gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekcha triller va oltita premera, Humo Fest hip-hop tadbiri, “Sharqona bozor”, ijodiy mahorat darslari, yumoristik shoular, spektakllar, ko‘rgazmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yakkasaroy tumanida 2023-yil 19-iyulda 51 yoshli piyodani urib ketgan avtobus haydovchisiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Unga ko‘ra, aybdor 2 yil muddatga transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum etilgan holda 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farrux Tursunov O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIV boshqarmasi va departamentini boshqarib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/spain/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bryansk (Rossiya) shahrida 8-sinfda o‘quvchi qiz gimnaziyadagi sinfdoshlariga qarata o‘t ochdi. Besh kishi yaralandi, ikki qiz halok bo‘ldi, jumladan, hujum qilgan qiz o‘z joniga qasd qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/bryansk/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya parlamentining yuqori palatasi mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovi sanasini 2024-yil 17-martga belgiladi. Vladimir Putin saylovda ishtirok etish qarorini hali e’lon qilgani yo‘q.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/russia-elections/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri kengashi deputatlari gul ko‘chatlarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 5 milliard so‘m ajratish to‘g‘risidagi qarorni ma’qulladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/flowers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlarida O‘zbekistonning ko‘plab hududlarida yomg‘ir va qor yog‘ishi kutilmoqda, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Harorat kechasi +5…−10 daraja, kunduzi +10…-5 daraja atrofida bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud ko‘chada 8 yoshli qizni o‘pib, unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilgan 63 yoshli erkakka 5 yil 4 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi. Jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tash belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/shameless/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amerikalik xonanda Teylor Svift Time jurnali tomonidan “Yil odami” deb topildi. Jurnal xonandaning besh qit’ada 151 ta shouni o‘z ichiga olgan va qo‘shiqchini milliarderga aylantirgan Eras Tour dasturiga ishora qilib, “Hozir sayyorada hech kim buncha ko‘p odamning hislarini uyg‘ota olmaydi”, deya qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/person-of-the-year/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8−13-dekabr kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Shuningdek, 10−12-dekabr kunlari Qamchiq dovonida kuchli yog‘ingarchilik va tuman kuzatilishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/avalanche/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Konstitutsiyaviy sud bolalarni zo‘ravonlikdan himoyalash bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mulk huquqlari buzilishiga “mutlaqo toqatsiz munosabat”ini shakllantirish muhim, deb hisoblaydi. Sudlarning kengashlarga hisobot berish amaliyotini bekor qilish taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/constitutional-court/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 334 nafar mahkumni afv etdi. Ularning 18 nafarini chet el fuqarolari, 23 nafarini ayollar, 15 nafarini 60 yoshdan oshgan shaxslar hamda 88 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashganlar tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/mercy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda jinoyat sodir etganlikda gumonlangan yana 6 kishi ushlandi. Ular orasida avvalroq poytaxtning “kriminal avtoritet” nomiga da’vogarlik qilgan va ikki yilga qamalib chiqqan Abbosxon Xodjayev ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/crime/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 7 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,77 soʻmga qimmatlab, 12 305,17 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston 15 yoshli o‘quvchilarning matematika, o‘qish va tabiiy-ilmiy savodxonligi bo‘yicha ko‘rsatkichlarini xalqaro baholash dasturi (PISA)da ilk bor qatnashib, so‘nggi o‘ntalikka kirdi. Tadqiqot o‘quvchilar ko‘nikmalariga ijtimoiy-iqtisodiy ahvol va oilaning oziq-ovqat xavfsizligi ta’sir qilishini ko‘rsatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/pisa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Andijon va Qoraqalpog‘iston ortidan Surxondaryo ham metan gaz quyish shoxobchalari ish vaqtiga cheklov kiritildi. Viloyatdagi AGTKSHlar 2023-yil 7-dekabrdan boshlab soat 8:00 dan 17:00 gacha ishlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/surkhandarya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🛩 Aviaspotter bolalar nima xohlaydi? Qimmat hobbi ishqibozlari bilan suhbat

“Gazeta.uz” O‘zbekistondagi yosh aviatsiya ishqibozlari bilan gaplashib, spotterlarning qiziqishlari haqida so‘radi. Ular orasida Sergeli tumanida samolyotlarni rasmga olgani uchun huquq-tartibot xodimlari tomonidan ushlangan bolalar ham bor.

Yosh spotterlar O‘zbekistonga uchib kelgan havo kemalari, ular nega samolyotlarni rasmga olishi va atrofdagilarning bunga munosabati haqida gapirib berdi. Bolalarning aytishicha, hozir aviaspotting uchun taqiqlar yo‘q. Lekin ular vaʼda qilingan spotting maydonchalari qurib berilishini intizorlik bilan kutmoqda. 

Videoni ko‘rish: https://youtu.be/C42ymzL2xwQ?si=BkIe2NuJNa04wW8G

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 11 dekabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 6,81 soʻmga qimmatlab, 12 311,98 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Davlat soliq qo‘mitasi taksi bozorini tartibga solish bo‘yicha qanday ishlar qilayotgani haqida ma’lumot berdi. Yandex Go integratsiyasidan keyin 6 kun ichida 13,5 mlrd so‘mlik 800 ming 483 ta chek shakllantirilgan. Yaqin kunlarda Uklon va MyTaxi foydalanuvchilari ham fiskal cheklarni ola boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/taxi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga o‘zining “Mening hayotim. Qaramlikdan ozodlikka” nomli memuari nusxasini sovg‘a qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/memoirs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qoraqalpog‘istondagi gaz to‘ldirish shoxobchalariga tabiiy gaz yetkazib berish belgilangan reja asosida — soat 06:00 dan 15:00 gacha amalga oshiriladigan bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/karakalpakstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

S&P “O‘zbekneftgaz” kredit reytingini past natijalar, yuqori qarz yuki va Uzbekistan GTL to‘liq quvvat bilan ishlamayotgani sababli nisbatan riskli bo‘lgan “B+” darajasiga tushirdi. Majburiyatlarning buzilishi va davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanish ehtimoli kamaygani sababli prognoz “salbiy”ga o‘zgargan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/uzbekneftgas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yil boshida 7,5 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bloger Fozilxo‘ja Orifxo‘jayev ozodlikka chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/arifxodjaev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yandex Go xizmati O‘zbekistonga to‘laydigan QQS sabab taksoparklar uchun komissiya miqdorini oshirganini tasdiqladi. Shu bilan birga, xizmat vakillarining ta’kidlashicha, taksoparklar o‘z komissiyasining kamaytirishini kutish mumkin. Ayrim taksoparklar buni tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/yandex-go/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud Toshkent viloyati Bo‘ka tumani IIB jinoyat qidiruv bo‘limining sobiq boshlig‘i, ikki nafar tergovchi va profilaktika inspektorini 6 yildan 8,5 yilgacha muddatga ozodlikdan mahrum qildi. Xodimlar kasalxonada vafot etgan gumonlanuvchini qiynoqqa solishda aybdor deb topildi, biroq ular buni rad etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/07/torture/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyatida 47 kishi jinoiy guruhga a’zolikda gumonlanib qo‘lga olindi. Ularning 6 nafariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, 25 nafari ma’muriy tartibda qamaldi. Ushbu shaxslardan psixotrop vositalar va sovuq qurollar olib qo‘yildi, deya xabar berdi DXX.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/raid-in-samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi tomonidan Qonunchilik palatasiga milliy qonunchilikni Jahon savdo tashkiloti bitimlariga uyg‘unlashtirish nazarda tutilgan qonun loyihasi kiritildi. Loyiha Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi va tegishli vazirlik hamda idoralar vakillari bilan birgalikda takomiliga yetkazilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/wto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2023-yilning o‘tgan davrida 58,2 mlrd so‘mlik elektrni o‘g‘irlash orqali mayning faoliyati bilan shug‘ullanish bo‘yicha 26 ta holat aniqlandi. Buning uchun 29 kishi o‘g‘rilikda ayblanib, protsessual tartibda ushlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/05/mayning/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda reportaj tayyorlamoqchi bo‘lgan jurnalistlarni kaltaklagan “Ko‘prikqurilish” xodimi 4 yilga shartli ravishda ozodlikdan mahrum qilindi. Aybdorga 2 yillik sinov muddati belgilandi va undan 23,7 mln so‘m zarar undirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/journalists/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 11 oyda “zapravka”lar 110,4 milliard so‘mga teng bo‘lgan tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlandi. Jamiyat va ta’minotchi korxona mansabdorlariga jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, protsessual tartibda ushlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/12/06/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал