gazetauz_ozb | Неотсортированное

Telegram-канал gazetauz_ozb - Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

15475

O‘zbekiston yangiliklari. Rasmiy sayt www.gazeta.uz/oz/ Tahririyat: @gazetauz_muloqot +998 78-148-10-15 Reklama: @AfishaMedia_Abdumalik +998 78-148-14-15 Ish: https://forms.gle/wXBjsfutge9EF9k16 Kiril alifbosidagi kanal: @gazetauz_uzb

Подписаться на канал

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa”, Surxondaryo viloyatidagi “Dalverzintepa”, Andijon viloyatidagi “Mingtepa”, Samarqand viloyatidagi “Sheroz qal’a” va Qoraqalpog‘istondagi “Qo‘yqirilgan qal’a” arxeologik yodgorliklarida ochiq osmon ostidagi muzeylarni yaratish ustida ish olib borilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/archaeological-site/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Adliya vazirligi yoqimsiz hidlar, yorug‘lik va zararli shovqinlarga qarshi kurashish bo‘yicha chora-tadbirlarni tartibga solishni taklif qildi. Xususan, tungi vaqtda qator taqiqlarni joriy etish, havo ifloslanishining oldini olish uchun suv purkaydigan texnologiyalardan foydalanish va boshqalar rejalashtirilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/29/noise/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

30−31-oktabr kunlari poytaxtning Yunusobod, Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlarining ayrim qismlarida, jumladan, shahar markazida issiq suv bo‘lmaydi. Manzillar.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/29/hot-water/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Moskva Tergov qo‘mitasi Rossiya fuqaroligini olgan markaziy osiyoliklarga nisbatan harbiy xizmatdan bo‘yin tovlaganlik bo‘yicha 22 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atdi. Rossiya pasportiga ega 80 dan ortiq muhojir Rossiya Qurolli kuchlari saflarida xizmat qilish uchun yuborilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/migrants/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

❗️Samarqand markazida qurilayotgan tunnellardan aholi norozi

Avgust oyida Samarqand shahri markazida yo‘l o‘tkazgich tunnellari qurilayotgani haqida xabar berilgandi. «Gazeta.uz» tunnellar qurilishi yuzasidan aholi va biznes fikrlarini o‘rgandi. Biz murojaat qilgan fuqarolarning ko‘pi bu qurilishlardan norozi ekanini taʼkidladi, lekin kamera oldida gapirishni istamadi.

Eslatib o‘tamiz, biz avvalroq «NOQulay shahar» loyihasi doirasida urbanist Iskandar Soliyev bilan bu tunnellar qurilishini muhokama qilgandik. Urbanist ham shahar markazida yo‘l o‘tkazgichlar kerak emasligini taʼkidlab, bunday qurilishlar tirbandlik muammosini yechmasligini, uni faqatgina keyingi chorrahaga ko‘chirib qo‘yishini, atrof-muhitdagi jonli muhitni esa o‘ldirishini taʼkidlagandi.

https://www.youtube.com/watch?v=mJZzuTBiDRg

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent jamoat transportida moslashuvchan yoʻlkiralar qanday boʻladi?

1-noyabrdan Toshkent shahri jamoat transportida bir martalik yoʻl haqi 1400 soʻmdan 1700 soʻmga (naqd pul bilan 2000) oshadi. Bir soat ichidagi oʻtishlar, shuningdek, kunlik, haftalik, oylik va yillik tariflarga chegirmalar joriy etilmoqda. Tafsilotlar.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/public-transport-tariffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Каналга обуна бўлинг
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘istonning Qarag‘anda viloyatidagi konda metan portlashi sodir bo‘lib, kamida 28 konchi halok bo‘ldi, yana 18 kishini qidirish ishlari davom etmoqda. Prezident Toqayev korxonaga egalik qiluvchi kompaniya bilan hamkorlikni to‘xtatishni topshirdi. 29-oktabr mamlakatda motam kuni deb e’lon qilindi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/coal-mine/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Senatorlar Surayyo Rahmonovani O‘zbekiston bolalar ombudsmani lavozimiga sayladi. Uning nomzodi prezident tomonidan ko‘rsatilgan va Qonunchilik palatasi tomonidan tasdiqlagandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/surayyo-rahmonova/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Toshkent hokimligi tirbandliklarga sabab bo‘layotgan Nukus va Bobur ko‘chalaridagi ta’mirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakuniga yetkazilishini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/traffic/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

BMT Bosh assambleyasining G‘azo sektorida o‘t ochishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiyasiga 120 ta davlat, jumladan, O‘zbekiston yoqlab ovoz berdi. 14 ta mamlakat bunga qarshi chiqqan bo‘lsa, 45 ta mamlakat betaraf qoldi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/un-gaza/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Shanba tongida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida joylashgan Ecobozor majmuasida yong‘in chiqib, bozorning tashqi devor qoplamasi va shu joydagi kafega zarar yetdi. FVV hech kim jarohat olmaganini ma’lum qildi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/fire/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolardan raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslik va elchixonaga konsullik xizmatlarini olish uchun kelishni vaqtincha to‘xtatib turishni so‘radi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/embassy/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Rossiya Markaziy banki asosiy stavkani 13 foizdan 15 foizga oshirdi. Ushbu qaror inflyatsiya bosimining sezilarli darajada oshgani va kreditlashning yuqori o‘sish sur’atlari bilan izohlandi. Rossiya Markaziy banki 2023-yil iyulidan beri ketma-ket to‘rtinchi marta asosiy stavkani oshirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/russia/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Dongfeng Uzbekistan kompaniyasi 1 yildan 3 yilgacha qulay shartlarda hamda kechiktirilgan muddat uchun penyalarsiz avtomobil xarid qilishni taklif etmoqda (reklama).

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/dongfeng-uzbekistan/

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Oltita kinopremyera, spektakllar, itlar ko‘rgazmasi, “Humo” xokkey klubi o‘yinlari, Ayol Yo‘li festivali, Ozod Shukrulloyev hamda DJ King Macarella konsertlari, bolalar uchun mahorat darslari va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — @afishauzb jamlanmasida.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/afisha/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Barchaning hayotini buzadigan yomon loyiha — urbanist Arkadiy Gershman Samarqandda qurilayotgan tunnel haqida

Rossiyalik urbanist Arkadiy Gershman Samarqand shahri markazida qurilayotgan yoʻl oʻtkazgich tunneli odamlar hayotini yomonlashtirishini ta’kidlab, uni “qarzga olingan pul evaziga boshlangan bema’ni qurilish loyihasi” deb atadi. Urbanist mazkur muammonining yechimini ham keltirib oʻtgan. “Gazeta.uz” avvalroq bu tunnel qurilishi shahar uchun zararli ekani haqida yozgandi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/29/gershman/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston transport vaziri Ilhom Mahkamov Gruziyadan Samarqandga to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish taklifini qo‘llab-quvvatladi. Gruziya tomoni o‘zbek biznesiga Qora dengizda port va terminallar qurishda yordam berishga tayyorligini bildirdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/uzb-ge/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Amerikalik mashhur aktyor Mettyu Perri 54 yoshida vafot etdi. U “Do‘stlar” seriali, shuningdek, “Uch kishilik tango”, “To‘qqiz yard” va boshqa ko‘plab filmlardagi roli bilan tanilgan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/29/matthew-perry/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan telefon orqali muloqot davomida Qarag‘anda viloyatidagi konda ro‘y bergan avariyaning fojiali oqibatlari munosabati bilan hamdardlik bildirdi. O‘zbekiston zarur ko‘makni ko‘rsatishga tayyorligini ta’kidladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/condolences/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sud bloger Olimjon Haydarovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rishni 30-oktabrga belgiladi. Jabrlanganlar va da’vogarlar orasida Qo‘qon shahri hokimi, O‘zbekiston tumani IIB xodimi va boshqalar bor.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/olimjon-haydarov/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Ucell mobil ilovasini o‘rnatib, yanada ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘lish mumkin

Ucell ilovasida quyidagilarni amalga oshirish mumkin:

- bank kartasini bog‘lash va balansni boshqarish;
- qo‘shimcha xizmatlarni faollashtirish va qo‘ng‘iroqlar tafsilotlarini olish.

Endilikda ilovaga bir nechta raqam qo‘shish imkoni ham paydo bo‘ldi.

Ilovani quyidagi havoladan yuklab olish mumkin.

Reklama huquqlari asosida.

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Xitoyning Xanchjou shahrida o‘tgan Para Osiyo o‘yinlarini O‘zbekiston terma jamoasi 8-o‘rinda yakunladi. 100 nafardan ortiq o‘zbekistonlik sportchi musobaqada jami 79 ta medalni qo‘lga kiritdi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/paraasian-games/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

1-noyabrdan boshlab Toshkent shahrida jamoat transportida yo‘l haqi naqd yoki bank kartasi orqali to‘lashda 1400 so‘mdan 2000 so‘mga oshiriladi. ATTO transport kartasi bilan to‘lov amalga oshirilganda, bir soat ichida birinchi safar uchun yo‘l haqi 1700 so‘mni tashkil qiladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/tariffs/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Surxondaryo viloyatida o‘zbek-tojik chegarasining Sariosiyo tumani hududidan o‘tgan qismida 4 dona ryukzakda jami 89 kg 699 gr giyohvandlik vositalari topildi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi. Giyohvand moddalarning egalari qidirilmoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/narcotic/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Tovuqli arabcha somsa, bedana tuxumli somsalar, julen, “Lola”, “Parmuda” yoki kabob-somsa va boshqalar — Zira.uz somsani qanday qilib mazali va noodatiy tayyorlash retseptlari bilan bo‘lishadi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/zirauz/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Para Osiyo o‘yinlarining 5-kuni o‘zbekistonlik para suzuvchilar va para atletlarga omadli keldi. Erkin usulda suzish bahslarida shohsupaning uchala o‘rnini ham o‘zbekistonliklar egalladi. Jamoa turnir jadvalida 8-o‘rinda bormoqda.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/28/para-asian-games-5/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

O‘zbekiston va Yevroittifoq iqlimga bezarar sanoat, raqamli texnologiyalar, aerokosmik va mudofaa sohalarini rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan foydali qazilmalar — muhim xomashyo sohasida o‘zaro anglashuv memorandumini muhokama qilishni boshladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/eu-crm/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

27-oktabr kuni Oʻzbekistonda sodir boʻlgan eng muhim voqealar dayjesti

❗ Yana bir bor tomonlarni qurolli mojaroni toʻxtatishga chaqiramiz — Oʻzbekiston TIV Isroil-Falastin urushi boʻyicha. 

📲 Oʻzbekistonga olib kirilayotgan telefonlarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi. 

📱 Oʻzbekistonda «mobil qullik» bekor qilindi. 

🚇 «Tolariq» metro bekatidan «Quruvchilar» dahasigacha boʻlgan bekatlar 3 kunga yopiladi.

🛣️ Nukus va Bobur koʻchalaridagi taʼmirlash ishlari 2−3-noyabr kunlari yakunlanishi maʼlum qilindi.  

«Gazeta.uz»da eʼlon qilingan maqola:

🔹 Qoʻllanma: Raqamni saqlagan holda mobil kompaniyani qanday oʻzgartirish mumkin?

Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/digest/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna boʻling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Sovet davrida ham hamma kompartiyani qo‘llagan, lekin Ittifoq parchalaganda hech kim uni himoya qilib ko‘chaga chiqmadi — Sergey Guriyev

Iqtisodchi Sergey Guriyevning ta’kidlashicha, senzura sharoitida o‘tkazilgan ijtimoiy fikr so‘rovnomalari asosidagi xulosa chalg‘ituvchi bo‘ladi. U bunga misol sifatida sovet davrini ko‘rsatadi: o‘sha vaqtda hamma og‘izda kompartiyani qo‘llagan, lekin ittifoq parchalaganida uning himoyasi uchun hech kim ko‘chaga chiqmagan.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/sergei-guriev/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Gazeta.uz - O‘zbekiston yangiliklari

Qozog‘iston Milliy banki mamlakat norezidentlariga vaqtincha yoki doimiy yashash uchun ruxsatnomasiz bank kartalari berishni taqiqlashni rejalashtirmoqda. Regulyator bunday choralarni giyohvand moddalar yoki qimor o‘yinlari bilan bog‘liq noqonuniy operatsiyalar xavfini kamaytirish zarurati bilan izohladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/10/27/kazakhstan/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…
Подписаться на канал