gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatda ma’qullangan qonunga ko‘ra, endi nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi. Qonun bilan Intellektual mulk agentligining vazifalari Adliya vazirligiga yuklatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/discount/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bilan uchrashuvdan so‘ng “O‘ztransgaz”, “Hududgazta’minot”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “O‘zenergoinspeksiya” va boshqa korxonalar rahbarlarining qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha hisobotlari tinglandi. Ular energiya tizimi “har qanday ob-havo injiqligi va anomal sovuqqa tayyor”ligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/energy-supply/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Jinoyat kodeksida shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ham javobgarlik belgilanmoqda. Qonunda IMEI bilan bog‘liq huquqbuzarliklar va kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi qonunchilikni buzganlik uchun tegishli javobgarlik nazarda tutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/scam/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi sammitida so‘zlab, 2024-yilda “yashil” iqtisodiyot, innovatsiyalar, logistika, muqobil energetika, “aqlli” qishloq xo‘jaligi kabi sohalardagi yirik loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun SPEKAning Maqsadli jamg‘armasini tuzishni qo‘llab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/speca/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bolalar ombudsmaniga Kitob tumanida yashovchi 14 yoshli qiz Shahrisabz tumanida 7 oy majburan saqlanib, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga yollangani haqida murojaat qilindi. Gumonlanuvchiga nisbatan odam savdosi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Tergov harakatlari ketmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/sexual-exploitation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchta kinopremyera, Konsta, Jah Khalib, Nilufar Usmonova konsertlari, ko‘rgazmalar, spektakllar, mahorat darslari, do‘konlardagi aksiya hamda chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimi vazifasini bajaruvchi va poytaxt xalq deputatlari kengashi tomonidan “Nuroniy” jamg‘armasiga har oyda “Otalar choyxonasi”, “Uch avlod uchrashuvi” va “Buvijonlar maktabi” tadbirlarini o‘tkazish uchun jami 11,5 mlrd so‘m ajratildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/granny-school/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand viloyati hokimi do‘konlarida yaroqlilik muddati o‘tgan mahsulotlar sotilayotgani yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi. Ishchi guruh tomonidan 4 kun davomida 41 ta savdo shoxobchasi tekshirilib, 1736 dona yaroqsiz tovar aniqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/delay/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqining sanksiyalar bo‘yicha maxsus vakili Devid O’Sallivan 29−30-noyabr kunlari O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu uning so‘nggi yetti oy ichida Toshkentga qilgan ikkinchi tashrifi sanaladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/eu-sanctions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

25-noyabrdan Toshkent metrosining “Yerusti halqa yo‘li” yo‘nalishidagi “Texnopark” va “Yashnobod” bekatlarining ish vaqti vaqtincha soat 06:00 dan 22:00 gacha qisqartiriladi. “Tuzel"-"Quruvchilar” bekatlari oralig‘ida esa poyezdlar harakati ma’lum soatlarda bir tomonlama tashkil etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi birinchi sammitida qatnashish uchun Bokuga borgan Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan muzokara olib bordi. Ular kimyo, energetika, zargarlik, mashinasozlik, qurilish va boshqa yo‘nalishlardagi loyihalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/talks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Budjetdan “Yashil makon” loyihasiga ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi “Ochiq budjet” portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan “Mening bog‘im” loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunda “yashil bog‘lar” va “yashil jamoat parklari”ni tashkil qilish rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/yashil-makon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 115-sonli avtobusning 32 yoshli konduktori 9 yoshli qizga shilqimlik qildi. U qizning qo‘lidan ushlab, bir o‘pishni so‘ragan. Sud erkakka nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/shilqimlik/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasida energetika vaziri deputatning Toshkentda ko‘p qavatli uylar qurilishining oshishi energetika tarmog‘iga qanday ta’sir qilayotgani haqidagi savoliga javob berdi. Uning aytishicha, hozirda yangi texnik shartlar joriy qilingan, avvalgidek yagona darcha orqali ruxsatnoma olish taqiqlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘onaning Bag‘dod tumanida pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltaklagan hokim o‘rinbosariga hayfsan berildi. Avvalroq Oliy ta’lim vazirligi holatni qoralagandi. Prokuratura surishtiruv ishlarini boshlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/hayfsan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahar Kengashi tomonidan poytaxtda ichimlik (sovuq) suvi ta’minoti tariflari jismoniy shaxslar uchun 1400 so‘m, yuridik shaxslar uchun 3000 so‘mgacha oshirilishi tasdiqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sabzi faqat osh yoki sho‘rvaga emas, pishiriqlarga ham ajoyib ma’za beradi. Sabzi solib maffinlar, pirog, xushbo‘y keks, bodom qo‘shilgan sabzili pechenye hatto tort tayyorlasa bo‘ladi. Zira.uz taqdim etgan retseptlar bilan tanishing.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxorodagi xususiy bog‘cha tarbiyalovchisi 2 yoshli bolani urgani aks etgan video tarqaldi. Viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tarbiyalovchi ishdan olinganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/kindergarten/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

HAMAS, Isroil bilan tuzilgan kelishuvga ko‘ra, garovga olingan 13 nafar isroillikni Qizil xoch tashkilotiga topshirdi. Guruh, shuningdek, 12 nafar Tailand fuqarosini ham asirlikdan ozod qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/25/hostages/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Videoreportaj: Nega bolalarning issigʻi 38 darajadan tushmayapti?

Noyabr boshidan beri oʻzbekistonliklar har yilgidan-da kuchliroq shamollashni boshdan kechirmoqda. Koʻpchilikda bir hil shikoyat — tana harorati 38 darajadan tushmayapti, kuchli yoʻtal, suyaklar ogʻrishi, koʻngil aynishi, diareya.

Nega tez tibbiy yordam kech qolmoqda? Shifoxonalar toʻlib boʻlgan, bemorlar qayerda davolansa boʻladi?

Javoblar «Gazeta.uz» reportajida: https://www.youtube.com/watch?v=hzRu_jlcUoI

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar Qonunchilik palatasi saylovi aralash saylov tizimi asosida o‘tkazilishini nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, siyosiy partiyalar deputatlikka nomzodlar ko‘rsatayotganda ayollar sonining eng kam miqdorini nomzodlar umumiy sonining 30 foizdan 40 foizga oshirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/mixed-election/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida 3,8 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. E’tiborlisi, ayni shu hududda kechadan beri ketma-ket zilzilalar kuzatilmoqda va bu safargisi beshinchisi hisoblanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/zilzila/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 27 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,82 soʻmga arzonlab, 12 296,16 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shaxmatchi Afruza Hamdamova Italiyada o‘tgan U-14 JCHda muddatidan avval g‘alaba qozonib, O‘zbekiston tarixida qizlar orasidagi ilk jahon chempioni bo‘ldi. E’tiborli jihati, u Shengen vizasini rasmiylashtirish kechikkani uchun birinchi raundni o‘tkazib yubordi, ammo texnik mag‘lubiyatga qaramay, 9 ta g‘alabaga erishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/afruza-hamdamova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning maʼlum qilishicha, Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyev bilan muzokaralarda:

🔹Ozarbayjon prezidentini 2024-yilda rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga kelishni;
🔹2024-yilni Oʻzbekiston bilan Ozarbayjon oʻrtasidagi koʻp qirrali munosabatlarni jadal rivojlantirish yili deb eʼlon qilishni;
🔹axborot makonida tajriba almashish va hamkorlikni muvofiqlashtirish uchun ikki mamlakat Prezident administratsiyalarining tegishli xizmatlari oʻrtasida tizimli muloqotni yoʻlga qoʻyishni;
🔹Ilhom Aliyevni 2025-yilda Oʻzbekistonda boʻlib oʻtadigan “Markaziy Osiyo — Koʻrfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi” sammitida bosh faxriy mehmon sifatida ishtirok etishni taklif qildi.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek, Olmazor va Shayxontohur tumanlaridagi ayrim hududlarida 24-noyabr kuni issiq suv va issiqlik ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi. Ta’minot 24-noyabr yarim tungacha tiklanishi aytilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/hot-water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ukraina O‘zbekistonning “Ohangaronsement” zavodi va uning egasi Akkermann Cement CA kompaniyasini, shuningdek, Alisher Usmonovning jiyani Nasiba Narziyeva va uning turmush o‘rtog‘i Shohrux Nosirxo‘jayevlarni sanksiyalar ro‘yxatiga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/sanctions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda dam olish kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat ko‘tarilib, shanba kuni +17…+20, yakshanba kuni +20…+23 darajagacha isiydi. Ba’zi joylarda shamol kuchayishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida qariyb 1000 gektar maydonda tokzor barpo etilgan. Undan yer uchastkalarini olgan ayrim aholi suv muammosi va ko‘chatlar qurib ketayotganidan shikoyat qildi. Mas’ullar muammolarda fermerlarning o‘zlarini ayblamoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/altiaryq/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JSST Xitoy rasmiylaridan nafas olish yo‘llari kasalliklari va bolalarda pnevmoniya avj olayotgani haqida ma’lumot so‘radi. Xitoydagi vaziyat kovidga qarshi cheklovlar olib tashlanishi bilan izohlanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/china/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал