gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chilonzor tumanidagi “Ko‘zi ojizlar” jome’ masjidida bir erkak juma namozini ado etish vaqtida olamdan o‘tdi. Uning yuragi shifokorlar kelguniga qadar to‘xtagan, tez yordam mashinasi esa avtomobillar yo‘lni to‘sib qo‘ygani tufayli murdaning oldigacha yetib borolmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/toshkent/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘qituvchilarga ajratilayotgan budjet mablag‘lari o‘z samarasini ko‘rsatmayapti, deya ta’kidladi Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov. 2024-yilgi davlat budjetida o‘qituvchilarning oylik maoshi uchun 35 trln so‘mga yaqin mablag‘ ajratilishi rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/alisher-qodirov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 13 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 17,93 soʻmga arzonlab, 12 270,11 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkmaniston Iroq bilan gazni Eron orqali yetkazib berish borasida kelishib oldi. Protokol yiliga 9 milliard kub metr gaz yetkazib berish bo‘yicha 5 yillik shartnomani nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/turk-iraq-gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yashnobod tumanida 21-sonli MAN avtobusi yo‘lning qatnov qismida to‘xtab turgan Nexia bilan to‘qnashdi. Yengil avtomobil haydovchisi jarohat olgan, ikkala transport vositasi ham texnik shikastlangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/bus-accident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vazirligi soha vakillarining uy olishida to‘lovning 50 foizini qoplab berishni taklif qildi. Loyiha muhokamalarga sabab bo‘lgach, vazirlik bunga munosabat bildirarkan, “soha vakillarining hammasi ham to‘y-hasham yoki boshqa tadbirlardan qo‘shimcha daromad topish imkoniyatiga ega emas”, deya ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/subsidy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident bogʻ va tokzorlarni yiliga kamida bir marta xatlovdan oʻtkazish, samarasiz deb topilsa, yer soligʻidan berilgan imtiyozni bekor qilish haqida koʻrsatma berdi. Shuningdek, goʻsht, tuxum va sut ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash, kreditlar muddatini oshirish va boshqa vazifalarni belgiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/agriculture/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba kunining ikkinchi yarmida ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘adi. Yakshanba kuni ertalab va kechasi Farg‘ona vodiysida hamda Toshkent viloyatida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +13…+18 daraja bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/humanitarian-pause-in-gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Italiya prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella bilan O‘zbekistonga keldi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ostonada Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kelgusi uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolanib, neft-gaz sanoati, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/kazakhstan-russia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/farmers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev lavozimidan ozod etildi. Agentlik qayta tashkil etilmoqda: uning rahbari bir vaqtda PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari ham bo‘ladi, shtatlar va o‘rinbosarlar soni qisqaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/agency/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank konvertatsiya qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “valyuta operatsiyalarini cheklashni emas, amaldagi normalarni aniqlashtirish va operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirishni” anglatishini ta’kidladi. MB raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov “orqaga qaytish bo‘lmasligini” aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/currency-purchase-control/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda iqlim kun tartibiga bolalar va yoshlarni jalb etishga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Unda ekologik ta’limni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan mintaqaviy strategiya imzolandi. Forumda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya va Eronning birinchi xonimlari va yoshlar ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/eco-education/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

10−12-noyabr kunlari Click ilovasida Premium-obunani atigi 12 ming so‘mga xarid qilish mumkin. Obunaning odatiy narxi 50 ming so‘mni tashkil qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/click/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ACWA Power kompaniyasi aksiyadori bo‘lmish Vision invest xoldingi O‘zbekiston bilan qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni boshqarish uchun Toshkentda mintaqaviy vakolatxonasini ochmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/vision-invest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston bilan Italiya o‘rtasida Diplomatik pasport egalarini viza tartib-taomillaridan ozod etish, shuningdek, ta’lim, fan, texnologiya va innovatsiyalar, sport sohalarida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/docs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda O‘zbekiston va Italiya prezidentlari muzokaralari bo‘lib o‘tdi. Tomonlar savdoni rivojlantirish dasturini ishlab chiqish, ikki mamlakat hududlari forumini tashkil etish va uning ilk yig‘ilishini kelasi yili Samarqandda o‘tkazish, shuningdek, qo‘shma ta’lim forumini tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/talks/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bankning valyutani sotib olish shartlarini o‘zgartirishga oid loyihasi fond bozoriga allaqachon salbiy ta’sir ko‘rsatdi, dedi “Toshkent” fond birjasi rahbari Georgiy Paresishvili. U konvertatsiyani murakkablashtirish investorlarni cho‘chitishini ta’kidladi va jarayonni soddalashtirish tarafdori ekanini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/george-paresishvili/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda tez tibbiy yordam xizmatini yolg‘ondan chaqirganlik holatlari yuzasidan nizom ishlab chiqish rejalashtirilmoqda. Unga ko‘ra, yolg‘on murojaat qilganlarni xizmatning bir martalik chaqiruv xarajati — bugungi kunda 178 ming so‘m miqdorida jarimaga tortish taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/ambulance/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Hech bir normal investor O‘zbekistonga kelmaydi” — brokerlar valyutani konvertatsiya qilish qoidalariga kiritilayogan o‘zgartirishlar haqida

Avvalroq Markaziy bank valyuta operatsiyalari qoidalariga yuridik shaxslarning chet el valyutasini sotib olish shartlarini qat’iylashtiruvchi qonun loyihasini tayyorlagandi.

“Spot” fond bozori ishtirokchilari bilan Markaziy bank tomonidan taklif etilayotgan o‘zgartirishlar bo‘yicha suhbatlashdi.

Mutaxassislarning qayd etishicha, bu valyuta sotib olish va olib chiqish tartibining murakkablashishiga hamda valyutaga bo‘lgan talabning ortishiga olib keladi:

https://www.spot.uz/oz/2023/11/10/exchange-restrictions/

@spotuz_uz

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/fuel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilgi davlat budjetida xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘uruq nafaqalari miqdorini 3 barobarga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Deputat Doniyor G‘aniyev buning kamayishini mablag‘larning o‘zlashtirilishi pastligi bilan izohladi va holat sabablarini o‘rganishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/maternity-leave/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/10/yangi-nafas-1/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/textile-industry/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Italiya prezidenti Serjo Mattarellaserj 9−11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida, jumladan, ikki davlat prezidentlarining iyundagi kelishuvlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident yirik savdo tarmoqlari bilan ishlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muammolarini ko‘rsatib, Shaxrux Sharaxmetovning Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimiga loyiqligi masalasini o‘rganishni topshirdi. Davlat rahbari sariyog‘ eksportiga qo‘yilgan cheklovni ham olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/competition/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

PFL O‘zbekiston Kubogi finaliga bag‘ishlangan videoanons chiqardi. Bu rolikni deyarli hamma maqtayapti

“Nasaf” va OKMK futbol klublari 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash keladi. Musobaqa tashkilotchisi O‘zPFL final oldidan maxsus videoanons tayyorladi. Ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida olingan rolik jamoatchilik tomonidan asosan iliq kutib olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/cup/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/unesco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал