gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 23 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 18,96 soʻmga qimmatlab, 12 289,03 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning shartli kadastr qiymati 350 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin, dedi prezident. U aerosuratlar va yer kadastrini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish topshirig‘ini berdi. Agar kadastrsiz yerlardan oqilona foydalanilmasa, ular hokimliklar zaxirasiga qaytariladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/cadastre/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/katanes/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/car-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/climate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oasis Credit mikromoliya tashkiloti ikkinchi filialning ochilishini e’lon qildi. Endilikda kompaniya tadbirkorlarni sifatli moliyashtirish bilan ta’minlay oladi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/oasis-credit/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Сity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/chilonzor-city/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoni bilan qandolatchilik korxonalariga eksportoldi va eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalarini moliyalashtirish uchun oxirgi 12 oy mobaynida amalga oshirilgan eksport hajmidan kelib chiqqan holda 2 yil muddatgacha 3 million AQSh dollarigacha mablag‘ ajratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/confectionery/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jahon banki guruhi hisobotida O‘zbekiston iqtisodiyotini karbonsizlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar mamlakatga taraqqiyot maqsadlariga erishish va fuqarolar farovonligini oshirishga yordam berishi qayd etildi. Hisobotda buni amalga oshirish uchun bir qancha tavsiyalar berib o‘tilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/wb/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bag‘dod tumani hokimi o‘rinbosari pedagogika kolleji direktorini 2024-yilgi gazeta va jurnallar obuna rejasini bajarolmagani uchun kaltakladi. Direktor ahvoli og‘irlashgach, shifoxonaga yotqizilgan. Oliy ta’lim vazirligi holatni keskin qoraladi. Hozirda tergovga qadar surishtiruv ishlarini olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/baghdad/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Biokimyo” spirt zavodining davlatga tegishli 51 foiz ulushi 118 mlrd so‘mga (9,6 mln dollar) sotildi. Xaridor umumiy ovqatlanish va oziq-ovqat yetkazib berish xizmatlarini ko‘rsatuvchi Mega comfort business bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/biokimyo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchko‘prik tumanida Isuzu Damas bilan to‘qnashishi oqibatida 2 kishi vafot etdi, 4 nafar shaxs esa tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangiyo‘l shahridagi tug‘uruqxonada erta tug‘ish xavfi tashxisi bilan qabul qilingan 26 yoshli ayol vafot etdi. Uning o‘limiga taloq arteriyasining, ichak tutqich tomirlarning spontan yorilishi sabab bo‘lgani aytilmoqda. Uning homilasi ham tug‘ilmay nobud bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/mother/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, askiyachi Mamasidiq Sherayev vafot etdi. U Jizzax, Farg‘ona teatrlarida aktyor, qiziqchi bo‘lib ishlagan. Marg‘ilonda askiyachilik maktablari faoliyatiga rahbarlik qilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/mamasidiq-sheraev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. Oʻzbekiston oxirgi marta 2011-yilda turnirning bu bosqichiga chiqqan (video, foto, statistika).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/uzb-eng/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/airplane/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/migrants/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘nggi yillarda iqtisodiyot yuqori budjet taqchilligi sharoitidagi hayotga moslashgani va bu “og‘irlikni pul-kredit siyosatiga yuklayotganini” ta’kidladi. U fiskal konsolidatsiya zarurati va monetar siyosatning “ko‘tarilgan ovozi” haqida gapirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/mamarizo-nurmuratov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/negotiation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shifokorga stul otgan fuqaroga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi — SSV

Toshkent shahar 7-son klinik shifoxonasida fuqaro shifokor bilan janjallashib, unga stul otgani xabar qilingan edi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qilishicha, holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Ichki ishlar organlari tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon shahrida er-xotin is gazidan zaharlanib vafot etdi. Marhumlarning o‘limi yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/22/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Konsta — “Humo Fest”da qatnashmasligi, “Kulrang” albomi, oldingi va hozirgi ijodi haqida

Afisha.uz intervyularni davom ettiradi. Bizda navbatdagi mehmon — reper Konsta — Sharif Abdullayev. Biz u bilan bo‘lajak konserti (25-noyabr), chiptalar narxi atrofidagi tortishuvlar, dekabrda o‘tishi kutilayotgan “Humo Fest"da nega ishtirok etmasligi, ochilishi kutilayotgan leybl, madaniyat vaziri o‘rinbosarining chiqishlari, “O‘zbekistonlik” loyihasi va uning saundtreki haqida gaplashdik.

Bundan tashqari, intervyu davomida Konstaning faoliyatidagi Timur Alixonov bilan kollablar, davlat tashkilotlari bilan hamkorligi hamda “Inson” va “Kulrang” albomlari haqida bilib olishingiz mumkin.

Intervyudan ayrim lavhalarni bu yerda o'qing: https://www.afisha.uz/uz/media/2023/11/21/konsta

To'liq intervyuni esa YouTube kanalimizda tomosha qiling: https://www.youtube.com/watch?v=20ixKvjVGh0

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda barcha sohalar ham natijadorlikka erisha olmayotganini ta’kidladi. Xususan, Qishloq xo‘jaligi, Sog‘liqni saqlash vazirliklari va “O‘zsuvta’minot” aksiyadorlik jamiyatidagi loyihalarda sustkashlikka yo‘l qo‘yilayotganini tanqid qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/projects/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Milliy kutubxonasi kechki vaqtda ham ishlashini ta’minlash uchun budjetdan qo‘shimcha 1,2 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilmoqda. Oktabrda muassasa tunu kun ishlash rejimini to‘xtatgan va bu tunda ishlash uchun qo‘shimcha shtat ajratilmagani hamda kuz-qish mavsumida elektrni tejash bilan izohlangandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/library/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 22 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 7,35 soʻmga arzonlab, 12 270,07 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputatlar qabul qilgan qonun loyihasiga ko‘ra, endi daraxt va butalarni noqonuniy kesgan yuridik shaxslar 99 million so‘mgacha moliyaviy jarima to‘lashidan tashqari, ularga har bir noqonuniy kesilgan daraxt uchun 100 tup ko‘chat ekish va ularni uch yil davomida parvarishlash majburiyati yuklatiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/tree/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatida ikki ming yillik “Qanqa shahristoni” yodgorligiga 3 kishi tomonidan umumiy 13,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/qanqa--translation-2023-11-21-09-30-24/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi deputatlari davlat budjeti loyihasini koʻrish jarayonida energetik ichimliklarning 1 litri uchun 2000 soʻm miqdorida aksiz soligʻi belgilashni taklif etishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/21/energy-drinks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал