gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistondagi davlat oliygohlarida ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 9,5 mln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat OTMlaridagi professor-o‘qituvchilar soni 48,5 ming nafar bo‘lib, 2024-yilda 50 mingdan oshishi kutilyapti.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/wage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/invitation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahridagi 12, 26, 30, 54, 73, 133 va 150-sonli avtobuslarning harakat yoʻnalishlariga oʻzgartirish kiritildi va yoʻnalish nomi oʻzgardi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/buses/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti IHT sammitidagi chiqishida o‘zgarib borayotgan dunyo siyosiy arxitekturasining xavf-xatarlariga javoban a’zo mamlakatlar o‘rtasida iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirishni taklif qildi. Davlat rahbari tashkilot hududida o‘zaro savdoni soddalashtirish bo‘yicha bitimni qabul qilishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/eco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

ChatGPT sun’iy intellekt bilan ishlovchi chat botini ishlab chiqqan OpenAI kompaniyasi o‘z servisi ishlaydigan hududlar ro‘yxatiga O‘zbekistonni qo‘shdi. Endilikda mamlakatda ChatGPT ro‘yxatidan rasman o‘tish va uni ishlatish mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/chatgpt-uzbekistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buyuk Britaniyaning savdo komissari Kenan Poleo Savdo va sanoat bo‘yicha O‘zbekiston-Britaniya kengashi yig‘ilishi arafasida “Gazeta.uz” muxbirining ikki mamlakatning sarmoyaviy va savdo salohiyatiga oid savollariga javob berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/kenan-pole/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida ishtirok etish uchun mamlakatga tashrif buyurgan Pokiston bosh vaziri, Qirg‘iziston, Turkiya, Eron va Tojikiston prezidentlari bilan uchrashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/leaders/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boysun tumanidan o‘tuvchi M-39 xalqaro avtomagistral yo‘li va ayrim xonadonlarni sel bosdi. Surxondaryo viloyati hokimligi hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligini bildirdi. Xonadon va boshqa obyektlarda tozalash ishlari olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/surkhandarya/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda jinsiy zo‘ravonlikka jim qarab turmaslik madaniyatini shakllantirishni maqsad qilgan NeUyat festivali o‘tkazilmoqda. Rassomlar jamiyatning bir qismi jinsiy zo‘ravonlikni normal qabul qilishini ta’kidlaydi. Ular zo‘ravonlikka uchraganlar emas, buni qilganlarga uyat ko‘zi bilan qarashni targ‘ib etmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/neuyat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yer qa’ridan foydalanganlik uchun sement ishlab chiqarishga mo‘ljallangan ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasini 2 baravar kamaytirish taklif etilmoqda. Taklif mahalliy mahsulotlar raqobatbardoshligini oshirish uchun ilgari surilgan. Bu budjet tushumlari 160 mlrd so‘mga kamroq bo‘lishiga olib kelishi prognoz qilinmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/cement/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/european-union/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 9 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 16,93 soʻmga koʻtarilib, 12 297,93 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi tushdi, rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/train/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘tgan oktabr oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil ham tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/october/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/volkswagen-caddy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 10 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,97 soʻmga arzonlab, 12 288,04 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa oshdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qurilish vazirligi Matbuot uyi majmuasini (“Gazeta korpusi”) rekonstruksiya qilish hamda uning o‘rni va tutash hududda media shaharcha qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda 98,8 mlrd so‘m taklif qilgan Yangi Zamon Bino g‘olib bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/press-house/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu ishtirokida strategik sheriklik muloqotining uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Diplomat Qo‘shma Shtatlar O‘zbekiston mustaqilligi va hududiy yaxlitligi, shuningdek, Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishini so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlashini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/strategic-partnership/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev IHT sammitidagi nutqida Falastin-Isroil urushining mintaqa bo‘ylab yoyilib ketish xavfi tobora real tus olayotganini aytdi. “Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga, tinch muzokaralarni boshlash, oqilona murosaga kelishga chaqiramiz”, dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/palestine-israel/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tariflarni oshirdi. Yuridik shaxslar uchun issiqlik ta’minoti narxi 1,5 barobarga, budjet tashkilotlari uchun esa 1,6 barobarga oshadi. Aholi uchun tarif narxi o‘zgarishsiz qoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/tariffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda o‘tgan karatening WKF yo‘nalishi bo‘yicha Osiyo chempionatida o‘zbekistonlik yoshlar 15 medal: 3 oltin, 2 kumush va 10 ta bronzani qo‘lga kiritdi. Bu jamoa uchun medallar jamg‘arish bo‘yicha eng yaxshi natija bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/karate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning AQSh va Braziliyadagi elchisi Furqat Sidiqov o‘rindoshlik asosida mamlakatning Kanadadagi elchisi bo‘ldi. Elchixonalarning qarorgohi Vashingtonda joylashgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/09/ambassador/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/bus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

26−30-dekabr kunlari ilk bor Samarqandda shaxmatning rapid va blits turlari bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadi. Turnirda jahonning eng yaxshi shaxmatchilari ishtirok etib, jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. FIDE rahbari Arkadiy Dvorkovich tanlov nega O‘zbekistonda o‘tkazilayotganini izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/world-chess-championship/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/reserves/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/chery/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Abdulaziz Kamilov Yaponiyaning oliy ordeni bilan mukofotlandi

Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov doʻstona munosabatlarni mustahkamlashga qoʻshgan koʻp yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq koʻrildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/japan-order/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/brioni/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston davlat qarzi 1-iyul holatiga ko‘ra 31,5 mlrd AQSh dollarni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘’tadil” deya baholagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/debt/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/agrarian-lyceums/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал