasi bosh rejissyori Jahongir Ahmedov Prezident administratsiyasi ijodiy tashkilotlar va kinematografiya sohasini rivojlantirish sho‘’basi yetakchi inspektori lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/jahongir-ahmedov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda “Yashil shahar” transport yo‘lagining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Loyiha doirasida Shota Rustaveli ko‘chasida joriy etilishi rejalashtirilgan yashil transport yo‘lagining konsept-dizayni, matematik modeli va uni asosida texnik iqtisodiy asoslari ishlab chiqildi. Loyiha Toshkent shahar hokimligiga kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/green-city/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bayram” salat-torti, stakandagi “mimoza”, “Shuba ostidagi seld balig‘i” ruleti, dudlangan tovuq va koreys sabzisi bilan salat, steyk va karamellangan nokli salat, kolbasa va yashil no‘xatli olivye va boshqalar — Zira.uz`dan Yangi yil dasturxonini bezash uchun turli salatlar retsepti.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan 2024 yil 2 yanvar qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilandi. Shunga koʻra, Yangi yil bayramida oʻzbekistonliklar ketma-ket toʻrt kun (30 dekabr — 2 yanvar) dam oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/new-year/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi Toshkentdagi yerosti o‘tish joyida ayollar xavfsizligiga bag‘ishlangan devoriy rasm yaratdi. Mualliflarning ta’kidlashicha, aynan shunday yopiq joylarda ayollar o‘zlarini himoyasiz his qilishadi, shu sababli ko‘chalarni hamma uchun xavfsiz ko‘rinishga keltirish muhimdir.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/23/safety/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tolibjon Olimjonov 2017-yili almashuv dasturi asosida Turin universitetiga o‘qishga kirgan. Bir yil o‘tib o‘qish va yashash xarajatlarini qoplaydigan stipendiya egasiga aylangan. U “Xorij diplomi” loyihasida Italiya universitetiga qanday qilib o‘qishga kirish va bepul ta’lim olish haqida gapirib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/study-in-italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Sharh” O‘zbekiston fuqarolariga boshqa foydalanuvchilarning fikriga asoslangan yaxshi kompaniyalar, xizmatlar va hatto yaxshi oshni topishga yordam beradi, shuningdek, sharhlar orqali daromad olish mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/sharh/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident nashriyot va matbaa korxonalari 5 yilga soliqlardan ozod qilinishi va imtiyozli kreditlar berilishini ma’lum qildi. 2024-yili O‘zbekistonda Xalqaro bolalar adabiyoti ko‘rgazmasi tashkil etiladi. Tarjimonlar uchun Ogahiy nomidagi xalqaro mukofotni ta’sis etish ham rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/publishing/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Click`dan milliard” yutuqli o‘yinining birinchi bosqichi yakunlandi. Ikkinchi bosqich 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tadi va har qaysi ishtirokchi g‘olibga aylanishi mumkin (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/click--translation-2023-12-22-16-35-11/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Televideniyeda “praym-taym”da ko‘proq xorijiy seriallar namoyish etilmoqda, dedi Shavkat Mirziyoyev. U mahalliy ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlashni taklif etib, Milliy seriallar ishlab chiqarish konsepsiyasini yaratish bo‘yicha topshiriq berdi. Toshkent viloyatida Cinema Park kinohududi tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/cinema-park/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudovning aytishicha, vazirlik O‘zbekistondagi gaz “zapravka”larini yopmagan, faqat ish vaqtini cheklagan. Avvalroq 630 dan ortiq gaz to‘ldirish shoxobchalari sovuq havo tufayli o‘z faoliyatini to‘xtatgani xabar qilingan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/22/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал