gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Zomin tumani va Jizzax shahri o‘rtasida Howo yuk mashinasi temiryo‘l ko‘prigi ostidan o‘tayotganda uning bir qismini shikastladi. Ta’mirlash ishlari yakunlangunicha ko‘prik bir muddatga yopildi. Hozirda poyezdlar ushbu yo‘nalishda harakatini davom ettirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/railway--translation-2023-11-24-09-52-14/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori Muhammadolim Muhammadsiddiqov Musulmonlar idorasi raisining yoshlar ishlari boʻyicha oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi. Yangi lavozimda u egallab turgan vazifasidan ajralmagan holda faoliyat boshlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/musulmonlar-idorasi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asl Baraka brendi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy asbob-uskunalarda amalga oshirilishi hamda har bir assortimentga o‘zgacha yondashuvi haqida videorolikni taqdim etdi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/asl-baraka

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/my-gov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Asialuxe Travel milliy turoperatori Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya 9 mln so‘mdan hamyonbop sayohatlarni taklif etmoqda, orolga birinchi reys esa 1-dekabrga rejalashtirilgan (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/asialuxe-travel-/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

23-noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati qisman tiklandi — reyslar ertalab va kechqurun amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/railway/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun harbiy yordam, dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, yadro xavfsizligini ta’minlash, ittifoqqa qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam va boshqalarni nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/eu-ukraine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyatida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta zilzila qayd etildi. Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila bu tumanga yaqin hududlarda 2−3 balli darajada sezildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/zilzila/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent yerusti metro liniyasi ostidagi bo‘sh hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi. Hokimlik bu bo‘yicha loyiha ishlab chiqilganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/girl/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi o‘rtacha ta’mirlangan bir xonali uylar ijarasi o‘rta hisobda 348, ikki xonali uylar uchun 437, uch xonali uylar uchun 526 dollarni tashkil etmoqda, deya qayd etdi MHTI mutaxassislari. oktabrda barcha turdagi xonadonlarning ijara narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan arzonlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/rent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Joʻrabek Mirzamahmudov prezidentga bergan axborotida energetika tizimi 1 dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga oʻtishini maʼlum qildi. Qayd etilishicha, aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror taʼminlash maqsadida qoʻshimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilingan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/energy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 15-noyabrda bo‘lgan sudda Farmagentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyev o‘zining sobiq o‘rinbosariga: “Sen iflosni deb shu yerda o‘tiribman!”, dedi. Qizi vafot etgan jabrlanuvchilardan biri esa hech kimga da’vosi yo‘qligini va uni ortiq bezovta qilmasliklarini so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/sud/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Van I Pekinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Unda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/dialogue/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tkaziladigan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPECA) birinchi sammitida ishtirok etish uchun 23−24-noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/speca/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ta’mirlash ishlari sabab poytaxtdagi Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismida avtomobillar harakati qisman cheklandi. Bunda yo‘lning bir tarafi yopilib, ikkinchi qismida ikki tomonlama harakat yo‘lga qo‘yiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/24/road/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida yuqumli kasalliklar ko‘paygani haqidagi xabarlar ortidan SSV rahbari shifoxonalar yuklamasini tezda kamaytirish, “Zangiota-1” shifoxonasida bolalar uchun zaxira o‘rinlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha transport ajratish, shuningdek, kasalxonaga yotqizishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/infectious-diseases/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oktabr oyida aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz oshib, mos ravishda 13,7 va 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bankning bu oydagi infografikasi hududlar, daromadlar va tadbirkorlik faoliyati kesimidagi ma’lumotlarsiz e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/inflation-expectations/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/real-estate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi O‘zbekistonda yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilganini aytdi. Hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng O‘zbekistonga noyabr oyida Rossiya benzini keldi. Jami 371 ming tonna benzin import qilinishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirzo Ulugʻbek tumani hokimligi axborot xizmatining maʼlum qilishicha, 8 yoshli qizini mast holda urgan ona Toshkent shahri ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirildi.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dohada U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan birga “D” guruhidan joy oldi. Musobaqa 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha Qatarda o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/afc-cup-u23/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi, deb yozadi Spot. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchalari va brokerlar so‘ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/petrol-80/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” yodgorligi atrofida qurilish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi u yerda avtoservis qurish uchun ruxsatnoma berilganini ta’kidladi. Madaniy meros agentligi esa yodgorlik atrofi 3D panjara bilan o‘ralayotganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/chilanzar-aktepa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidan olingan 17,5 ming gektar yer tadbirkorlarga berilmagan va auksionga ham qo‘yilmagan. Prezident viloyat hokimlarini bu yerlar yil oxirigacha auksionga chiqarilmasa, qishloq xo‘jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/land/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionati chorak finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak. Ammo Fransiya o‘z tarkibiga avvalroq Niger jamoasida to‘p surgan hujumchini jalb etgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/uzb-france/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YUNESKO Bosh konferensiyasining navbatdagi sessiyasi 2025-yilda Samarqandda bo‘ladi. U 1985-yildan beri ilk marta Parijdan tashqarida o‘tkaziladi. Tashkilotga a’zo davlatlardan hech biri o‘z hududida konferensiyani o‘tkazishga taklif bermagani sabab oxirgi sessiyalar tashkilot shtab-kvartirasida bo‘lib o‘tayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/23/unesco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov deputatlarga energetika inqirozining oldini olish uchun Toshkentda qishga tayyorgarlik qanday ketayotganini so‘zlab berdi. Shu maqsadda qozonxonalar ta’mirlanib, yangi podstansiya va elektr liniyalari qurildi, mazut zaxiralari yaratildi va boshqa ishlar bajarildi, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/energy-tashkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy gvardiya xodimlariga rezina tayoqlar bilan bir qatorda maxsus tayoqlardan ham foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Teleskopik tayoqlar, loyihada tushuntirilishicha, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish va faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni bo‘ysundirishda qo‘l keladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/national-guard/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery Uzbekistan brendi avtomobillarning barcha modellari narxini pasaytirish va transport xarajatlarini optimalashtirishni e’lon qildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/chery/

Читать полностью…
Подписаться на канал