gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yaponiya hukumati Qoraqalpog‘istonning Nukus tumani tibbiyot birlashmasiga qariyb 100 ming dollarlik ultratovush tekshiruvi apparati sovg‘a qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/28/japan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hayvonot bog‘iga Janubiy Afrikadan 3 ta zebra, 3 ta jirafa bolasi, oq Bengal yo‘lbarsi va oq sher olib kelindi. 2022-yilning avgust oyida u yerdagi Alatau laqabli jirafa nobud bo‘lgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/zoo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nukuslik fotosuratchi Azamat Matkarimov ish bilan tez-tez Urganchga boradi. Bu safarlarida u qishloq manzaralari yil davomida qanday o‘zgarishini kuzatadi. Fasllar almashinuvi sholizorlarda ayniqsa yorqin aks etadi. Uning suratlari, masalan, bir lagan palov ortida qancha mehnat yotgani haqida hikoya qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/hay/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 28 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,88 soʻmga qimmatlab, 12 310,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Termiz shahri hokimi O‘ktam To‘rayev chiqindi tashish bilan shug‘ullanuvchi korxona rahbarini 15 sutkaga qamatishga uringani xabar qilindi. Hokimlik esa buni rad etib, tadbirkorga chiqindilar o‘z vaqtida yig‘ishtirib olinmagani va shaharni obodonlashtirish qoidalari buzilgani uchun jarima qo‘llanganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/termiz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand shahrida janjal bo‘layotgani yuzasidan kelib tushgan chaqiriqqa ko‘ra xonadonga borgan profilaktika inspektori uy egalari tomonidan kaltaklandi. Shuningdek, unga tegishli mashina oynalari sindirildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 2 fuqaro qamoqqa olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/inspector/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘shiqchi Jah Khalib konserti vaqti Humo Arena majmuasidagi tartibsizliklar vaqtida fuqarolar jarohatlangani va vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi. Toshkent shahar IIBB ushbu holatlar bo‘yicha xabar kelib tushmaganini ma’lum qildi va tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmaslikni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/humo-arena/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 29-noyabr kuni ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shamol kuchayadi. Havo harorati pasayishni boshlaydi va ish haftasining ikkinchi yarmida kechasi +7, kunduzi +15 darajagacha iliq, shimolda kechasi -5 darajagacha sovuq, kunduzi +10 darajagacha iliqni tashkil etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shahrisabz tumanida 14 yoshli qizni 7 oy davomida jinsiy qullikda saqlab kelgani aytilgan ayol qamoqqa olindi. Ijtimoiy himoya agentligi qiz otasining qaramog‘ida bo‘lgani, onasi esa chet elda ekanini bildirdi. “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi qizning salomatligini tiklash ishlarini olib bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/arrest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda oktabr oyi yakuni bo‘yicha barcha avtotransport vositalarining sotuvi 24 foizga o‘sib, 183 mingtani tashkil etdi va o‘tgan yilning oktabr oyiga nisbatan 62 foizga ko‘paydi. Oy davomida qariyb 40 mingta yangi mahalliy avtomobil sotildi, elektromobillar sotuvi esa 26 foizga kamaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/car-market/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda qozog‘istonlik qo‘shiqchi Jah Khalib konserti bo‘lib o‘tgan Humo Arena majmuasiga kirishda tiqilinch va tartibsizliklar yuz berdi. Milliy gvardiya ma’lumotlariga ko‘ra, mingdan ortiq fuqaro skanerlangan chiptalarni takroran taqdim etgani uchun kiritilmagan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/26/jah-khalib/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi aholi Yakkasaroy tumanidagi “Yalpiz” restoranining dudboʻronlari, shovqin va hid boʻyicha shikoyat qilgani uchun oshxona ishi vaqtincha toʻxtatilganini bildirdi. Restoran vakillarining “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, muassasa 3−4 kunga “taʼmirlash ishlari uchun” yopilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/26/yalpiz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yunusobod tumanidagi bekatlarning birida 51-sonli elektrobus va 2M-sonli King Long avtobusi to‘qnashdi. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi va hodisa yuzasidan xizmat tekshiruvi tayinlangani xabar qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/26/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

24-noyabr kuni Tehnikum Blogger Awards 2023 blogerlar taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi, hamda unda 7Media kompaniyasi strategik Digital-hamkor sifatida ishtirok etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/7media/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Jahon chempionati chorak finalida O‘zbekiston terma jamoasi Fransiyaga 1:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi va turnirni tark etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/uzb-france/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bundan 106 yil muqaddam — 1917-yilning 27-noyabr oqshomida O‘rta Osiyo mintaqasidagi ilk demokratik, ham dunyoviy davlat — Turkiston muxtoriyati e’lon qilingan edi. “Gazeta.uz” sana munosabati bilan O‘zbekiston tarixining ushbu muhim bosqichi haqida test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/muxtoriyat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Namanganda uch nafar tibbiyot xodimi bolalarning yoddan zaharlanishi bilan bog‘liq ish bo‘yicha ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi. Vrachlar assotsiatsiyasi ehtiyot chorasini yengilrog‘iga o‘zgartirishni so‘rab, prezidentga xat yo‘lladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/antistrumin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ITicket.uz Toshkentdagi Humo Arena`da bo‘lib o‘tgan san’atkor Jah Khalib`ning konsertiga ko‘pchilik uchinchi shaxs yoki saytlardan qalbaki chiptalar sotib olgani uchun kira olmaganini ma’lum qildi. Chiptalarni rasmiy manbalar orqali sotib olganlarga pul qaytariladi, dedi kompaniya.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/tickets/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buloqboshi tumanidagi konda 46 yoshli erkakning ustiga tosh yumalab, bosib qoldi. Oqibatda u voqea joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/andijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQShning Toshkentdagi elchixonasi DV-2023 (Grin kard) dasturi orqali immigratsion vizalarni taqdim etish bo‘yicha dunyoda 7-o‘rinni egalladi. Bu mavsumda lotoreya yutug‘ining 5,5 mingdan ziyodrog‘i o‘zbekistonliklarga chiqqan, berilgan vizalar soni esa 3100 dan ko‘proqni tashkil etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/green-card/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistonining ACWA Power kompaniyasi bilan Sirdaryo viloyatida 1500 megavatt quvvatli bug‘-gaz elektr stansiyasini tarmoqqa ulash hamda Toshkent viloyatida “yashil vodorod”ni “pilot” tarzda ishlab chiqarish quvvatlarini barpo etish loyihalariga start berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/acwa-power/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Holid al-Falih boshchiligidagi delegatsiya tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida 12 mlrd dollarlik kelishuvlar imzolandi. Shuningdek, yana 11 mlrd dollarlik loyiha va dasturlarni ilgari surishga kelishildi. Shavkat Mirziyoyev vazirni “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/saudi-arabia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yildan tadbirkorlar o‘rtasida “Yong‘in xavfsizligi a’lochisi” tanlovi o‘tkaziladi. G‘olib 100 mln so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi va uning faoliyati 2 yil davomida davlat yong‘in nazorati organlari tomonidan tekshirilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/fire-safety/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar ma’qullagan qonunga ko‘ra, tuproqni muhofaza qilish va uning unumdorligini oshirish doir prinsiplar mustahkamlanmoqda. Shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tuproqqa yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini talab qilish huquqi belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/soil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chortoq tumani tez tibbiy yordam xizmatining Damas avtomobili qarama-qarshi yo‘nalishdagi Cobalt bilan to‘qnashdi. YTH oqibatida 103 xizmati haydovchisi vafot etdi, uning hamrohi jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/27/ambulance/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Italiyada shaxmat bo‘yicha o‘tkazilgan 14 yoshgacha qizlar o‘rtasidagi JCHda g‘alaba qozongan Afruza Hamdamovaga 100 mln so‘m, uning murabbiyiga esa 50 mln so‘m pul mukofoti berildi. Shaxmatchi O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/26/award/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jalaquduq tumanida hokim yordamchisi xonadonlarga 38,1 tonna ko‘mir ajratib berish uchun mahalla faolidan 600 dollar pora talab qilgani aytilmoqda. U 7 mln so‘mni olayotganda qo‘lga tushgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/26/andijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jadidlarning «Messenjerdagi gurungi»: Asrlar eltgon ul bidʼat uyqusidin uygʻoning!

25-noyabr — Ayollarga nisbatan zoʻravonlikka barham berish kuni. Ayollarga nisbatan zoʻravonlik — koʻhna va katta muammo. Millat ogʻriqlari haqidagi mulohazalari asr oshsa hamki oʻz dolzarbligini yoʻqotmayotgan oʻzbek maʼrifatparvarlari messenjerlari zamonida bu mavzuni qanday muhokama qilgan boʻlardi?

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/women/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Sanepidqo‘mita Namangan viloyatida hozirda 255 ta qizamiqqa chalingan bemor davolanayotganini bildirdi. Ularning 62 foizi 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar hisoblanadi. 10 oy davomida viloyat bo‘yicha jami 735 ta qizamiq kasalligi laboratoriya tekshiruvida tasdiqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/namangan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Bobur va Furqat koʻchalarida “aqlli” bekatlar sinovdan oʻtkaziladi. Bekatlar kelayotgan avtobuslarni koʻrsatuvchi tablo hamda Wi-Fi bilan jihozlanadi. Muqimiy nomidagi teatr oldida avtomobillar uchun pulli, velosipedlar uchun esa bepul toʻxtash joylarini sinovdan oʻtkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/bus-stops-parking/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал