gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Buxoro shahrida qurilishi taxmin qilingan turizm markazi kompleksi surati tarqaldi. Shahar hokimligi surat e’lon qilingan xabar “hech qanday qonuniy asosga ega” emasligini ta’kidladi. Hokimlik, shu bilan birga, shunday sayyohlik kompleksi qurilishi rejalashtirilganini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/bukhara/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Namangan tumanida er-xotin hamda ularning 19 va 14 yoshli qizlari pechkadan tabiiy gaz isi chiqishi oqibatida zaharlanib vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/poisoning/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

So‘mdagi kreditlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 2020-yil may oyidan beri maksimal darajaga yetib, 23,8 foizni tashkil etdi. Muddati 1 yildan ortiq bo‘lgan barcha depozitlar bo‘yicha o‘rtacha stavka 10 yillik rekord — 20,7 foizgacha oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/deposits-credits/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda o‘tgan 11 oy davomida avtobuslar ishtiroki bilan bog‘liq 94 ta YTH sodir bo‘ldi. Ulardan 34 tasiga avtobus haydovchilarining o‘zlari sababchi bo‘lgani qayd etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya hamkorligida Chirchiq va Jizzax viloyatida ochilgan texnoparklarni O‘zbekistonning yana uchta viloyatida qurish rejalashtirilmoqda, dedi Rossiya sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. O‘zbekiston o‘zaro hisob-kitoblarni milliy valyutalarda faollashtirishga tayyor, dedi bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/17/industrial-parks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksportini oshirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda, dedi mamlakat sanoat va savdo vaziri Denis Manturov. Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada olib borilgan geologiya-qidiruv ishlari natijalari yangi gaz konlarining ochilishi imkonini beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/17/russian-oil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda kichik yoshdagi bolaning bog‘chaga yuzi va ko‘zlari jarohatlangan holda kelgani va buni otasi qilganini aytgan video tarqalgandi. Bolalar ombudsmani voqea Urgut tumanida sodir bo‘lgani va bola chorva mollarning orqasidan yugurishi oqibatida yiqilib tushganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/17/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrining Gagarin va Rudakiy ko‘chalarida yashovchi aholi va tadbirkorlar mahalliy hokimiyatdan munosabat kutmasdan, tunnel qurilishini to‘xtatishga yordam berishni so‘rab, prezident yordamchisi Saida Mirziyoyevaga murojaat yo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/16/tunnel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dolchinli, pishloqli yoki bodomli qumoq pechenye, brauni, “Qahva donalari”, “Shekerpare” va boshqalar — Zira.uz turli xil shirin pechenyelar retseptlari ro‘yxatini taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/16/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Urganchdagi bog‘chada tarbiyachilar bolalarni tepib, tayoq bilan urgan holda mashg‘ulot o‘tgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat Maktabgacha ta’lim boshqarmasiga ko‘ra, voqea ortidan 2 xodim ishdan olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/kindergarten/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bir necha yillar davomida Smart Ecosystem tadbirkorlarga biznesni sodda, tez va oson yuritish imkonini beruvchi yechimlarni taklif etib kelmoqda (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/smart-ecosystem/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa yetakchilari Ukraina va Moldova bilan Yevropa Ittifoqiga a’zolik bo‘yicha muzokaralarni boshlashga qaror qildi. Gruziya Yevropa Ittifoqiga kirish uchun nomzod davlat maqomini oldi. Ittifoqqa Ukraina qo‘shilishiga avval qarshi chiqqan Vengriya bu qarorga to‘sqinlik qilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/eu/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Marg‘ilon shahrida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib harakatlangan Tahoe o‘z yo‘nalishida kelayotgan Tico bilan to‘qnashdi. Hodisa oqibatida ikki kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hududgazta’minot” kompaniyasi O‘zbekistonda gaz to‘ldirish shoxobchalari uchun kiritilgan cheklovlar yumshatilganini ma’lum qildi. AGTKSHlar “mahalliy hokimliklar tomonidan tasdiqlangan reja-grafik asosida” ishini tiklaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/gas-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Eron hukumati 33 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari uchun bir tomonlama viza talablarini bekor qilish haqidagi qarorni ratifikatsiya qildi. Mamlakat turizm vaziri bu qaror Eron haqidagi salbiy propaganda va eronofobiyaga chek qo‘yishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/iran/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilari uchun qishki ta’til 28-dekabrdan boshlanadi. Darslarga 11-yanvardan qaytiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/holiday/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Seshanbadan nisbatan sovuq havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlariga tarqalib, aksariyat hududlarda yomg‘ir va qor yog‘adi. 19−21-dekabr kunlari harorat kechasi −0…−10 darajagacha, kunduzi −2…−7 darajagacha pasayadi. Jumadan havo +9 darajagacha isiydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi yil bayrami arafasida Toshkentdan Qarshi va Samarqand shaharlariga “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/trains/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida mebel ishlab chiqarish sexi shaklida ro‘yxatdan o‘tgan, ammo yashirincha mayning faoliyati bilan shug‘ullanib kelgan MCHJ aniqlandi. Energetika tizimiga 10 mlrd so‘mga yaqin zarar yetgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/18/mining-farm/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo Air aviakompaniyasi o‘zining ilk A320 samolyotida Toshkentdan Nukus, Qarshi, Samarqand va Urganchga ilk parvozlarini amalga oshirdi. Chiptalar 159,5 ming so‘mdan boshlanadi (oldinroq xaridda, bagajsiz). Shiori “Odamlar uchadi” bo‘lgan kompaniya kelasi yil xorijga ham reyslarni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/17/humo-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi yerusti piyodalar oʻtish joylari nima uchun noqulay va xavfli?

Toshkent shaharsozlik nuqtayi nazaridan muammolari koʻp shahar hisoblanadi. Lekin undagi bir obyektni mazkur muammolarning oʻziga xos ramzi sifatida koʻrsatish mumkin — yerusti piyodalar oʻtish joylari. Aynan ular shahar oʻz aholisini eshitmayotganini aniq aks ettiradi.

Biz “NOQulay shahar” loyihasining navbatdagi sonida ekspert bilan muammoni muhokama qilmoqchi emasmiz. Shunchaki poytaxt qanday qilib oʻz aholisini, jumladan, nogironligi bor insonlarni, qariyalarni, homilador ayollarni, farzandlarini aravachada olib ketayotgan ota-onalarni yuqoriga koʻtarilib, pastga tushishga majburlayotganini koʻrsatmoqchimiz.

https://youtu.be/xn82l3V6Hhs?feature=shared

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Kamalak” bolalar tashkiloti negizida O‘zbekiston bolalar tashkilotini tuzish reja qilinmoqda. Bu bolalarning qobiliyat va iqtidorlarini rivojlantirishga, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlashga hissa qo‘shishi kerak. Davlat rahbariga o‘tayotgan yilda yoshlar qanday qo‘llab-quvvatlangani bo‘yicha ma’lumot berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/16/youth/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning 48-yalpi majlisi 18-dekabrda o‘tkaziladi. Unda 2024-yil uchun davlat budjeti to‘g‘risidagi va boshqa qonunlar muhokama qilinadi. Shuningdek, Ekologiya vazirligi tomonidan iqlim o‘zgarishining oldini olishda qilinayotgan ishlar yuzasidan vazirlik axboroti eshitiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/16/senat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 16−18-dekabr kunlari qor ko‘chishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/16/warning/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Vonka” va yana beshta kinopremyera, muzdagi shou, ko‘rgazmalar, spektakllar, “Sahna” stendap klubidagi yumoristik tadbirlar, Fashion show, ijodiy mahorat darslari, do’konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizomga ko‘ra, davlat mulkini ijaraga berish jarayoni har qanday jismoniy va yuridik shaxs tashabbusi asosida boshlanishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/rent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrixon tumanida avtomashinadagi yuklar ustini to‘sish uchun davlat bayrog‘idan foydalangan haydovchi 1 mln so‘mdan oshiqroq jarimaga tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/flag/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 18 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 19,46 soʻmga qimmatlab, 12 377,49 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning ikki kompaniyasi — Alfa Beta Creative va GFK Logistic Asia Yaponiyaning sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi. Avvalroq ularga qarshi AQSh va Yevropa Ittifoqi ham sanksiya qo‘llagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/sanctions-japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi 2 ta yangi — “Turon” va “Qipchoq” bekatlarida sinov tariqasida (yo‘lovchilarsiz) poyezdlar harakati yo‘lga qo‘yildi. Yo‘lovchilar uchun xizmat ko‘rsatish qachondan boshlanishi haqida ma’lumot sinov natijalaridan so‘ng ma’lum qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал