gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Oʻzbekiston koʻchasi va 4R12 yoʻli kesishmasida yoʻl oʻtkazgich paydo boʻladi

Loyihaga koʻra, 1 ta koʻprik, 3 ta tunnel, 4 tadan aylanma va qoʻshimcha yoʻl quriladi.

“Oʻzbekiston 24” xabariga koʻra, chorrahalar 4 gektarni egallaydi, yoʻl uzunligi 6,5 km boʻladi. Loyihalashning birinchi bosqichi yakunlangan.

Natijada yoʻl oʻtkazuvchanligi daqiqasiga 8 ming, uchta yoʻl oʻtkazgich bilan esa 24 ming avtomobilni tashkil etishi kutilmoqda. 1100 soat vaqt va 4100 litr benzin tejaladi.

Loyiha 2 bosqichda amalga oshiriladi. Birinchisida uchta tunnel quriladi: ikkitasi Toshkent-Boʻstonliq yoʻnalishida, u yerda ishlar boshlangan va ishni yakunlash 2024-yil mayiga moʻljallangan, yana bir tunnel Parkent-Toshkent yoʻnalishida. Ikkinchi bosqich 2024-yil noyabrida boshlanib, 2025-yil mayigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/overpass/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Termiz shahrida o‘tgan yig‘ilishda Surxondaryoda amalga oshirilayotgan yirik sanoat loyihalari haqida gapirdi. Boysundagi gaz-kimyo majmuasining ishga tushirilishi va geologiya-qidiruv ishlarining kengayishi O‘zbekistonning 2−3 yil ichida neft mustaqilligiga erishishiga olib kelishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/oil-independence/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Mayk Taysonga WBC faxriy kamari topshirildi

Ringdagi oʻzbekistonlik bokschilar jangini kuzatgan Evander Xolifild va Rufat Risqiyev, Bahodir Jalolovga gʻoliblikni taqdim qilgan nokaut, toʻqnashuvlarni sharhlagan Mayk Tayson va hayajonlarga boy Toshkent professional boks kechasidan — «Gazeta.uz» fotoreportaji.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/prof-boxing/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2022-yilda qizamiq bilan kasallanish 2021-yilga nisbatan 18 foizga, o‘lim darajasi 40 foizdan ko‘proqqa oshgan. Bu emlash qamrovining pasayishi bilan bog‘liq, deyiladi JSST hisobotida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/measles/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya hukumati avtomobil benzinini Rossiyadan olib chiqishga qo‘yilgan vaqtinchalik taqiqni bekor qildi. Taqiq ichki bozordagi narxlarni barqarorlashtirish maqsadida 21-sentabrda joriy qilingandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/fuel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ko‘cha rassomi Inkuzart Falastin-Isroil urushiga bag‘ishlangan rasm chizdi. Unda qo‘liga qurol olgan Isroil harbiy xizmatchisi va yuragini unga taqdim etayotgan bolakay aks etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/inkuzart-war/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlagan YUNISEF rahbari Munir Mamedzade ijtimoiy faoliyatning ahamiyati va nima uchun ijtimoiy himoya sohasidan tezkor natijalarni talab qilib bo‘lmasligi haqida gapirdi. Shuningdek, u bolalarning bilim olish qobiliyati ular uchun mos muhit yaratishga bog‘liqligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/inclusion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov 19−22-noyabr kunlari Xitoyda tashqi ishlar vazirlarining birinchi Xitoy-O‘zbekiston strategik muloqotida ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/china/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bosh murabbiyi Srechko Katanets futbol bo‘yicha 2026-yilgi jahon chempionati saralash bosqichining ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etganidan so‘ng jamoasi g‘alabaga haqli ekanini aytdi. Murabbiy va futbolchi Otabek Shukurov Ashxoboddagi “o‘ynab bo‘lmaydigan” sun’iy maydondan shikoyat qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YUNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi sobiq rahbari Munir Mamedzade “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida ijtimoiy sektor ehtimoliy favqulodda chaqiriqlarga hozircha tayyor emasligi va nima uchun mamlakatga sog‘liqni saqlashning barcha masalalarini qamrab oluvchi yagona axborot tizimi kerakligini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/healthcare/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xalqaro ta’lim instituti ma’lumotlariga ko‘ra, 2022−2023 o‘quv yilida AQSh universitetlarida o‘zbekistonlik 1000 dan ortiq talaba tahsil olgan. Bu oldingi yilga nisbatan 72,6 foizga ko‘p.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/international-students/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yildan Surxondaryoning Sariosiyo tumanidagi aeroportga yo‘lovchi samolyotlari qatnay boshlaydi, Sariosiyo va Toshkent o‘rtasida poyezd qatnovi amalga oshiriladi, dedi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u Boysunda ochiq osmon muzeyini tashkil etish rejasini ham ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/tourism/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Surxondaryoga tashrifi chog‘ida Boysun, Sariosiyo va Sherobod tumanlaridagi konlarda qo‘rg‘oshin, rux, oltin, ko‘mir va kaliy o‘g‘iti zaxiralarini o‘zlashtirish bo‘yicha topshiriq berdi. Shuningdek, tog‘li hududlarda geologiya-qidiruv ishlari kengaytiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/mines/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Termizdagi Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasiga bordi. U Surxondaryo yoshlarining sportga qobiliyati zo‘rligi, ammo ular shug‘ullanayotgan sport turlari cheklanganini aytib, bu sohaga 30 mlrd so‘m ajratilishini bildirdi. Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirishga esa 50 mln dollar yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/youth-of-surkhandarya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatning Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi majlisida Samarqandda voyaga yetmaganlarning huquqbuzarligi ortgani aytildi. Xususan, huquqbuzarlik 2021-yilda 1331 tani, 2022-yilda 3941 tani hamda 2023-yilning 8 oyi davomida esa 3128 tani tashkil etgan. Jinoyatlar soni esa 40 foizga ortgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Singapur instituti va Toshkent bojxona boshqarmasi oldida “doimiy yuzaga keladigan tirbandliklarni hisobga olib”, “zamonaviy” yo‘l o‘tkazgich qurish taklif etilyapti. “Gazeta.uz” avvalroq qurib bo‘lingan yo‘l o‘tkazgichlar misolida ular qancha joy egallashi va shahar muhitini yomonlashtirishini ko‘rsatib bergandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/over/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev 2025-yilda Yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari o‘tkaziladigan Olimpiya shaharchasini borib ko‘rdi. 100 gektarli hududda 10 ming o‘rinli stadion, velodrom, suv sporti saroyi va jamoaviy o‘yinlar majmualari quriladi. Shaharcha ilmiy, amaliy, o‘quv-mashg‘ulot markazi bo‘lishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/olympia-city/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda eng katta hisoblangan “Kattaqo‘rg‘on” poligonida 17-noyabrda Mi-8 vertolyoti quladi, uning butun ekipaji halok bo‘lgan. Bu oxirgi 20 yilda O‘zbekistonda harbiylar jabrlangan yagona aviahalokat emas. “Gazeta.uz” O‘rtachirchiq, Farg‘ona va Sherobodda yuz bergan baxtsiz hodisalarni yodga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/airdisaster/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

5 ta kinopremyera, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Drag Racing, “Yangi nafas” yugurish musobaqasi, Avaz Oxun konserti, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari, “SAHNA” stendap klubidagi yumoristik shoular va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Limonli muss-chizkeyk, keks, glazurli yoki malina qo‘shilgan limonli pechenye, tvorojnik yoki pirog — Zira.uz limon solib tayyorlangan pishiriqlar retseptini taqdim etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Veolia Energy Tashkent 1-dekabrdan poytaxtdagi budjet tashkilotlari va yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minotining yangi tariflari kuchga kirishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/18/heat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligiga qarashli Mi-8 vertolyoti Kattaqo‘rg‘on poligonida o‘quv-mashg‘ulot parvozini amalga oshirayotgan vaqtida halokatga uchradi. Butun ekipaj halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/mi-8/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat qarori bilan Toshkentning Chilonzor tumanida RSHTYOIM qarshisidagi uy va do‘konlarda “renovatsiya” o‘tkazish rejalashtirilmoqda. Bunda bir qavatli uylar o‘rniga ko‘p qavatlilari quriladi. Qatortol ko‘chasini turizm ko‘chasiga aylantirish, yerto‘lalarni ta’mirlashga kredit ajratish ham taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/renovation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yetti yilik faoliyati davomida Oson ikki mln dan ortiq sodiq foydalanuvchilarga erishdi. Hozirda kompaniya xorijiy investorlar bilan muzokaralar bosqichida (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/oson/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish sezilarli darajada kamaygan bo‘lsa-da, u yerda opioidlar o‘rnini bosuvchi metamfetamin ham yetishtiriladi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonga metamfetamin yetkazib berish ko‘payishi mumkin, deya ogohlantirdi Markaziy Osiyoda narkotik moddalar tarqalishining oldini olish dasturi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/drugs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevroparlament va Yevropa Ittifoqi davlatlari atrof-muhitga qarshi jinoyatlar ro‘yxatini kengaytirdi va ularga nisbatan jazo choralarini kuchaytirdi. Odamlar o‘limiga olib keladigan ekologik jinoyat uchun aybdorlar 10 yillik qamoq jazosiga hukm qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/environment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️1-dekabrdan ish haqi, pensiya va ijtimoiy nafaqalar miqdori 7 foizga oshadi

🔹Pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori — 372 ming soʻm;
🔹yoshga doir eng kam pensiya miqdori — 725 ming soʻm;
🔹mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori — 1 mln 50 ming soʻm;
🔹bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 340 ming soʻm etib (7 emas, 3 foizga oshadi) belgilanmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/wage-rate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahri hokimligi Amir Temur xiyoboni atrofidagi ta’mirlash ishlari yuzasidan ma’lumot berdi. U yerda piyodalar yo‘laklariga yotqizilgan bruschatkalar va yo‘lning asfalt qoplamasi yangilanmoqda. Hokimlik hudud ko‘rinishi keskin o‘zgarib ketmasligiga ishontirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/square/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 20-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 9,90 soʻmga oshib, 12 280 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi koʻtarildi, rublniki tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Surxondaryoga tashrifi chog‘ida O‘zbekistondagi suv muammosi haqida gapirdi. U “suv tekin emas”, degan g‘oyani aholiga chuqur singdirish va buni kundalik turmush qoidasiga aylantirish asosiy vazifa bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал