gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh prokuratura Sherobod tumanidagi “Tallagan tepa”, “G‘o‘rintepa”, “Xushvaqtepa” va “Toshtepa” yodgorliklariga zarar yetkazilganini aniqladi. Bu manzillarda yo‘l, uy-joy, hojatxona va molxona qurilgan. 7 mlrd so‘mlik zarar yetgan ushbu holatlar bo‘yicha hokimlik mansabdorlariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/surxondaryo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zgidromet O‘zbekistonga yana “oltin kuz” qaytgani, dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘lishi, yog‘ingarchilik kutilmasligi, shamol esa o‘rtacha tezlikda esishini ma’lum qildi. Harorat kechalari +5…+10 daraja, kunduzi +19…+24 daraja iliq bo‘ladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/weekend/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati rahbari qo‘shinlar G‘azo shahrini qurshab olganini e’lon qildi. Uning aytishicha, sulh tuzish masalasi “kun tartibida emas”.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportida kutib oluvchilar uchun kutish zali ochildi. Pavilonni bahorda qurib bitkazish rejalashtirilgandi, lekin boshlangan ish birdan to‘xtatilgan. Uzbekistan Airports kompaniyasi bu terminal kengaytirilgunga qadar vaqtinchalik yechim ekanini qayd etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/airport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Pokiston mamlakatda noqonuniy yashayotgan xorijliklarni deportatsiya qilishni boshladi. Ularning aksariyati Afg‘onistondan. BMT mamlakat hukumatini “inson huquqlari sohasidagi halokat”ning oldini olish uchun afg‘onlarni majburan chiqarib yuborishdan voz kechishga chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/pakistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoy va AQSh rasmiylari uzoq vaqtdan buyon ilk bor yadroviy qurol ustidan nazorat bo‘yicha muzokaralar o‘tkazmoqchi. Qo‘shma Shtatlar Rossiya va Xitoy bilan “beqarorlashtiruvchi uch tomonlama qurollanish poygasi”ning oldini olishga intilmoqda, deb yozadi WSJ.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/china-us/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2023-yilda davlat budjetidan aholiga gaz, elektr, issiqlik ta’minoti va jamoat transporti narxlarini subsidiyalash uchun 31 trln so‘mdan ortiq (2,53 mlrd dollar) ajratish rejalashtirilgan. Bu nafaqa, moddiy yordam, ilm-fan, sport va madaniyat uchun ajratilgan jami mablag‘dan ko‘proq.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/subsidy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ekspertlar O‘zbekiston shaharlarining yashash uchun qulaylik reytingini tuzdi. Indeks ta’lim, tibbiyot, atrof-muhit, infratuzilma, madaniyat kabi yo‘nalishlarni qamrab olgan. Natijalarga ko‘ra, kuchli uchlikni Toshkent, Urganch va Buxoro shaharlari, quyi o‘rinlarni Yangiyer, Ohangaron va Quvasoy shaharlari band etgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/cities/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiya O‘zbekistondagi islohotlar strategiyasiga ishonch bildiradi va bu mamlakatga sarmoya kiritishini juda aniq bayon etadi, dedi Emmanuel Makron. “Bu ikki tomonlama siyosiy kafolatdir… Fransiya siz tomoningizda. Biz barcha tarmoqlar va moliyaviy resurslarimizni safarbar qilamiz”, — dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/macron/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi jamoat transportida karta orqali yo‘lkira to‘lovchilarga naqd puldan ko‘ra arzonroq moslashuvchan tariflar joriy qilingach transport kartalariga talab oshdi. “Toshshahartransxizmat” rasmiylari yo‘lovchilar 1−2 oy ichida 70−80 foiz yo‘lkirani elektron karta orqali to‘lashi mumkinligini taxmin qilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/transport-payment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiyaning Orano kompaniyasi O‘zbekistondagi uran konlarida geologik qidiruv ishlarini kengaytirishni rejalashtirmoqda. Shavkat Mirziyoyev fransuz kompaniyalariga islohotlar va ochiq iqtisodiyot siyosati davom etishiga kafolat berdi. Respublikalar munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqmoqchi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/guarantees/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fuqarolar murojaatlari va meteorologiya xizmati ma’lumotlariga muvofiq, Toshkent shahrida 6-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/heating/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiyaning Fly and See Agro kompaniyasi O‘zbekistonda dron ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda. 80 mln dollarlik bo‘lgan besh yillik loyiha Navoiy erkin iqtisodiy zonasi hududida amalga oshiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/drone/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makronning kengaytirilgan tarkibdagi muzokaralari davomida O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi ishga tushishi hamda Toshkentda Business France agentligining ofisini ochish rejalashtirilayotgani e’lon qilindi. Shuningdek, ular Samarqandda Fransiya alyansi filiali ochilishini olqishladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/business-france/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati prokuraturasi tomonidan 150 ta obyektda sifatsiz bajarilgan 10,6 mlrd so‘mlik ishlar va 106 ta obyektdagi 4,8 mlrd so‘mlik qo‘shib yozish aniqlandi. Loyiha-smeta hujjati qayta o‘rganilishi natijasida 994 ta loyihadan 216,8 mlrd so‘mlik mablag‘ budjetdan ortiqcha xarajat qilinishining oldi olindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/tashkent-region/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Perfectum kompaniyasi maktab o‘quvchilari va ta’lim muassasalari, kollej va litseylarda ta’lim oluvchilar uchun yangi “O‘quvchi” tarifini ishga tushirdi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/perfectum/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Urganch xalqaro aeroportida xorij fuqarosi 50 dona qadimiy tangani O‘zbekistondan olib chiqib ketishining oldi olindi. Misdan yasalgan tangalar orasida temuriylar davriga oidlari ham bo‘lgan. Hozirda ular “Xiva Ichan-qal’a” davlat muzey qo‘riqxonasiga topshirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/coin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UzAuto Motors Chevrolet rasmiy dilerlik markazlarida Damas, Labo, Cobalt va Captiva 5 sotuvi boshlanganini e’lon qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/03/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda ShHT davlatlarining birinchi transport forumi bo‘lib o‘tdi. Uning doirasida “Belarus — Rossiya — Qozog‘iston — O‘zbekiston — Afg‘oniston — Pokiston” va “Rossiya — Kaspiy dengizi — Turkmaniston — O‘zbekiston — Qirg‘iziston” yangi xalqaro transport yo‘laklarini yaratish bo‘yicha memorandumlar imzolandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/transport-sco/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Koʻcha mashshoqlari. Ular oʻzi kim?

Koʻcha musiqachilari aslida kim? Nega bu ish bilan shugʻullanishadi? Yerusti yoki yerosti yoʻlaklarida qoʻshiq kuylab, qancha pul topishadi? Shu va boshqa savollarga javob topish maqsadida «Gazeta.uz» jamoasi yoʻl chetidagi yosh isteʼdod sohiblari bilan suhbatlashdi, ularning hayot tarzi va ijodini oʻrgandi.

Ularning soʻzlariga koʻra, bu ish kasb emas, daromad topsa boʻladigan hobbi. Toʻliq film 3 noyabr, juma kuni soat 20:00 da «Gazeta.uz»ning Youtube`dagi GazetaOzb/featured">sahifasida eʼlon qilinadi, hozircha unga ishlangan tizerni tomosha qilib turing:

https://www.youtube.com/watch?v=IjJYXCyKu5s

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida 15 va 16-noyabrdan sovuq suv va kanalizatsiya xizmatlari narxlari oshadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev va Emmanuel Makron O‘zbekistonning antik davr, o‘rta asrlar va temuriylar davrini o‘z ichiga olgan madaniy merosiga bag‘ishlangan ko‘rgazma bilan tanishdi. Fransiya qirolining Amir Temurga yo‘llagan maktubi ham eksponat sifatida taqdim etildi. Shundan so‘ng davlat rahbarlari daraxt ekdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/tree/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda 2024-yilda davlat budjetining ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalar miqdorini va ayrim xizmatlarning tariflarini oshirish bilan bog‘liq xarajatlari 9,6 trln so‘mni tashkil etadi. Umumiy hisobda ish haqi, pensiya va stipendiyalarga davlat budjeti xarajatlarining yarmidan ko‘pi yo‘naltiriladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/wages/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hakamlar hay’ati HONOR OVOZI loyihasi doirasida 10 000 dan ortiq arizalarni tahlil qilib, 30 nafar finalchini saraladi — g‘olib esa xalq tomonidan tanlanadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/honor/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 3 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 8,99 soʻmga arzonlab, 12 240,01 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi esa koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Milliy turoperator Asialuxe Travel kuzda Antaliyaga sayohat qilish ustunliklari bilan o‘rtoqlashdi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar va “hammasi ichida” kompleks turlari narxlari 8,7 mln so‘mdan boshlanadi (reklama huquqlari asosida).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/asialuxe-travel/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

🔥 Bugun payshanba, kinopremyeralar kuni. Va bizda siz uchun ajoyib yangilik bor!

Afisha.uz 17 yilligi munosabati bilan Digital Intellect Solutions kompaniyasi bilan hamkorlikda kinochiptalarning onlayn savdosini yoʻlga qoʻydi.

Hozirda Yulduz Cinema uchun chiptalar sotuvi boshlangan. Foydalanuvchilar bir necha tugma orqali sessiya, zal, o'rindiqlarni tanlashlari va toʻlovni amalga oshirishlari mumkin. Tezkorlik, yuqori sifat, aniqlik — hammasi biz yoqtirgandek!

Jadvallar ushbu havolalar orqali taqdim etilgan:

- Зал №1
- Зал №2
Зал №3

Savdo tizimimiz bilan bog'lanish uchun (+998) 97-543-0015 raqamiga murojaat qiling.

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Fransiya prezidentlari ishtirokida sakkizta hujjat imzolandi. Ular orasida Samarqand fransuz alyansini tashkil etish, ichimlik suvi infratuzilmasini yaxshilash, ta’lim va madaniy meros sohasidagi hamkorlik kabilar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/france-documents/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qashqadaryodagi Ona va bola salomatligi tibbiyot markazida Belarus boshqaruv tizimini joriy etish, viloyatdagi 900 nafar doyani ushbu davlat ta’lim standartlari asosida o‘qitish rejalashtirilmoqda. Shuningdek, Belarus vakillari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash kodeksini ishlab chiqishda yordam berishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/belarus/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyevning Emmanuel Makron bilan o‘tgan tor doiradagi uchrashuvida Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya oliygohini ochishni tezlashtirish va fransuz tili o‘qituvchilarini tayyorlashda hamkorlikni kengaytirishga kelishib olindi. Shuningdek, Fransiya alyansining Samarqanddagi filiali ochilishi e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/02/french-university/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал