gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chiroqchi tumanida tez tibbiy yordam haydovchisi chaqiriqqa borganda kaltaklandi. SSB brigada masofaga 14 daqiqada yetib borganini aytmoqda. Avtomashinani chaqiriqdan ortga qaytarish uchun boshqa haydovchi jalb etilgan. Holatni ichki ishlar idoralari o‘rganmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/14/103/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

14-dekabrdan O‘zbekiston bo‘yicha havo harorati asta-sekin ko‘tarila boshlaydi. 15−17-dekabr kunlari kechasi 0…+2 darajagacha, kunduzi 0…+9 darajagacha o‘zgarib turadi. 16-dekabrda ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Markaziy Osiyo va Mo‘g‘ulistonda yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish bo‘yicha 200 million yevrolik 7 yillik dasturini ishga tushirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/ebrd/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda H3N2 (Gonkong) grippi bilan kasallanish holatlari aniqlanmoqda. Shuningdek, yil boshidan buyon 4 ta holatda “cho‘chqa grippi” ham qayd etildi, deya ma’lum qildi Sanitariya-epidemiologiya qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Otabekov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/gonkong-virusi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 14 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,00 soʻmga qimmatlab, 12 367,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi yil bayrami arafasida bozorlarda arzonlashtirilgan yarmarkalar tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bosh prokuratura narxlarni asossiz ravishda oshirishga urinishlarni nazorat qiladi, deya ta’kidlandi prezident yig‘ilishida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/price-control/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan o‘simliklar va hayvonlarga zarar yetkazganlik yoki nobud qilganlik uchun jarimalar 5−10 barobarga oshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/red-book/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev huzuridagi yig‘ilishda 2024-yil hosilidan boshlab fermerlar va klasterlar o‘rtasidagi shartnomalar chigit ekishdan avval birjada savdo o‘tkazish orqali tuzilishi ma’lum qilindi. Fermerlar va klasterlarga paxta xomashyosini yetishtirish uchun kreditlar ajratishning yangi tizimi joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/cotton/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar IIBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev “ko‘cha bolalari” qarzdor fuqarolardan qo‘rqitish va do‘pposlash yo‘li orqali pul undirib kelganini aytdi. “Ular davlatning funksiyasini o‘zlariga olishdi, desam noto‘g‘ri bo‘lmaydi”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/crime/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

SSKA klubining o‘zbekistonlik yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayev 2023-yilda jahonning eng yaxshi yosh futbolchisi nomiga nomzod bo‘ldi. Ro‘yxatda, shuningdek, Jud Bellingem, Gavi, Lamin Yamal, Alexandro Garnacho kabi futbolchilar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/abbosbek-fayzullayev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar IIBBda jinoiy faoliyatda gumon qilinib, qo‘lga olingan shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish uchun yetarli dalillar mavjud, dedi boshqarma boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev. U qo‘lga olingan shaxslardan jabrlangan fuqarolarni “qo‘rqmaslikka” va ariza berishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/evidence/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshshahartransxizmat” rahbari avtobus haydovchilarining boshqaruv vaqtida mobil telefondan foydalanish holatlarini aniqlash maqsadida o‘tkazilgan reydda ishtirok etdi. Yetti nafar haydovchi ishdan bo‘shatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/buses/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxt IIBB boshlig‘i birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayev jinoiy guruh vakillari yillar davomida kuzatilgani, dalillar yetarliligidan so‘ng ularga reydlar boshlanganini bildirdi. Shuningdek, u reydlar qo‘shni davlatlarda o‘tkazilayotgani yoki Jah Khalib konsertidagi tartibsizliklarga aloqasi yo‘qligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/toshkent-iibb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Toshkent. Yil fasllari. Vivaldi”. Yevgeniy Sorochin fotoloyihasi

“Gazeta.uz” fotomuxbiri Yevgeniy Sorochin bir yil avval Toshkentda fasllar qanday namoyon boʻlishini koʻrsatuvchi loyihasini boshlagandi. U shaharning sakkiz joyini bir xil nuqtadan turib qish, bahor, yoz va kuzda suratga oldi. Buyuk Antonio Vivaldining “Yil fasllari” konsertlari esa loyihaga saundtrek boʻldi.

Fotosuratlarni bu yerda tomosha qiling: https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/vivaldi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 13 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 21,99 soʻmga qimmatlab, 12 349,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand xalqaro aeroporti epidemiologik vaziyat tufayli kutib oluvchilar va kuzatib qo‘yuvchilar uchun kirish cheklangani haqida e’lon berib, so‘ng uni o‘chirdi. Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi vaziyat barqarorligi, aeroportni boshqaruvchi kompaniya esa uning cheklovlarsiz ishlayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryoda 4 ta qor qoploni videoqopqonga tushdi

Qashqadaryodagi “Hisor” davlat qoʻriqxonasiga oʻrnatilgan videoqopqon orqali 4 ta qor qoploni tasvirga olindi. Bu qoʻriqxonaning 40 yillik tarixida birinchi marotaba yuz berishi. Avvallari ular 1−2 tadan uchragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/snow-leopard/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tinkoff” Rossiya norezidentlari orasida 5 mln rubl va uchta Haval avtomobillari qo‘yilgan yutuqli o‘yin tashkil qilmoqda.

O‘yinda ishtirok etish uchun Tinkoff Black kartasini rasmiylashtirish kifoya. Yutuqli o‘yin so‘ngida 100 ta g‘olib 50 ming rubldan olishadi.

O‘zbekiston, Tojikiston, Qirg‘iziston va boshqa chet davlatga 20 ming rubldan ko‘proq pul jo‘natgan uchta omadli inson esa, avtomobil egasiga aylanadilar.

Tinkoff Black kartasi chet elga tez-tez pul jo‘natib turadiganlar uchun qulaydir — u bilan hatto oddiy telefon raqami bo‘yicha ham pul jo‘natish mumkin.

Aksiya haqida batafsil.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Yangi yil tadbirlari 27-dekabrdan 8-yanvarga qadar o‘tkaziladi. Bosh archa Milliy kutubxona yaqinida o‘rnatiladi. Poytaxtning yana 17 ta manziliga ham archalar o‘rnatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/new-year-trees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh Assambleyasi G‘azo sektorida zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyani qabul qildi. Uni 153 davlat, jumladan, O‘zbekiston, Rossiya, Xitoy, Braziliya va BAA qo‘llab-quvvatladi. Isroil va AQSh yana qarshi chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/casefire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

13-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Kiyevga raketa hujumini uyushtirdi. Hodisa oqibatida 53 kishi jarohat oldi, qator obyektlarga zarar yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/kyiv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-noyabrdan O‘zbekistonda 10−15 kVtgacha energiya iste’moli chegarasi joriy etildi. Chegaradan oshib ketganda “aqlli” hisoblagichlar avtomatik ravishda tarmoqdan uzadi. Energetika vazirligi ushbu cheklovlar nega kiritilgani va hozirda nima sababdan vaqtincha bekor qilinganini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/limit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri va O‘zbekistonning besh viloyatidagi gaz to‘ldirish shoxobchalarining yarmi vaqtincha yopildi. 13-dekabrdan ushbu hududlarda 1179 ta shoxobchadan 547 tasi ishlamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/gas-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev bosh vazir, uning o‘rinbosarlari, FVV, IIV, Energetika vazirligi rahbarlari va hokimlar bilan qishni betalafot o‘tkazish haqida gaplashib, gaz va elektr muammolari ko‘payganini qayd etdi. Huquq-tartibot organlari va ijtimoiy infratuzilma xizmatlari uzluksiz ish tartibiga o‘tishi belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/winter/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida 3−4 balli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi tutash hududlar, jumladan, Samarqand viloyati tumanlarida ham sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/zilzila/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 2025-yildan Kanadaga muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi mumkin. Ikki mamlakat aviatsiya ma’muriyatlari fuqaro aviatsiyasi sohasida qator kelishuvlarga erishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/13/canada/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi mahallalar va Uchtepa tumanidagi issiqlik markazida bo‘lib, obyektlarning qish mavsumiga tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/president/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar Oʻzbekistonda raqobat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini qayta koʻrib chiqish uchun yubordi. Unda davlat yordami boʻyicha loyihalarni Raqobat qoʻmitasi bilan maslahatlashishni majburiy qilish, ayrim sanksiyalarni yumshatish taklif etilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/competition/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar huquq-tartibot idoralari “Salimboy” laqabi bilan tanilgan tadbirkor Salim Abduvaliyevga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasini tanladi. Jinoyat ishining ayblovi o‘zgartirilib, yanada og‘irroq jazo nazarda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/salimbay/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar IIBB birinchi o‘rinbosari Doniyor Toshxo‘jayevning ma’lum qilishicha, tadbirkor G‘ofur Rahimovga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilmagan va qidiruvga berilmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/12/gafur-rakhimov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал