gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Avgust oyidan buyon qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari vazifasida ishlab kelgan Anvar Karimov Sirdaryoning Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/01/sayxunobod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

UNICEF Falastinning G‘azo sektori bolalar uchun qabristonga aylanganini ma’lum qildi. Bugungi kungacha anklavda 3,4 mingdan ziyod voyaga yetmaganlar halok bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/unicef/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yuqori Chirchiq sudi Toshkent viloyatida yashovchi fuqaroni yollanma faoliyati uchun besh yilga ozodlikdan mahrum qildi. OAV, tergovga ko‘ra, mahkum 2014−2015-yillarda Ukrainada o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR tomonida jang qilgani haqida xabar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/ildar-hayrulin/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Navoiy viloyati Karmana tumani hokimi, prokurori, ichki ishlar, elektr tarmoqlari va Bosh prokuratura Departamenti bo‘limi rahbarlarini ishdan bo‘shatishni topshirdi. Sababi — ular 10 oy davomida 452 ta mayning qurilmasi orqali 5,5 mln kVt·s elektr energiyasini noqonuniy ishlatilganini payqamagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/mining/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga qiymati 100 mln so‘mgacha bo‘lgan zargarlik buyumlarini deklaratsiya to‘ldirmasdan olib chiqishga ruxsat berildi. Shuningdek, YATTlar o‘z zargarlik buyumlarini deklaratsiyani to‘ldirgan holda ma’lumotlarni TSOYAEATga kiritmasdan chetga sotish uchun olib chiqishlari mumkin.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/jewelry/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston G‘azo sektori aholisiga yordam ko‘rsatish uchun BMTning Yaqin Sharq agentligiga 1,5 million dollar ajratganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov regulyatorda nobank tashkilotlarga valyuta ayirboshlash shoxobchalari ochishga ruxsat berish niyati yo‘qligini ma’lum qildi. Shuningdek, u banklar valyuta ayirboshlash shoxobchalari sonini o‘z ehtiyojidan kelib chiqib ko‘paytirishini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/currency-exchange/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Yangi yilga nima sovg'a qilish mumkin?

ASUS Zenbook oilasi doirasida 2023-yil uchun uchta yangi mahsulotni taqdim etdi, bu bolalar, talabalar, umr yo'ldoshlar, ota-onalar va do'stlar uchun ajoyib sovg'a bo'ladi. Shuningdek, yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan kompaniya bolalar rasmlari tanlovini o'tkazmoqda, unda 10 nafar g'olibga noutbuk sovg'a qilinadi (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/asus/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shu vaqtgacha Sirdaryo viloyatining Shirin shahri hokimi lavozimida ishlab kelgan Sarvar Sultonov Mirzaobod tumaniga hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/mirzaobod/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov to‘rtta bank ustav kapitalini o‘z vaqtida talab etilgan darajagacha oshirmaganini ma’lum qildi. “Poytaxt bank” sotuvga qo‘yilgani uchun unga nisbatan sanksiyalar qo‘llanmagan, yana ikkita bankka esa majburiyat qo‘yilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/poytaxt-bank/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

“Prokuratura to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlarga ko‘ra, endi O‘zbekiston harbiy prokurori bosh prokuror taqdimiga binoan prezident tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/prokuror/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati hokimligi viloyat SSB boshlig‘i tibbiyot xodimlarini “o‘zbekona qadriyatlarga hurmat va ona tabiatga e’tibor nuqtayi nazaridan” hasharda qatnashishga chaqirgan, deb bayonot berdi. Avvalroq viloyat hokimi hasharda qatnashish tashabbusi ijtimoiy muassasa rahbarlarining o‘zidan chiqqanini ta’kidlagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/hokimiyat/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonda noyabr oyi quruq ob-havo bilan boshlanadi. Oy davomida harorat kechalari 0…+10 darajagacha, kunduzi +7…+20 darajagacha o‘zgarib turadi. Ba’zan -2 darajagacha tushishi mumkin. Yog‘ingarchilik me’yoriy, ba’zi joylarda ko‘proq bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/november/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Buxoro shahri markazidagi binolar va stadion oʻrniga turistik markaz qurilishi loyihasi yil boshida eʼtirozlar sabab toʻxtab qolgandi. Kun.uzʻning yozishicha, masala yana koʻtarilgan, shahar hokimligi boshqa hududga koʻchirilgan, shahar markazi “snos”ga tayyorlanayotgan boʻlishi mumkin. Hokimlik vakili buni rad etdi.

www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/buxoro/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

AQSH xalqaro taraqqiyot agentligi — USAID “Sildan xoli Oʻzbekiston” 5 yillik tashabbusini boshladi. Silning oldini olish, aniqlash va davolash ishlari boʻyicha loyihaga 18 mln dollar sarmoya kiritilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/tb-free-uzbekistan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1−2-noyabr kunlari Fransiya prezidenti O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi. Tashrif tadbirlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi, unda Emmanuel Makron va Shavkat Mirziyoyev o‘rtasidagi muzokaralar hamda ikki davlat biznes-forumi o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/01/visit/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Muxtor Hayitmuradov Qashqadaryo viloyati Muborak tumaniga hokim bo‘ldi. U avval rahbarlik qilgan Nishon tumaniga esa qishloq xo‘jaligi vaziri birinchi o‘rinbosari Botir Tog‘ayev hokim etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/11/01/tayinlovlar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Ertadan yo'lkira haqi oshadi, esingizdami? 

Endi safar uchun naqd pul bilan 2000 soʻm, ilova orqali, bank yoki ATTO kartasi bilan toʻlov summasi 1700 soʻm boʻladi.

Shu bilan birga, chegirmalar va bir soat ichida transferlar uchun bepul safarni nazarda tutuvchi ancha murakkab transfer tariflari ham joriy etilmoqda.

Afisha.uz ushbu “chalkashlikni” o’rganib chiqib, nafaqat pulingiz, balki vaqtingizni ham tejashga yordam beradigan uch xil usulni taklif qiladi: https://www.afisha.uz/uz/gorod/2023/10/31/transport

Kanalga obuna bo’ling
👉 @afishauzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vazirligi tizimida ishlab kelayotgan Avazxon Tadjixanov O‘zbekiston madaniyat vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/appointment/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-noyabrdan Toshkent jamoat transportida bank kartalari orqali toʻlov qilinsa, yoʻl haqi narxi ATTO kartasi bilan toʻlangani kabi boʻladi — 1700 soʻm. Biroq bir soat ichida boshqa transportga oʻtishdagi chegirma faqat ATTO uchun amal qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/tariffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

⚡️Prezident O‘zbekiston Falastin xalqi bilan birdamligi va uning qabul qilingan rezolyutsiyalarga muvofiq o‘z mustaqil davlatini barpo etishga bo‘lgan huquqini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi. U, shuningdek, yoshlarni yolg‘on tashviqotlarga berilmaslikka chaqirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/palestine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon A’loyev Isroildagi 10,5 mingdan ziyod oʻzbekistonliklarning aksariyati keksa yoshdagilarga xizmat koʻrsatishini va ular Oʻzbekistonga qaytishni xohlamayotganini bildirdi. U fuqarolarning moddiy qiyinchiliklar sabab oʻsha sharoitda qolib ishlashga majbur boʻlayotganini aytdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/uzbek/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Fransiya prezidenti Emmanuel Makron O‘zbekiston va Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida uran yetkazib berishni ko‘paytirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Bloomberg fransuz yetakchisi atrofidagi ikki anonim manbaga tayanib xabar berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/macron/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi ko'tarildi

Markaziy bank 1 noyabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 15,19 soʻmga qimmatlab, 12 234,42 soʻm etib belgilandi. Yevro va rubl kursi ham koʻtarildi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Bog‘ot tumanidagi maktabda o‘qituvchi o‘quvchini do‘pposlagani aks etgan video tarqaldi. Xorazm viloyati maktab ta’limi boshqarmasi voqeadan so‘ng o‘qituvchi ishdan olingani, bolalar ombudsmani esa o‘quvchining manfaatlarini himoya qilish uchun barcha choralar ko‘rilishini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/pupil/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston FVV qutqaruvchilari Qarag‘anda viloyatidagi Kostenko konida metan portlashi oqibatida halok bo‘lgan barcha konchilarning jasadlarini olib chiqdi. 46 nafar konchi halokat qurboni bo‘ldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/coal-mine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Poytaxtda “Diqqat piyoda” tadbiri doirasida yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tgan 6000 nafardan ortiq piyoda jarimaga tortildi, dedi Toshkent YHXB boshlig‘i Rafiqjon Jalilov. 57 nafar haydovchiga esa piyodalarga yo‘l bermagani uchun chora ko‘rilgan. Joylarda 34 ta tugmachali svetofor o‘rnatilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/piyoda/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Izohsiz video: 31-oktabr — Toshkent va Termizdagi ob-havo

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tarmoqlarda Andijondagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida xodim bemorni kaltaklagani aks etgan video tarqaldi. Viloyat prokuraturasi xodimning ishdan boʻshatilgani va tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotganini maʼlum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/andijan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Bobur ko‘chasi bo‘ylab Kichik halqa yo‘li va temir yo‘l ustidan o‘tib, Toshkent xalqaro aeroportiga olib boruvchi yo‘l o‘tkazgichdagi qurilish va ta’mirlash ishlari bilan tanishdi. Loyiha maslahatchisi ko‘prik sinovdan o‘tkazilgani va xavfsiz ekanini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/bridge/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал