gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Kuchsiz parlament bilan ham kuchli iqtisodiyot qursa boʻladimi?

Mifonomika loyihasi doirasida «Gazeta.uz» jurnalisti Bahodir Abdullayev hamda Qonunchilik palatasi deputati Doniyor Gʻaniyev kuchli parlamentsiz ham yaxshi iqtisodiyot qursa boʻladi degan mif yuzasidan fikr yuritishdi.

https://www.youtube.com/watch?v=nVepdOUOYQY

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent viloyati SSB boshligʻi Ulugʻbek Abdugʻaniyev viloyat rahbarlari hududlarda reyd oʻtkazayotganini aytib, uyaltirib qoʻymaslik uchun “oʻzini erkakman degan har bir shifokor”ga hasharda qatnashishni buyurdi. U topshirigʻini xodimlarning shartnomasida ommaviy tadbirlarda qatnashishi koʻrsatilgani bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/hashar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

«Qamchiq» dovonida qalin tuman tushdi

Shu bois yoʻlning koʻrinish masofasi qisqargan. YHXX barcha haydovchilardan tezlikni meʼyordan oshirmasdan, oraliq masofani saqlab, qoidalarga rioya etgan holda harakatlanishni soʻradi.

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xodjayev boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Afg‘onistonga tashrif buyurdi. Tomonlar tovar ayirboshlash hajmini yiliga 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi. “Tolibon”, shuningdek, Afg‘oniston yuklarining O‘zbekiston orqali tranziti uchun to‘lovlarni kamaytirishni so‘ragan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/uzb-afg/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Humo to‘lov tizimi faoliyatidagi muammolar dasturiy ta’minot to‘liq yangilangani bilan bog‘liq, deya ma’lum qildi O‘zbekiston Markaziy banki rahbari Mamarizo Nurmuratov.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/humo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Uchinchi chorakda O‘zbekiston Markaziy banki 19,5 trln so‘mga oltin sotib oldi, biroq 22,8 trln so‘mlik (1,9 mlrd dollar) valyuta intervensiyalarini amalga oshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/interventions/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident administratsiyasining Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbariga Asilbek Xudayarov birinchi o‘rinbosar bo‘ldi. Shuningdek, Gayane Umerova departament rahbari o‘rinbosari lavozimiga kirishdi. Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i bo‘lgan Jobir Azimov esa prezident maslahatchisi o‘rinbosari etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/tayinlov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

YHXBB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Karimov Transport vazirligi huzuridagi Transport nazorati inspeksiyasiga rahbar etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/inspection/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Samarqand transport bosh rejasiga ega boʻlgan birinchi shaharga aylandi. Unda ustuvorlik piyodalarning qulay va xavfsiz harakatlanishiga hamda jamoat transportini rivojlantirishga berilgan. Shunga qaramay, mahalliy hokimiyat aholi va mutaxassislar fikriga zid ravishda shahar markazida uchinchi tunnelni qurmoqchi.

“Gazeta.uz” shahar markazida tunnel qurilishi nazarda tutilmagan bosh reja ishlab chiquvchilari, boshqa mutaxassislar, shuningdek, mahalliy aholi bilan suhbatlashdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/samarkand-tunnels/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Qashqadaryo faollari bilan suhbatda har kim lavozimi va bugungi sharoitga munosib mehnat qilmasa, ancha narsadan orqada qolib ketishi haqida gapirdi. “Biz qancha ko‘p mustaqil, iqtisodimiz mustahkam bo‘lsa, biz bilan hisoblashishlariga majbur qilamiz. Nimamiz bilan? Faqat mehnatimiz bilan”, dedi u.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/tinchlik/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Internetda 30-oktabrdan boshlab Chevrolet avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha shartnomalar qayta tiklanishi haqida mish-mishlar tarqaldi. UzAuto Motors kompaniyasi bu ma’lumotni rad etib, dilerlik markazlarida katta navbatlar hosil bo‘lganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/uzauto-motors/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent xalqaro aeroportiga yetib kelganlarni endilikda balandligi 62 m bo‘lgan O‘zbekiston bayrog‘i kutib oladi, uning atrofida 38 ta kichikroq bayroq o‘rnatilgan. Ular shaharda o‘tkazilayotgan tadbirlar va xorijiy delegatsiyalarning tashriflariga qarab o‘zgaradi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/flag/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dog‘iston poytaxti Maxachqal’a aeroportida olomon “yahudiylarni respublikadan chiqarib yuborishni talab qilib” to‘plandi. Aeroportga kirgan odamlar tartibsizlik uyushtirib, Isroildan kelgan yo‘lovchilarni so‘roq qildi. Tartibsizliklar oqibatida 20 dan ortiq kishi jabrlandi. Holat yuzasidan jinoiy ish ochildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/airport/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dushanba kuni O‘zbekistonning katta hududida havo harorati iliq bo‘ladi. Seshanba kuni yomg‘ir yog‘ib, baland tog‘larda qor ham yog‘ishi mumkin. Noyabr oyi boshidan yog‘ingarchilik to‘xtaydi. Hafta yakunigacha kunlar iliq bo‘ladi. Harorat +17…+22 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/meteo/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston Mudofaa vazirligi harbiylari Koreyada NATO standartlari asosida o‘tkazilgan xalqaro musobaqada g‘olib bo‘ldi. Ikkinchi o‘rin esa AQSh va Koreya jamoalariga nasib etdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/ministry-of-defense/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Azim Nazarov qishloq xo‘jaligi vazirining birinchi o‘rinbosari, Akmal Qosimov va Bunyod Oxunov vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/deputy-minister/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shu vaqtgacha faqat yigitlar qabul qilingan Toshkentdagi “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida endi qizlar ham oʻqishi mumkin. Avvalroq uni bitirganlarga OTMga kirishda imtiyoz berilishi turli muhokamalarga sabab boʻlgandi. Buning ortidan uning kvotalarini alohida qilish masalasi koʻtarilgan.

www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/temurbeklar-maktabi/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_uzb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryoning sobiq hokimi To‘ra Bobolov ortidan 13 tuman hokimi qatorida ishdan olingan, 1 yil davomida Qiziriq tumaniga rahbarlik qilgan Rustam Pardayev 4ta jinoiy modda doirasida sud qilinmoqda. Unga o‘zlashtirish, firibgarlik, mansab soxtakorligi kabi ayblovlar qo‘yilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/31/qiziriq/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanxaydan Frankfurtga uchayotgan Lufthansa aviakompaniyasi samolyoti ikki yo‘lovchining janjali tufayli Toshkent aeroportiga qo‘ndi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/incident/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Qarshi tumanidagi ta’mirdan chiqqan 12-maktabga tashrifidan so‘ng amalga oshirilgan ishlardan norozi bo‘lib, bosh vazir o‘rinbosalari Achilbay Ramatov va Jamshid Qo‘chqorovga maktablarni qurish va ta’mirlash jarayonlari hamda mablag‘larning maqsadli sarflanishi ustidan nazorat o‘rnatish bo‘yicha topshirib berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/schools/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentda Vaksina va zardoblar instituti hududida ko‘p qavatli uy va tadbirkorlik majmuasini qurishga tayyorlanayotgan kompaniya va aholi o‘rtasidagi qarama-qarshilik davom etmoqda. Faollardan biri mitingga chaqiriq aybi bilan javobgarlik haqida ogohlantirilgan bo‘lsa, 3 nafar fuqaro jarimaga tortilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/vaccines-institute/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

2021-yil mart oyida firibgarlikda ayblanib 8 yilga qamalgan Avto 60 oy asoschisi Jamshid Bahodirov ozodlikka chiqdi, deb yozdi Kun.uz. Oliy sudning “Gazeta.uz”ga tushuntirishicha, belgilangan muddatning uchdan bir qismini o‘tab bo‘lganidan keyin uning jazosi yengillashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/auto-60-oy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 31 oktabrdan xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan rasmiy kursini eʼlon qildi.

Unga koʻra, 1 AQSh dollari 9,05 soʻmga arzonlab, 12 219,00 soʻm etib belgilandi. Yevro kursi esa koʻtarildi, rubl tushdi.

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Hukumat O‘zbekistonga telefon olib kirish bo‘yicha cheklovlarni yumshatdi. Shu paytgacha jismoniy shaxslar har 6 oyda faqat bitta telefon olib kirgan bo‘lsa, 2024-yilning 28-yanvaridan har safar chegaradan o‘tishda 2 ta olib kirishlari mumkin bo‘ladi. Shuningdek, yangilarini majburiy deklaratsiyalash joriy etiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/import-of-phones/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qo‘qon shahrida mayning qurilmalari, sovitish va yoritkich moslamalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgan fuqaro davlatga 2,5 mlrd so‘m zarar yetkazgani aniqlandi. Unga nisbatan 9,9 mlrd so‘m jarima va mayning ferma uchun 12,3 mlrd so‘m mablag‘ undirish belgilandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/miner/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Riga shahrida O‘zbekistonning Boltiqbo‘yidagi birinchi faxriy konsulligi ochildi. Unga shahardagi O‘zbekiston cavdo uyi rahbari Vladimir Galperin konsul etib tayinlandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/riga/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Huquq-tartibot idoralari Falastinni qo‘llab-quvvatlash uchun yakshanba kuni ruxsat etilmagan miting o‘tkazishni rejalashtirgan fuqarolarni javobgarlikka tortdi. Manbalarga ko‘ra, Amir Temur xiyoboniga 100 dan ortiq odam yig‘ilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/square/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oʻzbekistonda shaxslarni qoʻlga olish vaqtida Miranda qoidasi tushuntirilyaptimi?

«Gazeta.uz» yangi Konstitutsiya bilan kuchga kirgan ushbu qoida amalda qanchalik ishlayotgani haqida huquq-tartibot idoralariga soʻrov yubordi. Xoʻsh, boshqa shaxslar qatorida bloger Olimjon Haydorovni ushlash vaqtida uning ham haq-huquqlari eslatib oʻtildimi?

Batafsil oʻqing: https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/miranda/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Prezident Qarshi tumanidagi 12-maktabga borib, muassasa sharoitini tanqid qildi. Tashrifni yoritgan “O‘zbekiston 24” kanalida o‘qituvchilar “maoshi oshib, mavqei yuksalsa-da, maktab hovlisini gullatib, yashnatib qo‘ymagani” ta’kidlandi. Jamoatchilik pedagoglarni mehnatga majburlash taqiqlanganini eslatdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/teachers/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Qashqadaryoga tashrifi davomida Qarshi tumanidagi 12-maktabning kamchiliklariga e’tibor qaratdi va maktab qurilishi standartlarini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/30/windows-schools/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал