gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi 11-dekabrdan boshlab benzin ishlab chiqarishni ikki baravar — kuniga 1000 tonnagacha oshirishini ma’lum qildi. Qish mavsumida “yoqilg‘iga tobora ortib borayotgan talabga javoban” shunday qaror qabul qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/11/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

6,5 yilga qamalgan bloger Otabek Sattoriy umumiy tartibli koloniyadan manzil koloniyaga o‘tkazildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/11/sattoriy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

11-dekabr kuni Nyu-Yorkdan Toshkentga uchgan Uzbekistan Airways samolyoti yo‘lovchi zo‘ravonlik qilgani ortidan Sankt-Peterburg aeroportiga favqulodda qo‘ndi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/11/passenger/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ucell “Gigabayt ovi” mavsumini ochdi

Ucell`dan yoqimli syurprizlar: mobil operator ”Gigabayt ovi” aksiyasida ishtirok etishni hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tib, sovg‘aga internet-trafik olishni taklif etmoqda.

Buning uchun quyidagilar talab qilinadi:

1. Ucell mobil ilovasini yuklab olish.
2. Aksiyada ishtirok etish taklifini qabul qilish.
3. Ekranda o‘yin personaji – “Barsik”ni ustiga bosib tutish.

Aksiyada faqat Ucell mobil ilovasining yangi foydalanuvchilari qatnasha oladilar.

Aksiyaning o‘tkazilish davri: 2023 yil 31 dekabrgacha.

Batafsil

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Qurilish 2025-yilning oxiriga qadar davom etadi. Uzbekistan Airports amalga oshiriladigan ishlari haqida batafsil ma’lumot berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/airport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya prezidenti Vladimir Putin yangi, beshinchi prezidentlik muddatiga o‘z nomzodini qo‘yishini rasman e’lon qildi. Saylovlar 2024-yil 15−17-mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/putin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki O‘zbekistonda rivojlanish siyosatini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha operatsiyani ma’qulladi. Operatsiya doirasida bank hukumatga maxsus imtiyozli shartlar asosida 800 million AQSh dollari miqdorida kreditlar shaklida moliyaviy yordam beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniya hukumati “Rossiya harbiy texnikalari”ni qo‘llab-quvvatlashda gumon qilingan shaxslar va tashkilotlarga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi. O‘zbekistonning Mvizion kompaniyasi ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/mvizion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qirg‘izistonning O‘sh shahrida O‘zbekiston Bosh konsulligining rasmiy ochilishi bo‘lib o‘tdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/osh/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Aslida bu “Konstitutsiya hayotidan bir kun” nomli reportaj bo‘lishi lozim edi. Afsus, xaritada ko‘ringan hamma narsa ham real hayotda bo‘lavermas ekan. Ammo bu “Gazeta.uz” ijodkorlarini to‘xtata olgani yo‘q: “Konstitutsiya hayotidan bir kun” bo‘lmasa, unda mana — “Konstitutsiya hayotidan bir soat” bor!

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/street/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina hukumati O‘zbekistonning “Foton” elektronika zavodi va uning direktoriga qarshi sanksiyalar joriy etdi. Oldinroq korxonaning davlat ulushi sotuvga qo‘yilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/foton/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobat qo‘mitasining ma’lum qilishicha, Yandex Go taksi agregatorlari bozorida 86,3 foiz ulush bilan O‘zbekistonda ustun mavqeni egallaydi. Endi u ustun mavqeni egallab turgan subyektlar reyestriga kiritilishi va monopol narxlardan foydalanishning oldini olish bo‘yicha harakatlarni nazorat qilishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/yandex/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🌨 Odamlar sovuq kunlarga tayyormi?

“Gazeta.uz” oʻzining navbatdagi soʻrovnomasida odamlar oʻtgan galgi anomal sovuqdan xulosa chiqargan holda joriy qish mavsumiga qanday tadorik koʻrganini oʻrgandi.

2023-yil yanvaridagi vaziyat takrorlanishidan xavotiri borlar allaqachon tayyorgarligini qilgan: kimdir gaz boʻlmasa ishlataman deb oʻtin gʻamlagan, yana kimdir uyiga konditsioner oʻrnatgan. Yana bir guruh suhbatdoshlar barcha sharoitlar borligi, hatto oʻsha anomal qahraton kunlarda ham koʻp qiynalmaganini taʼkidladi.

“Isitish tizimi qoʻlni kuydiradigan darajada. Bunaqasi besh yildan beri boʻlmagan”, — degan respondentlardan biri rasmiylar bu safar qishga yaxshi tayyorgarlik koʻrganini eʼtirof etdi.

Toʻliq video: https://www.youtube.com/watch?v=4txow78cHYw

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovi 2024-yil 7-fevralda bo‘lib o‘tadi. Bu haqdagi farmoyishni mamlakatni 20 yildan beri boshqarib kelayotgan prezident Ilhom Aliyev imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/azerbaijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

31-dekabrgacha Bobur Residence turar-joy majmuasida xonadonlarni 31% gacha chegirma bilan sotib olish mumkin. Shuningdek, xaridorlar uchun foydali foizsiz muddatli to‘lov dasturi ham mavjud (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/bobur-residence/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijonda davlatga 2,4 mlrd so‘mdan ziyod zarar keltirgan mayning ferma aniqlandi. Korxona 33 dona mayning qurilmasini elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/11/miner/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onada “Dolzarb 40 kunlik” maxsus reydlari davomida qidiruvdagi 50 nafar va guruhbozlikda gumonlangan 25 nafardan ortiq shaxs ushlandi. Ulardan giyohvandlik vositalari, qurol-yarog‘lar, o‘q-dorilar va diniy adabiyotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/11/ferghana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2018-yildan beri Andijon viloyati Izboskan tumani hokimi sifatida ishlab kelayotgan Serobiddin Ismoilov ishdan olindi. Uning birinchi o‘rinbosari Hojiakbar Umarov hokim vazifasini vaqtincha bajaruvchi bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/10/izboskan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil oktabr oyida O‘zbekiston 11 tonna oltin sotib, bu bo‘yicha jahonda birinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/gold-export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Noyabr oyi oxirida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari oltin narxi keskin oshganiga qaramay, biroz qisqarib, 32,89 milliard dollarni tashkil etdi. O‘tgan oyda zaxiradagi ushbu qimmatbaho metallning jismoniy hajmi 12,4 tonnaga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/reserves/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Navoiy viloyatida o‘tkazilayotgan reyd tadbirlarida jinoyatda gumonlanib “Mexrik” laqabi bilan tanilgan Mexriddin Allayorov va uning 9 nafar sheriklari ushlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/mehrik/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pechda pishirilgan go‘sht bilan kartoshka, kartoshka pyureli gulyash, gruzincha “Shkmeruli”, go‘shtli kish, mol go‘shtdan mini-vellingtonlar, meksikancha burrito, qozoq taomi “Jayma” va boshqalar — Zira.uz sovuq kunlarda issiq taomlar tayyorlab ko‘rish uchun turli retseptlar bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/09/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bundan 31 yil muqaddam mustaqil O‘zbekiston o‘z Konstitutsiyasini qabul qilgan. O‘tgan yillar davomida Asosiy qonunga ko‘p o‘zgartishlar kiritilgandi, ammo 2023-yilda, aytish mumkinki, u tubdan yangilandi. “Gazeta.uz”ning navbatdagi testi Konstitutsiyaga bag‘ishlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/constitution/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori barcha O‘zbekistonlik fuqarolarni Konstitutsiya kuni bilan tabriklaydi va hozirdanoq ajoyib ta’tilni tanlab, odatiy Yangi yil bayramidan qochishni taklif qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi savdo xarajatlarini kamaytiradi va aholi farovonligini oshiradi, dedi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi rahbari Obid Xakimov AQShda o‘tkazilgan brifingda. Uning aytishicha, savdoni liberallashtirish orqali qo‘shimcha 0,4−0,5 foizgacha iqtisodiy o‘sishga erishish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/wto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Energetika vazirligi “aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida” O‘zbekiston bo‘ylab barcha metan zapravkalari faoliyati soat 6:00 dan 15:00 gacha olib borilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/gas-station/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryo viloyatida sovuq ob-havo kutilayotgani munosabati bilan 8-dekabrdan gaz quyish shoxobchalarining ish vaqtiga cheklovlar joriy etildi. Bu shoxobchalari cheklangan jadval asosida ishlay boshlaganini e’lon qilgan to‘rtinchi hudud bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/gas-stations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Sber” jamoasi Investor kuni doirasida 2021−2023-yillarga mo‘ljallangan strategiya natijalarini sarhisob qildi va 2026-yilgacha yangi rivojlanish strategiyasi haqida gapirib berdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/sber

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportida “keng ko‘lamli rekonstruksiya ishlari boshlangani” sababli yo‘l o‘tkazgich (estakada)ga chiqish 8-dekabrdan cheklanib, alohida yo‘lovchi tushirish yo‘lagi tashkil etiladi. Shuningdek, uchib ketish zaliga kuzatuvchilarning kirishi vaqtincha to‘xtatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/08/overpass/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Konstitutsiya kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ustuvor vazifalarni sanab o‘tdi. Konstitutsiyani bevosita qo‘llash, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va boshqalar shular jumlasidandir. U davlat xizmatiga kirishda Konstitutsiya asoslari bo‘yicha bilimlarni imtihondan o‘tkazishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/constitution-day/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал