gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Deputat Doniyor Gʻaniyev sogʻliqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatovga: «Ota-onalarning dardini koʻrib yigʻladim. Ulardan biri mening ham farzandim boʻlishi mumkin edi... Oʻtgan ishdan qanday xulosa chiqardinglar? Mana shu qoʻpol xato qayta takrorlanmaydi deb vaʼda bera olasizlarmi? Siyosiy javobgarlik boʻlmaydimi?»

Amrillo Inoyatov javobi: «Eʼtirozni yuz foiz qabul qilamiz. Hech qanday bahona qilishga asosimiz yoʻq. Shaxsan men ham vazirning birinchi oʻrinbosari sifatida kech eshitganman, bu mening ham katta xatom boʻladi. Men ochiq tan olib aytyapman buni... Buyogʻiga bitta ham bunday holatga yoʻl qoʻyishga haqqimiz yoʻq».

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/dok-1-max/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Jizzax viloyatida 550 MVtlik bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Investor va loyiha kompaniyasi 500 mln dollarlik investitsiya jalb etish majburiyatini oladi, davlat kompaniyalari esa 25 yil davomida elektr energiyasi sotib olish, gaz va suv yetkazib berishni kafolatlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/cengiz-enerji/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo to‘lov tizimi xakerlar O‘zbekiston banklariga hujum qilgani va Humo kartalaridan yirik miqdorda pul o‘g‘irlagani haqidagi xabarlarni rad etdi. Markaziy bank ham banklar va to‘lov tizimlariga hech qanday kiberhujum bo‘lmaganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/humo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida 18 yoshga toʻlgan, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun mediasavodxonlikni oʻrgatuvchi Media Plus loyihasi tashkil etildi va bu kursda 20 kishi 2 oy davomida tahsil oldi. “Gazeta.uz” ushbu ijtimoiy loyihani qoʻllab-quvvatladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/media-plus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qumqo‘rg‘on tumanida hokim yordamchisi fuqarolarning nomiga issiqxona tashkil etish uchun 4 marta (jami 132 mln so‘m) kredit olib, pullarni o‘ziga qarashli MCHJga o‘tkazgani aytilmoqda. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi va lavozimidan ozod etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/fraud/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Ozon marketpleysi O‘zbekiston hududida faoliyat boshladi. Kompaniya 2024-yilda mamlakatda o‘zining logistika infratuzilmasini, jumladan, ombor majmualari va yetkazib berish xizmatlarini, shuningdek, brendlangan topshirish punktlarining franshiza tarmog‘ini rivojlantirish niyatidaligini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/ozon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bobur Residence xonadon xaridining qulay shartlari bilan bo‘lishdi

Bobur Residence turar–joy majmuasi to‘lov turlari haqida batafsil maʼlumot berdi.

Maydonlarni 42 kv. m dan bo‘lgan xonadonlarga boshlang‘ich to‘lov – 50%, 60 kv. m dan bo‘lganlariga esa – 30% ni tashkil qiladi.

Qurilish ishlari tugaguniga qadar oyiga kamida 6 mln so‘mdan to‘lab, xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan oylik to‘lovlar miqdorini belgilash imkoniyati mavjud.

Qurilish tugallangandan so‘ng qolgan miqdorni kredit mablag‘lari yordamida to‘lash mumkin.

Telefon: (+998) 55-550-55-55.

Manzil: Yakkasaroy t-ni, Bobur ko‘ch., 73.
Mo‘ljal: “Yakkasaroy” banket zali.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi davlat budjeti loyihasida “dekret puli” prognozi qisqarganini izohlarkan, 2023-yilda xususiy sektorda ishlayotgan 130 ming ayolga 300 mlrd so‘m ajratish rejalashtirilgani, biroq 9 oyda atigi 12 ming ayolga 24,6 mlrd so‘m nafaqa berilganini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/maternity-leave/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank Brio Group MCHJning (Oson brendi) to‘lov tashkiloti faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyasini tikladi. Kompaniya litsenziyasining amal qilish muddati 17-oktabrda to‘xtatib qo‘yilgandi. Undan avval esa Oson`ga qonun talablarini buzgani uchun jarima sanksiyasi qo‘llangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/oson/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya bilan urushda 70 ming Ukraina askari halok bo‘lgan, yana 120 ming nafari yaralangan. The Economist maqolasida Ukrainada ishsizlik urushdan oldingi darajadan yuqoriligicha qolayotgani, qurilish, tog‘-kon sanoatida ko‘proq xotin-qizlarning mehnatga kirib kelayotgani qayd etilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/ukraine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Devid Kemeron Birlashgan Qirollikning yangi tashqi ishlar vaziri etib tayinlandi. U 2010−2016-yillarda Britaniya hukumatini boshqargan va Brexit to‘g‘risidagi referendumdan so‘ng iste’foga chiqqan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/david-cameron/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari aholi bilim olish va sayohatga ko‘proq mablag‘ sarflay boshlaganini ko‘rsatdi. Respondentlarning kelajakdagi xarajatlari tarkibida ta’lim birinchi o‘rinni egalladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/consumer-sentiment-index/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun yangi vositalarni joriy etish maqsadida biznesni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etilmoqda. U kapitalni moliyalashtirish, xizmat ipotekasi va boshqa yordamlarni ko‘rsatadi. Kompaniya budjetdan 1,2 trln so‘m va 100 mln dollarlik kreditlar oladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/business-support/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida “12-Avtobus saroyi”ga tegishli MAN avtobusi yonib ketdi. Hodisaga elektr simlarining qisqa tutashuvi sabab bo‘lgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/bus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 14 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 11,03 soʻmga oshib, 12 281,14 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chery Uzbekistan ishga tushirilganining bir yilligi munosabati bilan tantanali kecha tashkil etdi. Marosimda brendning asosiy namoyandalari va mehmonlarga qiziqarli shou namoyish etildi, tanlov va yutuqli o‘yinlar o‘tkazildi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/chery-uzbekistan/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nepal hukumati mamlakatda TikTok faoliyatini cheklashga qaror qildi. Platforma kontenti “ijtimoiy uyg‘unlikni buzuvchi, oilaviy hamda ijtimoiy munosabatlarga putur yetkazuvchi” deb topildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/nepal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qonunchilik palatasi deputatlari bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatovning yo‘l harakati xavfsizligi bo‘yicha yuborilgan parlament so‘roviga javobidan qoniqmaganini qayd etdi. “Yetarlicha ma’lumotlar taqdim etilmagani uchun” Ramatov 1-dekabrgacha qo‘shimcha javob berishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/ramatov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 15-noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSH dollari 8,84 soʻmga oshib, 12 289,98 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hokimliklarga aholi va biznesdan “snos” yoki mulkni olib qo‘yish bo‘yicha qarzi bo‘lgan holatda, budjet daromadlarining prognozdan oshirib bajarilgan qismidan mablag‘ sarflash taqiqlanadi. O‘zbekiston hukumati qonun hujjatlariga bu bo‘yicha tegishli o‘zgartirishlar kiritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/competition/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning Xanchjou shahrida XIX Osiyo o‘yinlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan “Rang-barang Osiyo: Osiyo liboslari ko‘rgazmasi”ni 86 mingdan ortiq kishi tomosha qildi. Unda O‘zbekistonning 20 ta muzey eksponati, jumladan, an’anaviy o‘zbek so‘zanasi, chopon va zargarlik buyumlari namoyish etildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/hangzhou/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangihayot tumanida harakatlanib ketayotgan Nexia-3 ustiga daraxt qulab tushdi. Oqibatda 26 yoshli yo‘lovchi qiz bosh miya ochiq jarohati bilan vafot etdi. Ekologiya bo‘limi daraxt sog‘lom bo‘lgani, yomg‘ir sababli tagi bo‘shab qolganini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Bekobod tumanida 250 mln 800 ming so‘m miqdoridagi 100 ming so‘mlik qalbaki kupyuralar sotilishining oldini oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/money/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antikorrupsiya agentligi 93 ta vazirlik, idora va hokimlikda e’lon qilinishi lozim bo‘lgan ma’lumotlarning faqat 52 foizi ochiqlanayotganini aniqladi. Aksariyat hollarda budjet va budjetdan tashqari mablag‘lar xarajatlariga oid ma’lumotlar bo‘yicha jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘yilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/transparency/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mahallalarda xotin-qizlar bandligini ta’minlash markazlarini ochgan tadbirkorlarga davlat granti ajratilib, 1 nafar ayol uchun 3 mln so‘mdan oshmagan miqdorda pul to‘lanadi. Mablag‘lar Oila va xotin-qizlar jamg‘armasi hisobidan moliyalashtiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/women/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzum Market`da 11.11 aksiyasining birinchi kunlari natijalariga ko‘ra, foydalanuvchilar 130 mingdan ortiq buyurtma rasmiylashtirishgan. Buyurtmalar ko‘proq Toshkent, Samarqand, Farg‘ona va Buxoro aholisi tomonidan berilgan (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/14/uzum-market/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz”ning O‘zbekistonda saraton bilan og‘riganlar qanday vafot etayotgani haqidagi maqolasidan so‘ng Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi kattalar xospisi qurilishiga hamda Taskin bolalar xospisiga tashrif buyurdi. Ular xospis va palliativ yordam parlament nazoratiga olinishiga ishontirishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/cancer/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda o‘zini o‘zi band qiladigan shaxslar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxatiga 19 ta tur qo‘shildi. Milliy taqinchoqlar, atlas va adras ishlab chiqarish, qo‘ziqorinlarni yig‘ish, uyda yetishtirish va sotish va boshqalar shular jumlasidan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/self-employed/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Lyubomir Frebort Chexiyaning, Vafo Jabr Nosir al-Busaidiy esa O‘monning O‘zbekistondagi yangi elchilari etib tayinlandi. TIVda Baxtiyor Saidov ulardan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/ambassador/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dubayda (BAA) yengil atletikaning yarim marafon yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik sportchilar yakkalik va jamoaviy bahslarda ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/13/marathon/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал