gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urgut tumanida fuqaro 50 sotix yerni 97 ming dollarga noqonuniy sotishda gumonlanib ushlandi. Davlat kadastrlar palatasi tuman filiali xodimi esa ushbu yer uchun hujjatlarni rasmiylashtirib berishi evaziga 500 dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chorshanba tongida Yangihayot tumanida 132-sonli avtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Dastabki ma’lumotga ko‘ra, YTH oqibatida 3 nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olgan. Avtobus va yuk avtomobili texnik shikastlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “Yoshlar uchun ming kitob” loyihasini amalga oshirilib, uning doirasida jahonda mashhur 1000 ta kitob o‘zbek tiliga tarjima qilinadi. Ekspertlar kengashi har yili kitoblarning dastlabki ro‘yxatini shakllantiradi, aholi bu ro‘yxatdan ovoz berish yo‘li orqali yakuniy ro‘yxatni shakllantirib beradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/books/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Bolasidan ayrilgan 66 oilaning bari barbod boʻldi”. “Dok-1 Maks” ishi boʻyicha 17-noyabrdagi sud tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi boʻyicha 17-noyabrdagi sudda jabrlanuvchilar tibbiyot xodimlarining noprofessionalligidan, kasalxonalarda kateter kabi buyumlar boʻlmaganidan shikoyat qildi. “Shu narsa qanday qilib tanqis boʻlishi mumkin?”, — dedi 1 yashar qizidan ayrilgan ota. Advokatlar esa ekspertlarni savollarga koʻmdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/sud//?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi mehmon uyi, xostel, o‘tovli va chodirli oromgoh faoliyatini tashkil etish istagini bildirgan shaxs davlat xizmatlari markazi yoki my.gov.uz orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin bo‘ladi. Davlat xizmati bepul ko‘rsatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/hostel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nuriddin Mamajonov Farg‘ona viloyati hokimi o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Tashqi ishlar vazirligida boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/mamajonov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat qo‘mitasi yig‘ilishida salkam 3 yilda 30 kishi qimmatbaho metallar qazib olish jarayonida vafot etgani ma’lum qilindi. Bunga xavfsizlik talablariga rioya etilmagani sabab bo‘lgan. Toshkent, Namangan, Jizzax, Navoiy, Buxoro va Samarqand viloyatlarida noqonuniy qazib olish holatlari ko‘paymoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/extraction/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ichki ishlar vazirligi huquq-tartibot idoralari xodimlarining faoliyatiga oid foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jarima va 15 sutkagacha qamoq jazosini joriy etishni taklif qilmoqda. Deputat Doniyor G‘aniyev bunday tuzatishga qarshi chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/no-photo-no-video/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buvayda tumanidan o‘tuvchi Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lida Cobalt, Nexia-2, Tico va Hyundai Porter avtomobillari to‘qnashdi. Voqeaga haydovchilarning qalin tuman tushgan vaqtda oraliq masofani saqlay olmagani sabab bo‘ldi, ulardan biri shifoxonaga murojaat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi raisi Shaxrux Sharaxmetov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/sharakhmetov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud tibbiy ekspertizasining dastlabki xulosasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 99-maktabda o‘qigan 8-sinf o‘quvchisining o‘limiga elektr toki urishi sabab bo‘lgan. Avvalroq Maktab boshqarmasi o‘quvchi elektr tokidan jarohat olmaganini ma’lum qilgandi, bir muddat o‘tib, xabarning bu qismi o‘chirib tashlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/electric-shock/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, atrof tabiiy muhitni normativdan ortiq darajada ifloslantiruvchi korxonalar, tashkilotlar, inshootlar va boshqa obyektlar faoliyati o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklanadi hamda to‘xtatib turiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/eco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan Ochiq ma’lumotlar sifatida joylashtirilishi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati kengaytirildi. 1-dekabrdan “Haj”ga borish uchun navbatda turganlar, bolalarni “bog‘cha”ga qabul qilish bo‘yicha arizalar navbati va yana 3 turdagi ma’lumotlar ham ochiq e’lon qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/transparency/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda OTM talabalari, professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilariga qishki ta’til 25-dekabrda boshlanib, 2024-yil 7-yanvarigacha davom etadi. Vazirlik bu tartib faqat davlat ta’lim muassasalariga tegishliligi, nodavlat ta’lim tashkilotlari uchun esa tavsiyaviy ekanini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/break/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Zelandiyada 2008-yildan keyin tug‘ilganlarga sigaret sotishni taqiqlash bo‘yicha qonun bekor qilindi. Hukumat buni soliqlarni kamaytirish maqsadida qilingani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/new-zealand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident eng ko‘p iste’mol qilinadigan 50 ta dorini O‘zbekistonda ishlab chiqarish orqali farmatsevtika sohasida mahalliylashtirish ulushini 35 foizga yetkazish topshirig‘ini berdi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilarning bozordagi ulushini 40 foizga oshirish, shuningdek, original dorilar yaratishni boshlash rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/pharmacy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish yuzasidan shartnoma bo‘yicha ishlar yakuniy bosqichda ekanini ta’kidladi. “Shartnoma yuzasidan ishlar ancha qizg‘in davom etmoqda, umuman olganda, biz shartnoma imzolashdan yiroqda emasmiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/nuclear-power-plant/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vazirligi poytaxtda avtobusning yengil transportga nisbatan samaradorligi 135 barobarni tashkil etayotganini ma’lum qildi. Tahlillarga ko‘ra bitta yengil avtotransport vositasida bir kunda o‘rtacha 4,3 nafar, bitta avtobusda esa o‘rtacha 580 nafar yo‘lovchi tashilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/public-transport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent metrosining “Qo‘yliq” bekatida erkak o‘zini harakatlanib kelayotgan poyezd tagiga tashladi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Odamni diabet emas, o‘ziga nisbatan beparvolik va hurmatsizlik o‘ldiradi”

Noyabr — diabet haqida xabardorlikni oshirish oyidir. Shu munosabat bilan “Gazeta.uz” ushbu kasallik, xususan, yosh bolalarda qanday paydo bo‘lishi, o‘zbekistonlik bemorlarga qanday g‘amxo‘rlik qilinayotgani va ularni yana qanday muammolar qiynayotganini qisqacha o‘rgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/29/diabetes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda “AGMK” bilan o‘yindan bir kun oldin “yuqori martabali noma’lum shaxslar” “Al-Ittihod” futbolchisi Karim Benzemaning mehmonxonadagi xonasi eshigini taqillatdi, deya xabar bermoqda Championat.Asia. Shundan so‘ng “Real”ning sobiq hujumchisi xavfsizligi kuchaytirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/karim-benzema/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov O‘zbekiston Turkmanistondan gaz import qilish bilan parallel ravishda uzoqroqda bo‘lgan Rossiyadan ham gaz import qilayotgani haqida gapirib, masalaning siyosiy oqibatlariga izoh berdi. “Siyosiy omillarga bog‘lash noto‘g‘ri deb o‘ylayman, bu tijoriy munosabatlar”, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/gas-import/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 29 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 4,96 soʻmga qimmatlab, 12 315,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘rtta viloyatda qattiq maishiy chiqindi xizmatlari uchun yangi tariflar belgilandi

Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Andijon viloyatlarida qattiq maishiy chiqindilar bo‘yicha xizmatlar uchun 3500 so‘mdan 5000 so‘mgacha bo‘lgan miqdordagi yangi to‘lov tariflari belgilandi. Respublikaning boshqa hududlarida ham yangi tariflarni joriy etish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/waste-tariffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birgina urugʻdan — butun boshli daraxtgacha. Maktablar qanday qilib shaharlarni koʻkalamzorlashtirishi mumkin?

Poytaxtdagi 10 ta maktabning oʻquvchilari shaharni koʻkalamzorlashtirish loyihasida ishtirok etib, urugʻdan daraxt yetishtirishni oʻrganmoqda. Loyiha yakunida mamlakatdagi barcha maktablar uchun qoʻllanma ishlab chiqiladi. “Gazeta.uz” loyiha va uning shaharlarni barqaror rivojlantirishdagi oʻrni haqida soʻz yuritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/yashil-makon-maktab/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar qoidabuzarlik sodir etganlik uchun jarima ballari joriy etish belgilangan qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilishdi. Ushbu norma bilan jarima ballari 1 yilda 12 balldan oshsa haydovchi haydovchilik guvohnomasidan mahrum qilinadi. Tizim aslida 2022 yil 1 dekabrda ishga tushishi kerak edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/points/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Maktab boshqarmasi buni rad etib, o‘quvchi maktabda hushini yo‘qotgani va ko‘rsatilgan yordamga qaramay, kardiologiya markazida vafot etganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/pupil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Kosmonavtlar” metro bekatiga yaqin hududni quyuq tutun qopladi. Videolarda tutun yer ostidan chiqayotganini ko‘rish mumkin. Metropoliten va “HET” bunga elektr kabellaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/smoke/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sherzod Bo‘riyev Shahrisabz shahriga hokim etib tayinlandi. U bunga qadar Davlat aktivlarini boshqarish agentligining viloyat boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/shakhrisabz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Antistrumin” preparati bilan bog‘liq jinoiy ish doirasida 3 nafar shifokor ayolning hibsga olingani haqidagi ma’lumotlarning tarqatilishi tergovning xolis va obyektiv o‘tkazilishiga to‘sqinlik qilmoqda, deya xabar berdi Bosh prokuratura.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/prosecutor-generals-office/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал