gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent transport tizimini rivojlantirish loyiha byurosi Beshqayrag‘och, Ko‘kcha Darvoza va Qoratosh ko‘chalaridagi transport muammolariga yechim taklif qildi. Maqsad — nizoli vaziyatlarni kamaytirish, piyodalar xavfsizligini oshirish va jamoat transportiga ustuvorlik berish. Loyiha tafsilotlari — “Gazeta.uz"da.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/transport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning magistral neft quvuri milliy operatori “Kaztransoyl” 2024-yilda Rossiya neftini O‘zbekistonga tranzit qilishni uch baravarga oshirmoqchi. Yetkazib berish hajmini 154 ming tonnadan 500 ming tonnagacha ko‘paytirish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/oil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident MTRKga ajratilgan kredit bo‘yicha kechiktirilgan to‘lovlar uchun hisoblangan penyalarni hisobdan chiqarish, shuningdek, uni qaytarishda davlat budjeti ulushini oshirishga oid qarorni imzoladi. Dastlab 22,5 mln yevro qarzni teng taqsimlash rejalashtirilgan bo‘lsa, endi 93 foizi budjet hisobidan qoplanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/mtrk/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Shimoliy Makedoniyada bo‘lib o‘tayotgan YeXHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishi doirasida Buyuk Britaniya tashqi ishlar bo‘yicha davlat kotibi Devid Kemeron bilan uchrashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/great-britain/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ucell “Gigabayt ovi” mavsumini ochdi

Ucell`dan yoqimli syurprizlar: mobil operator ”Gigabayt ovi” aksiyasida ishtirok etishni hamda mobil ilovada ro‘yxatdan o‘tib, sovg‘aga internet-trafik olishni taklif etmoqda.

Buning uchun quyidagilar talab qilinadi:

1. Ucell mobil ilovasini yuklab olish.
2. Aksiyada ishtirok etish taklifini qabul qilish.
3. Ekranda o‘yin personaji – “Barsik”ni ustiga bosib tutish.

Aksiyada faqat Ucell mobil ilovasining yangi foydalanuvchilari qatnasha oladilar.

Aksiyaning o‘tkazilish davri: 2023 yil 31 dekabrgacha.

Batafsil

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston sudi mamlakat fuqarosini “Vagner” XHK tarkibida Ukrainadagi urushda qatnashgani uchun 6 yilu 8 oyga ozodlikdan mahrum qildi — u yollanish moddasi bo‘yicha aybdor deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda yangicha moliyalashtirish tizimiga o‘tilib, klaster va fermerlarga bu uchun 2 yillik imtiyozli davr bilan 5 yilga 14 foizli kredit ajratiladi. Bank va ta’minotchilar bilan shartnoma imzolash uchun ochiq elektron platforma ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/electronic-platform/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident suv resurslaridan foydalanish bo‘yicha yig‘ilishda bir yil davomida suvni tejash bo‘yicha favqulodda ish tizimiga o‘tilishini ta’kidladi. Suv yo‘qotishlari oqibatida iqtisodiyot yiliga 5 mlrd dollar daromadni boy berayotgani sabab suv xo‘jaligida “kanallarni betonlash bo‘yicha zarbdor yil” e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi O‘zbekistonga dronlarni olib kirish va ulardan foydalanish uchun jazolarni yumshatish to‘g‘risidagi qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi. Hozirda buning uchun jinoiy javobgarlik bor, lekin kelajakda birinchi ushbu huquqbuzarlik uchun faqat ma’muriy javobgarlik bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/drone/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Karomidin Gadoyev O‘zbekistonning Malayziyadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar TIVning BMT va boshqa xalqaro siyosiy tashkilotlar bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/malaysia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dekabr oyi qish uchun xos bo‘lmagan iliq ob-havo bilan boshlanadi. Oy oxirigacha harorat kechasi −6…+8 daraja, kunduzi +2…+18 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchiliklar kuzatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/december/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Rasmiylar Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va Toshkent moliya institutini Sergeli tumaniga ko‘chirish hamda ularni birlashtirish loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Kelgusida boshqa oliygohlarni ham sig‘imi va ilmiy salohiyatidan kelib chiqib, bosqichma-bosqich kengaytirish (birlashtirish) rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/tsue-tfi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 30 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,12 soʻmga arzonlab, 12 297,88 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro koʻtarildi, rubl esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh Assambleyasi Isroilni Suriyadagi Golan tepaliklarini tark etishga chaqiruvchi rezolyutsiyani yana qabul qildi. Hujjatni 91 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/syrian-golan-passes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda 2 GVt, 2024-yilda esa yana 4 GVt quvvatga ega quyosh va shamol elektr stansiyalari ishga tushiriladi. Prezident ular uchun kabel, generator, invertor, transformatorlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish bo‘yicha topshiriq berdi va elektrotexnika tarmog‘iga 100 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/electrical-engineering/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoning Qumqo‘rg‘on tumani hokimi hokimlik balansiga fuqarodan “Equinox” mashinasini hadya sifatida qabul qilish bo‘yicha farmoyish imzolagandi. Antikorrupsiya agentligi taqdimnomasidan keyin hokim eski farmoyishini bekor qildi. Ikki hujjat ham E-qaror tizimida yashirin holda turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/equinox/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston “Rosatom” bilan AES qurish masalasini muhokama qilishda davom etmoqda, dedi Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Uning aytishicha, nafaqat Rossiya, balki boshqa mamlakatlarning ham tajribasi o‘rganilmoqda. “Rosatom” rahbari avvalroq tomonlar “shartnoma imzolashdan yiroqda emas”ligini aytgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/nuclear-power-station/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston tumanida ohak sexi 1 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/ferghana/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosining “Xalqlar do‘stligi” bekatida ilk marotaba kaftni skanerlash orqali to‘lovni amalga oshirish tizimi (Palm ID) ishga tushirildi. Undan foydalanish uchun ATTO ilovasida shaxsiy ma’lumotlarni kiritish zarur.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/palm-id/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston energetika vaziri qishda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan energiya resurslari tanqisligini qanday qoplashni rejalashtirayotgani haqida gapirdi. Rejaga ko‘ra, mazutdan elektr ishlab chiqariladi, yirik korxonalarni tungi ish rejimiga o‘tkaziladi, AGTKSHlarga gaz yetkazib berish qisqartiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/energy-shortage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Faqat 70 ming kishi foydalanishi mumkin bo‘lgan KitobPlus o‘zi qanday loyiha?

O‘zbekistonda ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan aholining kitobga bo‘lgan ehtiyoji birlamchi darajada ham qondirilayotgani yo‘q. Xususan, shu vaqtgacha ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchilar uchun audiokitoblarni ochiq va qulay formatlarda birlashtirgan yagona onlayn platforma mavjud emas edi.

Ushbu muammoning inklyuziv yechimi sifatida Toshkent shahar “Sharoit Plyus” nogironlar jamoat birlashmasi Yoshlar ishlari agentligining moliyaviy ko‘magida ko‘rish bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun KitobPlus audiokitoblar onlayn kutubxonasini ishlab chiqdi.

“Gazeta.uz” ushbu loyiha, uni ishlab chiqishdagi qiyinchiliklar, bu platformaning boshqa shunday resurslardan farqi, ko‘zlangan maqsad va endi qanday rivojlantirilishi haqida “Kitob Plus”ning menejeri Mirali G‘iyosov va loyiha koordinatori Abdulaziz Salimov bilan suhbatlashdi.

https://youtu.be/bfXRVyAl0ts?si=yzo-IRJnR59ORy7j

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Olmaota shahridagi xostelda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 13 kishi, jumladan, ikki nafar yosh O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. O‘zbekiston TIV halok bo‘lganlarning yaqinlariga jasadlarni vatanga olib kelishda yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shoyadbek Babayev Andijonning Paxtaobod tumaniga hokimi etib tayinlandi. U bungacha Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/paxtaobod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tojikistonda mamlakat Jinoyat kodeksiga voyaga yetmaganlarga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar sodir etganlik uchun jazoni kuchaytiruvchi o‘zgartirishlar kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/tajikistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 30-noyabr — 2-dekabr kunlari BMTning Iqlim o‘zgarishi masalalari bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etish uchun Dubayda bo‘ladi. Davlat rahbari yalpi sessiyada nutq so‘zlashi hamda qator ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/30/dubai/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi aholi va tashkilotlar uchun chiqindi to‘plash va olib chiqib ketish xizmati narxi 1,5−1,6 baravarga — uyda yashovchi har bir kishi uchun oyiga 4500 so‘mdan 7500 so‘mga, budjet va xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar uchun 53 986 so‘mdan 89 966 so‘mgacha oshadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/maxsustr/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Oʻzkimyosanoat”ning ma’lum qilishicha, Oʻzbekiston dunyoda birinchi boʻlib yashil vodoroddan mineral oʻgʻitlar ishlab chiqarishni boshlaydi. Bu bilan oʻgʻit ishlab chiqarishda tabiiy gazdan foydalanishni qisqartirish va har yili qariyb 33 mln metr kub tabiiy gazni iqtisod qilish maqsad qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/green-hydrogen/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qanot Sharq aviakompaniyasining Sankt-Peterburgdan Samarqandga uchgan samolyot Qozog‘iston Aqto‘be aeroportiga favqulodda qo‘ndi. Holatga yo‘lovchilardan birining sog‘lig‘i yomonlashgani sabab bo‘ldi. Samolyot yaqin vaqt ichida yana uchib ketishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/airplane/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10-dekabrdan Toshkent−Sariosiyo yo‘nalishida yangi yo‘lovchi poyezd qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Shu paytgacha bo‘lgan Toshkent−Termiz−Sariosiyo yo‘nalishida ham poyezdlar qatnovi davom etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi yo‘l harakati xavfsizligi tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun qabul qildi. Hujjatda, shuningdek, O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari xodimlarini “obro‘sizlantirish maqsadida” surat va videolarini internetga joylaganlik uchun jazolash to‘g‘risidagi band ham o‘rin olgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/discredit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал