gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda noyabr oyida aholining inflyatsion kutilmalari oktabrga nisbatan deyarli o‘zgarmadi, biznesning kutilmalari esa sezilarli pasaydi. Ish haqi, nafaqalar oshishi narxlarga bosim o‘tkazishini qayd etganlar ko‘paydi. Inflyatsiya 8 foiz va undan kamroq bo‘lishini kutayotganlar ulushi poytaxtda eng kam bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/inflation-expectations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy lifti elektr o‘chishi oqibatida qulagani haqida xabar tarqaldi. Tuman hokimligi tok o‘chgach generator ishlagani, lift ichidagi qizaloq pastga xavfsiz tushganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/elevator/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondan sovuq antitsiklon tez chekinmoqda. Juma va yakshanba kunlari kunduzi mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +7 darajagacha isiydi. Shanba esa biroz yomg‘ir va qorli o‘tishi, tuman tushishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev “O‘zavtosanoat”ni transformatsiya qilishni jadallashtirish, modellarni kengaytirish va mahsulot sifatini oshirish muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mahalliy korxonalar elektromobil ishlab chiqarish sohasini o‘zlashtirib, talablarga moslashmasa, kelajakda bozorda o‘rin topishda qiynaladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/auto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy shahridagi 6-maktabda o‘qituvchi krossovkada kelgan bolalarga tanbeh berdi. Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi o‘quvchilarning ta’lim muassasasiga sport poyabzalida kelmasligi kerak, degan talab mavjud emasligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/sneakers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Besh oy avval “faoliyatida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun” ishdan olingan “O‘zbekiston temir yo‘llari” sobiq raisi Husnutdin Hosilov yana sohaga qaytdi. U kompaniyaning bosh muhandisi etib tayinlandi. Prezident u ishdan olingan yig‘ilishda “xiyonat qilganga o‘rin yo‘q”, deya ta’kidlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/xosilov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 15 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,97 soʻmga arzonlab, 12 358,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi hosil mavsumidan paxta xomashyosini yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tovar-xomashyo birjasi orqali tuziladi. Fermerlar ortiqcha xomashyoni, shuningdek, o‘z mablag‘i hisobidan yetishtirilgan paxtani erkin sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Fermer va klasterlarni kreditlashning yangi tizimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/farmers-clusters/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koreyaning Hanshin universiteti til kursida o‘qiyotgan 22 nafar o‘zbekistonlik talaba mamlakatdan aldov yo‘li bilan chiqarib yuborilgani haqida xabar tarqaldi. O‘zbekistonning Koreyadagi elchixonasiga ko‘ra, ular oliygoh talablariga bo‘ysunmagan, shuningdek, noqonuniy mehnat bilan shug‘ullangan. Holat o‘rganilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/students/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

S&P reyting agentligining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiyaning Ukrainadagi urushi salbiy ta’sirlariga yetarlicha yaxshi turib bermoqda, biroq davlat korxonalari qarzining davlat balansiga o‘tkazilishi, budjet taqchilligi, shuningdek, siyosiy qarorlarni bashorat qilish qiyinligi bilan bog‘liq risklar mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/sp-global-ratings/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon viloyati hokimi ko‘chada ishlayotgan ichimlik suvi ta’minoti xodimlariga 4 million so‘mdan pul berdi. Tarqatilgan pullarning manbasi haqida ma’lumot berilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/andijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulug‘bek tumanida 8-sinf o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani ortidan maktabning xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/electric-shock/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati hokimi gaz va elektr energiyasi bo‘yicha muammolarni “bugun-erta” hal etish topshirig‘ini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ba’zi rahbarlar vaziyatning jiddiyligi haqida gapirganda “pashshadan fil yasamoqda”. “Ahvol G‘azo sektori va Ukrainada jiddiy. Qolgan joyda bartaraf qilsa bo‘ladi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/zoyir-mirzaev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchtepa tumanida Yutong rusumli elektrobus yo‘ldagi muzlamada boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi simyog‘ochga urildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bo‘ylab 11 oy davomida daryo o‘zanlarida qum-shag‘al qazib olish oqibatida 58 ta jinoyat ishi qo‘hg‘atilgan. Ushbu faoliyat sabab tabiatga 61,5 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlangan. Senatda shu yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga yuborilgan parlament so‘rovi natijalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/riverside/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident ishlab chiqarish tannarxini kamaytirish va O‘zbekistonda avtomobillarni mahalliylashtirish darajasini oshirish bo‘yicha topshiriq berdi, dedi “O‘zavtosanoat” rahbari Ulug‘bek Rozuqulov. Unga ko‘ra, “dilerlik tizimini takomillashtirish va aholi e’tirozlarining oldini olish” ham topshirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/localization/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX xodimlari va bojxonachilar Tojikistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 27,5 kg “gashish” va salkam 4 kg “opiy”ning O‘zbekistonda sotilishiga chek qo‘ydi. Bundan tashqari, Andijon viloyatida Qirg‘izistondan olib kelingan 4,5 kg dan ortiq “Mefedron” aniqlanib, musodara qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/drugs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“O‘zbekkosmos” “Chegara bilmas daryolar” koalitsiyasi ekspetlarining Qo‘shtepa kanali qirg‘og‘i Amudaryodan olinayotgan suv oqimi oqibatida yuvib ketilgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarini rad etdi. Agentlik aniqlashicha, sizib chiqqan suv — sizot suvlari.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/kushtepa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pastdarg‘om tumanida davlatga 2 mlrd 237 mln so‘m keltirgan mayning ferma aniqlandi. Korxona 25 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga yashirin ravishda ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/15/miner/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boysun tumanida yuk mashinasi urib yuborgan 4 yoshli bola vafot etdi. Uni opasi bog‘chadan olib qaytayotgan bo‘lgan va opasini kutmasdan yo‘lning belgilanmagan joyidan yugurib o‘tmoqchi bo‘lganida halokatga uchragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors mijozlarga avtomobillarni dilerlik markazidan 5 ish kuni ichida olib ketishni eslatdi. Aks holda kompaniya avtomobilni navbat tartibi asosida keyingi mijozga berishga majbur bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Alisher Qodirov yo‘llardagi tirbandliklarni kamaytirishga jamoat transporti jozibadorligini oshirish bilan erishishni, buning uchun esa xususiy transportlardan foydalanish va unga xizmat ko‘rsatishni qimmat qilish kerakligini aytdi. Spiker o‘rinbosari bu borada Xitoy va Singapurni misol qilib keltirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/cars/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Benzinga talab ortib borishi fonida Buxoro va Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodlari yonilg‘i ishlab chiqarishni 21,2 foizga — 4 ming tonnagacha oshirdi. “O‘zbekneftgaz”, shuningdek, mahalliy SDK Group And kompaniyasi Rossiyadan Ai-92 K5 benzini importini oshirgani haqida xabar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namangan xalqaro aeroportida havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga qoʻyilgan cheklovlar olindi, deya xabar bermoqda Uzbekistan Airports matbuot xizmati.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways 23−29-dekabr kunlari oralig‘ida talabalar uchun taqdim etilgan chegirmalarni hisobga olgan holda qo‘shimcha mahalliy aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/airways/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida saqlab qolish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Iqtisodiyotda inflyatsion jarayonlarning sekinlashib borishiga qaramasdan, bu tendensiyaning davomiyligi bo‘yicha noaniqliklar saqlanib qolmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/rate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Payshanba kuni noqulay ob-havo sababli Namangan aeroporti faoliyati vaqtincha cheklandi. Red Wings aviakompaniyasining Maxachqal’a — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha reysi Farg‘ona xalqaro aeroportiga yo‘naltirildi. Yo‘lovchilar Namanganga yerusti transporti orqali yetkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/namangan-airport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dekabr oyining ikkinchi yarmida kechalari havo harorati 0…-5 daraja sovuqdan −3…−8 darajagacha, kunduzi +5…+10 daraja iliqdan +7…+12 darajagacha o‘zgarib turadi. Oy oxirida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/december/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IQAir indeksiga ko‘ra, 14-dekabr kuni Toshkent shahrida ifloslanish darajasi me’yordan 55 baravarga oshib, havo sifati “xavfli” deya qayd etildi. Poytaxtda atmosfera quyi qismi zaharli tutun bilan muallaq o‘ralib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/tashkent-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Emine Karamanova taxallusi bilan tanilgan bloger Lemara Mirzaaxmedovaga nisbatan 7,5 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. U tuhmat, haqorat qilish va tovlamachilik jinoyatlarida aybli deb topildi. Bir epizod boʻyicha jabrlanuvchi Yangiyoʻl tumani hokimligi xodimi ekani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/mirzaahmedova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал