gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda xalqaro moliya institutlarining kreditlari hisobiga tovarlar aylanmasi va importi uchun berilgan soliq imtiyozlarining bir qismi bekor qilinadi. Gap banklar orqali ajratiladigan qarz mablag‘lari haqida bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/vat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank ko‘rsatmalarga amal qilmagan va yuklatilgan vazifalar ijrosini ta’minlamagan 16 ta bankka nisbatan jarima chorasi qo‘lladi. 5 ta tijorat banki va 1 ta mikromoliya tashkiloti kamchiliklari uchun ogohlantirish oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/bank/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dam olish kunlari O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. Harorat kechasi +5…+10, kunduzi +13…+18 darajagacha pasayadi. Shanba kuni respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi. Joylarda shamol tezligi kuchayishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirobod tumanida Spark va Nexia haydovchilari yo‘l talashib, mojaro ommaviy mushtlashuvga aylandi. Hodisa oqibatida yo‘lovchilardan biri stomatologiya klinikasiga murojaat qildi. Holat yuzasidan bezorilik bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/fight/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Amirsoy” (O‘zbekiston), “Shimbuloq” (Qozog‘iston) va “Rosa Xutor” (Rossiya) tog‘ kurortlari alyansga birlashdi. Ular Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘rgazmada dam oluvchilar bonuslarga ega bo‘lishlari va ularni alyansning boshqa kurortlarida sarflashi mumkin bo‘lgan sport-ko‘ngilochar tadbirlar taqvimini taqdim etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/eurasian-alliance/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

JSST yolg‘izlikni inson salomatligiga global tahdid deb atadi va ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘yicha komissiya tuzdi. Mutaxassislar yolg‘izlikning zararini kuniga 15 ta sigaret chekishga tenglashtirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/loneliness/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Raqobat qo‘mitasi ishchi guruhi riteylerlarning oziq-ovqat yetkazib beruvchilari huquqlarini buzayotgani to‘g‘risidagi arizalarni qabul qilishni boshladi. Tadbirkorlar kamida 2019-yildan buyon savdo tarmoqlari tomonidan “kamsituvchi shartlar” qo‘yilayotgani haqida shikoyat qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/retail/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Ispaniya bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Jamoa jahon chempionati guruh bosqichini uchinchi o‘rinda yakunladi va 1/8 finaliga yo‘l oldi. Foto va video.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/uzb-spain/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Toshkent xalqaro aeroportida unutib qoldirgan yuklar 26 ming so‘mdan sotilayotgani haqida xabar tarqaldi. Uzbekistan Airports yolg‘on ma’lumotlarga ishonmaslikka va firibgarlarga pul o‘tkazmaslikka chaqirdi. Kompaniya yuklari sotilmasligi va uchinchi shaxslarga berilmasligi bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/uzbekistan-airports/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 17 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,90 soʻmga arzonlab, 12 270,10 soʻm etib belgilandi. Shuningdek, yevro kursi tushdi va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Tanuki”, “Takaxuli” va “Xoroshaya devochka” restoranlari asoschisi, O‘zbekistonda ham bir qancha restoranlarga egalik qiluvchi Aleksandr Orlov Rossiya Ichki ishlar vazirligi tomonidan federal qidiruvga berildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/alexandr-orlov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya davlat dumasi raisi o‘rinbosari Pyotr Tolstoy rus tili davlat tili bo‘lmagan mamlakat fuqarolarini ishga joylashtirishni cheklashni, shuningdek, O‘zbekistonda migrantlar puliga rus tili maktablari qurishni taklif qildi. O‘zbekistonlik siyosatchilar deputatga “O‘zbekiston uning tomorqasi emas”ligini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/migrants/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va Litsenziyalash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartirish kiritildi. Endi sanitariya va gigiyena qoidalarini buzgan fuqarolar 3,3 mln so‘mgacha, mansabdor shaxslar 6,6 mln so‘mgacha jarima to‘laydi. Shuningdek, litsenziya shartlarini muntazam buzganlar undan 1 yilga mahrum bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/law/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery Group kompaniyasi dunyo bo‘yicha bir oyda 200 ming dan ortiq avtomobil sotdi, bu ko‘rsatkich 2022-yilning oktabridan 50,8 foizga ko‘proq (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva G‘azoda davom etayotgan, begunoh bolalar, keksalar va ayollar umriga zomin bo‘layotgan voqealarni hech narsa bilan oqlab bo‘lmasligini qayd etdi. “Falastin diyorida yuz berayotgan dahshatli voqealarga tomoshabin bo‘lib, jim qarab tura olmaymiz”, dedi Ziroat Mirziyoyeva.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/palestine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nur Hayot foydali investitsiya taklif qiladi

Nur Hayot turar-joy majmuasi kamida 200 mln so‘mgacha tejab, uy xarid qilish imkoniyatini taklif qilmoqda.

TJMda 2500 ta xonadondan atigi 1300 tasi sotuvda qoldi.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tib quyidagi chegirmalarga ega bo‘lish mumkin.

— 100% to‘lovda — 10% chegirma;
— 70% to‘lovda — 5% chegirma;
— 50% to‘lovda — 3% chegirma.

Xonadonlar tayyor holatda topshiriladi.

Bunday imkoniyatni qo‘ldan boy bermagan maʼqul.

Telefon: (+998) 78-147-50-50.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chustdagi davlat bog‘chasida tarbiyachi qizchani kiyim almashtirish chog‘ida urgani aks etgan video tarqaldi. Holatni o‘rgangan MMTB voqea 2022-yilda bo‘lgani, o‘sha yili xodim boshqa lavozimga tushirilganini bildirdi. Hozirda tarbiyachini ishdan olish masalasi ko‘rilmoqda. Bog‘cha ta’mir ishlari uchun yopilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/kindergarten/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh prezidenti Jo Bayden va Xitoy yetakchisi Si Szinpin so‘nggi bir yilda birinchi marta shaxsan uchrashib, “konstruktiv” muzokaralar olib bordi. Uchrashuv samarali kechmadi, lekin tomonlar kelishmovchiliklarga qaramay muloqotni davom ettirmoqchiligini bildirdi. “Bu muhim progress”, — dedi AQSh prezidenti.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/us-china/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoda ichimlik suvi ta’minoti loyihasining birinchi bosqichi ishga tushirildi. Mazkur bosqichda suv Sariosiyo, Denov, Sho‘rchi va Qumqo‘rg‘on tumanlariga yetib bordi. Viloyat aholisining markazlashgan ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 70 foizga yetdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Surxondaryodagi harbiy qismda Turkiyaning Bayraktar TB2 uchuvchisiz uchadigan apparati bilan tanishib, uning parvozini kuzatdi. Ularni O‘zbekistonda ham ishlab chiqarish masalasi muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/17/bayraktar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash turniri doirasidagi ilk uchrashuvida Turkmanistonni mag‘lub etdi. Gollarga Otabek Shukurov va Eldor Shomurodov mualliflik qilishdi (foto, video).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/turkmenistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh va Markaziy Osiyo davlatlari mintaqaning Amerika kompaniyalari bilan iqtisodiy hamkorligini mustahkamlash maqsadida Business 5+1 davlat-xususiy muloqot biznes-platformasini ishga tushirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/business/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Nega mening bolam tajriba quyoni qilindi?”

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 13-noyabrda bo‘lgan sudda farzandidan ayrilgan to‘qqiz jabrlanuvchi ko‘rsatma berdi. Ulardan biri Farmagentlik sobiq rahbari Sardor Kariyev bilan munozaraga kirishdi. Sudda tibbiyot xodimlari va Sog‘liqni saqlash vazirligining mas’uliyatsizligiga e’tibor qaratish chaqiriqlari yangradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/sud/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoga tashrif buyurgan Shavkat Mirziyoyev “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz-kimyo majmuasi qurilishi bilan tanishdi. “To‘palang” gidroelektr stansiyasida bo‘ldi. Shuningdek, davlat rahbari To‘palang daryosida “Zarchob-3” kichik gidroelektr stansiyasi qurilishiga start berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/president/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oqqo‘rg‘on tumanida kelin-kuyovni olib ketayotgan vertolyot va yettita Captiva ishtirokida to‘y korteji uyushtirildi. Toshkent viloyati YHXB kortej ishtirokchilariga nisbatan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/wedding-cortege/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15-noyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Jahon savdo tashkiloti masalalari bo‘yicha maxsus vakili Aziz O‘runov va Saudiya Arabistonining JSTdagi elchisi Saqer Almoqbel tovar va xizmatlar bozoriga chiqish bo‘yicha ikki tomonlama muzokaralarni yakunlash to‘g‘risida bayonnoma imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/wto/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 9 oy davomida onalar o‘limi ko‘rsatgichi 100 ming tirik tug‘ilishga nisbatan 14,1 promillini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2022-yilning shu davriga nisbatan 13,1 promilliga teng bo‘lgan. Xususan, Sirdaryo viloyatida ko‘rsatgich 11,6 promillidan 45,6 promilliga oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/mothers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil iyuldan davlat dasturlari doirasida kreditlar barcha bosqichlarda elektron platformalar orqali ajratiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi yirik korxonalar bilan kooperatsiya asosida tashkil etilgan kichik tadbirkorlarga tovarlarini yiliga 10 mlrd so‘mgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotishga ruxsat beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/credits/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqandda noqonuniy muomaladan olib qo‘yilgan 1 mlrd 668 mln so‘mlik 117 ming qutidan ziyod sigaret va chilim uchun tamaki mahsulotlari yo‘q qilindi. Ular maxsus texnikalarda yanchilib, suvga bo‘ktirildi va yaroqsiz holga kelgach, ko‘mib yuborildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/cigarette/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Singapur kompaniyalari Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi sanksiyalarining 12-paketiga kiritilishi mumkin, deb xabar berdi Bloomberg. Hujjat loyihasida Rossiya olmoslarini yetkazib berishni taqiqlash va neft narxining yuqori chegarasiga qo‘shimcha cheklovlarni ham o‘z ichiga oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/16/eu-sanctions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал