gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fariddin Nasriyev O‘zbekistonning Erondagi elchisi bo‘ldi. U shu paytgacha Qozon shahridagi bosh konsullikni boshqarib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/21/iran/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘iziston parlamenti davlat bayrog‘ini o‘zgartirish haqidagi qonunni muhokamalarsiz qabul qildi. Rasmiylar bayroqdagi quyosh nurlari shaklini ba’zilar kungaboqarga o‘xshatgani sababli o‘zgartirmoqchi. Prezident bu uning tashabbusi ekanini tan olib, o‘zgarishlar uchun “ko‘p mablag‘ kerak emasligini” aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/kyrgyzstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyevga ikki tomonlama soliqqa tortishning oldini olish, IT-park hududida Angliya huquqini joriy etish, rezidentlar uchun soliq imtiyozlarini 2040-yilgacha uzaytirish, sun’iy intellekt asosida biometrik identifikatsiya qilish, elektr ta’minoti billingiga doir rejalar yuzasidan taqdimot qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/it/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yildan IT kompaniyalari bo‘sh turgan binolarga bir yil muddatga bepul joylashtiriladi. 50 dan ortiq mutaxassisni ishli qilgan kompaniyalarning bir yillik ish haqi xarajatining 15 foizgacha qismi qoplab beriladi. Shavkat Mirziyoyev soha uchun 65 mlrd so‘m ajratilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/it-services/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar davlat budjeti to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. budjet daromadlari 375,0 trln so‘m miqdorida, xarajatlari esa 427,6 trln so‘m miqdorida rejalashtirilgan holda konsolidatsiyalashgan budjet 52,6 trln so‘m yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 4 foiz miqdoridagi taqchillik bilan shakllantirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vaziri Abdulla Aripov barcha davlat tashkilotlariga budjet va undan tashqari mablag‘lar hisobidan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayram dasturxoni yozishni va korporativ yig‘ilishlar o‘tkazishni taqiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/holiday-party/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bozorni O‘zbekistonning “tashrif qog‘ozi”ga aylantirish zarurligini ta’kidladi. U milliy madaniyatni aks ettiruvchi yangi zamonaviy bozor komplekslari loyihasini ishlab chiqishni topshirdi. Har bir hududda zargarlik majmualari tashkil etish, mehmonxona va mehmon uylari sonini ko‘paytirish reja qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/bazar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident 2024-yilda temiryo‘l va aviatransport hajmini 20 foizga oshirish bo‘yicha topshiriq berdi. Bunga erishish uchun Toshkent va viloyatlar markazlari o‘rtasida kamida ikkita, viloyatlar o‘rtasida haftasiga bitta reys yo‘lga qo‘yish, kamida 7 ta samolyot va 6 ta tezyurar poyezd olib kelish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/transport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat raisi Tanzila Narbayeva poytaxtning qator ko‘chalaridagi ko‘priklar (yerusti piyodalar o‘tish joylari)da lift va eskalatorlar ishlamayotgani yoki umuman mavjud emasligini tanqid qildi. Avvalroq “Gazeta.uz” yerusti piyodalar o‘tish joylari muammolari haqidagi videomaterialini e’lon qilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/lifts-and-escalators/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Richeville kompaniyasining «Fayz» TJMdan endilikda boshlang‘ich to‘lovsiz xonadon xarid kilish mumkin.

Yosh oilalar va ko‘chmas mulk qidirayotganlar uchun ajoyib taklif.

Hozirda to‘rtta blokning qurilish ishlari ketmoqda. Majmua 2025-yilda topshirilishi rejalashtirilgan.

Xonadonlar maydoni:

- ikki xonalik – 47 kv. m dan 54,3 kv. m gacha;
- uch xonalik – 80,5 kv. m dan 86,9 kv. m gacha.

1 kv. m uchun to‘lov 8 mln so‘mdan boshlanadi.

Aktsiya 31 dekabrgacha amal qiladi.

Qulay imkoniyatni qo‘ldan boy bermagan ma'qul.

Telefonlar: (+998) 99-607-22-22, (+998) 95-000-22-29.
Manzil: Zangiota t-ni, TXAY ko‘ch. 1A.

Instagram | Telegram

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda brendlar nomi ostida ishlab chiqarishni boshlayotgan korxonalarga qator imtiyoz va yengilliklar beriladi. Xususan, ularning xalqaro standartlarni joriy qilishdagi xarajatlari qoplab beriladi hamda xomashyolari bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/brands/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tuproqning xohishi. Pul va mehnat sarfini kamaytirib, tuproq unumdorligini qanday oshirish mumkin?

Insoniyat tuproqqa ming yillardan beri bir necha bosqichda ishlov beradi: yumshatadi, tekislaydi, kesaklarni maydalaydi, begona o‘tlarni chopadi. Bu ishlar qisqa istiqbolda hosildorlikka ijobiy ta’sir qiladi, biroq suvning isrof bo‘lishi va hatto chang bo‘ronlariga olib keladi. Xo‘sh, buni o‘zgartirish mumkinmi?

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/soil-fertility/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bloger, Shahrixon tumani tibbiyot birlashmasi qabulxona-diagnostika bo‘limi mudiri vazifasida ishlagan Otabek Axliddinovga 7 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tovlamachilik va talon-toroj qilish qilishda aybli deb topilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/otabek-axliddinov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori 2024-yilda trend yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi kutilayotgan Shri-Lanka orol-mamlakatiga sayohat xaqida savollarga javob berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha mukofotning taqdirlash marosimida “halollik vaksinasi” bilan emlangan yangi avlodni tarbiyalash ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi. U Korrupsiya muammolari bo‘yicha mintaqaviy tadqiqot markazi hamda korrupsion surishtiruv instituti joriy etishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/halollik-vaksinasi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 5,5 mingta kiberjinoyat sodir etildi, shundan 70 foizi bank kartalari bilan bog‘liq firibgarlik va o‘g‘rilik jinoyatlaridir. Prezident barcha elektron to‘lov tizimlari uchun yagona kiberxavfsizlik talablarini ishlab chiqish topshirig‘ini berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/21/cyber-crime/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida 151-sonli Mercedes-Benz avtobusida yuqori bosimli havo quvurining yorilishi tufayli qisqa tutashuv, uning ortidan yong‘in yuz berdi. “Toshshahartransxizmat”ga ko‘ra, hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan, avtobus dvigateliga zarar yetgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/bus-fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish sohasida ish o‘rinlarini qonuniylashtirish uchun 1-apreldan ayrim obyektlarni qurish uchun zarur bo‘lgan ishchilar soni me’yorini joriy etish rejalashtirilmoqda, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov. Unga ko‘ra, bu birinchi bosqichda davlat budjetidan moliyalashtiriladigan qurilishlarga qo‘llaniladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/legalization/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Qo‘chqorov yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish maqsadida naqd pul muomalasini qisqartirish bo‘yicha prezident qarori loyihasi tayyorlanganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, gap ayrim to‘lovlarni faqat bank kartalari orqali to‘lash haqida bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/shadow-economy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 21 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,27 soʻmga qimmatlab, 12 389,97 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi oshdi, rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi noyabr oyida avtomobillar sotuvi 147,5 mingtani tashkil etib, oktabr oyiga nisbatan 19 foizga pasayganini ma’lum qildi. Elektromobillar sotuvi ketma-ket uchinchi oy pasaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/cars/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident oilaviy tadbirkorlik uchun garovsiz kreditning maksimal miqdori 33 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirilishini ma’lum qildi. U, shuningdek, “biznesga qadam qo‘yayotgan” yakka tartibdagi tadbirkorlarga kredit berish taklifini ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/unsecured-loan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turar joy majmuasi NRG Jomiy aholiga zamonaviy bizness-klass xonadonlarni taklif etadi. Qishki aksiya doirasida TJMda xonadonlarni 20% dan boshlang‘ich to‘lov bilan xarid qilish mumkin (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/nrg-jomiy

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Keles shahridagi xususiy bolalar bog‘chasida 4 yoshli qizga jinsiy tegajog‘lik qilingani aytilmoqda. Bolalar ombudsmani holat nazoratga olingani va jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. “Gazeta.uz”ga ma’lum bo‘lishicha, mazkur ishda bog‘cha mudirining 24 yoshli o‘g‘li gumonlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/sexual-violence/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chimboy tumanida bir oilaning 5 a’zosi is gazidan zaharlanib vafot etdi. Ulardan ikki nafari voyaga yetmagan bo‘lgan. Xonadonda yana ikki kishi hushsiz holda topilib shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/20/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Savdo-sanoat palatasi prezident qarori loyihasini ishlab chiqdi, unga ko‘ra tadbirkorlik subyektlariga “amnistiya” e’lon qilish va Soliq kodeksining 227−1-moddasiga asosan belgilangan 400 mlrd so‘mlik jarimani hisobdan chiqarish rejalashtirilgan. Moddada belgilangan jazoni yengillashtirish ham taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/business/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro tumanining sobiq hokimi Xayrullo Jo‘rayev va Namangan viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari Saidahmad Sultonov qamoqqa olindi. Ular mansab vakolatini suiiste’mol qilish va vakolati doirasidan chetga chiqish kabi jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/khayrulla-juraev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Yuksalish” umummilliy harakati Markaziy Osiyoning yetakchi ayollari reytingini tuzdi. Nomzodlar egallab turgan lavozimi va qarorlar qabul qilishga ta’sir qilish darajasi, iqtiboslarda keltirilishi va taniqliligi va ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy tashabbuslarni ilgari surganligiga qarab baholangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/women/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi “Mikrotex” egasi va bosh direktori Andrey Xoxlunga nisbatan sanksiya kiritdi. O‘zbekistonda tug‘ilgan rossiyalik tadbirkor Yevropadan yarimo‘tkazgichlarni reeksport qilish orqali Rossiya harbiy sanoatiga yordam berishda ayblangan. sentabrda AQSh ham Xoxlunni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/19/andrei-khokhlun/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 20 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 14,98 soʻmga arzonlab, 12 371,70 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал