gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/dendropark/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/poland/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi 2023-yil yakuniga qadar O‘zbekistonda 127 ming 500 ta oila kambag‘allikdan chiqarilib, kambag‘allik darajasini 12 foizga tushirish choralari ko‘rilayotganini ma’lum qildi. Hozirgacha 1 million 200 ming kambag‘al oila ro‘yxati shakllantirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/poverty/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/meeting/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/metro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IQAir indeksiga ko‘ra, Toshkent havosi so‘nggi bir oy ichida 4 kun “nosog‘lom”, 10 kun “ta’sirchan guruhlar uchun nosog‘lom” deya qayd etildi. Poytaxtda oy davomida faqat bir kun “yaxshi” darajadagi havo kuzatildi. Toshkent ayni damda dunyoning beshinchi eng ifloslangan shahri bo‘lib turibdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/tashkent-air/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Global ta’minot zanjirlarining beqarorlashuvi va jahon bozoridagi volatillik sharoitida IHT davlatlari hamkorlikni mustahkamlashga intilyapti. Bunga savdo, iqtisodiy va transport aloqalarining mintaqaviylashuvi yordam bermoqda, dedi prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz” bilan intervyusida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/oec/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 8 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 10,08 soʻmga koʻtarilib, 12 280,08 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Woodline`dan 45% gacha chegirmalar

Woodline mebellar uyi ikkita yangi do‘koni ochilishi munosabati bilan mebellarga 45% gacha chegirmalar e’lon qildi.

Filiallarda ranglar, dizaynlar va funksionallikning katta tanlovi mavjud.

Do‘kon soat 10:00 dan kechki 22:00 ga qadar dam olish kunlarisiz ishlaydi.

Mebellar katalogi bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Telefon: (+998) 90-917-77-56.

Reklama.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yil yakunida aksiz solig‘i hisobidan davlat budjetiga tushumlar prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan 1,5 trln so‘mga kam bo‘lishi kutilmoqda. Tushumlar kamayishi yil boshida gaz “zapravka”lari vaqtincha yopilgani va AI-80 benzinga aksiz solig‘i ma’lum muddat bekor qilingani bilan izohlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/excise-tax/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Boks bo‘yicha Olimpiya o‘yinlari chempioni Fazliddin G‘oibnazarov Sochida WBA yo‘nalishi bo‘yicha sobiq jahon chempioni rossiyalik Rajab Butayevga muddatidan avval yutqazib, professional faoliyatidagi ikkinchi mag‘lubiyatini qabul qildi (video).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/goibnazarov-butaev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sentabr oyida O‘zbekiston Xitoyga 41,6 mln dollarlik gaz yetkazib berdi — bu apreldan beri yetkazib berishning minimal hajmi bo‘ldi. Yil boshidan buyon Xitoyga gaz eksporti 412,2 mln dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli 1,9 barobar kam.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/gas-export/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

DXX Andijonda gumonlanuvchiga yordam berish evaziga $5 ming olgan tergovchi va bunga ko‘rsatma bergan prokuror o‘rinbosarini ushlaganini ma’lum qildi. Samarqandda esa prokuror yordamchisi ayblanuvchini qamoqdan chiqarish uchun 3 ming dollar so‘ragani aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/prokuratura/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yilda davlat budjetidan Madaniyat vazirligiga 1,1 trln so‘mdan ko‘proq mablag‘ ajratish rejalashtirilmoqda. Vazirlik xarajatlari orasida davlat buyurtmasiga asosan milliy kino mahsulotlarini yaratish, Toshkent xalqaro kinofestivalini o‘tkazish kabi bandlar mavjud.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/ministry-of-culture/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, Afg‘onistonda ko‘knori yetishtirish “Tolibon” taqiqidan keyin 95 foizgacha kamaydi. Ko‘plab afg‘on fermerlari bug‘doy yetishtirishga o‘tgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/afghanistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/proposal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/08/wedding/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQSh bilan madaniy qimmatliklar bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu o‘g‘irlangan artefaktlarning AQShga olib kirilishini cheklaydi va ularni o‘z mamlakatiga qaytarish jarayonini osonlashtiradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/cultural-heritage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank yuridik shaxslar uchun chet el valyutasini sotib olish shartlarini o‘zgartirishni taklif qilmoqda. Valyuta sotib olishda zarur bo‘ladigan hujjatlar soni ortishi, norezidentlardan milliy valyutadagi mablag‘larning kelib chiqishi qonuniyligini ta’minlash va boshqalar talab qilinishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/currency-purchase-control/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Taftish.uz internet nashri sobiq rahbari G‘ayrat Aberayev firibgarlik, xususan, fuqarolarni aldash orqali jami 33,3 ming dollarni talon-toroj qilganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan sirtdan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/taftish-uz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro shahrida chiqindi tashuvchi mashina haydovchisi axlat tashlash uchun yaqinlashgan 18 yoshli talaba qizni payqamay, avtomobilni uning ustiga haydab yubordi. Qiz olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda kuz — «Gazeta.uz» muxbirlari nigohida

«Gazeta.uz» muxbirlari Madina Aʼzam, Shohruh Haydarov va Yevgeniy Sorochin fotokameralari obyektiviga Oʻzbekistondagi kuz manzaralarini muhrladi.

Fotoreportaj: www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/autumn/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Navoiyuran” va Xitoyning China National Nuclear Corporation uran sanoati sohasida strategik hamkorlik memorandumini imzoladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/cnnc/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 100 mingdan ortiq ulgurji iste’molchi va 648 mingta xonadon elektr energiyasini hisobga olish va nazorat qilishning avtomatlashtirilgan tizimi (EHNAT)ga ulanmagan. Prezident kamchiliklarni bartaraf etish va elektr energiyasi yo‘qotishlarini kamaytirish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/askue/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligiga portlash xavfi yuqori kimyoviy moddalarni saqlash talablarini nazorat qilish vazifasi yuklandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/fvv/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya katta maslahatchisi Azamat Mirzayev Navoiy viloyati prokurori lavozimiga tayinlandi. Sobiq viloyat prokurori Baxtiyor Ahmedov Bosh prokuratura boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/navoi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Ular istirohat emas, ilm bogʻlaridir”. Xorijdagi oʻzbekistonliklar — xorijdagi botanika bogʻlari haqida

Botanika bogʻlari katta, koʻp va moliyaviy baquvvat boʻlishi, ularni nafaqat davlat, balki homiylar ham qoʻllashi kerak. Ayni vaqtda, ular velosiped uchiladigan park emas, balki shaharliklarni tabiatga yaqinlashtiruvchi yashil maktabdir, deb hisoblaydi xorijdagi tabiatsevar oʻzbekistonliklar.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/botanical/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IHT davlatlari transport vazirlari yig‘ilishi yakuni bo‘yicha “O‘zbekiston — Turkmaniston — Eron — Turkiya” multimodal koridorini rivojlantirish to‘g‘risida bayonnoma imzolandi. U Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlaridan YeI mamlakatlariga raqobatbardosh tariflarda yuk tashishni tashkil etishni nazarda tutadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/corridor/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

IHT sammiti munosabati bilan Toshkentda 8−10-noyabr kunlari ayrim avtobus yo‘nalishlariga o‘zgartirishlar kiritiladi, qator yo‘nalishlarda interval va qatnov vaqti ortib ketish mumkin (ro‘yxat). Uzbekistan Airports yo‘lovchilardan aeroportga olib boruvchi aylanma yo‘llar bilan tanishib chiqishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/07/buses/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал