gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroporti yaqinidagi ko‘prikning birinchi bosqich qurilish-montaj ishlari yakuni bo‘yicha sinov o‘tkazildi. Unda 35 tonnalik 4 ta avtotreylerga 40 tonnalik 4 ta harbiy tanklar yuklanib, yo‘l o‘tkazgichga umumiy 300 tonna yuklama berildi. Ko‘prik yuklamaga bardosh berib, mustahkamligi isbotlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/overpass/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonda tuman va viloyat ahamiyatiga ega shaharlar hokimlarining sinov tariqasidagi ilk saylovi yakunlari sarhisob qilindi. Amaldagi hokimlar va ularning o‘rinbosarlari qariyb barcha joyda g‘alaba qozonishdi, deb yozmoqda mahalliy OAV.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Silk Avia`ning Uzbekistan Airways tarkibiga o‘tishiga izoh berar ekan, Uzbekistan Airports aviatsiya bilan shug‘ullanmasligi kerak bo‘lgani, buni barcha ekspertlar ta’kidlaganini aytdi. Avvalroq u hududiy aviatsiya ishga tushganini “uzoq kutilgan loyiha” deb atagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/silk-avia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasida O‘zbekistonning “Gazli” va “Xo‘jaobod” yerosti gaz omborlari 98 foizga to‘lgan. Ob-havo iliq bo‘lgani sababli ulardan gaz olish hozircha boshlanmagan. Energetika vaziri avvalroq kunlik gaz olish quvvati 18−20 mln kubometrdan 30 mln gacha oshirilishini ta’kidlagan edi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/gas-storage/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Italiya prezidenti Serjio Mattarella 9−11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Rim uchun Toshkent bilan hamkorlik O‘zbekistonning Yevropa va Uzoq Sharq, Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi strategik mavqeyi sabab alohida ahamiyatlidir, deya qayd etadi Agenzia Nova agentligi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/italy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

7-oktabrdan beri G‘azo sektoridagi janglarda BMT Falastinlik qochqinlarga yordam ko‘rsatish agentligining (UNRWA) 88 nafar xodimi halok bo‘ldi. “Oradan 30 kun o‘tdi. Yetar. Bu hoziroq to‘xtatilishi kerak”, — deyiladi tashkilot bayonotida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/un-gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil 1-iyuldan Kogon, Shirin, Yangiyer, Bekobod va Yangiyo‘l shaharlarida ichimlik suvi ta’minoti va oqova tizimlari xususiy sektorga o‘tkaziladi. Suv ta’minoti xizmatlari uchun tariflar ishlab chiqarish tannarxiga va boshqa majburiy to‘lovlarga kiritilgan xarajatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda oktabr oyida AYOQSHlarda 6 mln 105 ming litr neft mahsulotlarining sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishining oldi olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/gasoline/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh davlat kotibi yordamchisi Donald Lu shu hafta O‘zbekistonga tashrif buyuradi va ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklik muloqotida ishtirok etadi. U Qozog‘iston va Hindistonga ham boradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/donald-lu/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashabbusli budjet loyihasida 1,5 mingdan ortiq ovoz to‘plagan, lekin g‘olib deb topilmagan jihozlash bilan bog‘liq loyihalarga 2024-yil uchun mo‘ljallangan davlat budjetidan mablag‘ ajratish taklif etilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/open-budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda 8−9-noyabr kunlari Shavkat Mirziyoyev raisligida Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining 16-sammiti o‘tkaziladi. Unda Qozog‘iston, Ozarbayjon, Eron, Turkiya va boshqa davlatlarning mamlakat va hukumat rahbarlari ishtirok etadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/eco-summit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistonda geologiya-qidiruv va uran qazib olish ishlariga 500 mln dollargacha sarmoya kiritadi. Navoiy viloyatidagi ikkita hududda qidiruv ishlari olib boriladi. Emmanuel Makronning mamlakatga tashrifida ham bu masalalar ko‘rilgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/orano/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2024-yil o‘rtalariga qadar Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va O‘zbekiston 15 yil davomida gaz yetkazib berish va tranzit bo‘yicha hamkorlik majburiyatlarini belgilashni rejalashtirmoqda, dedi “Gazprom” rahbari Aleksey Miller. Kompaniya ulardagi boshqa gaz quvurlari tizimidan foydalanishga tayyorligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/gas-cooperation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda benzin taqchilligi mavjud emas, deya ma’lum qildi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U nima sababdan birjada yoqilg‘i sotib olishga cheklov kiritilganini tushuntirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/petrol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda “Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti” sammiti o‘tkazilishi sababli poytaxtning ayrim ko‘chalari 8−10-noyabr kunlari transport harakati uchun yopiladi. Shuningdek, 8−9-noyabr kunlari poytaxtga yuk mashinalarining kirishi qisman cheklanadi, shahar markazida esa ular harakatlanishi to‘liq to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/stop/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi O‘zbekistondagi to‘rtta sug‘urta kompaniyasining litsenziyasini bekor qildi, ulardan uchtasi oxirgi besh kun ichida litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/ilma/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Antikorrupsiya agentligi direktori Akmal Burxanov korrupsiya holati haqida xabar bergan fuqarolar, shu jumladan jurnalistlarni himoya qilish uchun yangi qonun loyihasi ishlab chiqilayotganini ma’lum qildi. “Zamon jurnalistlarni himoya qilishning huquqiy asoslarini takomillashtirishni talab etyapti”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/corruptions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oktabrda Toshkentda yo‘lovchi avtobuslari 25 mln dan ortiq kishiga xizmat ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 83 foiz yoki qariyb 9,4 mln nafarga ko‘p demakdir. Shu bilan birga, yo‘nalishlarga chiqarilgan avtobuslar soni ham oshgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/avtobus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Elektr energiyasi ishlab chiqarishda quyosh, shamol va gidroenergetika ulushini oshirish rejalariga qaramay, O‘zbekiston “gazdan voz kechmaydi”, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. Unga ko‘ra, mamlakat gazdan foydalangan holda elektr energiyasi ishlab chiqarishni deyarli 2 baravar oshirishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/gas/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 7 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 16,00 soʻmga koʻtarilib, 12 270,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Mirobod tumanida Matiz avtomobili yonib ketdi. Yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan, jabrlanganlar yo‘qligi aytilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/car/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

8−9-noyabr kunlari kuchli yomg‘irlar yog‘ishi kutilayotgani sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari kuzatilishi mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/toshqin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

66-oʻlim ham bor — “Dok-1 Maks” haqida birinchi boʻlib xabar bergan shifokor Mamatqul Azizov

«Dok-1 Maks» ishi boʻyicha sudda ushbu siropdan bolalar oʻlayotgani haqida birinchi xabar bergan Samarqand Bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori Mamatqul Azizov koʻrsatma berdi. Advokat savoliga javoban mutaxassis siropdan vafot etganlar roʻyxatida 66-oʻlim ham borligini tasdiqladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/mamatqul-azizov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oqdaryo tumanida fuqaroni 20 ming dollar evaziga AQShga yubormoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi. Ular oldindan 15 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga tushdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/to-usa/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Chorshanba kuni O‘zbekistonga nam va sovuq havo massasi kirib keladi. 8−9-noyabrda hududlarda yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Harorat kunduzi +13…+18, kechasi +3…+6 darajagacha pasayadi. Juma kuni havo biroz isib, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/weather/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yanvar-oktabr oylarida O‘zbekistonga elektromobillar importi 22,5 mingtaga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6 barobardan qo‘pdir. Yetkazib berish miqdori 582 mln dollardan oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/06/electrocar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazprom” bilan tuzilgan shartnomaga ko‘ra, 7-oktabrdan beri O‘zbekiston Rossiyadan 300 mln kub metrga yaqin gaz import qildi, dedi energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov. U import qilingan “moviy yoqilg‘i” narxini yana oshkor qilmadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/gas-russia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

To‘qqiz oy davomida O‘zbekistonga 2,58 mln donaga yaqin mobil telefon import qilindi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18 foizga ko‘pdir. Yetkazib berish hajmi 178,2 mln dollardan (+23,3 foiz) oshdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/phones/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 1000 dan ortiq odam abonent raqamini saqlagan holda mobil operatorini o‘zgartirdi, deya ma’lum qildi raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov. U kelgusida ko‘proq abonentlar uyali aloqa operatorlarini o‘zgartirishini kutmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/05/mnp/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskvada imzolangan uch tomonlama hujjatga ko‘ra, Rossiyadan Qozog‘iston orqali O‘zbekistonga neft yetkazib berish hajmini 1 million tonnaga oshirish rejalashtirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/oil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал