gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ushlangan spotterlardan birining otasi “Gazeta.uz”ga maʼlum qilishicha, barcha bolalar qoʻyib yuborilgan va ular uylariga ketgan. “Oʻrtoq podpolkovnik (tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi boʻlsa kerak – tahr.) shaxsan uzr soʻradi, yigitlar hammasi uylariga ketishyapti”, — dedi u. Bolalar militsiya xodimlari ularga baqirib, soʻkingani va tahdid qilganini tasdiqlashgan.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan O‘zbekiston karate milliy federatsiyasi O‘zbekiston karate (WKF) assotsiatsiyasi etib qayta tashkil qilinadi. Shuningdek, hududlarda “Karate hamma uchun” dasturi amalga oshiriladi, bog‘chalarda Kids karate loyihasi ishga tushiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/karate/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Nepalda 4-noyabrga o‘tar kechasi 6,4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 128 kishi halok bo‘ldi. Rasmiylar qurbonlar soni ortishi mumkinligini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/nepal/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oktabr oyi oxirida O‘zbekistonda 1 foizlik inflyatsiya qayd etildi va yillik inflyatsiya yana 9 foizdan tushdi. Energiya tariflari oshishiga qaramay, bu oxirgi 7 yildagi eng past oylik ko‘rsatkichdir. Iqtisodchining taxmin qilishicha “iqtisodiy haroratni o‘lchaydigan termometr buzilib qolgan”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/inflation/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekovga Bahodir Ahmedov va Avazxon Tadjixanov birinchi oʻrinbosar etib tayinlandi. Shuningdek, Yusufjon Usmonov madaniyat vazirining oʻrinbosari boʻldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/culture/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Dok-1 Maks” ichgan bolalar o‘limi haqida birinchi bo‘lib xabar bergan Samarqand viloyati bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori sudda guvohlik berdi. U etilenglikolning bolalar organizmiga ta’siri hamda shifoxonaga ertaroq yotqizish sog‘ayish imkoniyatlarini qanday oshirganini so‘zladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/ethylene-glycol/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Premyera: Koʻcha mashshoqlari. Ular oʻzi kim?

Koʻcha musiqachilari aslida kim? Nega bu ish bilan shugʻullanishadi? Yerusti yoki yerosti yoʻlaklarida qoʻshiq kuylab, qancha pul topishadi? Shu va boshqa savollarga javob topish maqsadida «Gazeta.uz» jamoasi yoʻl chetidagi yosh isteʼdod sohiblari bilan suhbatlashdi, ularning hayot tarzi va ijodini oʻrgandi.

Videoni shu yerda koʻring: https://www.youtube.com/watch?v=IjJYXCyKu5s

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi Air Samarkand aviakompaniyasining Airbus A330−300 samolyoti Samarqand xalqaro aeroportida kutib olindi. Yaqin kunlarda kompaniya parkini ikkinchi — o‘rta masofali Airbus A321 samolyotini bilan to‘ldiradi va yil oxiriga qadar 5 tagacha samolyotni qabul qilib, foydalanishga topshirishni rejalashtirmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/air-samarkand/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi koʻtarildi

Markaziy bank 6 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 13,99 soʻmga koʻtarilib, 12 254,00 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti a’zolarini afg‘on xalqiga yordam ko‘rsatishni susaytirmaslikka, u yerdagi ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan mexanizmlarni ishlab chiqishga chaqirdi. “Bizga qo‘shnilari bilan iqtisodiy hamkorlikida faol ishtirok etadigan Afg‘oniston kerak”, — dedi prezident.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/afghan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Falastin xalqiga insonparvarlik yordami uchun 1 mln dollar ajratilishini ma’lum qildi. U Qozog‘iston mojarolarni tinch muzokaralar yo‘li bilan hal etish tarafdori ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/aid-to-palestine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Fransiyaning Airbus Helicopters kompaniyasidan 10 ta tibbiy vertolyot xarid qilishni rejalashtirmoqda. SSV rahbari Amrillo Inoyatov kompaniya rahbariyati bilan Yevropa standartlariga mos tibbiy aviatsiya xizmatini tashkil etish hamda soha mutaxassislarini tayyorlash kabi masalalarni muhokama qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/airbus-helicopters/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh Assambleyasi 31 marta AQShni Kubaga qarshi sanksiyalarni bekor qilishga chaqirdi. Hujjatni 187 davlat, jumladan, O‘zbekiston ham qo‘llab-quvvatladi. Delegatlar Kubaga qarshi embargo noqonuniy ekanini ta’kidlab, bu “BMT Nizomini ochiqdan-ochiq va tizimli ravishda buzish” ekanligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/cuba-us/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtning Yashnobod tumanidagi ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Uni o‘chirishga 1 soatdan ortiq vaqt sarflandi. Hodisa oqibatida fuqarolar jarohat olgani va halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar kelib tushmadi, deyiladi FVV xabarida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSh “Rossiya armiyasi uchun uchuvchisiz uchish apparatlarini sotib olish va yaratish kabi faoliyat bilan shug‘ullangan” 13 ta kompaniyaga nisbatan sanksiyalar e’lon qildi. Ular orasida O‘zbekistondan Mvizion kompaniyasi ham bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/mvizion/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uzbekistan Airports Toshkentda aviaspotter bolalarning qo‘lga olinishi yuzasidan bayonot berdi. Kompaniya yosh avlodning spotting harakatini qo‘llab-quvvatlashini aytdi. Shahar IIBB hozircha holat yuzasidan bayonot bermadi. Hibsga olinganlarning aytishicha, ularga nisbatan munosabat yumshagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda samolyotlarni suratga olayotgan maktab o‘quvchilari huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Xodimlar ularga baqirib, so‘kib, suratga olish jihozlarini olib ketishdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/spotters/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident qarori bilan 2024-yil 1-iyungacha futbol bo‘yicha maxsus telekanal ochiladi. Shuningdek, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi tizimida Milliy futbol markazi tashkil qilinadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/football/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Anorli, sitrus, zanjabil va oblepixali choy, alkogolsiz “glintveyn” ichimligi, issiq shokolad va boshqalar — Zira.uz kuz mavsumiga mos mazali va foydali issiq ichimliklar retseptlari bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/04/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura va Oliy sud mas’ullari Xorazmdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqa qilgan 2 sobiq amaldorga chiqarilgan hukm to‘g‘ri malakalanganini ta’kidladi. Protsessual harakatlarda nomusga tegish holati topilmadi, dedi bosh prokuror o‘rinbosari Svetlana Artikova.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/comment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltita kinopremyera, “Ayol yo‘li” festivali, Zokir Ochildiyev ishtirokidagi yumoristik shou, sirk tomoshalari, ko‘rgazmalar, spektakllar, ijodiy mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an turkiy davlatlar uchun yagona alifbo yaratishni taklif qildi. Uning fikricha, bu davlatlar o‘rtasidagi gumanitar aloqalarni mustahkamlaydi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/alphabet/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti TDT sammitida so‘zlagan nutqida Turkiy dunyo xartiyasini ishlab chiqish, Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish bo‘yicha ishlarni faollashtirish, ishtirokchi davlatlarning temir yo‘l idoralari kengashi va Turkiy ekologiya forumini tuzishni taklif qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/turk-states/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Gazeta.uz” tahririyati O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishda faol ishtirok etayotgan OAV sifatida e’tirof etildi. Eng faol jurnalist nominatsiyasida sovrinni Ablay Kamalov qo‘lga kiritdi. Shuningdek, “Komplayens-nazorat” tizimini samarali joriy etgan tashkilot ham aniqlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/anticorruption/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ostonada o‘tgan sammitda O‘zbekiston prezidentiga “turkiy xalqlar oilasining birligini mustahkamlashga, turkiy mamlakatlar manfaatlarini xalqaro maydonda faol ilgari surishga qo‘shgan hissasi uchun” “Turkiy dunyoning oliy ordeni” topshirildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/order/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

OAVda chiqayotgan korrupsiyaga oid har bir material alohida nazoratga olinyapti, deya qayd etdi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori. “Jurnalistlar surishtiruvlar orqali korrupsiyaning yangi ko‘rinishlarini ochishda bizga yordam beryapti va ular jinoyat sifatida e’tirof etilyapti”, — dedi Akmal Burxanov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/mass-media/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida Isroil-Falastin mojarosi haqida gapirdi.

“Biz tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlar va o‘t ochishni to‘xtatishga hamda sulh tuzishga chaqiramiz”.

Prezident “ikki xalq uchun ikki davlat” tamoyilini qo‘llash tarafdori ekanini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/conflict/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbektelekom aksiyadorlik kompaniyasi bo‘lajak IPO doirasida potensial investorlar bilan biznes-uchrashuv tashkil etdi. Imzolash kampaniyasini 2023-yil oxirigacha yakunlash rejalashtirilgan (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/uzbektelekom/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Urganchdagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan jinsiy aloqada bo‘lib kelgan ikki sobiq amaldorga sud hukmi o‘qildi. Xorazm viloyati adliya boshqarmasi va Yangiariq tumani FVBning sobiq boshliqlari uzil-kesil 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/khorezm/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilgi budjet barqarorligiga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan omillar va xavflarni sanab o‘tdi. Ular qatorida so‘mning qadrsizlanishi, oltin va mis narxining pasayishi, energiya tariflari oshirilmasligi, oziq-ovqat mahsulotlari jahon narxlarining oshishi va boshqalar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/factors-budget/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал